Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY TAYYORLASHNING MOHIYATI'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY TAYYORLASHNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1323
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fan / integrativ funksiya / transdisiplinar / izchillik / daraja / siyosat / ta’lim muammolari / ishlab chiqarish / yaxlit tizim / science / integrative function / transdisciplinary / consistency / degree / policy / educational problems / production.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduraufova Umida Isamiddin Qizi

Ushbu maqola integrativ yondashuv bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlashda qanday imkoniyatlar berishi haqida ma’lumot beradi. Tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash davomida integrativ yondashuvning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Sharq mamlakatlarida ta’lim va tarbiyaning bir vaqtda olib borilishi ham integratsiya hisoblanadi. Umuman olganda dunyo bir butun deb qarasak, unda kechayotgan har qanday jarayonlar ham bir -biri bilan uzviy aloqadordir. Integratsiya esa mana shu aloqadorliklar haqida mulohaza yuritadi. Ta'limdagi integratsiya bu ta’lim oluvchining shaxsini rivojlantirish va o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan dunyoning yaxlit ko'rinishini shakllantirish uchun ma'lum bir ta'lim tizimi doirasida tarkibning tarkibiy qismlari o'rtasida aloqalarni o'rnatish jarayoni. Integratsiyata’limdagi murakkablikni yengillashtirishga, tizimlilikka o’rgatadigan jarayondir. Zamonaviy ta’limda fanlarni integratsiyalashuvi yangi pedagogik yechimlarni faol izlash, ta’lim oluvchilarga samarali va asosli ta'sir ko'rsatish uchun pedagogik xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish yo'nalishlaridan biridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on how an integrated approach can provide future educators with professional training. There are advantages as well as disadvantages to an integrated approach during the professional training of educators. Simultaneous education and upbringing in Eastern countries is considered integration. In general, if we consider the world as a whole, any processes taking place in it are inextricably linked. And integration reflects on these relationships. Integration in education is the process of establishing connections between the components of the content within a certain educational system in order to form a holistic view of the world aimed at the development of the learner's personality and self-development. Integration is a process that teaches systematization and simplification of complexity in education. The integration of subjects in modern education is one of the directions for the development of the creative potential of pedagogical staff in order to actively search for new pedagogical solutions and have an effective and reasonable impact on learners.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO’LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY TAYYORLASHNING MOHIYATI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY

TAYYORLASHNING MOHIYATI Abduraufova Umida Isamiddin qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "maktabgacha ta'lim metodikasi"

kafedrasi 2-bosqich magistranti [email protected]. tel: +998975869694 https://doi.org/10.5281/zenodo.7342402

Anotatsiya. Ushbu maqola integrativ yondashuv bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy tayyorlashda qanday imkoniyatlar berishi haqida ma'lumot beradi. Tarbiyachilarni kasbiy tayyorlash davomida integrativ yondashuvning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Sharq mamlakatlarida ta'lim va tarbiyaning bir vaqtda olib borilishi ham integratsiya hisoblanadi. Umuman olganda dunyo bir butun deb qarasak, unda kechayotgan har qanday jarayonlar ham bir -bin bilan uzviy aloqadordir. Integratsiya esa mana shu aloqadorliklar haqida mulohaza yuritadi. Ta'limdagi integratsiya - bu ta'lim oluvchining shaxsini

rivojlantirish va o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan dunyoningyaxlit ko'rinishini shakllantirish uchun ma'lum bir ta'lim tizimi doirasida tarkibning tarkibiy qismlari o'rtasida aloqalarni o'rnatish jarayoni. Integratsiya- ta'limdagi murakkablikni yengillashtirishga, tizimlilikka o'rgatadigan jarayondir. Zamonaviy ta'limda fanlarni integratsiyalashuvi yangi pedagogik yechimlarni faol izlash, ta'lim oluvchilarga samarali va asosli ta'sir ko'rsatish uchun pedagogik xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishyo'nalishlaridan biridir.

Kalit so'zlar: fan, integrativ funksiya, transdisiplinar, izchillik, daraja, siyosat, ta'lim muammolari, ishlab chiqarish, yaxlit tizim.

Аннотация. В данной статье представлена информация о том, как комплексный подход может обеспечить профессиональную подготовку будущих педагогов. Комплексный подход при профессиональной подготовке педагогов имеет как преимущества, так и недостатки. Одновременное обучение и воспитание в странах Востока считается интеграцией. Вообще, если рассматривать мир как единое целое, любые процессы, происходящие в нем, неразрывно связаны между собой. И интеграция отражает эти отношения. Интеграция в образовании - это процесс установления связей между компонентами содержания в рамках определенной образовательной системы с целью формирования целостной картины мира, направленной на развитие личности обучающегося и саморазвитие. Интеграция - это процесс, который учит систематизации и упрощению сложного в образовании. Интеграция предметов в современное образование является одним из направлений развития творческого потенциала педагогических кадров с целью активного поиска новых педагогических решений и эффективного и обоснованного воздействия на обучающихся.

Ключевые слова: наука, интегративная функция, трансдисциплинарность, системность, степень, политика, образовательные проблемы, производство.

Abstract. This article provides information on how an integrated approach can provide future educators with professional training. There are advantages as well as disadvantages to an integrated approach during the professional training of educators. Simultaneous education and upbringing in Eastern countries is considered integration. In general, if we consider the world as a whole, any processes taking place in it are inextricably linked. And integration reflects on these relationships. Integration in education is the process of establishing connections between

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

the components of the content within a certain educational system in order to form a holistic view of the world aimed at the development of the learner's personality and self-development. Integration is a process that teaches systematization and simplification of complexity in education. The integration of subjects in modern education is one of the directions for the development of the creative potential of pedagogical staff in order to actively search for new pedagogical solutions and have an effective and reasonable impact on learners.

Keywords: science, integrative function, transdisciplinary, consistency, degree, policy, educational problems, production.

Bizning zamonamizda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tezlashishi, fan, ta'lim, siyosat, ishlab chiqarish, texnika taraqqiyotida integrativ funksiyalarning kuchayishi tufayli integratsiya muammosiga qiziqish ortdi. Sharq mamlakatlarida ta'lim va tarbiyaning bir vaqtda olib borilishi ham integratsiya hisoblanadi. Umuman olganda dunyo bir butun deb qarasak, unda kechayotgan har qanday jarayonlar ham bir -biri bilan uzviy aloqadordir. Integratsiya esa mana shu aloqadorliklar haqida mulohaza yuritadi. Mahalliy va xorijiy pedagogika fanida integratsiya muammolarini o'rganish bo'yicha boy tajriba to'plangan. Turli davrlarda ta'lim jarayonida fanlararo aloqadorlikdan foydalanish vazifasini Ya.A.Komenskiy, I.G.Pestalotsi, J.Russo, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiylar ilgari surdilar. Biz o'rganayotgan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, integratsiya tushunchasini pedagogikada birinchilardan bo'lib I.D. Zverev va V.N. Maksimovalar o'rgangan va ular quyidagi fikrni aytishgan: "Integratsiya - bu uzviy bog'langan, bir butunlikni yaratish jarayoni va natijasidir. Fanlararo ta'lim muammolarini ochib berishda fan. L.G.ning tadqiqotlari taxsinga sazovor. Savenkova, "Integratsiya birinchi navbatda ta'limni boshqarish texnologiyalaridagi o'zgarishlar bilan jamoada o'qituvchilar va talabalarning ijodkorligini taminlovchi jarayon" deb aytib o'tgan.

Integratsiya jarayoni (lotincha integratio — bog'lanish, tiklash) tizimning ilgari bir-biridan ajralib turuvchi qismlari va elementlarining o'zaro bog'liqligi va bir-birini to'ldiruvchiligiga ko'ra yagona yaxlitlikka yig'ilishidir.Pedagogik jarayonga integratsiyalashgan holda tadqiqotchilar rivojlanish jarayonining ilgari bir-biridan ajralib turuvchi qismlarning integratsiyalashuvi bilan bog'liq jihatlaridan birini tushunadilar. Bu jarayon allaqachon tuzilgan tizim doirasida ham, yangi tizim doirasida ham amalga oshishi mumkin

Ta'limdagi integratsiya - bu ta'lim oluvchining shaxsini rivojlantirish va o'z-o'zini rivojlantirishga qaratilgan dunyoning yaxlit ko'rinishini shakllantirish uchun ma'lum bir ta'lim tizimi doirasida tarkibning tarkibiy qismlari o'rtasida aloqalarni o'rnatish jarayoni. Integratsiya-ta'limdagi murakkablikni yengillashtirishga, tizimlilikka o'rgatadigan jarayondir. Zamonaviy ta'limda fanlarni integratsiyalashuvi yangi pedagogik yechimlarni faol izlash, ta'lim oluvchilarga samarali va asosli ta'sir ko'rsatish uchun pedagogik xodimlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish yo'nalishlaridan biridir. Integratsion yondashuv talabalarni o'z kasbini mutaxassisi qilib tayyorlashga yordam beradigan yondashuv hisoblanadi. Integratsiya talabalarni tarqoq bilim olishlarini, bilimlarini parchalanishini oldini oladi, ularning yaxlit bilimlarni, umuminsoniy qadriyatlar majmuini egallashini ta'minlaydi. . Integratsiya printsipi o'quv jarayonining barcha tarkibiy qismlarini, tizimning barcha elementlarini o'zaro bog'lashni, tizimlar o'rtasidagi aloqani o'z ichiga oladi, u maqsadni belgilashda, o'qitish mazmunini, uning shakllari va usullarini belgilashda yetakchi hisoblanadi. Integrativ yondashuv pedagogik jarayonning har qanday

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

komponentida integratsiya tamoyilini amalga oshirishni anglatadi, pedagogik jarayonning yaxlitligi va izchilligini ta'minlaydi.

Ta'limda integratsiya orqali fanlarni va fanlararo aloqadorlik jihatlarini uzviy bog'liqlikda o'qitish mumkin. Bu talabalarda dunyoni yaxlit anglashga, tizimlarning o'zaro bog'liqlikda ekanligi haqidagi tasavvurni beradi. Xususan, tabiat orqali bola nutqini o'stirish mumkinligi hammamizga ayon. Tabiat hodisalari, atrof-muhitda kechayotgan jarayonlarni nutq o'stirish vositalari bo'lgan she'r, hikoya va syujetlar orqali tushuntirish mumkin. Bu bolada mustahkam xotirani, yuksak tasavvurni shuningek, ravon nutqni ham shakllantirib beradi.

Tadqiqotchi B.S.Abdullayeva ham fanlararo aloqadorlikni quyidagi turlarga ajratadi: 1) mazmunli; 2) operatsion; 3) metodik; 4) tashkiliy 3. B.Abdullayeva ta'kidlaganidek, ko'nikma, malakalar fikrlash operatsiyalari orqali o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi. 1 Integratsiyasining uchta darajasi mavjud.

• predmet ichidagi - tushunchalar, bilimlar, ko'nikmalar va boshqalarning integratsiyasi. alohida elementlarning ichida;

• fanlararo - faktlar, tushunchalar, tamoyillar va boshqalarni sintez qilish. ikki yoki undan ortiq fanlar;

• transdisiplinar - ta'limning asosiy va qo'shimcha mazmuni tarkibiy qismlarining

sintezi.

Integratsion ta'lim bizga qanday imkoniyatlar beradi. Integrativ yondashuv bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi.

-mutaxassisni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, -ta'lim oluvchini dunyoni yaxlit idrok etishga o'rgatadi, -ijtimoiy va kasbiy sohada faol harakat qila oladigan darajada tarbiyalaydi, -talabalarga ta'lim sifatini oshirishga ko'proq talablar qo'yadi va o'qituvchiga darsni o'qitish sifatini, bilim sifatini tobora oshirishga motivatsiya beradi, -turli xil fanlar o'zaro bog'lanadi.

Integratsiya o'qituvchilar va talabalarni faol birgalikdagi ijodiy jarayonga jalb qilish imkonini beradi. Bu puxta o'ylangan ta'lim va tarbiya jarayoni bo'lib, u ta'limni tashkil etishning umumiy tuzilmasini qayta ko'rib chiqishga, o'quvchilarni idrok etish jarayoniga tayyorlashga yordam beradi. Axborotni tushunish va taxlil qilishga o'rgatib, talabalarda dunyodagi barcha jarayonlarning bir butun sifatida o'zaro ta'siri haqidagi tushuncha va g'oyalarni shakllantiradi.

Shu bilan bir qatorda integrativ yondashuvning kamchiliklari va salbiy oqibatlari ham mavjud. Y. M. Kolegin va O. L. Aleksinko integratsiyaning salbiy omillarini quyidagicha ko'rsatib berishadi: " o'quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlaming mazmuni olamning haqiqiy ko'rinishini, qismlarining o'zaro bog'liqligini aks ettirish bilan to'ldirish mumkin;" juda muhim bo'lgan o'qish, yozish va sanoq ko'nikmalarini shakllantirish zarurati.2 REFERENCES

1.Abdullayeva B.S Fanlararo aloqadorlik turlari haqida 2005yil 14-bet

2. R. A. Mavlonova, N.". Rahmonqulova Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi o 'quv qo'llanma Toshkent - .ILM ZIYO. - 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.