Научная статья на тему 'INTENSIV OLMAZORLARDAN MUTTASIL MO‘L VA SIFATLI HOSIL OLISH OMILLARINING KO‘CHAT QALINLIGIGA BOG‘LIQLIGI'

INTENSIV OLMAZORLARDAN MUTTASIL MO‘L VA SIFATLI HOSIL OLISH OMILLARINING KO‘CHAT QALINLIGIGA BOG‘LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
78
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq-iqlim sharoiti / intensiv mevachilik / pakana olma navlari / nav-payvantag kombinatlari / ko‘chat qalinligi / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Yunusov Rustam, Ganiyeva Feruza Amrilloyevna, Sattorova Maxfuza Muxiddinovna

Maqolada mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida muttasil mo‘l va sifatli hosil beradigan intensiv pakana olmazorni barpo qilish, yuqori hamda sifatli olma hosilini olish, meva ishlab chiqarishning zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni o‘rganish, ishlab chiqarish sharoitiga mos, yuqori hosil beradigan navlarni sekin o‘suvchi M-9 payvandtagiga qo‘llash to‘g‘risida to‘liq ma’lumot kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTENSIV OLMAZORLARDAN MUTTASIL MO‘L VA SIFATLI HOSIL OLISH OMILLARINING KO‘CHAT QALINLIGIGA BOG‘LIQLIGI»

INTENSIV OLMAZORLARDAN MUTTASIL MO'L VA SIFATLI HOSIL OLISH OMILLARINING KO'CHAT QALINLIGIGA BOG'LIQLIGI.

1Yunusov Rustam 2Ganiyeva Feruza Amrilloyevna 3Sattorova Maxfuza Muxiddinovna

1BuxDU Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi q.x.f.n. professori 2BuxDU Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi 3BuxDU Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi

o'qituvchisi

1r.yunusov @buxdu.uz 2f.a.ganiyeva@buxdu.uz 3m.m.sattorova@buxdu.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.10085099

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida muttasil mo'l va sifatli hosil beradigan intensiv pakana olmazorni barpo qilish, yuqori hamda sifatli olma hosilini olish, meva ishlab chiqarishning zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni o'rganish, ishlab chiqarish sharoitiga mos, yuqori hosil beradigan navlarni sekin o'suvchi M-9 payvandtagiga qo'llash to'g'risida to'liq ma'lumot kiritilgan.

Kalit so'zlar: Tuproq-iqlim sharoiti, intensiv mevachilik, pakana olma navlari, nav-payvantag kombinatlari, ko'chat qalinligi, hosildorlik.

Аннотация. В статье приведено данные, о том что в почвенно-климатических условиях нашей страны необходимо создать интенсивный спуровый сад, дающий стабильно обильный и качественный урожай, изучить современные ресурсосберегающие технологии возделывания плодовых культур. Для производства обильных и качественных плодов высокоурожайные сорта яблони, подходящие для производственных условий прилагается полная информация.

Ключевые слова: Почвенно-климатические условия, интенсивное плодоводство, спуровые сорта яблони, сортоподвойные комбинации, густота саженцев, урожайность.

Abstract In the article, in the soil and climatic conditions of our country, it is necessary to create an intensive small-dwarf garden that produces a consistently abundant and high-quality harvest, obtain a high and high-quality apple harvest, and study modern resource-saving technologies. Fruit production, use high-yielding varieties suitable for production conditions. Full information is attached.

Keywords: Soil and climatic conditions, intensive fruit growing, dwarf varieties of apple trees, root-stock combinations, thickness of seedlings, productivity.

Kirish: Oxirgi yillarda O'zbekistonda intensiv bog'dorchilik mahsulotlari sifatini tubdan yaxshilash, ularni chetga chiqarish, eksport salohiyatini tubdan yaxshilash va muttasil mo'l, sifatli hosil olish omillarini, pakana serunum intensiv olma bog'lari maydonini yanada ko'paytirish, mevali bog'larda o'tkaziladigan zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni qo'llash va ularni yaxshilash bo'yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etmoqda. Bog'dorchilik sohasini tubdan hosildorlik va meva sifatini yaxshilash uchun sohada faoliyat ko'rsatayotgan olimlar tomonidan mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos va xos yangi serhosil meva turlari, past bo'yli, serhosil vegetativ payvantaglar introduksiya qilinib, muttasil mo'l va sifatli hosil beradigan zamonaviy resurstejamkor texnologiya omillarni tadbiq etmoqda [1,3].

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti: Buxoro viloyat, Buxoro tuman, "Bog'ikalon" MFY hududida joylashgan MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik fermer xo'jaligi sharoitida qadimdan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproq hosil bo'lish jarayonlarida ona jinsi, relyeflari, sizot suvlari va agroirrigatsion yotqiziqlarning sug'oriladigan dalalarida joylanishiga bevosita bog'liqdir. Buxoro tuman "Bog'ikalon" MFY hududida joylashgan MCHJ "Siyovush Agro"

bog'dorchilik fermer xo'jaligida mavjud tuproqlar guruhlaridan morfologik tuzilishi, xossalari hamda xususiyatlari bilan keskin farq qiladi, tuproqni meliorativ holatini yaxshilash, ularni unumdorligini va g'ovakligini ko'paytirish kabilar talab etiladi [7,8].

Buxoro tuman, "Bog'ikalon" MFY hududida joylashgan MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik fermer xo'jaligida yetishtiriladigan intensiv boglarini agrokimyoviy xossalari o'rta ko'rsatkichga ega bo'lib, gumus miqdori 0-85 sm chuqurlikda 0,732-0,7708 % ni tashkil qiladi, mazkur ko'rsatkich qadimdan sug'oriladigan tuproqlar uchun past hisoblanadi, fosfor - 13,0-15,0 mg/kg va kaliy miqdori esa 171,0-214,3 mg/kg ni tashkil etadi.

O'zbekiston zamonaviy resurs tejamkor intensiv olma bog'lar sharoitida parvarish qilinadigan mevalar qadimdan o'zining mazasi va sifatining yuqoriligi bilan mashhur hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda yetishtiriladigan mevaladdan qayta ishlangan maxsulotlar ham sifati yuqoriligi bilan hamda muttasil mo'l va sifatli hosili bilan ajralib turadi.(quritilgam mevalar, sharbatlar, qiyomlar va hokazolar). Ayni paytda bog'dorchilikni zamonaviy texnologiyalarini qo'llab samaradorlikni, hosildorlikni va maydonlarni keskin oshirib borishimiz talab etiladi [2,4].

O'bekistonning qulay tuproq-iqlim sharoitida mevalarni, shu jumladan, turli muddatlarda,ya'ni eng erta hamda eng kech pishadigan navlarini parvarish qilish va yuqori hosil olish imkoniyati mavjud.

Tajriba uslublari: Olma bog'ida tajribalarning asosiy maqsadi sekin o'suvchi payvantaglar ulangan Goldspur va Gala navlarida muttasil mo'l va sifatli hosilni resurstejamkor texnologiyal hisobidan olishdir. Tadqiqot 2020-2023 yillar davomida MCHJ "Siyovush Agro" fermer xo'jaligini pakana olma bog'larida sekin o'suvchi payvantakka ulangan Goldspur va Galla navlari ko'chatlarida 4,0*1,0; 4,0*1,2; 4,0*1,4; 4,0*1,6; 4,0*1,8; va 4,0*2,0 m tartibda joylashtirildi. Intensiv olma bog'ida olma daraxtlarini fitomerlik ko'rsatgichlari, yorug'lik rejimi, fotosintez mahsuldorligi, hosil va uning sifatini o'rganish bog'dorchilik (UITI,1981) uslubiyoti bilan o'tkazildi.

Tajriba natijalari va muhokamasi: MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik bilan shug'ullanadigan fermer xo'jaliklarda muttasil mo'l va sifatli hosil uchun mahsuldor nav payvantag kombinatsiyasi hamda ilmiy asoslangan ko'chat qalinligini tanlab olish natijasida qo'lga kiritiladi. Yuqori va muttasil mo'l, sifatli hosil olish omillari sifatida intensiv pakana olma bog'larida eng avvalo past bo'yli olma daraxtlarini parvarish qilish, nav tanlash agrotexnik omillarni qo'llash, eng samarali tomchilatib sug'orish usullarini foydalanish yuqori natija beradi.

MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik fermer xo'jaligida yuqori iqtisodiy natijalarga erishish uchun eng samarali tomchilatib sug'orish usulini qo'llash, tomchilatib sug'orishni kunaro o'tkazilishi suv sarfini 2-3 marta tejaydi va yaxshi natija beradi.

Bu bog'dorchilik xo'jaligida muttasil mo'l va sifatli hosil olish uchun pakana olma daraxtlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish uchun o'tkaziladigan agrotexnik tadbirlar xo'jalikda faoliyat ko'rsatayotgan agronomlar bilan biraglikda o'tkaziladi. Tajriba natijalari shundan dalolat beradiki, o'rganilgan yuqori mahsuldor sekin o'suvchi payvantakka ulangan 2 ta novda ham gullash jarayonini yuqori darajada va gullarini mevaga aylanishlari uchun mos keladi va Goldspur navida 15,5 - 17,0 va Gala navida esa 12,3 - 13,0 0%ni tashkil qildi. Tajriba natijalari shundan dalolat beradiki, MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik fermer xo'jaligida zich joylashgan, ya'ni 4,0*1,0m hamda 4,0*2,0 m variantlarda past bo'yli olma daraxtlarida, ya'ni Goldspur va Gala navlarida qator va daraxtlar orasida yorug'likni yaxshi va to'liq tana va shoxlarida bo'lishi, maqbul barg sathiga ega bo'lishi, havo harorati, namlik, ozuqa elementlarini maqbul bo'lishi, pakana olma bog' mahsuldorligini yaxshilanishiga sabab bo'ldi. O'tkazilgan

tajriba natijalarida pakana olma daraxtlarida barg sathi maydoni 180-200m2 gektar hisobida bo'ldi va bu ko'rsatkich intensiv meva bog'larida o'sadigan daraxtlar uchun mos keladi [5,6].

Xulosa: MCHJ "Siyovush Agro" bog'dorchilik fermer xo'jaligida mavjud bog'larida nav-payvanyaglar kombinasiyasi hamda maqbul ko'chat qalinligini tanlab olinganligi intensive olma daraxtlarni o'sishi, rivojlanishi va hosildorligi oshirishiga maqbul ta'sir qildi, gullar to'kilishi kamaydi, yorug'lik miqdori daraxt tana qismida yaxshilandi, fotosintez maxsuldorligi oshdi, bu ko'rsatkichlar daraxtlarni hosildorligiga va sifatini yaxshilashga ijobiy ta'sir qildi. Goldspur va Gala navlarini sekin o'suvchi M-9 payvantakka payvand qilinganda hosildorlik 17,5-20,0% ga oshdi. Eng yaxshi natijalar o'rganilgan navlarga ko'chat qalinligi 4,0*1,4 va 4,0*1,6 metr bo'lgan variantlarda bo'ldi. Shuningdek, past bo'yli olma bog'larida navlar hosildorligini keskin oshishi, qilingan xarajatlar kamayishi, hosil sifatinining yaxshilanishi oziq-ovqat xavsizligini hamda aholini sarxil mevalar bilan taminlashda maqbul ko'chat qalinligi hamda mos payvandtaglarni qo'llash katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Х.Т. Артикова, Р. Юнусов, Х.Х. Салимова "Климатические условия и растительность субтропической теплой и жаркой пустыни" Проблемы рекультивации отходов быта ..., 2015-й 213-215 б.

2. R. Yunusov, F.A. Ganieva, M.I. Artikova, Z.A. Atayeva // The Dependence Of The Growth, Development And Productivity Of Apple Trees On The Factors Of Care On Low-Saline Soils Of The Bukhara Region// - Web of Scientist: International Scientific Research ..., 2022

3. Ф.А. Ганиева, Р. Юнусов // Рост и развития вегетативноразмножаемых подвоев яблони в зависимости от плотности посадки // - Столица Науки". М, 2021

4. Yunusov Rustam; Ravshanov Jasurbek Fazliddin o'g'li; Jumayeva Zulfiya Mahmud qizi. "Intensiv bog'larida kesish usullari va darajalaroida olma daraxtlarining o'sish va rivojlanish va hosildorligiga ta'siri" 2023

5. F.A. Ganiyeva. Apple tree productivity depending on planting density and rootstock variety combinations. E3S Web of Conf. Volume 389, 2023. Ural Environmental Science Forum "Sustainable Development of Industrial Region" (UESF-2023).

6. Ganiyeva Feruza Amrilloyevna, Yunusov Rustam. The growth, development and yield of apple trees in intensive fruit orchards are hardwood cutting combinations and their dependence on the thickness of seedlings. Nat. Volatiles & Essent. Oils, 2021; 8(5): 95919595

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.