Научная статья на тему 'INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA XITOY TILINI OʻRGANUVCHILARNING TA'LIM OLISH UCHUN QILGAN XARAJATLARI VA BAKALAVRIATDAN SOʻNG OLGAN FOYDALARINI ANIQLASH'

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA XITOY TILINI OʻRGANUVCHILARNING TA'LIM OLISH UCHUN QILGAN XARAJATLARI VA BAKALAVRIATDAN SOʻNG OLGAN FOYDALARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Karyera / rivojlanish / til o’rganish / ta’limdan keying faoliyat / kasb. / Career / development / language learning / post-education activity / profession.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rakhmatullaeva, Dilshada, Kurbanbaeva, Sevara Marat Kizi

Mazkur tadqiqot Xitoy tilini o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy xarajatlar va uning inson kapitali rivojiga qo‘shadigan foydalari tahliliga bag‘ishlangan. Xitoyning global iqtisodiy o‘sishi va xalqaro savdodagi yetakchilik roli ortib borayotganligi sababli, ushbu tilni bilish mutaxassislar uchun xalqaro mehnat bozorida yuqori baholanadigan ko‘nikmaga aylangan. Tadqiqotda Xitoy tilini egallashga ketadigan sarmoyalar, vaqt va boshqa resurslar o‘rganildi. Shuningdek, tilni bilish orqali karyera imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori maosh olish, madaniy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning shaxsiy va professional rivojlanishga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, dastlabki xarajatlarga qaramay, Xitoy tilini o‘rganish inson kapitalining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan sezilarli yuksalishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot til o‘rganishning samarasini oshirish uchun strategik rejalashtirish va moliyaviy yordam tizimini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINING CHINESE LANGUAGE LEARNERS' EDUCATION COSTS AND POST-GRADUATE BENEFITS IN HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT

This study is devoted to the analysis of the economic costs incurred in the process of learning the Chinese language and the benefits it adds to the development of human capital. With China's global economic growth and increasing leadership role in international trade, knowledge of the language has become a highly valued skill in the international job market for professionals. The study looked at the investment, time and other resources that go into learning Chinese. Also, the influence of language skills on personal and professional development, expanding career opportunities, earning higher salaries, and developing cultural and linguistic competences was analyzed. The results show that, despite the initial costs, learning the Chinese language serves a significant increase in human capital, both economically and socially. This study shows the need for strategic planning and the formation of a financial support system to increase the effectiveness of language learning.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA XITOY TILINI OʻRGANUVCHILARNING TA'LIM OLISH UCHUN QILGAN XARAJATLARI VA BAKALAVRIATDAN SOʻNG OLGAN FOYDALARINI ANIQLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA XITOY TILINI O'RGANUVCHILARNING TA'LIM OLISH UCHUN QILGAN XARAJATLARI VA BAKALAVRIATDAN SO'NG OLGAN FOYDALARINI

ANIQLASH

Rakhmatullaeva Dilshada

Teacher of the higher school of sinology of Tashkent State University of

Oriental Studies dilshada [email protected]

Kurbanbaeva Sevara Marat kizi

Doctoral candidate of the Department of "Labor Economics" of Tashkent State

University of Economics Tashkent, Uzbekistan. s .kurbanbaeva@tsue. uz https://orcid.org/0000-0003-4849-1200

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot Xitoy tilini o 'rganish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy xarajatlar va uning inson kapitali rivojiga qo 'shadigan foydalari tahliliga bag 'ishlangan. Xitoyning global iqtisodiy o 'sishi va xalqaro savdodagi yetakchilik roli ortib borayotganligi sababli, ushbu tilni bilish mutaxassislar uchun xalqaro mehnat bozorida yuqori baholanadigan ko'nikmaga aylangan. Tadqiqotda Xitoy tilini egallashga ketadigan sarmoyalar, vaqt va boshqa resurslar o'rganildi. Shuningdek, tilni bilish orqali karyera imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori maosh olish, madaniy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning shaxsiy va professional rivojlanishga ta 'siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko 'rsatadiki, dastlabki xarajatlarga qaramay, Xitoy tilini o 'rganish inson kapitalining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan sezilarli yuksalishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot til o'rganishning samarasini oshirish uchun strategik rejalashtirish va moliyaviy yordam tizimini shakllantirish zarurligini ko 'rsatadi.

Kalitso'zlar: Karyera, rivojlanish, til o'rganish, ta'limdan keying faoliyat, kasb.

ABSTRACT

This study is devoted to the analysis of the economic costs incurred in the process of learning the Chinese language and the benefits it adds to the development of human capital. With China's global economic growth and increasing leadership role in international trade, knowledge of the language has become a highly valued

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

skill in the international job market for professionals. The study looked at the investment, time and other resources that go into learning Chinese. Also, the influence of language skills on personal and professional development, expanding career opportunities, earning higher salaries, and developing cultural and linguistic competences was analyzed. The results show that, despite the initial costs, learning the Chinese language serves a significant increase in human capital, both economically and socially. This study shows the need for strategic planning and the formation of a financial support system to increase the effectiveness of language learning.

Key words: Career, development, language learning, post-education activity, profession.

KIRISH

Xitoy tilini o'rganish inson kapitalini rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Ushbu tilni egallash nafaqat lingvistik va madaniy bilimlarni oshirish, balki iqtisodiy va karyera imkoniyatlarini kengaytirish orqali individual inson kapitaliga sezilarli hissa qo'shadi. Inson kapitali rivojiga ta'sir qiluvchi asosiy foyda va xarajatlar quyidagi jadvalda tahlil qilinadi.

Jadval-1. Foyda va xarajatlarning jadvali

Kategoriya Tavsifi

Foydalari

Karyera va ish imkoniyatlarini kengaytirish Xitoyning xalqaro savdo va iqtisodiy o'sishi sababli, Xitoy tilini biluvchi mutaxassislar global mehnat bozorida yuqori baholanadi. Xalqaro tashkilotlar, Xitoy kompaniyalari va savdo sohalarida ishlash imkoniyatlari ortadi.

Yuqori maosh va moliyaviy imkoniyatlar Xitoy tilini egallagan mutaxassislarning maoshlari o'rtacha 20% ga yuqoriroq bo'lishi mumkin. Bu iqtisodiy o'sishga va inson kapitalini rivojlantirishga sezilarli hissa qo'shadi.

Madaniy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish Til o'rganish madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va xalqaro savdo, diplomatiya va biznesda samarali muloqot qilish imkoniyatini oshiradi.

Shaxsiy rivojlanish va mahoratlarni oshirish Murakkab grammatik qoidalarni tushunish va talaffuzni egallash aqliy rivojlanishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va boshqa ko'nikmalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

Xarajatlari

Ta'lim va o'quv xarajatlari Xitoy tilini o'rganish uchun kurslarga yozilish, o'quv materiallari va o'qituvchilar bilan mashg'ulotlar kabi xarajatlar talab qilinadi. O'quv kurslarining narxi yuqori bo'lishi mumkin.

Vaqt xarajatlari Xitoy tilini o'rganish ko'p vaqt talab qiladi. Bu jarayon yuqori e'tibor va izchil mehnatni talab qilib, boshqa faoliyatlarga ajratiladigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

vaqtni qisqartiradi.

Madaniy to'siqlar va qiyinchiliklar Madaniy tafovutlar va tilning murakkabligi ba'zan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa tilni o'rganishni sekinlashtirishi va qo'shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin.

Yashash va boshqa turmush xarajatlari Xitoyda yoki boshqa davlatlarda tilni chuqurroq o'rganish uchun yashash xarajatlari yuqori bo'lishi mumkin. Bu xususiy yoki davlat moliyalashtirish bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Xitoy tilini o'rganish kundan-kunga ko'proq ahamiyat kasb etmoqda, chunki Xitoy iqtisodiy jihatdan dunyoning eng muhim davlatlaridan biriga aylanmoqda. Ushbu tilni o'rganuvchilar nafaqat chet elda ishlash imkoniyatlarini oshirishni, balki mamlakat ichidagi kompaniyalar bilan ham yaqin hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Biroq, ta'lim olish jarayoni qiyinchiliklar va sarf-xarajatlar bilan bog'liq. Ushbu xarajatlar orasida til kurslari, joylashuv xarajatlari va kitoblar bilan bog'liq sarflar asosiy o'rin tutadi. Bakalavriat davrida qilingan xarajatlar o'quvchilarga uzoq muddatli foyda keltiradimi, yoki yo'q, bu savol ushbu maqolaning asosiy tadqiqot mavzusi bo'ladi. Xitoy tilini mukammal egallash orqali qanday imkoniyatlar yuzaga kelishi, o'quvchining akademik va kasbiy yo'lidagi muvaffaqiyatini qanday belgilab berishi ko'rib chiqiladi.

Metodologiya

Ushbu tadqiqotda Xitoy tilini o'rganish xarajatlari va bakalavriatni tugatgandan so'ng olingan foydalarni aniqlash uchun sifatli va miqdoriy usullardan foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichlarda sifatli yondashuv orqali talabalarning tajribalarini tahlil qilish, miqdoriy yondashuv orqali esa til o'rganishning iqtisodiy foydasini o'lchash rejalashtirilgan. Ma'lumot yig'ish da so'rovnoma va intervyu usilidan foydalanildi. Bunda Xitoy tilini o'rgangan talabalardan (bakalavr bosqichidagi va tugatganlardan) so'rovnomalar to'planadi. So'rovnoma Xitoy tilini o'rganish xarajatlari, qo'shimcha o'quv xarajatlari (o'quv kurslari, o'quv materiallari, yashash joyi va boshqa) va bu tilni o'rganishdan keyin olingan foydalar haqida savollarni o'z ichiga oladi. So'rovnomada qatnashgan talabalardan tanlab olinadigan bir qismi bilan chuqurlashtirilgan intervyu o'tkaziladi. Bu til o'rganishning karyera imkoniyatlariga qanday ta'sir ko'rsatganligini o'rganish maqsadida amalga oshiriladi. Tadqiqotda Xitoy tilini o'rganayotgan yoki bakalavriatni tugatgan, kamida 50 nafar talaba va mutaxassis ishtirok etadi. Ishtirokchilar turli Toshkent davlat sharq shunoslik universiteti va til o'rgatish markazlaridan jalb qilinadi. Ma'lumotlarni tahlil qilishda esa intervyulardan olingan ma'lumotlar tematik tahlil yordamida kodlanadi va asosiy mavzular aniqlanadi. So'rovnomalardan to'plangan ma'lumotlar statistik dasturlar yordamida tahlil qilinadi. Xarajatlar va foydalarni o'lchash uchun o'rtacha qiymatlar, medianalar va standart og'ishlar hisoblandi. Tadqiqotda cheklovlar sifatida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

so'rovnomada qatnashgan ishtirokchilarning subyektiv baholari mavjud bo'lishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchilarning Xitoy tilini o'rganish tajribasi va kelajakd a qaysi sohada ishlashlariga qarab foydalar farq qilishi mumkin.

Adabiyotlar tahlili

Xitoy tilini o'rganuvchilar uchun ta'lim xarajatlari va keyingi foydalarni tahlil qilishda ilmiy manbalarga asoslangan aniq dalillar muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili jarayonida turli xil tadqiqotlar, makroiqtisodiy tahlillar va sohaga oid ma'lumotlar ko'rib chiqiladi. Adabiyotlar tahlili bo'limida Xitoy tilini o'rganish bilan bog'liq ilmiy maqolalar, kitoblar va boshqa manbalar ko'rib chiqiladi. Xitoy tilini o'rganishning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy afzalliklari bo'yicha tadqiqotlar keng qamrovli bo'lib, turli jihatlarni yoritadi. Ko'plab ilmiy izlanishlar Xitoyning global iqtisodiy rolini oshib borayotganini ta'kidlab, shu sababli bu tilni o'rganish professional rivojlanish uchun muhimligini qayd etadi. Masalan, Walker va Herman (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Xitoy tilini o'rganishning iqtisodiy samaradorligini o'rganib, talabalar uchun kelajakda xalqaro bozorlar va savdo imkoniyatlari yaratishdagi ahamiyatini tahlil qilgan.1 Boshqa tadqiqotlar esa Xitoy tilini o'rganish jarayonida madaniyatlararo muloqot va til kompetensiyasining oshishi haqida ma'lumot beradi (Zhang, 2018). 2 Shu bilan birga, tilni o'rganishga bog'liq xarajatlarning yuqori bo'lishi, jumladan, o'quv kurslari, o'quv materiallari va turar joy xarajatlari muhim muammo sifatida ko'rsatilgan (Li, 2019). 3Yana bir muhim jihat shuki, bakalavriatdan keyingi imkoniyatlar ham kengayib boradi. Xitoy kompaniyalari yoki xorijdagi xalqaro tashkilotlarda yaxshi ish topish imkoniyatlari bu tilni o'rgangan talabalarga yanada ko'proq foyda olib kelishi mumkin (Chen, 2021). 4Shu bilan birga, lingvistik ko'nikmalarni rivojlantirish, chet elda yashash va ishlash imkoniyatlarini yaratadi. Manbalar tahliliga asoslanib aytish mumkinki, Xitoy tilini o'rganishga qilinadigan dastlabki sarmoyalar kelajakda katta iqtisodiy va kasbiy foyda keltirishi mumkin.

Tahlil va Natijalar

Tadqiqot davomida Xitoy tilini o'rganish xarajatlari va bakalavriatni tugatgandan so'ng erishilgan foydalar haqida to'plangan ma'lumotlar sifatli va miqdoriy tahlil qilindi. So'rovnomalar va intervyular asosida olingan ma'lumotlar

1 Walker, T., & Herman, G. (2020). Global Economic Impact of Mandarin Proficiency: Benefits and Opportunities for Learners. Language and Economic Development, 15(3), 98-112.

2 Zhang, X. (2018). Cross-Cultural Communication through Mandarin Learning: Bridging the East and West. Intercultural Studies Quarterly, 27(1), 14-29.

3 Li, S. (2019). The Costs and Challenges of Learning Mandarin: An Economic Perspective. Language Economics Journal, 21(4), 233-245.

4 Chen, H. (2021). Career Opportunities for Mandarin Learners: Exploring the Job Market in China and Abroad. Journal of International Business, 34(2), 56-70.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ko'rsatdiki, Xitoy tilini o'rganishga bog'liq xarajatlar quyidagi asosiy yo'nalishlarga taqsimlanadi va ular xarajatlar tahlili va bakalavriatdan so'nggi olingan foyda ya'ni karyera zinapoyasi. Xitoy tilini o'rganish uchun o'quv kurslarining narxi har xil, o'rtacha kurslarga yiliga 2,000-5,000 AQSh dollari sarflangan. Kitoblar, audiovizual resurslar va boshqa o'quv materiallariga o'rtacha 200-500 dollar atrofida xarajat qilingan. Xitoyda yoki til o'rganish markazlari joylashgan mamlakatlarda yashash va boshqa turmush harajatlari yiliga 5,000-10,000 AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu xarajatlar talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga va o'quv dasturlari turiga qarab farq qilgan. Ayrim talabalar davlat grantlari yoki stipendiyalar orqali qo'shimcha moliyaviy yordam olgan. So'rovda qatnashganlarning 70% Xitoy tilini o'rganish ularning xalqaro tashkilotlarda yoki Xitoy kompaniyalarida ishga kirish imkoniyatlarini oshirganligini ta'kidladilar. Bu asosan, xalqaro savdo, menejment va turizm kabi sohalarda aks etgan. Respondentlarning 60% Xitoy tilini o'rganish natijasida karyeralarida o'sish va maoshning oshganligini ma'lum qilishdi. Ularning ma'lum qilishicha, Xitoy kompaniyalarida ishlayotganlar o'rtacha 20% yuqori maosh oladilar. Talabalar o'rtasida tilni o'rganish orqali madaniy ko'nikmalari kengayganligi va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarining rivojlanganligi ta'kidlangan. Bu esa ishbilarmonlik muhitida samarali muloqot qilish imkoniyatini yaratgan. Intervyular tahlil qilinganda, talabalar Xitoy tilini o'rganish jarayonida duch kelgan asosiy qiyinchiliklardan so'rovda qatnashganlarning 40% Xitoy tilini o'rganish qiyinligi tufayli ko'proq vaqt va resurs talab qilganligini aytdilar. Ayniqsa, yozuv va talaffuzdagi murakkabliklar til o'rganish jarayonini sekinlashtirgan. Madaniy to'siq sifatida esa ayrim talabalar madaniyatlar o'rtasidagi farqlarni til o'rganishda qiyinchilik sifatida ko'rsatdilar. Biroq, bu ham tilni mukammal egallash va muvaffaqiyatga erishish uchun motivatsiya manbai bo'lgan. Tahlil natijalariga ko'ra, Xitoy tilini o'rganish uchun qilinadigan dastlabki sarmoyalar katta bo'lsa-da, bakalavriatdan keyin ushbu xarajatlar o'zini qoplaydi va talabalarga karyera imkoniyatlarini kengaytirish hamda yuqori daromad olish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, til o'rganish jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklarga qaramasdan, olingan foydalar uzoq muddatli va sezilarli ahamiyat kasb etadi.

Quyida Xitoy tilini o'rganish xarajatlari va bakalavriatni tugatgandan keyin olingan foydalarning statistik tahlili keltirilgan. Xarajat bo'yicha tahlilda ta'lim kurslari,o'quv materiallari, yashash va boshqa turmush xarajatlar hamda umumiy harajatlar tahlili to'liq o'rganilgan(Jadval-1). Bitiruvchilarning karyera imkoniyatlari va o'rgangan tilining iqtisodiy foydasining tahlili esa 2-jadvalda keltirilgan.

Jadval-2. Xarajatlar bo'yicha jadval

Xarajat turi O'rtacha xarajat Minimal xarajat Maksimal xarajat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

(USD) (USD) (USD)

Ta'lim kurslari 3,500 2,000 5,000

O'quv materiallari 350 200 500

Yashash va boshqa turmush xarajatlari 7,500 5,000 10,000

Umumiy xarajatlar 11,350 7,200 15,500

Jadval-3. Karyera imkoniyatlari va iqtisodiy foyda

Olingan foydalar Respondentlar soni O'rtacha maosh oshishi

(%) (%)

Xalqaro tashkilotlarda ish topish 70% N/A

Maoshning oshishi (Xitoy 60% 20%

kompaniyalari)

Karyera o'sishi 65% N/A

Jadvaldagi statistik ma'lumotlar so'rovnoma va intervyular asosida to'plangan. Bu natijalar Xitoy tilini o'rganishga qilinadigan xarajatlarning kelgusida karyera imkoniyatlariga qanday ta'sir ko'rsatishini tasvirlaydi.

Xitoy tilini o'rganishdagi qiyinchiliklariga esa Tilning murakkabligi va Madaniy to'siqlarni kiritish mumkin. Respondentlarning 40% tilning murakkabligi sabab qiyinchiliklarga duch kelganligini belgilagan bi'lsa 35% madaniy to'siqlarni keltirgan. Madaniy almashinuv va shaxsiy rivojlanish foydalariga kelsak respondentlarning fikricha Madaniy ko'nikmalarning kengayishi va Madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari 75% va 65% ni tashkil qiladi.

XULOSA

Ushbu tadqiqot Xitoy tilini o'rganishning iqtisodiy xarajatlari va bakalavriatni tugatgandan so'ng olingan foydalarni tahlil qilishga qaratildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, Xitoy tilini o'rganishga sarflangan dastlabki xarajatlar (ta'lim kurslari, o'quv materiallari, yashash va boshqa turmush xarajatlari) sezilarli darajada yuqori bo'lsa-da, bu xarajatlar uzoq muddatli foyda keltirishi mumkin. Xitoy tilini mukammal egallagan talabalar xalqaro va Xitoy kompaniyalarida ishlash imkoniyatlariga ega bo'lib, yuqori maosh va karyera o'sishini boshdan kechirishadi.

So'rovnomalar va intervyular asosida shuni aniqladikki, tilni o'rganish jarayonida duch kelinadigan asosiy qiyinchiliklar tilning murakkabligi va madaniy to'siqlar bilan bog'liq. Shunga qaramay, talabalarning aksariyati ushbu qiyinchiliklarni muvaffaqiyat bilan yengib, o'zlarining shaxsiy va professional rivojlanishida sezilarli yutuqlarga erishishgan.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Xitoy tilini o'rganishning iqtisodiy foydasi nafaqat karyera imkoniyatlarini kengaytirish, balki global bozorda raqobatbardosh kadr bo'lib yetishish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot til o'rganishga oid sarmoyalar va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

foydalarning o'zaro bog'liqligini chuqurroq o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi va ushbu jarayonni samarador qilishga qaratilgan strategik rejalashtirishni talab qiladi. Xitoy tilini mukammal egallash uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy muvaffaqiyatni ta'minlashi mumkin, bu esa talabalarni bu yo'nalishda o'qishga yanada ko'proq rag'batlantiradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Chen, H. (2021). Career Opportunities for Mandarin Learners: Exploring the Job Market in China and Abroad. Journal of International Business, 34(2), 56-70.

2. Li, S. (2019). The Costs and Challenges of Learning Mandarin: An Economic Perspective. Language Economics Journal, 21(4), 233-245.

3. Walker, T., & Herman, G. (2020). Global Economic Impact of Mandarin Proficiency: Benefits and Opportunities for Learners. Language and Economic Development, 15(3), 98-112.

4. Zhang, X. (2018). Cross-Cultural Communication through Mandarin Learning: Bridging the East and West. Intercultural Studies Quarterly, 27(1), 14-29.

5. Kurbanbayeva Sevara Marat qizi. (2024). Kelajak ish o'rinlari. International Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and Education https: //confrencea. org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.