Научная статья на тему 'JAG‘LI MAYDALAGICHNING ELEKTRODVIGATELI QUVVATINI HISOBLASH'

JAG‘LI MAYDALAGICHNING ELEKTRODVIGATELI QUVVATINI HISOBLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
553
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jag’li maydalagich / elektrodvigatel / eksstentrik val / maydalanadigan material / tog’ jinslari / mustahkamlik chegarasi. / jaw crusher / electric motor / eccentric shaft / crushed material / rocks / tensile strength.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Ismoilov

Ushbu maqolada yirik o’lchamdagi tog’ jinslarini maydalash va beton uchun ishlatiladigan yirik va mayda to’ldiruvchilarning kerakli bo’lgan fraksiyalarini xosil qilishda jag’li maydalagichning elektrodvigateli quvvatini hisoblash natijalari asosida jag’li maydalagichning afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida xulosa qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION OF THE POWER OF THE GRINDER ELECTRIC MOTOR

This article summarizes the advantages and disadvantages of the jaw crusher based on the results of the calculation of the electromotive force of the jaw crusher in crushing large rocks and obtaining the required fractions of coarse and fine aggregates used for concrete.

Текст научной работы на тему «JAG‘LI MAYDALAGICHNING ELEKTRODVIGATELI QUVVATINI HISOBLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

JAG'LI MAYDALAGICHNING ELEKTRODVIGATELI QUVVATINI HISOBLASH

Ismoilov Dilshod Jo'raqul o'g'li

Jizzax politexnika institute assistant https://doi.org/10.5281/zenodo.7312545

Annotatsiya. Ushbu maqolada yirik o'lchamdagi tog' jinslarini maydalash va beton uchun ishlatiladigan yirik va mayda to'ldiruvchilarning kerakli bo'lgan fraksiyalarini xosil qilishda jag'li maydalagichning elektrodvigateli quvvatini hisoblash natijalari asosida jag'li maydalagichning afzalliklari va kamchiliklari to'g'risida xulosa qilinadi.

Kalit so'zlari: jag'li maydalagich, elektrodvigatel, eksstentrik val, maydalanadigan material, tog'jinslari, mustahkamlik chegarasi.

РАСЧЕТ МОЩНОСТИ ЭЛЕКТРОДВИГАТЕЛЯ ИЗМЕЛЬЧИТЕЛЯ

Аннотация. В данной статье обобщены преимущества и недостатки щековой дробилки по результатам расчета электродвижущей силы щековой дробилки при дроблении крупных пород и получении требуемых фракций крупных и мелких заполнителей, используемых для бетона.

Ключевые слова: щековая дробилка, электродвигатель, эксцентриковый вал, дробленый материал, горные породы, предел прочности.

CALCULATION OF THE POWER OF THE GRINDER ELECTRIC MOTOR

Abstract. This article summarizes the advantages and disadvantages of the jaw crusher based on the results of the calculation of the electromotive force of the jaw crusher in crushing large rocks and obtaining the required fractions of coarse and fine aggregates used for concrete.

Keywords: jaw crusher, electric motor, eccentric shaft, crushed material, rocks, tensile strength.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli "Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag'batlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish amalga oshirildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qurilish industriyasida yirik va mayda to'ldiruvchilar, bog'lovchi materiallar, beton va temir beton materiallarisiz tassavvur etib bo'lmaydi. Shu o'rinda yirik hajmdagi tog' jinslarini qurilish ishlari uchun kerakli bo'lgan fraksiyalarda maydalash ko'pgina korxonalarda jag'li maydalagichlar orqali amlga oshiriladi. Uning elektrodvigateli quvvatini hisoblash natijalari asosida jag'li maydalagichning afzalliklari va kamchiliklari to'g'risida xulosa qilinadi. Jag'li maydalagichda maydalash jarayonida elektrodvigatelga doimiy ravishda katta og'irlik tushmaydi va u maydalashning kuchaytirilishiga bog'liqdir. Ishlash jarayonida maydalashning kuchaytirilishi maksimal qiymatga chiqadi, bo'sh holda esa nolga tengdir. Shuningdek, ishlash jarayonida maydalashning kuchaytirilishi doimiy kattalikda bo'lmaydi, ishchi kamerada to'ldirilgan materialning yumshash darajasiga va kirayotgan mahsulotning bir xil bo'lmagan qattiqlikdagi alohida bo'laklariga bog'liq holatda unchalik katta bo'lmagan holda tebranadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi kunda jag'li maydalagichning elektrodvigatelining quvvatini aniqlashning bir necha hisoblash va empirik formulalari ma'lum. Ish A quyidagi formula bilan aniqlanadi:

A = 02siq. V / 2E dj, (1)

bu erda: oSiq- maydalanadigan materialning siqilishdagi chegaraviy mustahkamligi, n/m2;

V - material hajmi, m3;

E - maydalanadigan materialning egilish moduli, n/m2. Hajmni aniqlash (maydalash darajasi hisobga olinganda) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

V = n L / 6 • (D2 - d2) m3, (2)

bu erda: L - maydalash kamerasining uzunligi, m;

D - kirayotgan mahsulot bo'lagining o'lchami, m;

d - tayyor mahsulot bo'lagining o'lchami,

m.

Talab qilingan quvvat quyidagiga teng bo'ladi: N = An /n vt, (3) bu erda: n - eksstentrik valning aylanish soni, ayl/sek;

n - uzatmaning foydali ish koeffistienti, n =0,85. (3) formulaga A va V qiymatlarini qo'ysak, quyidagini olamiz: N = a2Siq. n L /12 E n • (D2 - d2) n vt, (4) Oddiy harakatlanuvchi jag'li maydalagichlarning elektrodvigatel-larining quvvatlari (4) formula orqali aniqlanganligi 1-jadvalda keltirilgan. Maydalanadigan materialning mustahkamlik chegarasining siqilish (oSiq) qiymati 250 n/m2 deb qabul qilingan.

1-jadval (4) formula orqali hisoblangan elektrodvigatellarning quvvati

Maydalagichning o'lchamlari Vx L, mm (4) formula orqali quvvat hisoblanganda, kvt O'rnatilgan elektrodvigatel quvvati, kvt Amaldagi quvvatni oshishi hisobi, marta

400x600 103 28 3,68

600x900 300 75 4,0

900x1200 528 100 5,28

1200x1500 945 160 5,9

1500x2100 1660 250 6,65

Yuqori qattiqli dagi ohaktoshlarni siqilishd agi mustahkamlik chegarasi, bazalt va

granitlar 200 dan 400 Mn/m2 gacha tebranadi. Ushbu materiallarning sinishdagi mustahkamligi, cho'zilishi va siljishi chegaralari 0,0835-0,125 dan siqilishdagi mustahkamlik chegarasini tashkil etadi.

Material bo'lagining sinishi jarayonida unga siqilish kuchi ta'sir etadi, shu tariqa sinish, siljish va cho'zilishni keltirib chiqaruvchi kuch paydo bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ravshanki, material bo'lagini sindirish uchun talab etiladigan natijalashtiruvchi kuch, siqilishga bo'lgan mustahkamlikning maksimal chegarasiga muvofiq keluvchi siqilish kuchlaridan kichik bo'lishi kerak.

Qayd etilganlarni (quyida keltiriladigan tasdiqlovchi hisoblarni) e'tiborga olib, siqilishga bo'lgan mustahkamlikning qiymatini chegaradan (400 Mn/m2) kichigini qabul qilish zarur. Hisoblar shuni ko'rsatdiki, universal uzatma uchun ushbu qiymatni 250 Mn/m2 dan oshmagan holatda qabul qilish lozim.

(4) formulada maydalanadigan materialning hajmi materialning eng katta bo'lagining o'lchamlari hisobga olingan. Ushbu hajmni yuqori ekanligini quyidagi sabablarga ko'ra tan olish kerak:

1. Maydalagichda qamrab olinadigan material bo'lagining soni L/D jihat maydalash soni ekanligi hisobga olinmagan. Misol uchun, 1500*2100 mm maydalagichda materialning eng katta o'lchami 1300 mm ga teng, ya'ni L/D=1,63 va bu ketma-ketlikda qabul qiladigan tirqish faqat bitta 1300 mm o'lchamli material bo'lagini qabul qilishi mumkin. Ushbu holat barcha boshqa modelli maydalagichlar uchun ham o'rin tutadi.

2. Maydalagichda amaliyotda material bo'laklari aralashmasi har xil o'lchamlarda tushadi va albatta bo'laklarning o'rtacha kattaligi Dor. qabul qilish lozim. Hisoblar shuni ko'rsatadiki, o'rtacha kattalik Dor. o'lchami taxminan eng katta (0,5 - 0,52) Dengkat.ga teng.

MUHOKAMA

Qayd etilganlardan tashqari, formulaga mutanosiblik koeffistientini kmut. kiritish zarur (2-jadvalga qarang). Chunki maydalanadigan material bo'lagining o'lchamlarini kattalashtirishda energiyaning solishtirma og'irligi (hajmi) sarflanishi keskin kamayadi. Bu shunday tushuntiriladiki, bo'laklarning o'lchamlarini kattalashtirishda uning darz (yoriq) ketishi, g'ovakligi va bir xil bo'lmasligi hisobiga mustahkamligi kamayadi. Keltirilgan tuzatishlarni jamlab xulosa qilsak, quyidagini olamiz:

N = kmut. o2stq. n b L n /12 E n ■ (D2o'r. - d2 o'r) vt, (5) bu erda: kmut. - mutanosiblik koeffistienti, o'zgarshi bilan materialning mustahkamligi o'zgarishi

b - tuzatish koeffistienti, kameraning uzunligi bo'yicha bo'laklar soni maydalangan bo'lmasligi hisobga

bo'laklarning o'lchamlari hisobga olinishi;

joylashgan olinishi lozim. 400*600

kameraning uzunligi 600 mm ga, uning o'rtacha

o'lchamli maydalagich uchun kattaligi

Do y = 0,175 m, qamrab olinadigan material bo'lagining soni L / Do y = 3,43 ga teng. Aslida shunday qilib, uchta bo'lak mumkin,

b=3 / 3,43 =0,876.

(5) formula bo'yicha elektrodvigatel quvvati hisobi 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval Maydalagichlarning elektrodvigatellari quvvati

yotqizish

Maydalagichning O'rnatilgan (5) formula orqali Mutanosiblik

o'lchami V* L, mm elektrodvigatel quvvat hisoblanganda, koeffistienti,

quvvati, kvt kvt k mut.

400x600 28 26,8 1

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

600x900 75 71,6 0,92

900x1200 100 95,0 0,698

1200x1500 160 152,5 0,625

1500x2100 250 238,2 0,555

1-rasmda maydalagichga tushayotgan material bo'laklari o'lchamlariga mutanosiblik koeffistienti kmut. bog'liqligi tasvirlangan. Material bo'laklarining birinchi darz (yoriq) ketishi siqilish kuchining oxirgi chegaraviy qiymatiga yoki material tuzilmasi bo'yicha siljishi muayyan oydagi natijasiga asosan sodir bo'ladi.

1-rasm. Maydalagichga tushayotgan material bo'laklari o'lchamlariga mutanosiblik koeffistienti bog'liqligi chizmasi.

Ko'pchilik tog' jinslarida bo'laklar siqilishda qoldiqsiz deformastiyalanadi. Shunday turlarning qiyshiq siqilishi boshida ravon ko'tariladi va qachonki material kuchi maydalangan holatiga etganda, tik ishlov beriladi va pastga tushadi. Bunday bo'laklar mutlaqo egiluvchan va ular uchun ma'lum bo'lgan ish deformastiyasi iborasini tadbiq mumkin. A = o2buz. V / 2E dj, (6) bu erda: obuz. - maydalanadigan materialning buzilishdagi kuchlanishi, n/m2;

V - material bo'lagi hajmi, m3;

E - maydalanadigan materialning egilish moduli, n/m2. Maydalash darajasi io'r.=D/do'r. dan tashqari, bir martali hajm darajali maydalash a = D3 o'r./d3 o'r. tushunchasi kiradi.

Material bo'laklari bir necha holatda n maydalanadi, o'rtacha o'lchamli Do'r. olish uchun zarra parchali o'lchamlar do'r. yonida bir martali hajm darajali maydalash a ni belgilasak, unda:

D3 o'r./d3o'r. =i3= an , (7) buerdan 3lg i = n Ig a , (8)

yoki n = 3lg i / Ig a . (9)

XULOSA

Madomiki har bir maydalash holatida nazariy jihatdan o'sha bir xil ish bajarilsada, kirayotgan mahsulot bo'lagi D o'lchamlarini zarra parchali o'lchamlar d gacha maydalash uchun n holat talab etiladi. Unda quyidagi aniq umumiy ishni tashkil qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

A = a2buz. V / 2E 3lg i / lg a dj, (10)

bu erda: V - maydalanadigan bo'lak hajmi, m3.

Agarda mashinaning ishlab chiqarish samaradorligi Vm (m3/sek) ga teng bo'lsa, unda

maydalash uchun talab etiladigan quvvat quyidagicha tashkil etadi.

N = 3 o2 buz. Vm / 2 E n • lg i / lg a vt, (11)

REFERENCES

1. N.ye.Drozdov, M.IJuravlev. "Mexanicheskoe oborudovanie zavodov sbornogo jelezobetona". M., 1996g.

2. B.A.Tursunov, X.A.Akramov, D.Ismoilov "Producing of the optimal ingredients of multi-component cements and research of the physical-mechanical properties ". Novateur publications Journalnx-AmultidisciplinaryPeerreviewedjournal issn no: 2581 - 4230 volume 8, issue 7, july-2022.

3. M.I.Juravlev, A.Folomeev. "Mexanicheskoe oborudovanie predpriyatie materialov i izdeliy na baze ix". Moskva, 1999g.

4. A.F.Mirzaev. "Qurilish industriyasining mexanik uskuna va mashinalari". O'quv qo'llanma. Toshkent, 2000 y.

5. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2016. 56 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.