SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
KÂNÂLLÂRDÂGI SUV OQIMINING NOSTATSIONAR OQIM HOLATIDA O'ZAN TUBIDAGI GRYADLARNING PARAMETRLARINI ASOSLASH
G'ayimnazarov Israil Xoliqovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti, t.f.f.d.(PhD).
[email protected] Tuychiyev Jasurbek Shokirovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistranti
Ko'pgina grunt o'zanli kanallarini loyihalash va ulardan foydalanish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda o'zan tubida harakatlanuvchi gryadlarning parametrlari va oqim tezligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunga qadar dunyoda grunt o'zanli kanallarda sodir bo'ladigan gryadlarning harakati bo'yicha ko'plab dala va laboratoriya tadqiqotlari ma'lumotlari olingan. Ba'zi mualliflar ushbu ma'lumotni umumlashtirishga urinishgan, ammo hozirgacha ular to'liq ishonchli natijalarga erisha olishmagan. Shuning uchun tadqiqotchilar tomonidan ilgari olingan formulalarni takomillashtirish bo'yicha yangi takliflar kiritilgan. Gryadlarning tajribaviy va hisobiy qiymatlarining taqqoslanishi qoniqarli darajada yaqinligini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: nostatsionar oqim, oqimning turbulentligi, kanal, gryad, o'zan tubi, oqiziqlar, tangentsial kuchlanish, to'lqin, regression tahlil, modefikatsiyalangan formula.
Определение параметров подвижных грядов и скорости в дне канала важно при решении задач, связанных с проектированием и эксплуатацией многих грунтовых каналов. К настоящему времени получено много данных полевых и лабораторных исследований движения градаций, происходящих в грунтовых каналах мира. Некоторые авторы пытались обобщить эту информацию, но пока им не удалось добиться вполне достоверных результатов. Именно поэтому исследователи внесли новые предложения по улучшению ранее полученных формул. Сравнение экспериментальных и расчетных значений градаций показало, что они удовлетворительно близки.
Ключевые слова: нестационарное течение, турбулентность потока, канал, гряд,дна русла, наносы, тангенциальное напряжение, волна, регрессионный анализ, модифицированная формула.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
KIRISH
Ushbu maqolada kanallardagi suv oqimining nostatsionar oqim holatidagi o'zan tubidagi gryadlarning parametrlari masalasi ko'rilgan bo'lib, kanal suv oqimiga shamol to'lqinlari ta'sir qilgandagi, ya'ni nostatsionar harakatdagi kanal tubida sodir bo'ladigan gryadlarning o'lchamlarini aniqlash hisoblanadi.[2,3,5] Bu nostatsionar oqim holatida tadqiqotlanadigan gryadlarning sodir bo'lish jarayoni statsionar harakatda sodir bo'ladigan o'zan tubi gryadlardan ancha murakkabroq bo'ladi. Bu jarayonning kechishiga oqimning kinematik parametrlaridan tashqari shamol to'lqinlarining parametrlari ham ta'sir qiladi. Shu sababli, bugunli kunda bir yo'nalishli oqimga to'lqinlar ta'siri ostida paydo bo'ladigan gryadlarning parametrlarini aniqlash masalasini yechimi kanallarni loyihalash, qurish va ishlatishda muhim rol o'ynaydi va tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg'otadi [2;248-256-b, 4;117-125, 9;80-85,11;110-150,13;145-147,].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bu kunda kanallardagi suv oqimining nostatsionar oqim holatida sodir bo'ladigan gryadlar jarayonini mavjud bo'lgan tadqiqotlari nazariy va eksperimental tajribalar asosida juda kam ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib bugungi kunda kanallarda gryadlarning poyda bo'lishi dalzarb masalaga aylangan.
Oqiziqlarning gryadli tartibda harakatlanishi oqiziqlar harakatining boshlanishidan ularning dumalab, saltasiyali va muallaq holatni egallashi bilan yakunlanadi.
Gryadlarning shakllanishiga quyidagi omillar ko'proq ta'sir etadi: oqimning turbulentligi;
gryadlarning tikligi. hs.Hgr
Ushbu maqolada kanallardagi bir yo'nalishli oqimga shamol to'lqinlari ta'sir qilganda sodir bo'ladigan gryadlarning shakllanishi va ularning parametrlarini aniqlash masalasini qarab chiqilgan. Bu masalani o'rganish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Gidravlika va gidroinshootlar kafedrasi laboratoriyasining lotokida tadqiqotlar olib borildi. Laboratoriya tajribalarini o'tkazish jarayoni temir lotok ichida qumdan turli yon tomon qiyalik koeffisiyentlariga ( m = 2,0;2,5;3,0;3,5 ) ega bo'lgan trapesiya shaklidagi kanal modellari qurildi va har bir yon tomon qiyaliklari uchun tajribalar uch bosqichda o'tkazildi. [9;70-80,10,12,]
O'tkazilgan tajriba ma'lumotlari statistik usulda qayta ishlanib, Tajribaviy gryadlarning balandligini hisobiy gryadlarning qiymatlari bilan taqqoslangan va uning regression tahlil qurilgan (1-2-rasm). Olingan ma'lumotlarning tahlil natijalaridan shuni ko'rsatish mumkinki, to'lqin parametrlarining (hv ) o'zgarishiga
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023
bog'liq holda gryadlarning ham parametrlari (hvgr,evgr) o'zgaradi. Bundan kanal
oqimining statsionar holatidagi gryadlarga nisbatan ularga shamol to'lqinlari ta'sir
etganda sodir bo'ladigan gryadlar kattaroq o'lchamlarga ega bo'ladi deb qarashimiz
mumkin. Haqiqatan ham, to'lqinlar ta'siri ostida o'zan tubi tangentsial
kuchlanishlarning ortishi kuzatiladi va buning natijasida gryadlarning parametrlarini
kattalashishiga olib keladi. [4,6,7]
Birinchi navbatda yuqorida aytib o'tilgan holat uchun gryadlarning balandligini
hisoblashni qarab chiqamiz. Yuqoridagi qarashlarimizga asosan statsionar harakatda
hosil bo'lgan gryadlarning to'lqinlar ta'sirida o'zgarishini hisobi uchun empirik
bog'lanishlarni ifodalash mumkin.
Nostatsionar oqim ta'sirida sodir bo'ladigan gryadlarning balandligi uchun
h 2 = 1 + 2,21— (1) hgr h, ()
uzunligi uchun esa
= 1 + 0,20— (2)
P h { }
z gr no
bog'lanishlarni yozamiz.
Bu empirik formulalarni mos ravishda quyidagi ko'rinishda ifodalaymiz:
h = h
vgr gr
1 + 2,21—v-h
V h0 y
(3)
P = P
vgr gr
r À\ 1 + 0,20 —
v Kj
(4)
bu y er da hv,iv - mos ravishda to'lqinlarning balandligi va uzunligi; hgrj.gr-
kanallarda to'lqinlar bo'lmagan oqimda sodir bo'ladigan gryadlarning mos ravishda
balandligi va uzunligi bo'lib, ular mualif tomondan taklif qilingan formulalardan aniqlanadi; hvgr,ivgr- oqimga to'lqinlar ta'sir qilganda sodir bo'ladigan gryadlarning
mos ravishda balandligi va uzunligi; h0 - oqimning o'rtacha balandligi.
Taxlil natijalariga ko'ra suvning nostatsionar harakatida sodir bo'ladigan o'zan tubi gryadlari balandligini aniqlash bo'yicha olingan laboratoriya tajriba ma'lumotlari va (3) formula bo'yicha hisoblangan qiymatlari kiritilgan. Shuningdek, 2-rasmda regression tahlil ko'rsatilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023
1-rasm. Tajribaviy gryadlarning 2-rasm. Regression tahlil balandligini hisobiy gryadlarning qiymatlari bilan taqqoslash
Shuningdek, gryad balandliklarining laboratoriya va dala tajribalarida olingan
ma'lumotlari bilan hisobiy ma'lumotlarning taqqoslanishi keltirilgan va 3-rasmda
ko'rsatilgan. hver/h0
0,6
0,4
0,2
A^o o o
A ? o o o O
0
0,2
0,4
0,6
Chvp/hoXi»
3-rasm. Nostatsionar oqim sharoitida laboratoriya va dala tajribalarda olingan h / h0 nisbatining hisob bo'yicha olingan nisbatlari bilan taqqoslanishi
Demak, deformasiyalanadigan ochiq o'zanlar gidravlikasining shamol to'lqinlari bilan bog'liq bo'lgan nostatsionar oqim sharoitida sodir bo'ladigan gryadlarning balandliklarini va uzunliklarini hisoblash masalalarida hosil qilingan (3) va (4) formulalardan foydalanish mumkin.
XULOSA
Tajriba ma'lumotlarining hisobiy bog'lanishlar qiymatlari bilan taqqoslanishi ularning bir-biriga qoniqarli darajada yaqinligini ifodalaydi. Demak, yuqorida yuritilgan mulohazalar va laboratoriya sharoitlarida o'tkazilgan tajriba ma'lumotlariga asoslangan holda olingan (3) va (4) formulalardan o'zan tubida kanallarning nostatsionar oqimidagi gryadlarning mos ravishda balandliklarini va uzunliklarini aniqlashda foydalanish mumkin.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
REFERENCES
1. Гришанин К.В. Динамика русловых потоков. - Л.: Гидрометеоиздат, 1979. -
2. Знаменская Н.С.Грядовое движение наносов. Л.:Гидрометеоиздат,1968,188 с.
3. Карасев И.Ф. Комплексы подобия и гидравлические сопротивления самоформирующихся русл рек и каналов. // Гидротехническое строительство. 2006, №12, с. 27-31.
4. Снищенко Б.Ф., Копалиани З.Д. О скорости движения гряд в реках и лабораторных условиях // Тр. ГГИ. - 1978. - Вып. 252. - С. 20-37.
5. Караушев А.В. Теория и методы расчета ресчета речных наносов- Л.: Гидрометеоиздат, 1977. - 272 с.
6. Леви И.И. Динамика русловых потоков. - М.-Л.: Госэнергоиздат, 1957, 252 с.
7. G'ayimnazarov Israil Xoliqovich., "Kanallarning nostatsionar oqim sharoitlarida oqiziqlar sarfini hisoblash usullarini takomillashtirish". Dissertatsiya 2022 y.
8. Eshev, S., Rakhimov, A., Gayimnazarov, I., Isakov, A., Shodiev, B., & Bobomurodov, F. (2021). Dynamically stable sections of large soil canals taking into account wind waves. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 1030, No. 1, p. 012134). IOP Publishing.
9. Eshev, S., Khazratov, A., Rahimov, A., & Latipov, S. (2020). Influence of wind waves on the flow in flowing reservoirs. IIUM Engineering Journal, 21(2), 125-132.
10. Eshev, S., Gaimnazarov, I., Latipov, S., Mamatov, N., Sobirov, F., & Rayimova, I. (2021). The beginning of the movement of bottom sediments in an unsteady flow. In E3S Web of Conferences (Vol. 263, p. 02042). EDP Sciences.
11. Эшев, С. С., Рахимов, А. Р., & Гайимназаров, И. Х. (2021). Влиянии волновых потоков на деформаций русел каналов: Монография. Т.: Издательство « Voris nashriyot.
12. Eshev, S. S., G'ayimnazarov, I., & Sh, L. (2019). The Calculation of the Parameter of Friction in Border Layer Not Fixed Flow. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 6(1), 7796-7800.
13. Samatovich, E. S., Kholikovich, G. I., & Ogli, L. S. A. (2019). On the calculation of the non-scouring velocities of a stationary water flow in channels lying in different soils. European science review, 1(1-2), 145-147.
14. Эшев, С. С., Хазратов, А. Н., & Гайимназаров, И. Х. (2014). Экспериментальное исследование транспорта донных наносов в каналах в условиях нестационарности потока насыщенными наносами. Приволжский научный вестник, (6 (34)), 149-152.
312 с.