Научная статья на тему 'IQTISODIY MUVOZANAT VA UNING SHAKLLARI'

IQTISODIY MUVOZANAT VA UNING SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4966
288
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiy / muvozanat / bank / tizim / moliya va h.k.z / economic / balance / banking / system / finance / etc

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — O. Saparova, M. Ismoilova

Ushbu maqolada iqtisodiy muvozanat va uning shakllari haqida so'z boradi.Xususiy muvozanat bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari,alohida tovarlarga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon bo'ladi.Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC EQUILIBRIUM AND ITS FORMS

This article talks about economic equilibrium and its forms. Private equilibrium is the quantitative equalization of two interrelated economic indicators or aspects of the economy. Private balance is manifested in the form of a balance between production and consumption, purchasing power of the population and supply of goods, budget revenues and expenses, demand and supply for individual goods. means equal. General economic equilibrium is seen in market conditions, first of all, when aggregate demand and aggregate supply are equal.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY MUVOZANAT VA UNING SHAKLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IQTISODIY MUVOZANAT VA UNING SHAKLLARI Saparova Ozoda Sherzod qizi

Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo'nalishi Ismoilova Maftuna Doniyorovna

Urganch Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo'nalishi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336348

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiy muvozanat va uning shakllari haqida so'z boradi.Xususiy muvozanat - bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste 'mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari,alohida tovarlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon bo'ladi.Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o'zaro tengkelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi.

Kalit so'zlar: iqtisodiy, muvozanat,bank,tizim,moliya va h.k.z

ЭКОНОМИЧЕСКОЕ РАВНОВЕСИЕ И ЕГО ФОРМЫ

Аннотация. В данной статье говорится об экономическом равновесии и его формах.Частное равновесие - это количественное выравнивание двух взаимосвязанных экономических показателей или аспектов экономики. Частный баланс проявляется в виде баланса между производством и потреблением, покупательной способностью населения и предложением товаров, доходами и расходами бюджета, спросом и предложением на отдельные товары т. е. равными. Общее экономическое равновесие наблюдается в рыночных условиях, прежде всего, когда совокупный спрос и совокупное предложение равны.

Ключевые слова: экономика, равновесие, банковское дело, система, финансы и др.

ECONOMIC EQUILIBRIUM AND ITS FORMS

Abstract. This article talks about economic equilibrium and its forms. Private equilibrium is the quantitative equalization of two interrelated economic indicators or aspects of the economy. Private balance is manifested in the form of a balance between production and consumption, purchasing power of the population and supply of goods, budget revenues and expenses, demand and supply for individual goods. means equal. General economic equilibrium is seen in market conditions, first of all, when aggregate demand and aggregate supply are equal.

Keywords: economic, balance, banking, system, finance, etc

KIRISH

Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o'rtasida ma'lum muvozanat bo'lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to'g'risida gap borganda eng awalo, yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi tenglik e'tiborga olinadi.Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o'z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xususiy muvozanat - bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste'mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va xarajatlari,alohida tovarlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon bo'ladi.Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi. Bu nafaqat iste'mol ne'matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlami taqozo etadi.

1. Ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlaming mos kelishi.

2. Iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi.

3. Muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste'molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.

4. Iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo'lib bozor muvozanati, ya'ni barcha asosiy bozorlar: tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va h.z.da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat - bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o'zaro bog'liq muvozanatlar tizimini o'z ichiga oladi.Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bog'liq usuldan foydalaniladi:

1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.

2. Jamg'arma va investitsiyalami taqqoslash usuli.

Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste'mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+I„) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o'miga sof investitsiyalar ko'rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o'miga SMMning qo'llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X„) e'tiborga olinmaydi.

MUHOKAMA

Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko'zda tutilgan maqsad eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XULOSA

Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to'lov balansini bir me'yorda saqlash kabi maqsadlami ham o'z ichiga oladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko'zda tutildi.

REFERENCES

1. Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -Т.: Barkamol fayz-media, 2017, 783 bet.

2. Улмасов А., Вахабов А. В. Икгисодиёт назарияси. -Т.: Иктисод-молия, 2014,480 б.

3. Шодмонов Ш.Ш., Еофуров У.В. Икгисодиёт назарияси. Дарслик. -Т.: Иктисод-молия, 2010,728 б.

4. Раззоков А., Тошматов Ш., Урмонов Н. Иктисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. -Т.: Иктисод-молия, 2007, 320 б.

5. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. -Т.: Moliya, 2002, 42-89-90-147-149 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.