Научная статья на тему 'IPAK AKATSIYASI ALBIZIA JULIBRISSIN DURAZZ URUG‘LARINI EKISH MUDDATLARINING UNUVCHANLIKKA TA’SIRI'

IPAK AKATSIYASI ALBIZIA JULIBRISSIN DURAZZ URUG‘LARINI EKISH MUDDATLARINING UNUVCHANLIKKA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
67
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Albizia julibrissin DURAZZ / urug‘ / ekish muddati / nihol / о‘sish davomiyligi / urug‘ unuvchanligi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xamroyev Xusen Fatullayevich, Saraboyeva Iroda Shokir Qizi

Maqolada ipak akatsiyasi urug‘larini ekish muddatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirib о‘tilgan. О‘rganish natijalariga kо‘ra ipak akatsiyasi urug‘larini ekisholdi ishlov berilmasdan vegetatsiya davrining istalgan muddatlarida ekish mumkinligi hamda ekilgan urug‘larning unuvchanligi 28-44% ni tashkil etishi mumkinligi bо‘yicha ma’lumotlar keltirib о‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IPAK AKATSIYASI ALBIZIA JULIBRISSIN DURAZZ URUG‘LARINI EKISH MUDDATLARINING UNUVCHANLIKKA TA’SIRI»

IPAK AKATSIYASIALBIZIA JULIBRISSIN DURAZZ URUG'LARINI EKISH MUDDATLARINING UNUVCHANLIKKA TA'SIRI 1Xamroyev Xusen Fatullayevich 2Saraboyeva Iroda Shokir qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston 2Toshkent davlat agrar universiteti,

tayanch doktorant, O'zbekiston 1husenhamroyev@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10085287

Annotatsiya. Maqolada ipak akatsiyasi urug'larini ekish muddatlari bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirib o'tilgan. O'rganish natijalariga ko'ra ipak akatsiyasi urug'larini ekisholdi ishlov berilmasdan vegetatsiya davrining istalgan muddatlarida ekish mumkinligi hamda ekilgan urug'larning unuvchanligi 28-44% ni tashkil etishi mumkinligi bo'yicha ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Albizia julibrissin DURAZZ, urug', ekish muddati, nihol, o'sish davomiyligi, urug' unuvchanligi

Аннотация. В статье приведены результаты исследования сроков посева семян шелковой акации. По результатам исследования приводятся данные о том, что семена шелковой акации можно сеять в любой период вегетации без предпосевной обработки, а всхожесть посеянных семян может составлять 28-44%.

Ключевые слова: Albizia julibrissin DURAZZ, семян, срок посев, сеянцы, период роста, прорашивание семян

Abstract. The article presents the results of a study of the timing of sowing silk acacia seeds. According to the results of the study, data are provided that silk acacia seeds can be sown in any growing season without pre-sowing treatment, and the germination of the sown seeds can be 28-44%.

Keywords:. Albizia julibrissin DURAZZ, seeds, sowing period, seedlings, growth period, seed germination

Kirish. Hozirgi kunda dunyo aholisining 50% shaharlarda iste'qomat qilib, bu ko'rsatkich 2050 yilga kelib 66% ga yetadi. Aholi sonining bu qadar tez o'sishi, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash va ko'kalamzorlashtirishda shahar muhitiga chidamli bo'lgan manzarali o'simliklardan foydalanishni taqozo etadi. BMTning «Biologik xilma-xillik» to'g'risidagi konvensiyasi ma'lumotlariga ko'ra so'nggi yillarda o'simliklarning 34000 turi yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi. Dunyoda turli ekologik muammolarning yuzaga kelishi, iqlim o'zgarishi kabi global muammolar ko'kalamzorlashtirishda manzarali o'simliklarni tanlashda va atrof-muhitga estetik ko'rinish namoyon qilishda bir qator qiyinchiliklar yaratmoqda [7].

Dunyoda manzarali o'simlik turlarini aniqlash, ko'kalamzorlashtirishda ularning bioekologik xususiyatlariga asoslangan holda ekish, samarali ko'paytirish uslublarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu yo'nalishda dunyo miqyosida yirik korxonalardan bo'lgan «BlueBell» ko'chatxonasida 3000 turdan oshiq, «Ares» ko'chatxonasida 250 tur, «Yoli-pali» ko'chatxonasida 1300 dona shakl va tur, «Bekker» ko'chatxonasida 750 dona shakl va turlar ko'chatlari yetishtiriladi [8].

Ipak akatsiya dastlab 1698 yilda Leonardo Plyukenet tomonidan Acacia non spinosa deb nomlangan. XVII asr so'ngi va XVIII asr o'rtalarigacha uni madaniylashtirish ishlari bajarila boshlangan [2, 6].

1745 yilda ipak akatsiya AQSH da o'stirila boshlangan [4].

XVIII asr o'rtalarida Turkiyada (Kostantinopol), 1749 yildan Italiyada o'stirila boshlangan. Urug'lar Antonio Albitssi tomonidan Toskaniyadan olib kelingan, hamda shu vaqtdan boshlab Italiyaning barcha hududlarida va Yevropadagi botanika bog'larida o'stirila boshlangan. XIX-asr o'rtalarida ipak akatsiya O'rta yer dengizi atrofida keng tarqala boshlandi. Albizzia turkum turlari Nikitin botanika bog'ida 1812-1820 yillarda o'stirila boshlangan. Hozirgi kunda O'rta yer dengizi bo'ylarida AJulibrissin keng ko'lamda o'stirilmoqda. 1818 yilda A.lophapta o'stirila boshlangan, lekin u past haroratda qurib qolgan. 1929 - 1930 yillarda ushbu tur yana qaytadan o'stirilgan. 1935 yilda A.kalkora o'stirila boshlangan, lekin u ham doimiy yorug'lik, -10-130S li haroratda zararlangan. [1, 3, 5].

Tadqiqot uslubi. Ipak akatsiyasi ko'chatlarini yetishtirish tadqiqot ishlari O'zDSt 2813:2014, GOST - 24835-81 «Daraxt va butalarning ko'chatlari» texnik shartlari talablari boyicha olib borildi. Urug'larni ekish muddatlari 6 ta variantda (10.03; 5.04; 20.04; 10.05; 10.06; 17.07) amalga oshirildi.

Tadqiqot natijasi. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida keng qamrovli ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bular tartib bilan qurilayotgan uy-joylar, bog'-parklar, sayilgohlar, sport inshootlari va maydonlari, o'quv maskanlari va hokazolar. Natijada bular atrofida fasllarga va mahalliy sharoitga mos keladian manzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta va gul turlari yetishtirilmoqda. Shunday manzarali daraxt turlaridan biri - bu ipak akatsiyadir.

Lenkoran albitsiyasi yoki ipak akatsiyasi (Albizzia julibrissin Durazz.) o'rta bo'yli daraxt o'simlikdir, uning bo'yi 10-12 m ga, diametri 40 sm ga yetadi. Shox-shabbasi soyabon shaklda bo'lib, nihoyatda chiroyli. Shoxlari kulrang, yasmiqchalari ko'p, bir yillik novdalari yashil, mayda kul rang yasmiqchali, tuksiz. Barglari qo'sh patsimon murakkab tuzilgan, bargchalari mayda, lansetsimon, bo'yi 8-12 mm, eni 0,5-0,6 mm, har ikkala tomoni yashil, tuksiz. May oyining oxiri - iyunning boshlarida gullaydi. Guli nektarli. Mevasi yassi dukkak. Ipak akatsiyanipg xarakterli belgilaridan biri shuki, kechqurun quyosh botgandan keyin barglari yig'iladi va osilib turadn, Ertalab kun yorigach yana o'z holiga qaytadi. Yog'ochi qattiq, sariq-jigar rangda, yaxshi randalanadi, teksturasi juda chiroyli, shuning uchun mebel sanoatida ishlatiladi, undan turli asboblar yasaladi.

Ipak akatsiyasi urug'idan yaxshi ko'payadi. Urug'lari cho'zinchoq ovalsimon, sillik, to'q yoki och jigarrangli: yalong'och, 9 mm gacha uzunlikga va 6 mm gacha kenglikka ega. Urug'ining po'stlog'i juda qalin, endospermasi ajratib bo'lmas darajada. Murtak qobig'i to'g'ri konussimon, urg'doni yirik bo'ladi. Urug'lari yirik murtakli va yupqa endospermadan tashkil topgan. Dukkakdagi barcha urug'lar pishib yetilmaydi.

Urug'lari unib chiqish qobiliyatini uzoq yillar mobaynida saqlab qoladi. Urug'ni unuvchanligini optimal muddatini aniqlash uchun biz turli vaqtda terilgan urug'lardan foydalandik.

Bir oy saqlangan urug'lar 5-10 kun ichida unib chiqdi. Ularda tinim davri bo'lmadi.

Bir yil saqlangan urug'larni bahorda ekkanimizda ularni unuvchanligi tuproqdagi yetarli issiqlik va tuproqdagi namlikka bog'liq bo'ldi. Mart oyida ekilgan urug'lar 18-20 kunda unib chiqdi. Aprelning ikkinchi yarmida ekilganlari esa 8-10 kunda, may-iyunda ekilganlari 57 kunda unib chiqdi. Erta ekilgan urug'larda ularni unib chiqish davri cho'zilganligi kuzatildi, bu esa tuproqdagi issiqdik va havo rejimiga bog'liq edi.

Urug'larni ekish muddatlari:

Urug'ni sepish vaqti Dastlabki nihollarning paydo bo'lishi O'sish davomiyligi. kun Unuvchanligi. %

10.03 28.03 18-23 28

5.04 20.04 16 30

20.04 30.04 10 31

10.05 18.05 8 36

10.06 16.06 6-7 44

17.07 22.07 3-5 40

Urug'larni ekish vaqtlari kechikkanda urug'larni unuvchanligi yaxshi, ammo nihollarni o'sish jarayoni qisqaradi.

Urug'larga oldindan ishlov berish (dimlab qo'yish) unuvchanlikni cho'zilishini

qisqartiradi va qisman unuvchanlikni oshiradi.

Ipak akatsiyasining urug'lari unuvchanligini 5 va undan ortiq yilgacha saqlaydi.

Xulosa: Ipak akatsiya urug'larini yilning istalgan muddatlarida ekisholdi ishlov

berilmasdan ekish mumkin bo'lib, buning natijasida 28-44% gacha unuvchanlikka erishish

mumkin bo'ladi. Bu esa uning urug'lariga ekisholdi ishlov berish zarurligini anglatadi.

REFERENCES

1. Anisimova A. I. Itogi introduksii drevesnix rasteniy v Nikitskom sadu za 30 let (1926-1955).-Trudi, t. XXVII, Yalta, 1957, s. 95.

2. Federov Al. A. Materiali k evolyusii nekotorix predstaviteley semeystva mimozovix -Mimosaceae (Albizzia julibrissin Durazz). Flora i sistematika visshix rasteniy. - Tr. BIN AN SSSR im. Komarova, ser. 1, vip. 7. M.: L.: Izd-vo AN SSSR, 1948, s. 45-112.

3. Kravchenko L. Svetochno-dekarativniy rasteniY. Tashkent 1973

4. Malko I.M., Aleksevskiy A. N., Kuropil A.L. Dekorativnoye sadovodstvo. M.,1960.

5. Xamroyev X. F., Ochilov T. Oshlovchi totim (rhus coriaria) urug 'larini ekishga tayyorlashning urug 'ko'chat unishi va o 'sib rivojlanishga ta'siri //Science and innovation. -2022. - №. Special Issue. - S. 155-158. https://doi.org/10.5281/zenodo.7199854

6. Xamroyev X. F., O'g'li M. T. N., Ernazarov A. Y. Sharq chinori ko'chatlarini vegetativ usulda yetishtirish//Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - S. 152-154.

7. http://www.fao.org/resources/infographics/infographics-details/ru/c/411601/

8. https://www.cbd.int/convention/guide/default.shtml?id=changing

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.