Научная статья на тему 'IOTGA ASOSLANGAN AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH MASALASI'

IOTGA ASOSLANGAN AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

26
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IOTGA ASOSLANGAN AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH MASALASI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

IOTGA ASOSLANGAN AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH MASALASI

D. R. Joldasbaev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. O'zbekiston.

Bugungi inson mexnatini kamaytirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, inson ishtirokisiz ma'lumotlarni olish va ularni qayta ishlash uchun tizimli texnologiyalarni joriy qilish dolzarb masalalardan sanaladi[1].

Internet ashyolar (IoT) zamonaviy dunyoda muhim rol o'ynaydigan bugungi jamiyatda jarayonlarni boshqarishning an'anaviy yondashuvlarini o'zgartirish, samaradorlikni oshirish va turli soha tarmoqlarida innovatsiyalar uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

IoT Internet orqali ma'lumotlarni yig'ish va almashish uchun sensorlar, dasturiy ta'minot va boshqa texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlar ("ashyolar, narsalar") o'rtasidagi o'zaro bog'lanish imkonini beradi. IoT bir biri bilan tarmoq orqali aloqasi ta'minlangan yuz minglab qurilmalardan tashkil topishi mumkin. IoT texnologiyaning o'zi emas, balki simsiz sensorli tarmoqlar orqali internet texnologiyalarini kengaytirish kontseptsiyasi sifatida ta'riflanadi [2].

IoTning rivojlanishi, birinchi navbatda, yirik korporatsiyalarning ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lib, ular o'rnatilgan tovar zanjirlari orqali barcha obyektlarni kuzatish imkoniyati bilan ta'minlangan axborot tizimini joriy qilish orqali katta foyda olishlari mumkin [3] .

Obyektlarni kodlash va kuzatish qobiliyati kompaniyalarga yanada samaraliroq bo'lishga, jarayonlarni tezlashtirishga, xatolarni kamaytirishga, o'g'irlikning oldini olishga va IoTdan foydalangan holda murakkab va moslashuvchan tashkiliy tizimlarni amalga oshirishga imkon berdi [2].

IoT - bu hisoblash texnikasi va kommunikatsiyalarining kelajagini ifodalovchi texnologik inqilob bo'lib, uning rivojlanishi simsiz sensorlardan tortib nanotexnologiyalargacha bo'lgan bir qator muhim sohalarda dinamik texnologik innovatsiyalar bilan ta'minlanadi. Ular identifikatsiya qilish, avtomatlashtirish, monitoring va nazorat qilish uchun har bir obyektni tezda aniqlash va maxsus ishlab chiqilgan algoritmlar asosida kuzatib boorish imkoniyatini yaratib beradi.

IoTga asoslangan axborot tizimlari turli texnologiyalar, platformalar va protokollarning tizimli integratsiyasini ta'minlab berib, asosiy g'oya Internetga

May 15, 2024

79

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

ulangan ko'plab qurilmalar yoki ob'ektlardan ma'lumotlarni avtomatik ravishda yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish qobiliyatini ta'minlashdan iborat. Ushbu tizimlar turli sohalarda, jumladan, aqlli uylar, sanoat, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarda keng qo'llanilmoqda. IoTga asoslangan axborot tizimlarini qurishda u bilan bog'liq bo'lgan asosiy tushunchalar va ularning tasnifini o'rganish muhim sanaladi.

IoT texnologiyalar qo'llanilish sohalari bo'yicha aqlli uylar va binolarda (uy jarayonlarini avtomatlashtirish, xavfsizlik tizimlari) yoritish va isitish tizimlarini boshqarish kabi kabi maishiy texnika va tizimlarni masofadan nazorat qilish va boshqarish imkonini beruvchi internetga ulangan qurilmalar tarmog'ini yaratishda samarali sanaladi. Sanoatda ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish va nazorat qilishda keng qo'llanilib, sanoat operatsiyalaridan ma'lumotlarni yig'ish, kuzatish va tahlil qilish uchun birgalikda ishlaydigan qurilmalar, sensorlar, ilovalar va tegishli tarmoq uskunalari ekotizimini yaratishda qo'llanilmoqda. Aqlli qishloq xo'jaligi sohasida ekinlar monitoringi, sug'orishni avtomatlashtirishda sensor va qurilmalardan foydalangan holda, fermerlarga qaror qabul qilishga ko'maklashuvchi tizimlarni joriy qilish va fermer xo'jaliklarining umumiy boshqaruvini yaxshilashlari uchun qo'llanish mumkin.

Bundan tashqari sog'liqni saqlash sohasida bemor monitoringi, aqlli tibbiy asboblar har bir bemorga individual yondashuv, ularning sog'lig'ini tahlil qilish va individual davolash usulini shakllantirish imkonini beradi. Ko'chma sensorlar yordamida shifokorlar bemorlarning sog'lig'ini masofadan kuzatib borishlari va real vaqtda javob berishlari mumkin.

Zamonaviy shahar axborot tizimlari trafikni aqlli boshqarish, aqlli yoritish shaharlarni yashashga yaroqli, jonli va ekologik qilishda muhim rol o'ynaydi. Zamonaviy shaharlarning asosiy maqsadi hayot sifati va xizmatlarni yaxshilash bo'lib, bu iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarni oshirishga xizmat qiladi.

IoTni aloqa turi bo'yicha tasniflash turli qurilmalar va sensorlarning tarmoqqa qanday ulanishini va ma'lumotlarni

runktfttonaUlh

l-ra$m. IoTga asoslangan axborot tizimlarining tasnifi

80

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

almashishini tushunishga yordam beradi. Aloqa turiga asoslanib, IoT qurilmalari har biri o'zining afzalliklari, kamchiliklari va eng yaxshi ilovalariga ega bo'lgan keng ko'lamli texnologiyalardan foydalanishi mumkin. Odatda, simsiz tizimlar (Wi-Fi, Bluetooth, ZigBee), simli tizimlar va gibrid tizimlarga bo'linadi.

Shuningdek, IoT texnologiyalari funksional vazifalariga ko'ra IoT sensorlari, ma'lumotlarni yig'ish qurilmalari va obyektlarga ulanishni ta'minlaydigan -ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash tizimlari; mahsulotlarni, tizimlarni va sohalarni boshqarish, monitoring qilish va ulashish uchun sensorlardan iborat bo'lgan -boshqarish va monitoring tizimlari; ma'lumotlarni bulutli platformalarda qayta ishlashga yo'naltirilgan - analitik va bulutli platformalar. Bulutli saqlash, ma'lumotlarga har qanday vaqtda va har qanday joyda murojaat qilish imkonini ta'minlaydi.

Zamonaviy texnologiyalarning keng imkoniyatlarini va IoTning turli sohalarga, jumladan sanoat, sog'liqni saqlash, aqlli uylar va shaharlarni modernizatsiya qilishga qo'shadigan xissasi juda ahamiyatli sanaladi. Umumiy xulosa qilib aytganda, IoT texnologiyalarining jamiyat va iqtisodiyotga ta'siri juda katta, ular zamonaviy dunyoni tubdan o'zgartirishi va yangi innovatsion imkoniyatlarni yaratishi mumkin. IoT axborot tizimlarini loyihalashda ularning kompleks integratsiyasi, ma'lumotlarni avtomatik ravishda yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish qobiliyatini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada olib borilgan tahlillar kelajakda IoT texnologiyalarga asoslangan axborot tizimlarini qurish va rivojlantirishga asos bo'ladi.

REFERENCES

1. Самандаров Б. С. Сарсенбаев К.К., Гулмирзаева Г.А. Олий таълим муассасаларида компьютер техникалари хисобини юритишда RFID технологияларидан фойдаланишнинг долзарб жихатлари //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 3. - С. 34-36.

2. Кабулов А.В., Самандаров Б.С., Ярашов И.К. Нарсалар интернети IOT тизимида ахборот хавфсизлигига тахдидлар ва уларнинг тахлили // «Фан ва жамият» илмий услубий журнал, №2. Нукус-2021. -Б. 10-12

3. Lianos M., Douglas M. Dangerization and the End of Deviance: The Institutional Environment. British Journal of Criminology, 2000, 40, -pp. 261-278. http://dx.doi.org/10.1093/bjc/40.2.261

4. Ferguson T. Have Your Objects Call My Object. Harvard Business Review, 2002, June, -pp. 1-7.

May 15, 2024

81

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.