Научная статья на тему 'JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV'

JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
500
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jurnalist / mahorat / fikrlash / qobiliyat / xolislik / tanqid qilish / kreativlik / tezkorlik. / Journalist / skill / thinking / ability / objectivity / criticism / creativity / agility.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turgunova, Ezoza Ilgor Qizi

Ko’pchilik aniqlik, xolislik va halollik (tog’ri so’zlik) yaxshi jurnalistikaning asosiy tamoyillari deb bilishadi, shuningdek, IWPRda ham aynan shu prinsiplar jurnalistik ta’lim berishning asoslarini tashkil etadi. Jurnalistika o’zi yoritadigan dunyo kabi rang-barangdir. Zotan, unda kreativ fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash ham bugungi kunning talabi, desak mubolag’a bo‘lmaydi. Yangiliklarni yoritadigan jurnalistlar shov-shuvli materiallar tayyorlaydigan va taniqli shaxslar haqida yozadigan yoki haftalik jurnallarda ishlaydigan farqli ravishda boshqacha faoliyat yuritadilar. Aynan oddiy yangilikni ham kreativ tarzda ommaga yetkazish ham jurnalistik mahoratdir. Amerikalik muxbirning jurnalistik materiyali ko’pincha britaniyalik jurnalistning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Boshqa qit’alar va mintaqalarning uslublari bundan ham ko’proq farq qilishi mumkin. Demak, jurnalist kadrlarni tayyorlashda kreativ usullarni izlash uchun xorij matbuotiga murojaat qilish ham yaxshi samara beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATIVE APPROACH TO TRAINING JOURNALISTS

Many believe that accuracy, impartiality and honesty are the basic principles of good journalism, and that these same principles form the basis of journalism education at IWPR. Journalism is as diverse as the world it covers. It is no exaggeration to say that the training of creative thinking staff is a requirement of today. Journalists who cover the news do things differently than they do when they make sensational stories and write about celebrities or work for weekly magazines. It is a journalistic skill to deliver simple news in a creative way. An American journalist's journalistic material is often radically different from that of a British journalist. The styles of other continents and regions may be even more different. This means that it is better to turn to the foreign press to look for creative ways to train journalists.

Текст научной работы на тему «JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV (Creative approach to training journalists)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-62-68

Turg'unova E'zoza Ilg'or qizi

O'zbekiston telekanali, madaniy-ma'rifiy va badiiy dam olish dasturlari

jurnalisti

Ko'pchilik aniqlik, xolislik va halollik (tog'ri so'zlik) yaxshi jurnalistikaning asosiy tamoyillari deb bilishadi, shuningdek, IWPRda ham aynan shu prinsiplar jurnalistik ta'lim berishning asoslarini tashkil etadi. Jurnalistika o'zi yoritadigan dunyo kabi rang-barangdir. Zotan, unda kreativ fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash ham bugungi kunning talabi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Yangiliklarni yoritadigan jurnalistlar shov-shuvli materiallar tayyorlaydigan va taniqli shaxslar haqida yozadigan yoki haftalik jurnallarda ishlaydigan farqli ravishda boshqacha faoliyat yuritadilar. Aynan oddiy yangilikni ham kreativ tarzda ommaga yetkazish ham jurnalistik mahoratdir. Amerikalik muxbirning jurnalistik materiyali ko'pincha britaniyalik jurnalistning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Boshqa qit'alar va mintaqalarning uslublari bundan ham ko 'proq farq qilishi mumkin. Demak, jurnalist kadrlarni tayyorlashda kreativ usullarni izlash uchun xorij matbuotiga murojaat qilish ham yaxshi samara beradi.

Kalit so'zlar: Jurnalist, mahorat, fikrlash, qobiliyat, xolislik, tanqid qilish, kreativlik, tezkorlik.

Many believe that accuracy, impartiality and honesty are the basic principles of good journalism, and that these same principles form the basis of journalism education at IWPR. Journalism is as diverse as the world it covers. It is no exaggeration to say that the training of creative thinking staff is a requirement of today. Journalists who cover the news do things differently than they do when they make sensational stories and write about celebrities or work for weekly magazines. It is a journalistic skill to deliver simple news in a creative way. An American journalist's journalistic material is often radically different from that of a British journalist. The styles of other continents and regions may be even more different.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

This means that it is better to turn to the foreign press to look for creative ways to train journalists.

Keywords: Journalist, skill, thinking, ability, objectivity, criticism, creativity, agility.

Bugungi kunda jumalistlami tayyorlashda kreativ yondashuv haqida so'z borar ekan, aytish joizki, kreativlik bu nafaqat ijodkorlikni, balki ma'lum muammolarni yechish qobiliyatini ham o'z ichiga oladi. Kreativlikka xos bo'lgan tezkor fikrlash, qiziquvchanlik, originallik va fantaziyaga boylik kabi xususiyatlar jurnalistlar uchun eng kerakli omillardan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Jurnalistikada kreativ fikrlashni o'rganish uchun intellect va intuitsiya kabi tushunchalardan ham xabardor bo'lish talab etiladi.

Bugungi axborot asrida barcha mexanik harakatlarda avtomatlashtirish imkoniyati paydo bo'lganligi bois, har kim o'z yo'lini topish uchun noodatiy, ijodiy va kreativ fikrlashiga ehtiyoj tug'ildi. To'rtinchi hokimiyat deya atalmish, xalqdan bir qadam oldinda yuruvchi jurnalistlar ham bundan mustasno emas, albatta. Kreativ fikrlay olish uchun esa har bir inson dastavval o'zini va fikr-mulohazalarini isloh qila olishi lozim. [Yulduz.O.2021.b.8-9]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jurnalistlarni tayyorlashda kreativ yondashishga harakat qiluvchi har bir pedagog, chet elda journalist kadrlarni tayyorlashda e'tibor qaratiluvchi jihatlarni ham ko'zdan qochirmasliklari lozim.

■ Gij-gijlashga va kamsitishlarga yo'l qo'ymaslik uchun ehtiyotkorlik Bosniya Matbuot Jurnalistlari Kodeksining ajralmas belgisidir.

■ Xolislik va aniqlik BBC muxbirlari uchun asosiy prinsiplardir.

■ Yaponiya gazeta noshirlari va muharrirlari uyushmasining jurnalistika qonunlari gazetalarni "farovon va tinch kelajakni ta'minlash uchun doimiy sa'y-harakatlarni" jurnalistlar zimmasiga yuklaydi.

Ushbu jurnalistik axloq kodekslarining barchasi jurnalistlar nimadan qochish kerakligi to'g'risida quyidagilarni taqdim etadi:

■ tuhmat va haqorat (yomon otliq qilish)

■ plagiat (boshqa odamlarning materiallarini o'zlariniki sifatida taqdim etish)

■ pora olish

■ hikoyalar to'qib chiqarish (uydirma va soxta ma'lumotlarga tayanish)

KIRISH

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Jurnalistikada professional yondashuvlarni qo'llashning turli xil usullari mavjud - urush jinoyatlarini qanday yoritish, qurbonlar va jarohatlar haqida qanday so'zlab berish, ommaviy jurnalistika" bilan qanday shug'ullanish yoki "mas'uliyatli reportaj" ni qanday tayyorlash kerak - bu ayniqsa murakkab va ba'zan munozarali mavzudir, unda mojaroni qanday yoritish kerakligi va mojaroning oqibatlari kelajakka qanday ta'sir qilishi haqida o'ylashga majbur qiladi. Ushbu mavzularning ba'zilari keyinchalik ushbu qo'llanmada muhokama qilinadi. Ammo bularning barchasida va ommaviy axborot vositalarining jamiyat rivojiga va demokratiya rivojiga qo'shgan hissasi asosida voqealarni faktlarga asoslangan xolda yoritilishi yotadi. Mas'uliyatli jamoatchilik muhokamasini ta'minlash uchun ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish, mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldida javobgarligi darajasini oshirish va elektoratni xabardor qilish - bular demokratik jamiyatdagi ommaviy axborot vositalarining asosiy vazifalaridir. Shubhasiz, ko'plab professional kodekslar ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining yetakchi rolini ta'kidlaydi. [Mirziyoyev Sh.M.2017.Xalq so'zi.№11]

Asosiy elementlar: Jurnalistlar uchun har qanday axloqiy kodeksda jurnalistika amaliyotida kamida uchta asosiy omil mavjud deb belgilab qo'yilgan: xolislik, aniqlik va halollik. Ularni universal standartlar deb hisoblash mumkin. Axloqiy mezonlar ham yangilik to'plashda halollik va odillik zarurligini ta'kidlaydi. Ko'p kodekslar, shuningdek, ma'lumot to'plashning muhim tarkibiy qismi sifatida manbalarni himoya qilishni o'z ichiga oladi.

Xolislik: Ko'pgina jurnalistlarning odob-axloq kodeksi va odob-axloq qoidalari voqealarni tasvirlashda "xolislik" yoki "mustaqillik" ni ta'kidlaydi. Ammo bu tushunchani aniq qilib ta'riflab berish qiyin bo'lishi mumkin. Xolislik degani, reportaj bir siyosiy partiyani, dinni, odamlarni yoki etnik guruhni boshqasiga zarar yetkazish uchun qo'llab-quvvatlamasligini anglatadi. Bu sizga partiyalarning siyosati va bayonotlari to'g'risida adolatli ma'lumot berishga imkon beradi va bir tomon yoki guruh boshqasiga nisbatan bildirishi mumkin bo'lgan sharhlarni o'z ichiga oladi. Ammo asosiy tamoyil shundaki, jurnalist to'g'ridan-to'g'ri o'z fikrini bildirmasligi, o'z sharhlarini aytmasligi yoki shaxsiy siyosiy xohishlarini ifoda qilmasligi kerak. [O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.2000-2005]

Muvozanat saqlangan jurnalistika haqiqat bilan fikr o'rtasidagi aniq farqni ta'minlaydi. Ko'pgina mamlakatlarda tahririyatlar hech qanday moliyaviy yordamisiz yashab qolish mukin emas deb hisoblashadi va siyosiy partiyalar, siyosatga ta'sir qiluvchi guruhlar yoki siyosiy manfaatlarga ega nufuzli ishbilarmonlar bunday

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

qo'llab-quvvatlash uchun tabiiy nomzodlardek ko'riladi. Bunday holatlarda, gazetalar hech bo'lmaganda o'zlarining moliyaviy manbalari to'g'risida xalqni xabardor qilishlari kerak, shunda o'quvchilar ularning beg'arazligi to'g'risida o'z fikrlariga ega bo'lishlari mumkin. Mas'uliyatli nashrlar e'lon qilingan yangiliklar va tahririyat fikri o'rtasida aniq farqlarni belgilab qo'yishadi. Yangiliklar oldingi sahifada joylashtiriladi, kimningdir tahlili va fikrlari esa ichki sahifalarda joylashtiriladi va aniq qilib ko'rsatib qo'yiladi. Ba'zi gazetalarda "tahliliy" maqolalar chop etiladi va shu bilan ular muqarrar ravishda jurnalistning muayyan nuqtai nazarini aks ettiradi va ularni bevosita yangiliklardan ajratish uchun aniq "yangiliklar tahlili" deb nomlanadi. Ko'plab gazetalarda yangiliklarni tayyorlashda ishtirok etadigan va tahririy maqolalar va sharhlarni tayyorlaydigan guruhlar bir-birlaridan ajratilgan holda ishlaydi va hatto bir-biri bilan aloqada bo'lishiga ruxsat ham berilmaydi. [Xudoyqulov M.2000]

G'arbda ko'plab ommaviy axborot vositalari va nashrlar xususiy kompaniyalarga tegishli bo'lib va tijoriy mavzudagi ob'ektiv mat eriallarni nashr etish juda nozik yondashuvni talab qiladi. Tahririyat va tijorat yoki reklama bo'limlari bir -biridan mutlaqo ajratilib qo'yilgan. Nashriyotchi yoki OAV egasi nashr mazmuniga ta'sir ko'rsatmoqchi bo'lganligi sababli muharrir ishdan ketishga majbur bo'lgan paytlar ham bo'lgan. Va agar bunday aralashuvdan keyin muharrir o'z o'rnida qolsa, bu ba'zi nashrlarning obro'siga putur yetishiga sabab bo'lgan. Ko'pincha mojaroli vaziyat gazeta yoki teleradioeshittirish kompaniyasida gazeta sahifalarida yoki efir vaqtida katta miqdordagi reklama buyurtma qiladigan OAV egalari yoki kompaniyalar uchun noqulay yoki zararli bo'lgan material mavjud bo'lganda yuzaga keladi. Agar u tanqidiy materialni nashr etsa, u kelib turgan daromadini yo'qotishi mumkin. Ammo agar ma'lumot bosti-bosti qilinsa, unda bu ommaviy axborot vositasi noxolis bo'lib, o'z obro'sini yo'qotadi. Siyosiy ob'ektivlikni saqlash ko'p sabablarga ko'ra qiyin. Ba'zi mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari to'g'ridan-to'g'ri bosim tagida qolishadi - agar ular hukumatni tanqid qilsalar va faqatgina mustaqil taraf bo'lishga harakat qilsalar ham, ular "xorijiy hukumatlarning malaylari" yoki tarafdorlari deb hisoblanishadi. [L. M. Makushin.2000.b.23-27]

Jamiyat juda qutblangan davrlarda o'z pozitsiyasini saqlab qolish ayniqsa qiyin. Obyektiv bo'lish boshqa oddiy sabablarga ko'ra ham qiyin bo'lishi mumkin. Davlat rahbari tomonidan aytilgan so'zlar, shubhasiz, davlat rahbari ochiq tashviqot olib borgan taqdirda ham, qishloq ahlining fikridan ko'ra ishonchli xabar deb qabul qilinadi, dehqon esa davlat siyosatining poydevori zaiflashib qolganiga taalluqli bo'lgan e'tiborsiz qolgan muammolar haqida gapirayotgan bo'ladi. jurnalistik kodeks

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

aniqlik zarurligini ta'kidlaydi. "To'g'ri ma'lumot berish" istagi har doim tezlikdan ustun keladi. Shoshilib, lekin noto'g'ri ish qilayotganlar mukofotni kutishmasa ham bo'ladi. Jurnalist uchun yozish qobiliyati - bu ma'lumotlarni aniq, lo'nda va samarali taqdim etish qobiliyatidir. Material ishonchli dalillarga asoslanishi kerak; shu sababli muxbir ishonchli ma'lumotni qayerdan va qanday topishni bilishi kerak. Bu yaxshi kuzatish, tinglash qobiliyati, puxta bilim va yaxshi zehnga ega bo'lish, eng muhimi, ishonchli ma'lumot izlashda to'g'ri odamlar bilan gaplashish qobiliyatiga ega bo'lish demakdir. Jurnalist uchun aksioma shundan iboratki, eng yaxshi muxbirlar shaxsiy aloqalari qanchalik yaxshiligiga bog'liq bo'lishadi. Shuning uchun bunday aloqalarni qanday yaxshilashni va taklif qilingan ma'lumotni qanday baholashni o'rganishingiz kerak. Bu sizga ishonchli (ularni ishonchni qozonishni) hamda ishonchsiz odamlarni aniqlashga qodir bo'lishingiz kerakligini anglatadi. Bitta hodisa to'g'risida qarama-qarshi fikrlar o'rtasida qanday qilib muvozanatni saqlash kerakligi juda qiyin masaladir. [Mirziyoyev Sh.M.Prezident nutqi.2017]

Eslab qolish: Materialni to'g'ri tayyorlash bilan siz aytilganlarning to'g'ri yozilganligiga ishonch hosil qilish uchun manbalarga kerak bo'lsa yana bir bor telefon qilishingiz kerak, ayniqsa boshqa manbalar bu haqda boshqacha fikr bildirsa. Bu faktlarni tekshirish deb ataladi va ba'zi nufuzli nashrlarda maqola uchun materiallar maxsus tadqiqotchi yoki yangi boshlovchi jurnalist tomonidan, ayniqsa murakkab va baxsli, sensatsion maqola haqida gap ketganda, dalillarning to'g'riligini tasdiqlash uchun yana bir bor to'planadi. Ba'zida, agar biron bir shubha bo'lsa, unda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun material kechiktirilishi mumkin. Noto'g'ri ma'lumot taqdim etilishi nashriyotning kelajakdagi obro'siga ta'sir qilishi mumkin va eng yomon holatda jiddiy shikast yetkazishi ham mumkin, shu jumladan sudgacha olib kelishi mumkin. Aniqlik nafaqat dalillarga taalluqli; bu kontekst bilan ham bog'liq. Saylov oldidan nomzod yoki kompaniyaning faoliyati uchun zararli ma'lumotlar jiddiy oqibatlarga olib keladi. O'quvchi bu material qayerdan kelganligini va ushbu manbaning noxolis maqsadlari bor yoki yo'qligini bilishi kerak. [Qozoqboyev T.2007.b.45-49]

XULOSA

Doim quyidagi narsalarga e'tibor bering:

■ Barcha manfaatdor tomonlarning fikrlarini yoritish. Agar biror-bir baxsli masala chiqsa, siz "ikkala tomon bilan" gaplashishga harakat qilishingiz kerak, ammo esda tutingki, bu yetarli bo'lmasligi mumkin. Mojaroda "yarashmaydigan guruhlar" bo'ladi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Ammo rasmiy xalqaro kuzatuvchilar yoki diplomatlar, mustaqil nodavlat taraflar va mustaqil fuqarolar ham bo'ladi. Hech kim haqiqatga monopoliya yarata olmaydi, lekin eng kam manfaatdor odamning ma'lumotlari, qoida tariqasida, eng ishonchli hisoblanadi.

■ Birovga qarshi ayblov qo'yilsa, adolatli tarzda ayblanganligiga ishonch hosil qiling. Bu balanslangan ma'lumotni yoki boshqa muhim omillarni, xususan har qanday da'volarga nisbatan adolatli javob berish huquqini o'z ichiga oladi.

■ Jurnalistik ishda ochiq bo'ling. Siz jamiyatga xizmat qiladigan jurnalistsiz va qilayotgan ishlaringizda birinchi qatorda turishingiz kerak. Siz nima qilayotganingizni qanchalik aniq tushunsangiz, sizning manbalaringizdan maxfiy ma'lumotlarni olishda shuncha ko'p muvaffaqiyatga erishasiz.

■ Ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan manfaatlar to'qnashuvidan yoki vaziyatlardan qoching. Holis jurnalistlar o'zlarining kasblari bilan shug'ullanganda, siyosiy partiyalarda muhim lavozimlarni egallamasligi, ommaviy namoyishlarda qatnashmasligi, ular to'g'risida reportaj tayyorlayotganda yoki jamoatchilikka ularning faoliyatiga bu bog'liqliklar ta'sir qiladi deb o'ylashga imkon beradigan boshqa biron bir ish bilan shug'ullanmasliklari kerak, ayniqsa davlat ishida ishlamasliklari kerak. [Saidov H.2004.b.41-42]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iyta rtibintizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil stiqbollariga bag'ishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. //Xalq so'zi gazetasi. 2017-yil, 16-yanvar, №11.

2. Mirziyoyev SH.M. Erkin va faravon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda quramiz.2017-yil 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI.

3. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1 - 2 jildlar. - T.: "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2000 - 2005.

4. Lug'at. Jurnalistika. Reklama. Pablik Rileyshnz. Ma'lumotnoma. - T.: Zarqalam, 2003.

5. Xudoyqulov M. Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi. - T.: Universitet, 2000.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

6. Jurnalistskoye obrazovaniye v XXI veke (sost. L. M. Makushin). -Yekaterinburg, 2000.

7. Saidov H. Axborotni boshqarish yoki yashirish// Filologiya masalalari. 2004, №1. B. 41-42. 15.1

8. Saidov H. Jurnalistning tayanch nuqtasi // Filologiya masalalari. -2004, №2. B.

9. Qozoqboyev T. Jurnalistika asoslari. - T.: Musiqa, 2007

10. Yulduz O. Jurnalistikada kreativ fikrlash. -:"Mumtoz so'z", 2021.

11. ХАСАНОВА Г. Х. General and professional education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis //Иностранные языки в Узбекистане. - 2020. -№. 1. - С. 83-97.

12. Khasanova, Gulsanam Khusanovna MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD // ORIENSS. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/main-trends-in-the-development-of-education-and-professional-training-in-the-world (дата обращения: 05.01.2022).

13. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

14. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

15. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF Ф Ш ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

16. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

41-42.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.