Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1459
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metod / integratsiya / integrative ta’lim / boshlang’ich ta’lim / tabiiy fanlar / o’qish / fanlarni biritktirish / to’ldirish / halollik / kommunikativ / muloqot / nutqni o’stirish / xushmuomalalik. / Method / integration / integrative education / primary education / Natural Sciences / reading / science unionization / filling / honesty / communicative / Communication / Speech cultivation / courtesy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Hayitov, F. Xo’Shboqova

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarinining o’qish va tabiiy fanlar darsliklaridagi bilimlarini birlashtirish orqali kommunikativ madaniyatini integrativ yondashuv asosida oshirish usullari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF COMMUNICATIVE CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

This article highlights the methods of increasing the communicative culture of Primary School students by combining their knowledge in reading and textbooks of Natural Sciences on the basis of an integrated approach.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH Hayitov Anvar Isomiddin o'g'li

Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi Xo'shboqova Farida Komiljon qizi

Nizomiy nomidagi TDPU 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295035

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarinining o'qish va tabiiy fanlar darsliklaridagi bilimlarini birlashtirish orqali kommunikativ madaniyatini integrativ yondashuv asosida oshirish usullari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Metod, integratsiya, integrative ta'lim, boshlang'ich ta'lim, tabiiy fanlar, o'qish, fanlarni biritktirish, to'ldirish, halollik, kommunikativ, muloqot, nutqni o'stirish, xushmuomalalik.

ФОРМИРОВАНИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КУЛЬТУРЫ У ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Аннотация. В данной статье выделены методы повышения коммуникативной культуры учащихся начальных классов на основе интегративного подхода путем объединения знаний по чтению и учебникам по естественным наукам.

Ключевые слова: Метод, интеграция, интегративное обучение, начальное образование, естествознание, чтение, интеграция наук, наполнение, честность, коммуникативность, общение, развитие речи, вежливость.

FORMATION OF COMMUNICATIVE CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

Abstract. This article highlights the methods of increasing the communicative culture of Primary School students by combining their knowledge in reading and textbooks of Natural Sciences on the basis of an integrated approach.

Keywords: Method, integration, integrative education, primary education, Natural Sciences, reading, science unionization, filling, honesty, communicative, Communication, Speech cultivation, courtesy.

KIRISH

Mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta'lim, fan-ishlab chiqarishni integratsiyasilash tez-tez tilga olinmoqda. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlikda rivojlanishi zarurligi ahamiyatli g'oyalardan biridir. Shuning uchun ham ta'limni rivojlantirishda integratsiyadan unumli foydalanish dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllatirishda integrative yondashuv asosida shakllantirish masalalari - "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr, 2022—2026-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning "Taraqqiyot strategiyasi"da va boshqa me'yoriy hujjatlarda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan bo'lib, bu esa ta'lim jarayonida o'quvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakllantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo'lmoqda. Jumladan, "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 9-moddasida "Boshlang'ich ta'lim ta'lim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oluvchilarda umumiy o'rta ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko'nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan" deb alohida ta'kidlangan[1].

METOD VA METODOLOGIYASI

Ta'limda integratsiyani qo'llash bugungi kun o'quvchilari uchun fan qiyinchiliklari, mavzularning ortiqcha tushunarsiz holatlarini bartaraf etish, mavzularni o'quvchilar ong-u-shuuriga singib ketishi kabi mashaqqatli vaziyatlarning o'z yechimini topmoq yetakchi sifatida yordam bermoqda. Zamon tobora avj olib o'zgarayotgan bir paytda, ta'lim tizimimizga ham talaygina o'zgarishlar va yangiliklar kiritilmoqda. Shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi va ko'plab ixtisoslashtirilgan maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun fanlarni integratsiyalab o'tish talab qilinmoqda[3]. Yuqoridagi muammoli vaziyatlar va boshqa ko'plab ziddiyat hamda kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida o'z hissamizni qo'shish maqsadida quyidagi "Integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kommunikativ madaniyatni shakllantirish" nomli maqolani yozishga qaror qildik.

Ushbu maqola mazmunan: boshlang'ich ta'lim, boshlang'ich sinf, integratsiya, integrativ ta'lim, kommunikatsiya, kommunikativlik, kommunikativ mamadaniyat, nutqiy madaniyat, muloqot madaniyati, kommunikativ shakllanish, ilmiy dunyoqarash, rivojlanish kabi tushunchalarni qisqacha izohini berib boramiz.

Boshlang'ich ta'lim—umumiy o'rta ta'limning dastlabki bosqichi. O'zbekiston Respublikasida Boshlang'ich ta'lim 1—4-sinflarda bolalarga ilk ta'lim berish, ularni ma'naviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. U 1—4-sinflarni o'z ichiga oladi va o'qish 6— 7 yoshdan boshlanadi. Bunda ta'lim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega[1].

Integratsiya—so'zi lotincha "integro—tiklash, to'ldirish", "integer—butun" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, integratsiya—ayrim bo'laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo'shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir[2]. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida tizimlarning bog'lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.

Integrativ ta'lim —o'quvchilarning ong-tasavvurida bizni o'rab turgan dunyo haqida yanada to'liq va atroflicha keng tasavvur qilish imkoniyatini yaratadi. Bolalar o'z bilimlarini amaliyotda aniq va lo' nda, ravon ifoda erishgan muyassar bo'lishadi, chunki bu yondashuvda bilimlarning tub mohiyati keng ochib berish imkoniyati olamni bir butunlikda, bir-biriga bog'liq holda tasavvur qilish kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi[2].

Kommunikativlik—shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo'lishi, suhbatdoshini tinglash va eshitish qobiliyatini, muomalaga kirisha olish va aloqa o'rnatish, axborot to'plash, turli ijtimoiy munosabatlar o'rnatish, va noverbal xulq-atvorining ko'rinishi[4].

Kommunikativ madaniyat —kommunikativ nutq madaniyati kishilar bilan erkin muloqot qilish imkonini beradi. U jamiyat tashqarisida yashashga qodir emas, chunki u bir ijtimoiy borliqdir. Kommunikativ madaniyat asosiy xususiyatlarni va xususiyatlarni o'z ichiga oladi[4].:

• ochiqlik darajasi;

• muloqot qilishda motivatsiya mavjudligi;

• umumiy mamadaniyat;

• nutq va til rivojlanishi;

Muloqot madaniyati —odamlarni hurmat qilish, xayrixohlik, samimiyat, bag'rikenglik va hokazolar kabi ma'lum xarakter xususiyatlarining mavjudligini nazarda tutadi. Muloqot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

madaniyati xushmuomalalilik kabi o'ziga xos xususiyatlarni rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi[4].

Xushmuomalalilik—xarakterli xususiyat, uning asosiy mazmuni insoniy muloqotning turli vaziyatlarida muayyan xatti-harakatlar qoidalariga rioya qilish odati, odob-axloq qoidalariga rioya qilishdir[4].

TADQIQOT NATIJASI

Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraqqiyotida tabaqalashtirilgan holat hukm sursa ham amaliyotda integratsiya, o'zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. So'nggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolarini hal etishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir.

Yuqorida ko'rib chiqqan ilmiy atamalar va ularga berilgan munosib ta'riflar orqali shuni tushunishimiz mumkinki, bugungi kunning yosh avlod vakillari bo'lmish boshlang'ich sinf o'qituvchilariga darslarni bir-biriga integratsiyalash orqali o'tilsa ham darslar qiziqarli o'tadi, ham o'quvchilar o'ziga kerakli bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilariga fanlarni bir-biriga integratsiyalab o'tish jarayoni o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi ko'plab ko'zga ko'ringan hal qilish biroz qiyin bo'lgan yoki shunaqa qiyindek ko'ringan va bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib ulgurgan tushunarsiz, ziddiyatli, qiyin va zerikarli, qiziqarsiz va boshqa ko'plab shunga o'xshash holatlardan halos bo'lish imkonini beradi.

O'qituvchilar boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida mavzularni tushuntirar ekan, bu jarayonlarda kitobidagi mavzulardan biroz chetlab boshqa fanlar bilan ham aloqasini, bog'liqlik tomonlarni topib, shu bog'liqlik joylarini o'quvchilarga sodda va ravon tilda tushuntirib bersa, bu holatda ham o'qituvchi o'z maqsadiga erishadi. Bundan tashqari, o'quvchilar mavzuni ortiqcha qiyinchiliksiz zerikmasdan tushunib olishadi. Buning uchun o'qituvchilardan shu kunda o'tadigan mavzuni o'qib-o'rganib, tahlil qilib, o'quvchilar uchun tushunarsiz va biroz chigal, biroz murakkabroq bo'lgan jumlalarini o'ziga belgilab olib, shu jumlalarni fanlararo integrativ yondashuv asosida tushuntirib bersa, ta'lim talablari, ish rejasi va o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan natijasiga oson va samarali erishadi.

O'qituvchilar o'z darslarida integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kommunikativ madaniyatni shakllantirish shakllantirar ekan, avvalo, o'zi kommunikativ shakllangan, integrativ dars ko'nikmalarini puxta egallagan bo'lishi darkor[5].

Bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida fanlararo integratsiyani barcha o'tilayotgan darsliklar mavzusida qo'llashimiz lozim.

Integrativ yondashuv nima ekanligini boshlang'ich sinf o'quvchilariga juda qiziqarli va esda qolarli qilib tushuntirish va ongiga singdirish lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili, o'qish darslarida mavzularni xalq og'zaki ijodi ijodi namunalari bilan ham integratsiyalab o'tish kerak, chunki bola o'zi yashayotgan millatning ma'naviy-ma'rifiy merosidan boxabar bo'lishi lozim[2].

Boshlang'ich sinf o'quvchilari darsliklar tarkibiga o'zbek xalq maqollari, o'zbek xalq topishmoqlari, tez aytishlar, ibratli hikoyalar, masal, matal kabi og'zaki meroslarimizdan ko'proq qo'shib tushuntirib berishimiz lozim. Chunki, yosh o'sib kelayotgan avlod vakillari bu kabi ibratli so'zlardan o'zlariga juda yaxshi fikrlarni qabul qilib olishlari lozim.

MUHOKAMA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Aynan boshlang'ich sinf o'quvchilari darslikdagi uyga vazifa qilib berilgan biron hikoyani aytib berishda qiynaladi. Odatda buning sabablari, mavzuni yaxshi o'qimaganligi, hikoyani aytib bera olish qobiliyati yo'qligi, sinfdoshlaridan tortinishi hamda shu mavzuga oid qo'shimcha bilimlari va mustaqil fikrlari bo'lmaganligi uchun to'liq yoritib berishga qiynaladi. Biz quyidagi o'qish va tabiiy fanlar hamda tarbiya darsliklaridagi mazmunan bir-biriga mos bo'lgan mavzularni integratsiya qilib o'quvchiga tushuntirish metodikasini ko'rsatib o'tamiz. 3-sinf O'qish darsligidagi[6] "Halollik" hikoyasini 2-sinf Tabiiy fanlar darsligining 4-bobi I3-mavzusida berilgan "Sog'lom turmush tarzi" mavzusiga[7] bog'lab, ya'ni o'qish darsligidagi hikoyani kengroq tushuntirish va halollik haqida ma'naviy fikrlar bilan to'ldirib aytilsa, mavzu yanada mazmunli va qiziqarli chiqadi.

Halollik (O'zbek xalq ertagi). O'tgan zamonda bir dehqon bo'lgan ekan. Uning kambag'al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanib yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqonyerning bir chekkasini kambag'al oshnasiga sotibdi. Yerni olgan odam bir qalin og'aynisidan qo'sh ho 'kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o'sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag'al dehqon: "Ilgari bu yerda daraxt bo'lgan, uning to'nkasi qolib ketgan, shekilli", deb o'ylabdi. U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to'la tilla emish. Dehqon yerning qolgan qismini ham haydab, urug' sepibdi. So'ng ho'kizlarni egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko'tarib, to'g'ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi. U oshnasiga: - Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o'zingizga olib keldim, - debdi. Dehqon kambag'alga: - Men sizga yerni sotganman. Demak, u yerda nimaiki bo'lsa, sizniki bo'ladi. Men yer tagida nima borligini bilmaganman. Sizga xudo beribdi. Bola-chaqangiz bilan maza qilib yashang, - deb xumchani olmabdi. Kambag'al dehqon esa: "Bu boshqa kishining noni. Uni olsam, o'g'ri, jinoyatchi bo'lib qolaman", deb o'ylab, xumchani yana boy dehqonga uzatibdi. Ikkalasi hech kelisha olmabdi. Nihoyat, bir donishmandning oldiga boradigan, undan so'rab, bu ishni hal qiladigan bo'lishibdi ... Donishmand "Qishloqdagiyetim-yesir va beva-bechoralarga bo'lib beringlar", deb maslahat beribdi. Bunga dehqon ham, kambag'al ham rozi bo'libdi. Shunday qilib, ular tillani qishloqdagi beva-bechoralarga, kambag'al, yetim-yesirlarga tarqatishibdi. Kambag'al dehqon esa o'z mehnati bilan halol kun ko'rib, murod-u maqsadiga yetibdi[6]. XULOSA

Yuqorida berilgan xalq og'zaki ijodi orqali dehqonlar qanday mehnat qilishi, birobniki bo'lgan narsani albatta o'z egasiga berish kerakligini, mehnat bilan non topilishini, insonlarning sahiy bo'lish kerakligini, halol ishlab pul toppish kerakligi, tabiat ne'mati bizni boqayotganligini, bunday vaziyatlarda albatta donishmandlarga murojaat qilishligini, dono odam donishmand bo'la olishligini o'rganib oladi. Huddi shu xalq og'zaki ijodi o'quvchiga uyga vazifa qilib berilsa, uni sinfda aytib berish jarayonida o'quvchidan kengroq fikrlash kerakligini aytishimiz lozim. Odatda, o'quvchilarning ko'pchiligi hikoya yoki ertakni aytishda qiynalishadi. Bu esa o'quvchining ham bilimlari susayib ketadi, ham axloqiy jihatdan shu qismni o'ranmasdan qoladi, ham nutqi yaxshi rivojlanmay qoladi. Bunday holatdan esa quyidagicha chiqish mumkin. Shunday paytda, biz o'qituvchilar shu tushunchalarni (halollik) atrofdagi insonlar misolida, ota-onasi misolida tushuntirib ber qani desa, o'quvchi albatta hikoya aytmasa ham uyidagi otasining qanday yo'llar bilan pul topib kelayotganligini aytadi. Shu gaplarni endi hikoyamiz bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bog'lang desa bemalol bog;lab keta oladi. Yoki taiatga doir hikoya bo'lsa, uyga vazifani o'qimagan bo'lsa ham taiatning o'ziga qarab hikoya to'qib ketaveradi. Bu esa bevosita o'quvchining bilimlarini oshiradi, shu yo'nalishdagi axloqni o'rganadi va eng asosiy hikoyani so'zlash orqali nutqi va nutiqy madaniyati ham shakllanadi.

O'quvchilar bir darsning o'zida halollik tushunchasining mohiyatini anglab yetadi, shu bilan birgalikda mavzuni to'liq uyga vazifa qilib aytib berishda mustaqil fikrlarini ham foydalanadi[8]. Bu mustaqil fikrlar esa boshqa fanlardan ya'ni tabiiy fanlardagi va tarbiya fanidagi olgan bilimlarida qo'shib, ularni birlashitirb kengroq yoritib beradi. Bundan bevosita ko'rishimiz mumkinki, o'quvchining boshqa fanlardagi bilimlairdan foydalanib uy vazifasini aytib berishi orqali og'zaki nutqi va nutqiy madaniyati shakllanadi[12].

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son. "Ta'lim to'g'risida" gi qonun.

2. R.Mavlonova, N.Vohidova va b. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. O'quv qo'llanma. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2013. -314 b.

3. Hayitov.A.I. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi. Uslubiy qo'llanma. T.: "Zuhra Baraka Biznes", 2021. - 129 b.

4. Xoliqov A.A. Pedagogik mahurat. Darslik. - T.: "Iqtisod-moliya", 2011.-425 b.

5. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). Integrated teaching of primary education. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

6. O'qish kitobi. [Matn]: 3-sinf uchun darslik / M.Umarova, X.Xamrakulova, R. Tojiboyeva. Mas'ul muharrir U.Hamdamov. 4-nashri. - Toshkent: "O'qituvchi" NMIU. 2019.- 216 b.

7. Tabiiy fanlar [Matn]: 2-sinf uchun darslik / K. Suyarov [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 88 b.

8. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

9. Ulmasovna, D. M., & Jamshidovna, F. F. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. pedagog, 1(1), 155-159.

10. Salayeva M.S., Beknazarova X.X. Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini ijtimoiy mobilligini rivojlantirish // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 2181-2888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330.

11. Furkatovna, A. M. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming Communicative Competence of Future Educators. Eurasian Scientific Herald, 10, 53-58.

12. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdieva, S. (2022). VIRTUAL TOUR IN PRIMARY SCHOOL. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(06), 72-77.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Jild 2. - №. 01. - P.296-300.

14. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

15. Juraev R. X., QORAXANOVA L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. - 2021. - Jild 2. - №. 1. - P.295-299.

16. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

17. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

18. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. -С. 3500-3505.

19. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

20. Juraev R. X., Karaxonova L. M. media ta'limi maktab o'quvchilarining ta'lim sifatini oshirish omili sifatida / / hayot davomida ta'lim: barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim. - 2013. - S. 322-323.

21. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

22. Musaxonovna K. L. General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. -№. 5. - С. 855-860.

23. Juraev R. X., Karaxonova L. M. iqtidorli bolalarni ta'lim muassasalari tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash //fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2022. - Jild 3. - №. 4. - 66-70 betlar.

24. Karaxanova L. M. tabiiy fanlarni o'qitishda zamonaviy ochiq ta'limda yangi interaktiv elektron manbalar / / ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. - 2021. - Jild 2. - №. CSPI conference 1. - P. 1303-1305.

25. Karaxanova L. M. Development of students' knowledge based on the use of 3d educational technologies in the Biology education //Таълим ва инновацион тадкикотлар.- Buxoro. - 2020. - 55-59 betlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

26. Сафарова Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя килишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

27. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

28. Musakhonovna K. L. Peculiarities of using modern educational tools to increase the effectiveness of teaching the natural sciences and direct students to independent activities //Asian Journal of Multidimensional Research. - 2022. - Т. 11. - №. 5. - С. 182-191.

29. Kh D. R., Karakhonova L. M. Media education as a factor of increasing the quality of teaching schoolchildren //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2 (eng). - С. 287-288.

30. Караханова Л. МУЛЬТИМЕДИЙНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ЗООЛОГИИ //Збiрник наукових праць Уманського державного педагогичного ушверситету. -2011. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.