Научная статья на тему 'KARTOSHKA TUGANAKLARINI SAQLASH XUSUSIYATLARI'

KARTOSHKA TUGANAKLARINI SAQLASH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
kartoshka / biologik / morfologik / etiologiya / saqlash / biotexnologik kolleksiya / genotip / fitopatogen.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Murodova S.S., Ibragimova N.M., Xo‘janazarova M. Q.

Ushbu maqolada urug‘lik va iste’molbop kartoshkalarni saqlashda tashkiliy ishlarning zamonaviy reglamentining mavjud emasligi, mavjudlarini eskirganligi kartoshkani dastlabki sifati darajasida saqlanishiga erishishda navlarning xususiyatlarini inobatga olish, harorat rejimini inobatga olish, kartoshkaning texnologik xususiyatlarini inobatga olish orqali kam yo‘qotishlar bilan sifatli saqlash imkoni xaqida ma‘lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARTOSHKA TUGANAKLARINI SAQLASH XUSUSIYATLARI»

KARTOSHKA TUGANAKLARINI SAQLASH XUSUSIYATLARI

1Murodova S.S., 2Ibragimova N.M., 3Xo'janazarova M.Q.

1O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi professori, biologiya

fanlari doktori 2Urganch davlat universiteti, Xorazm, O'zbekiston, 3Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.13954377

Annotatsiya. Ushbu maqolada urug'lik va iste 'molbop kartoshkalarni saqlashda tashkiliy ishlarning zamonaviy reglamentining mavjud emasligi, mavjudlarini eskirganligi kartoshkani dastlabki sifati darajasida saqlanishiga erishishda navlarning xususiyatlarini inobatga olish, harorat rejimini inobatga olish, kartoshkaning texnologik xususiyatlarini inobatga olish orqali kam yo'qotishlar bilan sifatli saqlash imkoni xaqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kartoshka, biologik, morfologik, etiologiya, saqlash, biotexnologik kolleksiya, genotip, fitopatogen.

Аннотация. В данной статье обосновывается отсутствие современных регламентов организационных работ при хранении семенного и пищевого картофеля, устаревшие действующие с учетом особенностей сортов, температурного режима и учета технологические характеристики картофеля, позволяющие добиться сохранности картофеля на уровне исходного качества, с небольшими потерями. Приведена информация о возможности хранения.

Ключевые слова: картофель, биологический, морфологический, этиология, хранение, биотехнологическая коллекция, генотип, фитопатоген.

Abstract. In this article, the non-existence of modern regulations of organizational work in the storage of seed and edible potatoes, the outdated existing ones, taking into account the characteristics of varieties, taking into account the temperature regime, and taking into account the technological characteristics of potatoes, to achieve the preservation of potatoes at the level of their original quality, with low losses Information about the possibility of storage is provided.

Keywords: potato, biological, morphological, etiology, storage, biotechnological collection, genotype, phytopathogen.

Jahonda kartoshkachilik qishloq xo'jaligining rivojlanayotgan yo'nalishlaridan hisoblanadi. Kartoshka (Solanum tuberosum L.) dunyodagi eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri bo'lib, uni saqlashdagi salbiy omillar, jumladan, zararkunandalar, kasalliklar, vazn yo'qotishlar, erta unib chiqishlarga bo'lgan yuqori talablar atrof-muhit muammolarini keltirib chiqaradi.

Kartoshka tarkibidagi ozuqa moddalari va vitaminlarning ajoyib manbasi mavjudligi undan yil davomida foydalanishni taqozo etadi. Ushbu jarayon kartoshka tuganaklarini sanoat miqyosida saqlashga bog'liq bo'lib, ayniqsa Buyuk Britaniyada yig'ilgan kartoshka tuganaklarining taxminan yarmi 11 oygacha saqlanishi haqida adabiyotlarda qayd etilgan. Kartoshkani saqlash murakkab texnologik, biokimyoviy va fiziologik jarayon hisoblanadi [1; 192-b.].

Saqlash natijalariga navning sezilarli darajada turli biologik xususiyatlari [2; 17-19-b., 3; 283-314-b.] jumladan, tuganaklarning dastlabki xususiyatlari va tuproq sharoitlari [4; 20-21-b.] ta'sir qiladi.

Shuningdek, kartoshka tuganagini saqlash sharoitiga yetishtirish, tozalash, tashish va o'rim-yig'imdan keyingi tovar xususiyatlarini saqlab qolinishi ham ta'sir ko'rsatadi [5; 10-13-b., 6; 226-228-b., 7; 23-26-b., 8; 10-25-b.] hamda tuganaklarni sifatli saqlashda saqlash rejimi va usullari ham muhim rol o'ynaydi [9; 6-10-b., 10; 1-3-b., 11; 1-6-b.].

Tahlil qilingan manbalarga ko'ra, tuganaklarning saqlanishida muhim omil-bu kartoshkaning genetik xususiyatlari hisoblanadi. Kartoshka o'simligining ahamiyati, morfologik va biologik xususiyatlari, navlari, ertagi, kechki-takroriy, ikki hosilli ekinlar sifatida yetishtirish texnologiyasi - ekish va parvarishlash, kasallik - zararkunandalari, ulardan himoyalashni o'rganishda kerakli ma'lumotlarni beradi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi Davlat reestriga kartoshkaning 100 dan ziyod navlari kiritilgan. Tuganakning saqlanuvchanligi bu qish-bahor, yoz oylarida kartoshkaning uzoq saqlanish qobiliyati bo'lib, xo'jalikdagi har qanday navning muhim belgisidir [12; 50-55-b.].

Bundan tashqari, ba'zi tadqiqotlarda zararkunandalar va ayniqsa, fitopatogenlar kasalliklar ta'sirida kartoshka hosildorligining yo'qolishi, ularning etiologiyasi hamda global ochlik muammosini yumshatishda, barqaror kartoshka yetishtirishda ekinlarni himoya qilishning o'rni ko'rib chiqilgan [13; 2-21-b.].

MDH mamlakatlarining qator olimlari tomonidan, kartoshkani saqlash vaqtida yo'qotishlarni kamaytirishning eng muhim omili tuganaklarning sifati bo'lib, u qanchalik yirik bo'lsa, yaxshi saqlanish ehtimoli ko'proq bo'lishi, ushbu xususiyat iste'molbop kartoshkani saqlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi, kartoshkani saqlashga qo'yishdan oldin uni yetishtirish davridayoq ma'lum choralarni ko'rish talab etilishi, saqlash davridagi yog'ingarchilik miqdori ayniqsa, tuganaklarni pishish davrida muhim ahamiyatga egaligi hamda saqlash davrida past sifatli kartoshkadan foydalanilganda optimal saqlash sharoitlari yaratilganda ham uning yaxshi saqlanishini ta'minlash qiyin ekanligi ta'kidlab o'tilgan [14; 93-b.].

Pisarev B.A. va boshqalar namlik yetishmasligi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkinligi, kartoshka tuganaklarini tozalash va ishlov berishda mexanik shikastlanishlarning oshishi esa tuganaklarning kasallanilish darajasini oshishiga sabab bo'lishini ta'kidlashgan [15; 138-142-b., 16; 4-30-b., 17; 13-15-b.]. Bu holatni oldini olish maqsadida, Gollandiyada yetishtiriladigan kartoshkaning asosiy qismi to'g'ridan-to'g'ri yetishtiriladigan joyning o'zida saqlanadi va natijada kartoshka tuganagining zararlanganlik darajasi 7 foizdan oshmaydi [18; 16-18-b.].

Amaldagi standartlarga ko'ra kartoshka va uni saqlash uchun tuganaklarning kattaligi 3035 mm va 25-30 g dan kam bo'lmasligi talabi ham mavjud bo'lib, ushbu ma'lumotlar Pshechenkov K.A. va boshqalarning manbalarida ham keltirib o'tilgan [19; 3-b., 20; 128-b.].

Bugungi kunda iste'molbop kartoshkani saqlashni tashkil etishda zamonaviy reglament mavjud emasligi katta muammolarga sabab bo'lmoqda. Jumladan, iste'mol qilinadigan kartoshka urug'lik bilan birga bir joyda saqlanishi ham buning yaqqol misoli sanaladi. Iste'molbop kartoshkani uzoq vaqt saqlash qiyin va ba'zi yechilishi lozim bo'lgan muammolardan holi bo'lmasa-da, uni ijobiy hal etish yo'llari mavjud. Kartoshkani saqlash rejimini takomillashtirish orqali kartoshkaning texnologik ko'rsatkichlarini saqlab qolgan holda uning sifatini ham asrab qolishga erishish mumkin. Buning uchun Niderlandiya, Germaniya kabi rivojlangan mamalakatlar davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish va uni kartoshkani saqlash texnologiyalarida qo'llash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha imkoniyatlarni to'liq ishga solish hamda sohani tubdan isloh qilish va kartoshka yetishtiruvchilar manfaatini rag'batlantirish hamda aholining kartoshkaga bo'lgan talabini qondirish, urug'chilik tizimini yo'lga qo'yish,

saqlash, chuqur qayta ishlash va qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish bo'yicha davlat tomonidan imtiyozlar berilib, bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kartoshkachilik sohasida dunyoda 156 tadan ortiq mamlakatlarda har yili 376,9 mln tonnadan ortiq kartoshka yetishtirilib, eng yirik ishlab chiqaruvchi davlatlar, jumladan, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Ukraina, AQSH, Germaniya, Bangladesh, Polsha, Fransiya va Gollandiya davlatlari hisoblanadi. O'zbekiston ushbu davlatlar orasida 23-o'rinni egallaydi [21; 15-b.].

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida kartoshkaning biotexnologik kolleksiyasida 200 ga yaqin genotiplar, jumladan, zamonaviy tovar navlari, O'zbekistonda an'anaviy tarzda yetishtiriladigan eski navlar, yangi liniyalar va klonlar mavjud. Bunday sonli genotiplarni hayotiy holatda saqlash nafaqat doimiy monitoringni, balki, birinchi navbatda, materialni o'z vaqtida qayta tiklash uchun malakali mutaxassislarni bevosita jalb qilishni talab qiladi [22; 159-160-b.].

Tadqiqotlar davomida biopreparat bilan ishlov berilgan kartoshka tuganagini saqlash davrida quruq qoldiq va namlik miqdoriga ta'siri o'rganildi. Tadqiqot natijalari 1-jadvalda keltirildi.

1.-jadval

Biopreparat ta'sirida olingan kartoshka tuganaklarning saqlash davrida quruq qoldiq va

namlik ko'rsatkichlarining o'zgarishi, %

Biopreparat nomlari 2023-yil

Quruq qoldiq Namlik

Nazorat 20,81±2,1 79,19±7,9

Zamin-M 25,11±2,5 74,89±7,5

Olingan tajriba natijalari davomida biopreparat bilan ishlov berilgan kartoshka tuganagini saqlash davrida quruq qoldiq va namlik miqdoriga ta'siri o'rganildi.

"Zamin-M" biopreparat ta'sirida olingan kartoshka tuganagining saqlash davrida quruq qoldiq va namlik miqdori ta'siri o'rganilganda, nazoratga nisbatan "Zamin-M" biopreparati ta'sirida quruq qoldiq 4,3 % ga nazoratga nisbatan saqlab qolinishi qayd etildi va namlik nazoratga nisbatan 4,3 % ga saqlab kamayganligi kuzatildi.

Xulosa qilinadigan bo'lsa, urug'lik va iste'molbop kartoshkalarni saqlashda tashkiliy ishlarning zamonaviy reglamentining mavjud emasligi, mavjudlarini eskirganligi kartoshkani dastlabki sifati darajasida saqlanishiga erishishda navlarning xususiyatlarini inobatga olish, harorat rejimini inobatga olish, kartoshkaning texnologik xususiyatlarini inobatga olish orqali kam yo'qotishlar bilan sifatli saqlash imkoni xaqida ma'lumotlar keltirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Метлицкий Л.В., Озерецковская О.Л. Как растения защищаются от болезней. Изд. стереотип. URSS. 2018. - 192 с.

2. Зейрук В.Н., Абашкин О.В., Васильева С.В. и др. Защита картофеля в период хранения // Земледелие. - 2018. - №8. - С. 17-19.

3. Reena Grittle Pinhero, Rickey Y., Yada 12. Postharvest Storage of Potatoes. Advances in Potato Chemistry and Technology (Second Edition). 2016. - P. 283-314.

4. Зейрук B.H., Белов Г.JI., Васильева С.В., Деревягина М.К. Защита картофеля при хранении // Остижения науки и техники АПК. Том: 36. - №2. -2022. -С. 20-21.

5. Белов Г.Л., Зейрук В.Н., Мальцев С.В., Деревягина М.К., Васильева С.В. Эффективность последействия осенней обработки клубней при выращивании картофеля // Защита картофеля. - 2020. - №2. -С. 10-13.

6. Воронов Е.В., Терехова О.Б., Шашкаров Л.Г., Мефодиев Г.А., Елисеева Л.В., Филиппова С.В., Самаркин А.А. Формирование урожайности и товарных качеств картофеля в зависимости от сортовых признаков // Науки о Земле и окружающей среде, том 346: Тез. докл. межд. науч. конф. 21-24 июля 2019. - Макао, -2019. -C.226-228

7. Зейрук В.Н., Васильева С.В., Белов Г.Л., Деревягина М.К. Пути сокращения потерь при подготовке к уборке и хранению картофеля // Защита и карантин растений. -2021. - №10. -С. 23-26.

8. Гаспарян И.Н., Гаспарян Ш.В. Картофель: технологии возделывания и хранения. Учеб. пособие для ВУЗов. -М.: Лань, 2021. - 256 с.

9. Бусько И.И., Фицуро Д.Д., Леванцевич И.В. Защита картофеля в Республике Беларусь // Защита и карантин растений.- 2020. - №8.-С. 6-10.

10. Турсунов С.Т., Шарифжонов Ж.А. Особенности хранения картофеля // Земледелие. -2018. - № 8. -C. 1-3.

11. Alamar M. C., Roberta Tosetti, Sandra Landahl, Antonio Bermejo and Leon A. Terry. Assuring Potato Tuber Quality during Storage: A Future Perspective. Front Plant Sci. 2017; 8: - P. 1-6. 2034. Published online 2017 Nov DOI: 10.3389Ярк.2017.02034.

12. Осииова B.B. Влияние обработки картофеля биопрепаратом Фитоспорин - М на скоросп елость, урожай и качество клубней в условиях криолитозоны // ВЕСНИК ИРГСХА. - Иркутский, - 2020. - №:97. - С. 50-55.

13. Tijjani Ahmadu, Adamu Abdullahi and Khairulmazmi Ahmad. The Role of Crop Protection in Sustainable Potato (Solanum tuberosum L.) Production to Alleviate Global Starvation Problem: An Overview. WRITTEN BY.Submitted: July 6th, 2021 Reviewed: August 23rd, 2021 Published: December 22nd, 2021.D0I: 10.5772/intechopen.100058.-P. 1-34.

14. Остонакулов Т.Э. Картошка етиштириш. 100 китоб V туплами. 2-китоб. "Агробанк" АТБ- 2021. Тасвир. - 2021. 93 б.

15. Баскаева Р.У. Состояние и пути развития картофелеводства // Инновационные технологии производства и переработки сельскохозяйственной продукции. Владикавказ. - 2021. Том Часть 2. -С. 138-142.

16. Колчина Л.М. Технологии и оборудовани для производства картофеля. Учеб. пособие для спо.2-е изд. - М.: Юрайт. 2023. - 163 с.

17. Пиcapeв БА. 0coбeннocти aгpoтexники paннего кapтoфeля // Кapтoфeль и oвощи. -1985. - № 2. - С. 13-15.

18. Схютер С., Щеглов И. Гoллaндcкaя тexнoлoгия вoздeлывaния кapтoфeля и xpaнeния кapтoфeля // Зeмлeдeлиe. -1993. -№5.-С. 16-18.

19. Низомов Р., Расулов Ф. Сабзавот ва картошка х,осилини йигиб олиш ва саклаш // Узбекистон кишлок ва сув хужалиги. - 2021. - №10. - Б. 52.

20. ^иргизбоев Ф., Мирзаев А. Картошкачилик равнаки // Узбекистон кишлок ва сув хужалиги. - 2021.- №4. -Б. 15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.