Научная статья на тему 'TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI DAVOMIDA SODIR BOʼLADIGAN YTHLARNI OLDINI OLISH CHORALARI'

TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI DAVOMIDA SODIR BOʼLADIGAN YTHLARNI OLDINI OLISH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1947
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo’l tarmog’i / avtobus / mikroavtobus / yo’l transport hodisasi / haydovchi / piyoda / muhit / avtomobil / yo’l / to’qnashuv / road network / bus / minibus / traffic accident / driver / pedestrian / environment / car / road / collision

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ilhom Iskandarovich Umirov, Lenie Mansurovna Mamayeva

Ushbu maqolada avtomobillar harakat sharoitining turli xil boʼlishi, aynan bir xil sharoitdagi hududlarni aniqlash va ularni tumanlarga ajratish zaruratini borligi, harakat sharoiti boʼyicha tumanlashtirish va buning asosiy maqsadi avtomobillarning qulay va xavsiz harakat xavfsizligi sharoiti taʼminlanmagan hududlarni aniqlash hamda bu hudud yoʼllaridan samarali foydalanish boʼyicha tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses different types of traffic conditions, the need to identify areas with the same conditions and divide them into areas, zoning according to traffic conditions, the main purpose of this is to identify areas where safe and comfortable traffic is not ensured, as well as recommendations for the effective use roads in these areas.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI DAVOMIDA SODIR BOʼLADIGAN YTHLARNI OLDINI OLISH CHORALARI»

TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI DAVOMIDA SODIR BO'LADIGAN YTHLARNI OLDINI OLISH CHORALARI

Ilhom Iskandarovich Umirov

Jizzax Politexnika instituti katta o'qituvchisi umirov-i@mail .ru

Ushbu maqolada avtomobillar harakat sharoitining turli xil bo'lishi, aynan bir xil sharoitdagi hududlarni aniqlash va ularni tumanlarga ajratish zaruratini borligi, harakat sharoiti bo'yicha tumanlashtirish va buning asosiy maqsadi avtomobillarning qulay va xavsiz harakat xavfsizligi sharoiti ta'minlanmagan hududlarni aniqlash hamda bu hudud yo'llaridan samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: yo'l tarmog'i, avtobus, mikroavtobus, yo'l transport hodisasi, haydovchi, piyoda, muhit, avtomobil, yo'l, to'qnashuv.

MEASURES TO PREVENT TRAFFIC ACCIDENTS THAT OCCURRED DURING THE MOVEMENT OF VEHICLES

This article discusses different types of traffic conditions, the need to identify areas with the same conditions and divide them into areas, zoning according to traffic conditions, the main purpose of this is to identify areas where safe and comfortable traffic is not ensured, as well as recommendations for the effective use roads in these areas.

Keywords: road network, bus, minibus, traffic accident, driver, pedestrian, environment, car, road, collision.

O'zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan yo'llami qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini jadal amalga oshirish biz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2012 yilda 517

Lenie Mansurovna Mamayeva

Jizzax Politexnika instituti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

kilometrlik avtomobilt yo'llari, ikkita yirik transport

February, 2022

bog'lamalari, 544 pogon-metr ko'prik va yo'l o'tkazgichlarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun Respublika yo'l jamg'armasidan 360 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi, o'tgan yilga nisbatan 12,5 foiz ko'p mablag'ni yo'naltirish ko'zda tutilgan. O'zbekistonning siyosiy hayotida transport tizimi hal qiluvchi o'rin tutadi. Respublikada yuk va yo'lovchilar tashishda transport vositalarining o'rni 85% ni tashkil qiladi [3,4].

Poytaxtimiz Toshkent shahri ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy markaz hisoblanadi. Shuningdek shahar kattaligi va aholisi sonining ko'pligi bilan ham ajralib turadi. Bunday shahar sharoitida, shaharga kirish mintaqalarida harakat xavfsizligini ta'minlash alohida o'rin kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Respublika hududi bo'yicha avtomobillar harakat sharoitining turli xil bo'lishi aynan bir xil sharoitdagi hududlarni aniqlash va ularni tumanlarga ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. Harakat sharoiti bo'yicha tumanlashtirishdan asosiy maqsad avtomobillarning qulay va xavsiz harakat sharoiti ta'minlanmagan hududlarni aniqlash hamda bu hududlarda yo'llardan samarali foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish orqali, avtomobillarning qulay va xavsiz harakat tezligini ta'minlashdan iboratdir. Olib borilgan tadqiqotlarni tahlili shuni ko'rsatadiki, yo'l tumanlashtirish ishlari Bliznichenko S.S., Vasiltev A.P., Vinogradskiy A.K., Vorku A.T., Kupin P.P., Iltyosov N., Kartanbaev R.S., Lebedixin V.A., Magomedov M.M., Miraxmedov M.M., Rasnikov V.P., Sidenko V.M., Sitnikov Yu.M., Treskinskiy S.A. va boshqalar tadqiqotlarida uchraydi. Dog'iston Respublikasi tog'li hududida yo'llarni dengiz sathidan balandligi bo'yicha tumanlashtirilgan. Tumanlashtirishlarda asosiy mezon sifatida avtomobillar harakat xavfsizligi ko'rsatkichi olingan. Tadqiqotlarda harakat sharoitiga ta'sir etuvchi omillarga tizimli yondashilmagan va tizimli tahlil qilinmagan, harakat sharoiti nazariy asoslari takomillashtirilib, harakat sharoitini baholash mezonlari kiritilmagan.

NATIJALAR

O'zbekiston sharoitida yo'l tumanlashtirish N. Ilyosov ishlarida uchraydi. Bunda yo'l tuzulmasining namlanish sharoiti, manbalari o'rganilgan va shu asosida Respublika hududi tumanlashtirilgan. Yo'l tumanlashtirish ishlari yo'l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoitini muhandislik baholash maqsadida amalga oshirilib, bu yo'nalish yo'l ilmining murakkab

February, 2022

va ko'p o'rganilmagan sohalaridan biri hisoblanadi. Yo'l tumanlashtirish o'zaro bog'liq bo'lgan ikki yo'nalishga bo'linadi:

Avtomobillar harakat sharoiti bo'yicha tumanlashtirish ishlarigi birinchi navbatda havo-iqlim sharoiti bo'yicha avtomobillar harakati uchun noqulay bo'lgan hududlarni aniqlash kiradi. Bu esa yo'llarni saqlash bo'yicha eng ma'qul tadbirlarni rejalashtirishga imkon beradi[14].

А-373 "Toshkent-O'sh" Avtomobil yo'lini 108-208 km uchastkasi

Respublika hududini avtomobil yo'llaridan foydalanish shart-sharoitlariga qarab tumanlashtirish. Harakatlanish sharoitlari ta'minlanganligi darajasini baholash uchun hisobiy tezlikning ta'minlanganlik ko'rsatkichi qo'llanadi. Hisobiy tezlikning ta'minlanganlik koeffitsienti transport oqimining holatidan, yilning turli mavsumlaridagi ob-havo-iqlim va yo'l sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan oqim amaldagi eng katta tezligining etalon (namunaviy) shart-sharoitlardagi harakatlanishning hisobiy tezligiga nisbati ko'rinishida hisoblab chiqiladi, jumladan:

ТАДЖИКИСТАН

bu yerda

Vfak.max - transport oqimining amaldagi maksimal tezligi; Vras - etalon (namunaviy) yo'l shart-sharoitlarida

ras

.max

harakatlanishning hisobiy tezligi Vras=120 km/soat.

Avtomobillarning harakatlanish sharoitlariga mavsumiy ob-

havo iqlimiy shart-sharoitlarning Psez ta'sir etish ko'rsatkichi

quyidagicha aniqlanadi:

February, 2022

Psez=((1-Ksezr.s.)TsezKn )/365 (2)

bu yerda

Ksezr.s. - harakatlanish hisobiy tezligi ta'minlanganligining mavsumiy koeffitsienti;

Tsez - sutkada, yilda mavsumning davom etish muddati;

Kn - yil davomida harakatlanish jadalligi notekisligi koeffitsienti.

Transport oqimining holati bilan yo'l va ob-havo iqlimiy shart-sharoitlar birgalikda avtomobilb yo'llaridan foydalanish sharoitlariga ta'sir etish ko'rsatkichi asosida respublika hududi 4ta zona va 9ta tumanga bo'lingan (1-rasm). Tumanlarni tashkil etuvchi hududlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-rasm. O'zbekiston Respublikasi Qamchiq avtomobil yo'lini ekspluatatsiya

qilish bo'yicha tumanlashtirish.

Yo'llardan foydalanish sharoitlarini tadqiq qilish va avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida hududiy muhandislik tumanlashtirishni olib boramiz va bunda komponentlarning tizimli tahlili uslubini ishlab chiqamiz [7, 8, 9]. Tumanlashtirishda yo'l sharoiti, transport oqimi holati va havo-iqlim sharoitlari

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

355

farqlanadigan hududlarni haritada mintaqalarga va tumanlarga ajratamiz. Hududiy tumanlashtirishda ma'lumotlarni tizimlash darajasi, har qaysi belgilangan yo'l sharoitiga raqam berish va uning asosiy sharoitini muhandislik baholashdan iboratdir.

MUHOKAMA

Yo'l tumanlashtirish ishlari hududiy yo'nalishda olib borilganda, asosan hudud, mintaqa va tuman kabi taksonometrik birliklar ishlatiladi. Yo'l sharoiti, transport oqimi holati va harakat xavfsizligi farqlanadigan hududlarni aniqlash maqsadida quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha tumanlashtirish ishlari olib boriladi: yo'l tarmog'i zichligi; 1 km yo'lga to'g'ri keladigan transport vositalari soni; 1 km yo'lga to'g'ri keladigan yo'l-transport hodisalari soni; har 100 km yo'l tarmog'ida uchraydigan chorrahalar soni. Eng qulay havo harorati davomiyligi; havo harorati +270S yuqori bo'ladigan kunlar soni; havo harorati 00S dan past bo'ladigan kunlar soni; havo harorati +50S dan past bo'ladigan kunlar soni; havo harorati +50S dan +200S gacha bo'ladigan kunlar soni; havo harorati +200S dan yuqori bo'ladigan kunlar soni; havo harorati +200S dan +50S gacha bo'ladigan kunlar soni; tuman bo'ladigan kunlar soni; bir yilda yerni qor qoplab yotadigan kunlar soni; yil davomida yaxmalak kuzatiladigan kunlar soni; qoplama ustida mikroyaxmalak kuzatiladigan kunlar soni; qoplama ustida namlanish kuzatiladigan kunlar soni; yomg'ir yog'adigan kunlar soni; qor yog'adigan kunlar soni; qor yog'ish davomiyligi; yomg'ir yog'ish davomiyligi; yog'ingarchiliklar umumiy miqdori.

Tumanlashtirishda mintaqalar va tumanlar chegarasini aniqlash uchun ko'rsatkichlar qiymatlarini eng kattadan eng kichikka kamayib borishida tizib chiqildi va grafigi qurildi. Grafikdagi chiziqda sharoitlari bir-biridan farqlanadigan tumanlar chegarasida sinish sodir bo'ladi. Grafikdagi sinishlardan mintaqalar va tumanlar chegaralarini aniqlab olindi. Ushbu usul tumanlashtirishda tumanlar chegarasini aniqlashning eng katadan eng kichikka usuli deb nomlanadi.

Havo-iqlim sharoitlari bo'yicha bir xil sharoitdagi tumanlar aniqlanib, tumanlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi. Aniqlangan tumanlar haritalari ustma ust qo'yish uslubida umumlashtirildi va Respublika hududi havo-iqlim sharoiti murakkabligi bo'yicha tumanlashtirildi. Transport oqimining va yo'l sharoitining avtomobillar xarakat sharoitiga birgalikdagi ta'siri Pto.ysh ko'rsatkichi bo'yicha respublika hududi tumanlashtirildi. Avtomobillar xarakat sharoitiga havo-iqlim sharoitining ta'siri Ph.iq ko'rsatkichi va uning yil mavzumlari bo'yicha tashkil etuvchilari bo'yicha respublika hududi tumanlashtirildi.

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

Avtomobillar harakat sharoitini kompleks baholash natijasida, hisobiy tezlikning ta'minlanganlik koeffitsientidan kelib chiqib, aniqlangan trasport oqimi holati, yo'l va havo-iqlim sharoitlarining avtomobillar harakat sharoitiga birgalikdagi ta'siri ko'rsatkichi (Ph.sh.koeffitsienti) bo'yicha respublika hududi tumanlashtirildi. Tumanlashtirilda mintaqalar va tumanlar chegaralari quyidagi grafik asosida aniqlandi.

Grafikdan bir xil sharoitdagi tumanlar aniqlanib, xaritada ularning chegarasini aks ettirish orqali tumanlashtirish ishlari olib borildi.

Xulosa qilib aytganda har qaysi tuman bo'yicha avtomobillar harakat sharoitiga havo-iqlim, transport oqimi va yo'l sharoitlarining birgalikdagi ta'siri ko'rsatkichi (Ph.sh. koeffitsienti) hamda tumanlarni tashkil qiladigan hududlar keltirilgan. Respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo'yicha tumanlashtirish xaritasi keltirilgan.

Avtomobillar haqiqiy harakat sharoitini etalon harakat sharoitiga nisbatan farqlanishidan kelib chiqib, harakat sharoiti bo'yicha tuman koeffitsientlari aniqlanadi. Aniqlangan tuman koeffitsientlari Respublika hududi bo'yicha avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta'minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqishda qo'llaniladi

Умумий фойдаланишдаги автомобил йуллари 2009 йил 1-январ хрлатига тайёрлаган хдсоботи. Тошкент-2009й.

2. Автомобиль йуллари ривожлантиришнинг долзарб муамолари: «Узавтойул» ДАК 2002 йил хисоботи. - Тошкент, 2003.- 256 б.

3. Q.X.Azizov. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2009. - 244 bet.

4. Abduraxmanov R.A., Azizov S.Z. Shahar yo'lovchi transportlarining imtiyozli harakatlanishini tadqiq qilish (Jizzax shahri misolida) // TAYI "O'zbekiston avtomobil-yo'l kompleksining dolzarb vazifalari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II-qism. Jizzax-2008, 165-166 bet.

5. Бабков В.Ф. Дорожные условия и безопасност движения. М.: Транспорт. 1982. - 286 с.

XULOSA

REFERENCES

1. "Узавтойул" Давлат акциадорлик компаниясининг Узбекистан Республикаси

February, 2022

6. Нуруллаев, У., Умиров, И., & Исоков, Г. (2021). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, 2(5), 678-684.

7. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг хдракатланиш хавфсизлигига таъсирини тахлил килиш. Academic research in educational sciences, 2(2).

8. Karimovich, A. A., & Abdukarimovich, U. B. (2021). Method of ensuring traffic safety on slippery roads.

9. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Абдурахманов, М. М. (2021). Анализ существующих работ, посвященных проблемам экологии автомобильного транспорта. Вестник науки, 2(2), 74-82.

10. Нуруллаев, У., Отакулов, З., & Эгамназаров, Н. (2021). Киш мавсумида автомобиль йулларининг утказиш даражасига куйиладиган талаблар. Academic research in educational sciences, 2(2).

11. Agzamov, J., Hamraqulov, Y., & Baratov, I. (2021). Jizzax shaxrining magistral kochalarida harakat xavsizligini tahlil qilish. Academic research in educational sciences, 2(6), 363-368.

12. Murtazakulovich, H. Y., & Qo'Chqorovna, Y. M. (2021). Yer usti trаnsport tizimlаridа tаshishni tаshkil etishdа yuksiz qаtnovlаrni optimаl rejаlаshtirish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

13. Хамракулов, Ё. М., & Абдукаримов, Ш. У. (2022). Норматив на капитальный и текущий ремонт карьерных автосамосвалов. вестник науки Учредители: Индивидуальный предприниматель Рассказова Любовь Федоровна, 1(1), 141-146.

14. Mansurovna, M. L., & Eshquvvatovich, I. S. (2021). Study of the influence of operating factors of a vehicle on accident by the method of expert evaluation. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 10-17.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.