Научная статья на тему 'IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHNING BUGUNGI KUNDA MUHIM AHAMIYATI'

IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHNING BUGUNGI KUNDA MUHIM AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2013
177
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Modellashtirish / modellashtirishni o‘rgatish / iqtisodiy modellar / kognitiv / evristik / prognostik / moddiy-texnik resurslar / grafiklar / sxemalar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — G‘aybullayev Sarvar O‘ktam O‘g‘li, Xonkelov Yassim Komiljon O‘g‘li

Milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlarida modellashtirish va prognozlashning mohiyati, iqtisodiy zaruriyati, nazariy va uslubiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, ularning iqtisodiy mazmuni, zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida echilishi, olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabilar bayon etilgan. Shu bilan birga, qo‘llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish o‘tmish va hozirgi zamonning iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari, tendentsiyalariga asoslangan holda kelajakni oldindan ilmiy bilish va istiqboldagi rivojlanish maqsadlarini va vazifalarini aniqlash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHNING BUGUNGI KUNDA MUHIM AHAMIYATI»

IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHNING BUGUNGI

KUNDA MUHIM AHAMIYATI

G'aybullayev Sarvar O'ktam o'g'li

O'zMU JF o'qituvchi Xonkelov Yassim Komiljon o'g'li O'zMU JF talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7487335

Annotatsiya: Milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlarida modellashtirish va prognozlashning mohiyati, iqtisodiy zaruriyati, nazariy va uslubiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, ularning iqtisodiy mazmuni, zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida echilishi, olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabilar bayon etilgan. Shu bilan birga, qo'llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish - o'tmish va hozirgi zamonning iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari, tendentsiyalariga asoslangan holda kelajakni oldindan ilmiy bilish va istiqboldagi rivojlanish maqsadlarini va vazifalarini aniqlash.

Kalit so'zlar: Modellashtirish, modellashtirishni o'rgatish, iqtisodiy modellar, kognitiv, evristik, prognostik, moddiy-texnik resurslar, grafiklar, sxemalar.

Abstract: The nature, economic necessity, theoretical and methodological foundations of modeling and forecasting in the national economy and its sectors, modeling of socio-economic processes, their economic content, solution by means of modern information technologies, economic interpretation of the obtained results are described. At the same time, in the manual, socio-economic forecasting in the conditions of the market economy is scientific knowledge of the future based on the laws and trends of the economic development of the past and present, and the determination of the goals and tasks of future development.

Key words: Modeling, teaching modeling, economic models, cognitive, heuristic, prognostic, material and technical resources, graphs, schemes

Аннотация: Рассмотрены сущность, экономическая необходимость, теоретико-методологические основы моделирования и прогнозирования в народном хозяйстве и его отраслях, моделирование социально-экономических процессов, их экономическое содержание, решение средствами современных информационных технологий, экономическая интерпретация полученных результатов. описано. В то же время в учебном пособии социально-экономическое прогнозирование в условиях рыночной экономики представляет собой научное знание будущего, основанное на закономерностях и тенденциях экономического развития прошлого и настоящего, и определение целей и задач. будущего развития.

Ключевые слова: Моделирование, обучение моделированию, экономические модели, когнитивные, эвристические, прогностические, материально-технические ресурсы, графики, схемы.

Model so'zi lotincha modulus so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, me'yor degan ma'noni anglatadi.

Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlaming soddalashtirilgan nusxasidir. Modelning hayotiyligi, modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Modelda o'rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas, unda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo'yilgan talablarga to'la javob bermaydiva aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga qiyinchiliklar tug'diradi. Modelning haqiqiyligi to'plangan ma'lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog'liq. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi quyidagicha: -ob'yekt; -kuzatuvchi; -maqsad; -model;

Hozirgi davrda iqtisodiy ta'lim sohasida IIJMPning roli tobora ortib bormoqda. Buning sababi ikki tomonlamadir: bir tomondan, tajribaga asoslangan tadqiqotlar usulini chuqur tushuna olishi iqtisodchilarning ta'lim sohasiga qo'yilayotgan talablardan asosiysi bo'lib qolmoqda, ikkinchi tomondan esa matematika va statistikaning iqtisodiy ta'limdagi roli yanada ortib bormoqda. . IIJMP fanining yuzaga kelishi iqtisodiyotni o'rganishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog'liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o'zaro to'ldirish natijasida yuzaga kelgan.

Biroq endi faqat matematik statistikaga asoslangan tadqiqot usullari yetarli emasligini hayotning o'zi ko'rsatmokda. Yetuk iqtisodchilar matematik statistika va ehtimollar nazariyasi usullaridan, optimallashtirish va dinamik dasturlash va matematikaning boshqa usullaridan unumli foydalanganliklari sababli ularning ilmiy salohiyatlari dunyoda tan olingan. Aytib o'tish joizki, Alfred Nobel vasiyat qilgan dastlabki beshta yo'nalish orasida iqtisodiyot yo'nalishi bo'lmagan. Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotining rasmiy nomi "Alfred Bernxard Nobel xotirasiga iqtisodiyot sohasidagi mukofot" deb ataladi va u Nobel tug'ilganining 100 yilligi munosabati bilan Shvetsiya Milliy banki tomonidan 1968 yili ta'sis etilgan. Birinchi laureatlar norvegiyalik olim Ragnar Frish va gollandiyalik Yan Tinbergen iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga matematik usullarni qo'llaganlari uchun bu mukofotni

olishga muvaffaq bo'lganlar. Shu paytgacha Nobel mukofoti laureatlari bo'lgan iqtisodchilaming deyarli hammasi ekonometrik tahlil uslublarini iqtisodiy muammoni hal etishda keng qo'llay olganlar. O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tish davrini boshidan kechirmokda. Dunyo hamjamiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlar bunga ta'sir etmay qolaolmaydi. Ma'lumki, iqtisodiyot jamiyat taraqqiyotining asosiy richagidir. Buning uchun kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga katta e'tibor berish lozimligi juda ko'p ta'kidlanmokda. Ana shu sohalarni rivojlantirishda esa iktisodchi, menedjer va marketologlarning roli juda katta. Shuning uchun ular o'zgaruvchan bozor iqtisodiyotini tez tahlil qilib, to'g'ri qarorlar qabul qilib, kelajakni prognoz qila bilgan holda yangi yo'nalishlarga tez moslashib ish ko'rishlari kerak bo'ladi. Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo'llab, ushbu jarayonlarni ko'p variantli yechimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o'rganilayotgan ob'ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini prognozlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti murakkab, o'zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo'lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o'rganishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish kutilishi mumkin bo'lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati (statikada), uning istiqboldagi (dinamikada) o'zgarishlarini oldindan ko'rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor kon'yunkturasini oldindan prognozlamasdan turib, korxonalar mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilay olmaydilar. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o'z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. IIJMP fani orkali milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslari, aniq iqtisodiy ob'ektlar misolida modellarni yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo'yilgan masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlari bilan tanishtiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki modellashtirish va prognozlash (ekonometriya) fanini chuqur o'rganmay turib, uni o'z tadqiqotlarida qo'llay olmay turib, zamonaviy yetuk iqtisodchi bo'lish qiyin. Buning uchun ekonometrik tahlil o'tkazilganidan so'ng olingan natijalarning to'g'ri iqtisodiy talqinini bera olish ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Uchkun S., Dilshod N. Process Of Identifying The Significant Accounts In The Revenue Cycle //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 32-36.

2. Dilshod N. Xalqaro standartlar asosida korxonalarda tushumlar auditini tashkil qilish bosqichlari va dastaklarini takomillashtirish //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2022. - С. 105-110.

3. Najmiddinov D. R., Shodlikov D. E. The effect of the secret economy in a daily life of the society //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. - Т. 1.

- №. 1А. - С. 56-59.

4. O'g'li n. D. R., Qizi t. D. Z. Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va unga oid yangi yondashuvlar //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 1-4.

5. Akramovich N. A. The Priority Of Using Innovative Technologies In The Agricultural Education System //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 10. - С. 185-191.

6. G'Aybullayev Sarvar O. et al. O 'zbekistonda iste'mol savatchasi hozirgi holatini va uni shakillantirish yo 'nalishlari //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 119-125.

7. Nizametdinov А., Ahmedova H. Elektron ta 'lim metodologiyasi rivojlantirishning usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. - 2022. - Т. 1. -№. 1. - С. 29-31.

8. Nizametdinov A. A. Oliy ta'lim tizimining agrar sohasida innovatsion texnologiyalar qo'llash ustuvorligi. International conferences, 1 (6), 58-60. - 2022.

9. Nizametdinov A. A. Oliy ta'lim tizimida agrar sohaning ustuvorligi unda innovatsiyalarning qullanishi. International conferences, 1 (6), 96-98. - 2022.

10. Мухтаров Б. А. Имитационная система прогнозирования факторов в легкой промышленности //Молодой ученый. - 2017. - №. 40. - С. 122-124.

11. Muxtarov B., Murotjonova M. O'zbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub 'ektlarining rivojlanishi //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 581-584.

12. Ogli R. A. R. The difference between the concepts of database and database management system //Archive of Conferences. - 2022. - С. 33-34.

13. Nodira T., Maxfirat T. Formation and development of pronunciation in foreign language teaching in school students //international conferences on learning and teaching. - 2022. - т. 1. - №. 1.

14. Nodira T., Maxfirat T. Modern methods of teaching foreign language pronunciation to primary school pupils is based on the japanese experience //ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - C. 205-208.

15. G'aybullayev S. The place of the digital economy today //Journal of

Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - T. 1. - №. 11. -

C. 116-126.

16. Sarvar O'ktam o'g G. et al. Systematic-situation approach in management //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - T. 3. - №. 11. -C. 999-1008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.