Научная статья на тему 'ISHSIZLIKNI OLDINI OLISH VA AHOLINING BANDLIGINI TA’MINLASH XORIJIY TAJRIBASI'

ISHSIZLIKNI OLDINI OLISH VA AHOLINING BANDLIGINI TA’MINLASH XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
137
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishsizlik / aholi bandligi / xorij tajribasi / ish bilan bandlik / modellar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Djuraeva Dildora

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda ishsizlik muammolari, ularga yechimlarni topish masalalari, qolaversa, ishsizlikni oldini olish va aholining bandligini ta’minlash xorijiy tajribasi muallif tomonidan o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISHSIZLIKNI OLDINI OLISH VA AHOLINING BANDLIGINI TA’MINLASH XORIJIY TAJRIBASI»

ISHSIZLIKNI OLDINI OLISH VA AHOLINING BANDLIGINI TA'MINLASH XORIJIY TAJRIBASI

Djuraeva Dildora

SamISI mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda ishsizlik muammolari, ularga yechimlarni topish masalalari, qolaversa, ishsizlikni oldini olish va aholining bandligini ta'minlash xorijiy tajribasi muallif tomonidan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: ishsizlik, aholi bandligi, xorij tajribasi, ish bilan bandlik, modellar.

Hozirgi kunda aholining ish bilan bandligini ta'minlash muammosi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo'lib iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar jarayonida ishchi kuchi bandligini ta'minlash muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur tushunchaning qarashlari va konseptual yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo qiladi.

Bugungi kunga qadar turli iqtisodchi olimlar tomonidan "aholi (ishchi kuchi) bandligi" tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. A.G.Gryaznov bandlikni ish joy bilan ta'minlash va xo'jalik faoliyatida ishtiroki bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy munosabatlar to'plami deb ataydi. Uning fikricha, bandlik moddiy omillar ishlab chiqarishga taalluqli iqtisodiy faol aholini tasvirlaydi. Bandlikda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi hamda iste'mol qiluvchi kuchlari o'zi namoyon qiladi. Chunki, undagi ishlab chiqarishning ob'ektiv sharoitiga munosabat, jami aholining takror ishlab chiqarish sharoiti hisoblanuvchi mehnatkashlar yashashlari uchun mablag'lar olish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Mashhur akademik Q.X.Abdurahmonov "Ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi va daromad keltiradigan faoliyatidir" degan ta'rifni beradi.

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan «Aholi bandligi to'g'risidagi» qonunida «Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidi» deb ta'rif berilgan.

Biroq, bizningcha, "aholi bandligi - bu fuqarolarning qonunda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, ularga natura yoki naqd ko'rinishida daromad keltiradigan, davlat va jamiyatga moddiy yoki ma'naviy naf keltiradigan faoliyatidir". Ya'ni davlat va jamiyatga moddiy yoki ma'naviy naf kelitiradigan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi bir shaxs yoki bir guruh shaxslarni ham band aholi tarkibiga kiritish lozim. Bunda ta'lim olayotganlar, muddatli harbiy xizmatni o'tayotganlar, oilaviy dehqonchilik bilan shug'ullanayotganlar, bolalar va

qariyalar parvarishi bilan shug'ullanayotganlar shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan "Aholi bandligi" to'g'risidagi qonunida "Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir" deb ta'rif berilgan. Iqtisodchi olimlardan A.O'Imasov va A. Vahobovlar fikricha "Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarni ishga joylashib, foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishlaridir Butun jahon sayyohlik va turizm tashkiloti vitse-prezidenti.

2020-yilda ro'y bergan pandemiya natijasida ishsizlik darajasi 6,6% gacha ko'tarilib, 2022-yilda yana 5,7% ga pasaygan. Demak, so'ngi 10 yillik davr mobaynida dunyo mehnat bozoridagi ishsizlik muammosining hal etilishida ijobiy o'zgarish bo'lmagan. Ishsizlik muammosining hal etilishi hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlariga, shu jumladan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarga ham birdek tegishli. Jumladan, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri Germaniya Federativ Respublikasida ham ishsizlik muammosi oldindan mavjud bo'lgan va hozirda ham mavjud. Shu boisdan, biz tadqiqotimiz davomida iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan davlatlarning mamlakatda aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan tajribasini o'rganishga harakat qildik. Bugungi kunda xorij tajribasida ishsizlikni oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining to'rtta asosiy modeli mavjud: Shvetsiya, Yevropa, Amerika va Yapon modellari1. Mamlakatda ishsizlikning oldini olishning Amerika modeli aholining eng faol qismini boyitib, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish tizimiga asoslangan. Aholining kam daromadli qatlami esa imtiyozlar va nafaqalar hisobiga maqbul hayot darajasi bilan ta'minlanadi. Shuningdek, bu model mehnat bozori va ijtimoiy sohaning nomarkazlashuvi, ish beruvchining ishchi ustidan yuqori darajadagi nazorati va boshqa sifatlari bilan xarakterlanadi. Ushbu modelning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar etib belgilangan:

• Xususiy mulkning mutlaq ustunligi;

• Bozor sub'ektlarining maksimal erkinligini qonunchilik bilan himoyalash:

• Makroiqtisodiy siyosat yuritish orqali davlat tomonidan tartibga solish doirasini cheklash.

Biroq, shunga qaramasdan, Amerika Qo'shma shtatlarida azaldan yuqori ishsizlik darajasi mavjudligini e'tirof etish zarur. Masalan, so'nggi 5 yillik davr olsak, ishsizlik darajasi o'rtacha 5,1% ni tashkil etganining guvohi bo'lishimiz mumkin.

Bunda friksion ishsizlikning hissasi katta bo'lishi mumkin, ya'ni mehnat bozorida ishchilar nafaqat ish joyini, balki kasbini ham faol ravishda o'zgartiradi. Masalan, mamlakatda yil davomida ishchilarning taminan 10% i o'z kasbini o'zgatiradi2.

1 Дружница, В. В. Обеспечение сбалансированности местного рынка труда: зарубежный опыт. В.В. Дружинина // Научный Вестник Херсонского государственного университета. - 2014-6-С. 124-128

2 К.К.Лукьянова. Зарубежный опыт регулирования занятости населения // Вестник ЮУрГУ. Серия «Экономика и менеджмент», 2016.Т.10, №3.

Yaponiyaning ishsizlikni oldini olishga qaratilgan modeli esa boshqa modellarga qaraganda tubdan faгq qiladi. U quyidagi Ыг qatoг o'ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

1. Umbrod bandlik tizimi;

2. Mehnatga haq to'lash

Yaponiyanida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun alohida belgilangan ish haqi stavkalari va qat'iy tasniflar mavjud emas. Bunda asosiy rag'matlantirishda yuqori ish haqi, muntazam bonusli to'lovlar, nafaqa to'lovlari va hoqazolaridan kiritilgan. Bundan tashqari korxonaning moliyaviy natijalaridan kelib chiqib, bir yilda 2 marta to'lanadigan psixo;ogik stimullar mavjud. Bular orasida «xodimni tug'ilgan kuni bilan tabriklash» metodi, savdo nuqtalarida ochiq suhbatlar" metodi, "taklif kiritish" metodlari mavjud bo'lib, ularning maqsadi oddiy ishchilar ongida korxonaga mansubik hissini mustahkamlash va shu asosda ularning mehnat samaradorligini maksimal darajada oshirish hisoblanadi.

Nazarimizda, umuman ushbu model ham mamlakatda ishsizlikni oldi olinishiga xizmat qilsada, biroq mehnat bozorida yangi ish o'rinlarining muntazam tashkil etilishiga biroz to'sqinlik qiladi. Chunki, ishchi xodimning bir tashkilotda umrining oxiriga qadar ishlashining kafolatlanishi mantiqan noto'g'ri. Ishchi xodimning xohishiga ko'ra ishini istalgan vaqt o'zgartirishi, ma'lum davrda nafaqaga chiqishi yoki ma'lum sabablarga ko'ra ishdan chetlashtirilishi mumkinligini ham hisobga olish zarur.

Shvetsiya davlatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, birinchi navbatda, tanlangan iqtisodiy rivojlanish modeli bilan tavsiflanadi. Ishsizlikni oldini olishning "Skandivaniya" yoki "Shvetsiya" modeli XX asrning 60-yillarida paydo bo'lib, cheklovchi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish orqali narxlarning barqarorligini ta'minlash va daromadlarni tenglashtirish, yuqori darajadagi to'liq ish bilan bandlik va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Modelning asosiy maqsadi aholini uzoq muddatga to'liq ish bilan ta'minlash va daromadlarini tenglashtirishdan iborat. Bunda markazlashtirilmagan bozor tizimining faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash ta'minlangan.

Bugungi kunda Shvetsiya ishsizlarni qayta tayyorlash orqali faol mehnat bozori siyosatini olib bormoqda. Buning natijasida mamlakatda mehnat bozori siyosati xarajatlarining asosiy qismi soliq va ijtimoiy sug'urta badallari shaklida davlatga qaytariladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat ishsizlik nafaqasi uchun ko'p miqdordagi pul mablag'larini sarflagandan ko'ra ishsizlarni qayta o'qitib, ish joyiga qaytarish, xususan, davlat subsidiyalari asosida bo'sh ish o'rinlariga joylashtirish siyosatini ilgari suradi. Shuningdek, shved modeli quyidagi 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi: va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Modelning asosiy maqsadi aholini uzoq muddatga to'liq ish bilan ta'minlash va daromadlarini tenglashtirishdan iborat. Bunda markazlashtirilmagan bozor tizimining faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash ta'minlangan.

1. Mehnatga layoqatli aholining to'liq ish bilan ta'minlanishiga erishish;

2. Aholiga ijtimoiy kafolatlar berish;

Aholi bandligini ta'minlashning Shvetsiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, mustahkam va yaxshi tashkil etilgan mehnat bozori siyosati yuqori mahsuldorlikka ega va soliq to'lovchilarning pulidan foydalanishning samarali usuli xisoblanadi. Bizningcha, kuchli ijtimoiy siyosat va mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish aynan shved modelida ko'proq o'z aksini topgan.

Aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikni oldini olish borasida Yevropa mamlakatlari ham o'ziga hos siyosati bilan ajralib turadi. Masalan, Fransiya va Germaniya davlatlarida ishchi va ish beruvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarini juda qat'iy tartibga soluvchi mehnat qonunchligi mavjud. Kasaba uyushmalari o'zlarining pozitsiyalarini himoya qilish uchun turli xil choralardan foydalangan holda, mehnat bozorida alohida rol o'ynaydi. Xususan, Germaniya Federativ Respublikasida kasaba uyushmalari korxonalarni boshqarishda ham bevosita ishtirok etadi. Ular direktorlar kengashi a'zosi bo'lishi o'laroq, muhim qarorlarni qabul qilishda bevosita ovoz berish huquqiga ham egadirlar. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda ijtimoiy sug'urta tizimi juda rivojlangan bo'lib, ishsizlar, nafaqaxo'rlar, nogironlar, boquvchisini yo'qotganlar va boshqalar uchun davlat kafolatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Yevropa mamlakatlarida bandlik siyosati to'rtta yo'nalishdan iborat.

1. Yangi ish joylarini, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini yaratishni rag'batlantirish;

Iqtisodiy ko'rsatkichlari past bo'lgan, shu bilan birga, muhim ijtimoiy muammolarning yechimini ta'minlaydigan iqtisodiy tarmoqlarni qo'llab- quvvatlash;

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy ahvoli va sanoat mansubligidan qat'iy nazar teng mehnat uchun teng ish haqiga erishish siyosatini qo'llab-quvvatlash

1. Yangi ish joylarini, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini yaratishni rag'batlantirish; siyosati to'rtta asosiy yo'nalishdan iborat: Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida mehnat bozori sohasidagi.

2. Iqtisodiy ko'rsatkichlari past bo'lgan, shu bilan birga, muhim ijtimoiy muammolarning yechimini ta'minlaydigan iqtisodiy tarmoqlarni qo'llab- quvvatlash;

Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida mehnat bozori sohasidagi muammolarni hal qilish yo'llarini belgilaydigan va zamonaviy ish bilan ta'minlash siyosatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Xorij tajribasida mamlakat aholisining bandligini ta'minlash va ishsizlikni oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining 4 ta modeli o'rganildi. Ushbu modellar Ichida Yevropa modelni O'zbekiston sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun birdek ta'sir ko'rsatuvchi va natijadorligi eng yuqori bo'lgan model sifatida qo'llash mumkinligi to'g'risida xulosaga kelindi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Дружница, В. В. Обеспечение сбалансированности местного рынка труда: зарубежный опыт. В.В. Дружинина // Научный Вестник Херсонского государственного университета. - 2014-6-С. 124-128

2. К.К.Лукьянова. Зарубежный опыт регулирования занятости населения // Вестник ЮУрГУ. Серия «Экономика и менеджмент», 2016.Т.10, №3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.