Научная статья на тему 'INTENSIV MEVA BOG`I BOG`DORCHILIKNI ZAMONAVIY SHAKLIDIR'

INTENSIV MEVA BOG`I BOG`DORCHILIKNI ZAMONAVIY SHAKLIDIR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
62
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intensiv bo`g` / bog`dorchilik / agrotexnik tadbirlar / ko`chat / ildiz tizimi / mevachilik / export / serhosil / qator orasi / mexanizatsiya / ishlov berish / mutaxassis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mukimov Zoxidjon Alijonovich

Intensiv bog`larni tashkil etish mevachilikni rivojlanirishning yangi bosqichga olib chiqib xalqimizning turmush darajasini yahshilash bilan birga iqtisodiyotimizning rivojlanishiga muhum hissa qo`shish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTENSIV MEVA BOG`I BOG`DORCHILIKNI ZAMONAVIY SHAKLIDIR»

INTENSIV MEVA BOG I - BOG DORCHILIKNI ZAMONAVIY SHAKLIDIR

Mukimov Zoxidjon Alijonovich

Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchisi zoxidj onmukimov1974@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10932301

Annotatsiya. Intensiv boglarni tashkil etish mevachilikni rivojlanirishning yangi bosqichga olib chiqib xalqimizning turmush darajasini yahshilash bilan birga iqtisodiyotimizning rivojlanishiga muhum hissa qoshish.

Kalit so'zlar: Intensiv bo g\ bog'dorchilik, agrotexnik tadbirlar, kochat, ildiz tizimi, mevachilik, export, serhosil, qator orasi, mexanizatsiya, ishlov berish, mutaxassis.

Аннотация. Организация интенсивных садов является существенным вкладом в развитие нашей экономики, одновременно повышая уровень жизни нашего народа, выводя плодоводство на новый этап развития.

Ключевые слова: Интенсивный сад, садоводство, агротехнические мероприятия, рассада, корневая система, плодоводство, экспорт, плодородие, междурядье, механизация, обработка, специалист.

Abstract. Organization of intensive orchards is a significant contribution to the development of our economy, while improving the standard of living of our people by bringing fruit growing to a new stage of development.

Keywords: Intensive garden, horticulture, agrotechnical activities, seedling, root system, fruit growing, export, fertile, inter-row, mechanization, processing, specialist.

KIRISH.

Butun dunyoda iqlim o'zgarishi bilan birga aholining doimiy o'sishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlariga, jumladan sifatli meva mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Ularni noqulay iqlim sharoitlarida ham yetishtirish davr talabiga aylanib bormoqda. Respublikamiz mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitiga mos, sovuqqa, qurg'oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamli, uzoq saqlanadigan, sifatli va yuqori hosilli navlarni yaratish kun tartibidagi asosiy masala bo'lib turibdi. Bu borada olimlarimiz va mutaxassislarimiz ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu bilan bog'dorchilikning rivojlanishi ayniqsa, intensiv bog'larning barpo etilishi xalqimiz dasturxonini turli sifatli mevalar bilan to'ldirish, exportbop maxsulot yetishtirish va sanoatni hom-ashyobilan ta'minlash barobarida, mevachilikni yangi bosqichga olib chiqdi. Natijada iqtisodiyotimizni sezilarli rivojlanishi va aholini turmush darajasini yahshilanishiga erishilmoqda. Hozirgi kunga kelib, jami 400 ming gektardan ziyod olma, nok, o'rik, shoftoli, gilos, olxori va boshqa mevali bog'lar bo'lib, shundan 48,5 ming gektarini intensiv bog'lar tashkil etmoqda. Intensiv bog'lar tez hosilga kirishi va serhosilligi bilan an'anaviy bog'lardan afzal hisoblanadi. Bunday bog'larni yangi oliy navli ko'chatlar bilan ta'minlashuchun horijiy va mahalliy ko'chatchilik xo'jaliklari tamonidan ta'minlanmoqda. Mahalliy ko' chatchilik xo'jaliklari yevropa davlatlaridan turli meva ko'chatlarini keltirib, payvandlab, bog'bonlarga yetkazishmoqda. Hozirda intensiv bog'larning aksarit qismi olma bog'lar hisoblanib, olma yetishtirishning mahalliy sharoitga moslashtirilgan tizimi shakillanmoqda. (1-rasm)

Hozirda intensiv bog'lar uchun mevali daraxtlarning pakana va yarim pakana navi ko'chatlarini tayyorlash ham o'zlashtirildi. Jumladan, shu paytgacha xorijdan keltirilgan daraxt ko'chatlarining o'ndan ziyod turi mahalliy muhit, yer, suv, iqlim sharoitlari hisobga olingan holda yarim pakana ko'chatlar qish sovug'i va yoz jaziramasi, sizot suvlarining yuzaga ko'tarilishi va

boshqa tabiat sinovlariga chidamliligi bilan ajralib turibdi. Shu bois ayni paytda ushnday navlar ko'chatlari asosida intensiv bog'lar yaratilmoqda. Buning asosiy xususiyati hozirgi intensiv bog'lardagi kabi beton yoki temir ustunlar bo lishi shart emas. Daraxtning o'zi baquvvat bo'lganligi sababli tik turadi. Pakana payvandtagdan hosil olish ikki yilga kechikadi, lekin uning hosil berish davomiyligi 10-15 yil uzoqroq. Hozirgi payvandtaglar ikkinchi yili hosil bersa, yarim pakana payvandtaglar uchinchi yili hosil beradi. Daraxtning balandligi kopi bilan 4 metr bo'ladi. Bunday bog'larga ishlov berish va oziqlantirish juda qulay bo'ladi.

1-rasm. Olma yetishtirilayotgan intensiv bog".

Aslini olganda intensiv bog' barpo etish tizimining asosiy maqsadi ko'proq daraxt ekish, turli resurslardan samarali foydalanish orqali maydon birligidan hosilni maksimal darajada oshirishdir. Lekin bog'ni qator oralari 3,5-4,0 metr va ko'chatlar orasi 1,0-1,5 metr bo lishi kerak. Bizga ma'lumki, ko'chatlarni qalin ekish daraxt barglarning yorug'likni qabul qilishini kamaytirish natijasida fotosintezni buzadi, shuningdek, meva sifatini pasaytiradi, shuning uchun yorug'likdan to'g'ri foydalanish maydon birligiga to'g'ri keladigan umumiy hosilni oshiradi, meva sifatini yaxshilaydi va patogen mikroorganizmlarning tarqalishini kamaytiradi. Bundan tashqari bizga ko'rinmaydigan jihati ko'chat ildizlarini hajmi ham meva maxsulotini yetishtirishda ham muhum hisoblanadi. Chunki intensiv bog' ko'chatlarini ildiz tizimi kichikligi va yerni yuzaroq qismida joylashganligi sababli kuchli ildizpoyaga nisbatan deyarli ikki baravar hosildorlikni oshiradi va beriladigan organik va mineral o'g'itlarni oson ham samarali o'zlashtiradi. Bu ortiqcha sarf-xarajatni kamaytiradi.

Daraxtlarning vegetativ o'sishi va meva berish o'rtasidagi to'g'ri muvozanatga erishish butun dunyo bo'ylab meva yetishtiruvchilar oldida turgan asosiy muammolardan biridir. Shu sababli, mavjud tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish, yuqori intensiv ishlov berish, tabiiy resurslardan samarali foydalanishni oshirish zarurati tug'iladi.

Barpo qilish. Intensive bog'larni maydoni nishabligi kopi bilan 4-5 gradusni tashkil qilishi kerak, chunki busiz sug'orish sifatli bo'lmaydi. Simbag'azli bog'larda o'stirilayotgan meva kochatlarini orasi pakana bo'yli daraxtlarda 100 sm va past bo'yli daraxtlarda 150 smni tashkil qilishi kerak. Shunda tanasini quyosh nurlari yaxshi yoritadi. Qator oralari 3,5-4,0 m bo'lganda daraxtlarni tanalari quyosh nurlari bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi.

Parvarishlash. Har bir bajariladigan agrotexnik tadbirlar mexanizatsiya vositalari bilan sifatli bajarish talab etiladi. Har yili meva daraxtlari to'liq hosilga kirguncha tuproq-iqlim sharoitiga qarab gektariga kuzda 40-50 kg hajmida fosfor 30-40 kg hajmida kaliy 60-70 kg azot o'g'tlari solinishi talab etiladi. Mavsum davomida ekinlarni rivojlanishi va hashorat va zararkunandalarni rivojlanish fazalaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda turli xildagi biologik va kimyoviy ishlov beriladi.

Intensive bog'larni zmonaviy sug'orish turlaridan tomchilab sug'orishni qo'llash juda qulay va yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.Daraxtlar orasiga poliz ekinlarini ekish imkoni bor bu esa qo'shimcha daromaddan dalolat beradi.

Afzalliklari. Intensiv bog'larni yaratish natijasida quyidagi afzalliklarga erishiladi;

- Tuproq, yorug'lik, suv va ozuqa moddalari kabi mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirilishi;

- Maydon birligidan hosildorlikni yuqoriligi;

- Ko' chat tanasiga quyosh nurlari tushish darajasi va fotosintez jarayoni yaxshi kechgani sababli meva sifatini va mahsuldorligi yuqoriligi;

- Ko'chatlarini ildiz tizimi kichikligi va yerni yuzaroq qismida joylashganligi sababli kuchli ildizpoyaga nisbatan deyarli ikki baravar hosildorlikni oshishi;

- Beriladigan organik va mineral o'g'itlarni oson ham samarali o'zlashtishi va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishi;

- Sarflangan mablag'ni tezroq qoplanishi;

- Bog'bonlarni sof foydasini oshirishi;

- Agrotexnik ishlarni qo'llash osonligi(ishlov berish, sug'orish, kesish, shakl berish, kimyoviy ishlov berish va mevasini terish va boshqalar);

- Hosilini yuqori sifatga ega eknligi (eksportbopligi);

- Mevalarni saqlash mudati uzoqligi;

- Zamonaviy mexanizatsiya vositalaridan foydalanishi;

- Malakali mutaxassislarni yetishib chiqishi;

- Zamonaviy sug'orish usullari qo'llanganda suvining tejalishi va boshqalar.

Kamchiliklari. Har bir narsani afzalligi bo'lgani singari intensiv bog'larning ham

kamchiliklari quyidagi kamchiliklarga ega:

- Intensiv bog'lar yaratish katta sarmoya talab qilishi:

- Belgilangan agrotexnikasini vaqtida sifatli bajarilmasa ko'zlangan hosildorlikni bermasligi;

- Xorijdan keltirilgan navlarni mahalliy iqlim sharoitlarga moslashishida ba'zi qiyinchiliklari mavjudligi;

- turli xil ayrim kasalliklarga chidamsizligi;

- zarur malakali mutaxassislar talab qilinishi va boshqalar.

Xulosa

Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlariga doimiy ravishda talab ortib borayotganligi sababli, intensiv bog'lar turli xil resurslardan, jumladan tuproq, suv, yorug'lik va ozuqa moddalaridan unumli foydalanish samaradorligini oshirish orqali insoniyat uchun yetarli meva yetishtirishni ta'minlashning asosiy yechimi bo'lishi mumkin. Meva yetishtiruvchilar uchun yuqori daromadga erishish uchun meva sifatini yaxshilash bilan bir qatorda hosil yetishtirishni oshirishi mumkin. Intensiv bog'larni tashkil etish orqali tabiiy resurslardan unumli foydalanish, samaradorligini oshirish, maydon birligidan hosildorlikni oshirish, tuproq xossasini yaxshilash,

aholi turmush darajasini yahshilash, zamonaviy sug'orish vositalaridan foydalanish, qo'l mehnatini kamaytirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va boshqa ijobiy natijalarga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Mukimov Zoxidjon Alijonovich. Importance of planting vegetable seedlings by machine. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(4), (2023), 2186-2190

2. Mukimov Zoxidjon Alijonovich. Meva ko'chatlarini ekishning o'ziga xos hususiyatlari. Международный современный научно-практический журнал. Новости обозрования: исследование в XXI веке, Россия, №10 (100), часть 2, май 2023, стр 650-655

3. Saripov S. P., Mukimov Z.A. Kombinatsiyalashgan mashina takomillashtir-ilgan tekislagichi tuproq suruvchi plastinalarning harakat yonalishiga nisbatan ornatish burchagini aniqlash. Yuqori samarali qishloq xojalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari, 1, 2022, 164-168.

4. Atamurodov, B.N., Najmiddinov, M.M., and Sobirov, K.S.. "INTENSIV BOG'LAR TASHKIL QILISH - YAXSHI DAROMAD OLISH GAROVI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 7, 2022, pp. 205-211.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.