Научная статья на тему 'IQLIM NAZORAT MASOFAVIY TIZIMINI QUYOSH KOLLEKTORLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

IQLIM NAZORAT MASOFAVIY TIZIMINI QUYOSH KOLLEKTORLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

199
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kontroller / Quyosh kollektori / CDcard / masofani uzaytirish / Fotoelektrik xossasi / Boshqaruvchi datchik. / Controller / Solar Collector / CDcard / Distance Extension / Photoelectric Property / Control Sensor

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hasan Ergash Ogli Abdiyev

Bu ishda olib borilgan tajribalarga ko`ra, yangi kontrollerda labaratoriya sharoitida ham, sanoat va xo’jalik sohalarida CDcard modulining avtomatik xotiraga saqlab qolish funksiyasi amalyotda zarur edi. Yana bir loyiha parametrlaridan biri masofaviy boshqaruv tizimi bo’lib bizda eng sodda hisoblangan mobil Bluetooth moduli orqli malumot almashish funksiyasi qo’llanildi. Bunday yechim masofadan boshqarish texnologiyasida boshlang’ich qadamlar hisoblanadi. Kelgusida masofani uzaytirish, boshqaruv nazoratni yanada takomillashtirishga keng yo’l ochildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE REMOTE CLIMATE CONTROL SYSTEM BASED ON SOLAR COLLECTORS

Experiments have shown that the new controller required in practice the function of automatic storage of the CDcard module, both in the laboratory and in industry and the economy. Another project parameter is the remote control system, which we used to exchange data via the simplest mobile Bluetooth module. This solution is the first step in remote control technology. In the future, the extension of the distance opened a wide way to further improve management control.

Текст научной работы на тему «IQLIM NAZORAT MASOFAVIY TIZIMINI QUYOSH KOLLEKTORLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

IQLIM NAZORAT MASOFAVIY TIZIMINI QUYOSH KOLLEKTORLARI

ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Hasan Ergash o'g'li Abdiyev

Jizzax politexnika instituti assistenti

ANNOTATSIYA

Bu ishda olib borilgan tajribalarga ko ra, yangi kontrollerda labaratoriya sharoitida ham, sanoat va xo'jalik sohalarida CDcard modulining avtomatik xotiraga saqlab qolish funksiyasi amalyotda zarur edi. Yana bir loyiha parametrlaridan biri masofaviy boshqaruv tizimi bo'lib bizda eng sodda hisoblangan mobil Bluetooth moduli orqli malumot almashish funksiyasi qo'llanildi. Bunday yechim masofadan boshqarish texnologiyasida boshlang'ich qadamlar hisoblanadi. Kelgusida masofani uzaytirish, boshqaruv nazoratni yanada takomillashtirishga keng yo'l ochildi.

Kalit so'zlar: Kontroller, Quyosh kollektori, CDcard, masofani uzaytirish, Fotoelektrik xossasi, Boshqaruvchi datchik.

IMPROVING THE REMOTE CLIMATE CONTROL SYSTEM BASED ON

SOLAR COLLECTORS

ABSTRACT

Experiments have shown that the new controller required in practice the function of automatic storage of the CDcard module, both in the laboratory and in industry and the economy. Another project parameter is the remote control system, which we used to exchange data via the simplest mobile Bluetooth module. This solution is the first step in remote control technology. In the future, the extension of the distance opened a wide way to further improve management control.

Keywords: Controller, Solar Collector, CDcard, Distance Extension, Photoelectric Property, Control Sensor.

KIRISH

Quyosh kollektorlarida uning asosiy parametrlarini harorat, suv sathi hamda boshqa ko'rsatkichlarni doimiy ravishda nazorat qilish uchun maxsus kontrollerlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

mavjud. Bu kontrollerlar nazorat qilishdan tashqari qo'shimcha vazifalarni ham bajarishi mumkin. Deylik suv sathi kerakli sathdan pastga tushgan taqdirda kontroller buni ilg'aydi va maxsus dvigatelni ishga tushuradi. Dvigatel o'z navbatida kollektor idishiga suvni haydaydi va keraklicha sathga yetganida kontroller dvigatelni toxtatadi. Maksimal sath va minimal sathni kontroller orqali boshqarishimiz mumkin [1]. Demak kontroller Quyosh kollektorini kuzatishdan tashqari uni muntazam boshqarib turadi ekan. Bundan tashqari sovuq fasllarda quyosh, yoruglik tushish vaqtlari kam bo'lganda yoki tunda suv harorati selsiy shkalasi bo'yicha nolga yaqinlashgudek bo'lsa kontroller maxsus elektr isitgichni ishga tushuradi. Bu usul favqulotda holatlarda ish beradi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Quyosh nurini yutuvchi (absorber), shaffof qatlam va issiqlikdan himoya qiluvchi qavatdan iborat bo'lgan qismlardan tuzilgan. Yutuvchi sirt issiqlik o'tkazuvchi tizim bilan bog'liq bo'ladi. U qora rang yoki samaradorlikni oshirish uchun zarur bo'lgan maxsus aralashmali modda bilan qoplanadi. Shaffof sirt esa odatda tarkibida metall elementlari kam qilib toblantirilgan shisha yoki polikarbonat aralashtirilgan oynadan qilinadi

1 - rasm. a) Vakuumli Quyosh kollektorining umumiy ko'rinishi; b) Vakuumli Quyosh kollektorining sxemasi; 1 - Ulash; 2 - Slikonli qatlam; 3 - EPDM qatlam; 4 - Zarbaga chidamli shishadan qilingan vakuum trubkasi; 5 - Yuqori selektv qatlamga ega bo'lgan alyuminiyli yutuvchi sirt; 6 - Ko'zguli qaytargich, 7 -Kollektortashqi qobig'i; 8 - Yutuvchi sirtdagi issiqlikni olish uchun mo'ljallangan U-simon trubka.

Quyosh kollektorining boshqaruv kontrollerini loyixalash uchun ishlatiladigan elementlari 50% import orqali yetkiziladi qolgan qismlari ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Mintaqada issiq suv tanqisligi, qish mavsumida esa issiqlik taminotiga qo'shimcha tizim yarish orqali aholiga sifatli, arzon issiqlik manbalarini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

ko'paytirish va xususiylashtirish mumkinligi[2]. NATIJALAR VA MUHOKAMA

Kutilayotgan quyosh kollektori boshqaruv kontrollerining amaldaga kontrollerdan afzalliklari:

1) Ishdan chiqsa qayta ishlash mumkinligi,

2) Ishchi dasturi va Boshqaruv paneli foydalanishga qulayligi,

3) Qo'shimcha loyixalarni kiritish mumkinligi,

4) Qo'shimcha dasturlar kiritish mumkinligi

5) Kompyuterga bog'lash mumkinligi,

6) Ishlash samarasini diagramma shaklida chiqarib olish mumkinligi,

7) Masofadan boshqarish, malumot olish, malumot uzatish mumkinligi,

8) Loyixadagi mikrokontrollerni boshqa maqsadlarda foydalanish mumkinligi Aholi yashash manzillarida, davlat va xususiy tashkilotlarda, ommaviy

to'planuvchi maskanlarda hamda boshqa issiqlik manbayi kerak boladigan mavjud joylarda ornatish mumkin. Ishlab chiqarishda aholining 10-15 kishini ish bilan taminlash mumkin. Startap loyixada yana 5-6 kishini yangi ish o'rni bilan taminlash mumkin[3].

Quyosh kollektorining mavjud boshqaruv kontrolleri import narxlari donasi 700 000 dan 1 000 000 sumgacha mavjud Maxaliy startap loyixa sifatida rejalashtrilayotgan boshqariv kontroller donasi 500 000 dan 700 000 sum gacha bo'lishi kutilmoqda

Quyosh kollektori kollektorini optimallashtirish (arzonlashtirish, foydalanish yaroqligini uzaytirish, foydalanishni osonlashtirish) Quyosh kollektorining maksimal issiqlik ko'rsatkichi 70 C ni 100 C dan oshirish.

2-rasm. Quyosh kollektori kontrollerlari loyihasida sutkalik natijalari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

Loyiha kontrollerida to'rt sutkalik natijalaridan ko'rinib turibdiki harorat ko'rsatkichi kunlik quyoshning tik ko'tarilish vaqtiga suyuqlikning maksimal ko'rsatkichni ko'rsatmoqda.

Kollektor samaradorligini oshirishni standart yechimida yutuvchi sirt sifatida mis ishlatiladi, chunki uning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffisenti juda yudori ba'zan alyuminiy ham yutuvchi sirt sifatida qo'llaniladi. Garchi issiqlik o'kazuvchanlik koeffsenti misga nisbatan ikki marta kam bo'lsada, alyuminiy metallining quvvat zaxirasi yuqori bo'ladi. Demak, issiqlik uzatishda kelayotgan energiyani bu metall o'zida saqlab turish xususiyatiga ega

3.4.rasm. Quyosh kollektori kontrollerlari farqi

Tayyor quyosh kollektori kontrolleri mavjud kontroller bilan birgalikda sinovdan o'tqazish jarayonida bir qancha muammolar ko'rib chiqildi. Misol uchun boshqaruv qulayligi (til, sozlama menyusi, ulanish sxemalari), parametrlarni yozib olish funksiyasi (Sdcard),

Masofaviy nazorat (bluetooth) va hokazolar.

Bu qurilmaning oddiy turlarida suvning aylanishi kollektor va undan yuqoriroqda bak - akumulyator orasidagi temperatura farqlari sababli tabiiy holda ro'y beradi. Biroz murakkabroq turida suv yoki antifriz bilan to'ldirilgan o'zining qismiga ega bo' ladi. Bu qismda issiqlik tashuvchining sirkulyatsiyasi uchun nasos ulangan bo'ladi, bak to'g'ridan - to'g'ri kollektor bilan yoki binoning ichida ham o'rnatilishi ham mumkin[3].

t.

1 Before'--

n ЭЭ • 1 ZI J .1:

О О c UO \ТЮpy

0-

Quyosh kollektori kontrollerlari farqi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

a) b)

5 - rasm. a) Bir konturli kollektorning qurilma sxemasi; b) Ikki konturli kollektorning qurilma sxemasi;

1- Quyosh kollektori; 2 - Nasos; 3- Bak-akkumulator; 4 - Boshqaruvchi datchik; 5 - Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi moslama; 6- Issiqlik almashtirgich. Bu qurilmaning kamchiligi shundan iboratki, ventilyatoming ishlashi uchun qo'shimcha energiya sarfi mavjudligi ushbu tizimning xarajati oshishiga olib keladi. Biroq atrof -muhit harorati 17°C dan yuqori bo'lmasa, plastina - yutuvchi sirtdan ikki tomonlama aylanayotgan havo ortiqcha issiqlik yo'qolishisiz samarali ishlaydi. Havo kollektorlarining asosiy afzalliklari ularning oddiyligi va ishonchliligidir. Agar e'tibor bilan ishlatilsa, u 10 - 20 yil xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari issiqlik tashuvchi element almashinishi kuzatilmaydi, chunki havo muzlamaydi.

XULOSA

Yer yuzida texnologiya rivojlanib borar ekan yaratilgan imkoniyatlar bizni elektronika jihozlariga yangicha nazar bilan etibor berishga undaydi. Shunday qilib mavjud quyosh kollektori nazorat kontrolleri qayta loyihalanish jarayonida bir qancha texnik parametrlar sinovdan o'tkazildi. Natijada boshqaruv kontrolleri loyixa dasturi qayta tuzilish jarayonida bir qancha texnik parametrlar takommillashtirildi. Misol uchun bunday jihozlarni loyihalashdan oldin uni sinovdan o'tkazish jarayonida zarur parametrlari saqlab borilishi muhim ahamiyatga ega edi. Endilikda yangi kontrollerda labaratoriya sharoitida ham, sanoat va xo'jalik sohalarida CDcard modulining avtomatik xotiraga saqlab qolish funksiyasi amalyotda zarur edi. Yana bir loyixa parametrlaridan biri masofaviy boshqaruv tizimi bo'lib bizda eng sodda hisoblangan mobil Bluetooth moduli orqli malumot almashish funksiyasi qo'llanildi. Bunday yechim masofadan boshqarish texnologiyasida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-613-618

boshlang'ich qadamlar hisoblanadi. Kelgusida masofani uzaytirish, boshqaruv nazoratni yanada takomillashtirishga keng yo'l ochildi. Chunki eng asosiy loyixa dasturini ishchi hollatga keltirish hamda muvaffaqiyatli sinovdan o'tqazish edi.

REFERENCES

1. Умаров, Б., & Абдиев, Х. (2020). устройство, размеры и параметры преобразователей тока большой емкости для систем регулирования реактивной мощности. инновационное развитие: потенциал науки и современного образования, 10-13.

2. Жуманов, А., Абдиев, Х., & Файзуллаев, А. (2021). классификация воздушных линий электропередачи. современная наука: актуальные вопросы, достижения и, 45.

3. Абдиев, Х., Умаров, Б., & Тоштемиров, Д. (2021). СТРУКТУРА И ПРИНЦИПЫ СОЛНЕЧНЫХ КОЛЛЕКТОРОВ. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 9-13).

4. Tursunov M. E. O. MAGNIT MAYDONINING QUYOSH ELEMENTLARI PARAMETLARINI YAXSHILASH UCHUN QOLLANILISH ISTIQBOLLARI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 13-17.

5. Пардабаев А. и др. РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ ПЛОСКИМ И ВАКУУМНЫМ КОЛЛЕКТОРАМИ //АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. - 2021. - С. 87-90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.