Научная статья на тему 'INTRODUKSIYA SHAROITIDA LAVANDA (LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILLNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

INTRODUKSIYA SHAROITIDA LAVANDA (LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILLNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

185
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lavandula angustifolia / sutkalik gullash maromi

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — G. I. G’Aniyeva, F. A. Tojiyeva

Lavandula angustifolia o’simligining introduksiya sharoitida reproduktiv biologiyasi sutkalik gullash maromi o’rganildi.Olingan ilmiy– amaliy natijalarga asoslanib, o’simlikning Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida introdusent L.angustifolia tuplari ikkinchi yildan generativ davrga o’tdi.Havo harorati va nisbiy namlikning o’zgaruvchanligi gullash dinamikasiga ta’sir qilish to’g’risida ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTRODUKSIYA SHAROITIDA LAVANDA (LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILLNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

INTRODUKSIYA SHAROITIDA LAVANDA (LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILLNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

G. I. G'aniyeva F. A. Tojiyeva

Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi o'qituvchilari ganiyevaruxsora82@gmail.com

Lavandula angustifolia o'simligining introduksiya sharoitida reproduktiv biologiyasi sutkalik gullash maromi o'rganildi.Olingan ilmiy-amaliy natijalarga asoslanib, o'simlikning Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida introdusent L.angustifolia tuplari ikkinchi yildan generativ davrga o'tdi.Havo harorati va nisbiy namlikning o'zgaruvchanligi gullash dinamikasiga ta'sir qilish to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Lavandula angustifolia,, sutkalik gullash maromi

Hozirgi davrda o'simliklar introduksiyasining ahamiyati kamaymasdan.aksincha ehtiyoj oshib bormoqda. Sayyoramiz o'simliklari resurslarini o'zlashtirishning yangi istiqbollarini ochib bermoqda. Ertapishar, serhosil, turli kasalliklarga chidamli, mahaliy tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan va boshqa foydali xo'jalik belgilarga ega o'simliklarni tanlash va sinash jarayonida ham o'simliklar introduksiyasini o'rni beqiyosdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 20 maydagi PF-139-sonli dorivor o'simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o'simliklarni keng qo'llash,dorivor o'simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish va qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida: lavanda va shu kabi dorivor o'simliklar yetishtirish bo'yicha hududlar kesimida plantatsiyalar tashkil etilishi,bu bo'yicha qo'shimcha chora-

ANNOTATSIYA

KIRISH

tadbirlar ishlab chiqishga katta e'tibor berib, soha

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

mutaxassislari oldiga vazifa qilib qo'ydilar. Ilmiy izlanishlarimizda rejalashtirilgan tadqiqotlar ingichka bargli dorivor lavanda (Lavandula angustifolia Mill.) ning oziq- ovqat,farmasevtika va parfyumeriya sanoatida muhim ahamiyatga ega ekanligi nazarda tutilsa, bu o'simlikni Surxondaryo iqlim va tuproq sharoitida introduksiyasi va iqlimlashtirilishi, ontogenez bosqichlarini o'rganish dolzarb vazifadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'simlikning sistematikasi.Dorivor yoki haqiqiy lavanda (Lavandula angustifolia-officinalis L.),Lavanda (lavandula) turkumi,Yalpizdoshlar oilasiga mansub yarim buta o'simlik. Lavandaning vatani - O'rta yer dengizi. Lavanda moyi O'rta asrlarda Angliyada Yelizaveta va Styuart uyi hukmronligi davrida juda mashhur bo'lgan, chunki Angliya qiroli Charlz I ning xotini Maryam Genrietta eng sevimli parfyumeriyasi bo'lgan. Qirolicha Yelizaveta lavanda atiridan foydalangan va choyini doimiy istemol qilgan. Bu o'simlikdan. ingliz dehqonlari quyosh issig'idan himoyalanish, bosh og'rig'ining oldini olish uchun lavanda gullaridan foydalangan, gullab-yashnayotgan lavanda novdalarini bosh kiyimlariga yopishgan . Asrlar davomida ayollar xushbo'y hid uchun shkaflarga lavanda gullari soling an xaltalarni joylashtirganlar. Quritilgan gullar an'anaviy tibbiyotda qo'llaniladi. Ulardan zararkunanda hasharotlarga qarshi vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Ziravor sifatida lavanda ispan, fransuz va italyan oshxonalarida ishlatiladi. Nozik va tozalangan ziravor bo'lib, u shirin va achchiq taomlar uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, u shirinliklar uchun ishlatiladi (muzqaymoq, sharbat, sufle, karamel, shokolad, xamir, sirop). Turli xil salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Lavanda gullari idishlarni, ham shirinliklarni, ham go'shtli ovqatlarni bezash, sirka olish uchun ishlatiladi.

Lavanda qimmatbaho asalshirali o'simlikdir, chunki gullarining nektari shakarga boy (21-38%), va gullash davri 35-40 kun davom etadi.

Bir gektar maydondan lavanda shifobaxsh xususiyatlarga ega bo'lgan 150-200 kg aromatik asal olinadi.

Yuvenil bosqichda haqiqiy barglarining paydo bo'lishi,

shakli, tuzilishi, soni, o'lchami hamda ildiz tizimining

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

tuzilishi o'rganildi. Ildizining uzunligi 2-3 sm gacha va kengligi 0,5-0,7 sm gacha boradi. Gipokotil qismi yog'ochlashdi, diametri 0,2 sm gacha qalinlashadi. Asosiy ildiz 0,5 sm, shoxlari III tartibgacha, yon ildizlari 12-15 smga yetdi. 55-60 kun davom etdi. O'sish ko'rsatkichi. lavandaning jadal o'sishi aprelning III o'n kunligidan mayning II o'n kunligiga to'g'ri keldi. Termiz shahri sharoitida Lavandula angustifolia Millni jadal o'sishi esa martning II o'n kunligidan iyunning I o'n kunligiga to'g'ri keldi. Birinchi vegitatsiya davrini o'tayotgan o'simligimizda 11.04.22 da g'unchalar paydo bo'ldi.Ular 07.05.22 da 25-30 kun rivojlanib, dastlabki gul ochila boshladi. Ikkinchi vegitatsiya davrini o'tayotgan o'simligimizda g'unchalash 5.04.22 da boshlandi va 29.04.22 da 30-35 kun rivojlanib gul ochila boshladi. Bir tupda 105-116 tagacha boshoq (to'pgul) hosil bo'ldi. Birinchi yildan generativ davrga o'tgan o'simliklarda generativ davr 25-30 kun davom etdi.Ikkinchi yilda gullayotgan o'simliklarda 35-40 kun davom etdi.O'simlik yana sentabr oylarida ikkinchi marta yana gullash fazasini o'tadi. Kuzda boshoqdagi g'unchalar soni ko'proq bo'ldi. Lavandula angustifolia Mill o'simligini introduksiya sharoitida O'zbekistonda B.Y.To'xtayev va J.J.Hamidovlar 2019-2021 yillarda Farg'ona va Toshkent sharoitida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan solishtiradigan bo'lsak, Termiz sharoitida generatsiya fazasi ertaroq boshlanganligini ko'rish mumkin.Farg'ona sharoitida o'simliklarning vegitatsiya yillarida generativ davri mayning oxirida boshlangan bo'lsa,Termiz sharoitida 5 mayda boshlandi. Bunda albatta yillik ob-havoning o'zgarishi ahamiyatli hisoblanadi

XULOSA

Termiz sharoitida Lavanda gullarining ochilishi havo haroratining pasayishi bilan ko'payib bordi. Sutka davomida gullarning ko'p miqdorda ochilishi ikki xil vaqtda yani soat 6:00-8:00 oralig'i va 18:00 da aniqlandi. Lavandani mavsumiy gullashi 35-60 kungacha davom etdi va ikkinchi takroriy gullashi esa 20-25 kunni tashkil etdi.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

REFERENCES

1. 26.11.2020 yildagi «Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug'chiligini yo4ga qo'yishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar ko4amini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to^risida» gi PQ-4901-son qaror.

2. Begmatov A.M G'aniyeva G.Introduction,growth and development of lavandula angustifolia International Journal for Innovative Engineering and Management Research Volume 10,Issue 12,pages:55-58

3. Dospexov B.A.. Методика полевого опыта. - M.: Агропромиздат, 1985.

4. Кустова О.К Сравнительно-морфологический анализ признаков генеративных органов видов рода lavandula 2010 С-144

5. To xtaev B.Yo., Xamidov J.J., Safarov I.B.To'xtayev B.Yo. Farg ona vodiysi iqlim va tuproq sharoitida dorivor lavanda lavandula offisenalis.) ni ko'paytirish usullari.2019

6. www.google.ru LAVANDA.

- С. 9-23.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.