Научная статья на тему 'INSON HOLATINI MASOFADAN MONITORING QILISH TIZIMINING IMKONIYATLARI'

INSON HOLATINI MASOFADAN MONITORING QILISH TIZIMINING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
51
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Telemedicine / unified integrated information system / electronic health care / information flow / remote monitoring / communication infrastructure / consultation / dispatch center.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Abdujapparova Mubarak Baltabayevna, Sultonova Madinabonu Adxamjonovna

This article analyzes the possibilities of establishing a model of a telemedicine system to provide fast and high-quality emergency medical care to patients. A system has been developed to create an "electronic health care" system. The current state of medical institutions operating in the Republic of Uzbekistan was studied. Research was conducted on the network structure of the telemedicine system and the remote monitoring system of the human condition.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HOLATINI MASOFADAN MONITORING QILISH TIZIMINING IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

INSON HOLATINI MASOFADAN MONITORING QILISH TIZIMINING

IMKONIYATLARI

Abdujapparova Mubarak Baltabayevna1 ,Sultonova Madinabonu Adxamjonovna2

1Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Telekommunikatsiya injiniringi" kafedra mudiri, dotsent, 2Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "Masofaviy ta'lim markazi" yetakchi mutaxassisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7857858

Abstract. This article analyzes the possibilities of establishing a model of a telemedicine system to provide fast and high-quality emergency medical care to patients. A system has been developed to create an "electronic health care" system. The current state of medical institutions operating in the Republic of Uzbekistan was studied. Research was conducted on the network structure of the telemedicine system and the remote monitoring system of the human condition.

Key words: Telemedicine, unified integrated information system, electronic health care, information flow, remote monitoring, communication infrastructure, consultation, dispatch center.

Kirish. Bugungi kunda, inson holatini tez va aniqligi bilan masofadan monitoring qilishning eng yaxshi usuli teletibbiyot tizimlaridir. Teletibbiyot tizimlari, insonning tibbiyot xizmatlariga bo'lgan yuqori talablariga javob berish uchun yaratilgan. Bu tizimlar orqali insonlarga bir qancha tibbiy xizmatlar taqdim etiladi, shuningdek, ularga yordam berish uchun turli xususiyatli intelektual mobil qurilmalar va mobil ilovalar orqali o'z holatlarini monitoring qilish imkoniyati yaratilmoqda. Teletibbiyot tizimlarining yaratilishi va rivojlanishi, telekommunikatsiya sohasining kengayishi bilan bog'liqdir. Ushbu soha eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, tarmoqqa kirish va ma'lumot almashishni osonlashtiradi. Teletibbiyot tizimlarining yaratilishi va rivojlanishiga investitsiya qilinishi, tibbiy xizmatlar sohasining yuqori sifatini ta'minlashga yordam beradi. Bu tizimlar yordamida, insonlar tez va aniqligi bilan tashxis qilinadi, shuningdek, monitoring va muhokama qilish uchun yuqori malakali mutaxassislar bilan aloqada bo'lishadi. Teletibbiyot tizimining tashkil etilish imkoniyatlari telekommunikatsiya infratuzilmasiga bog'liqligini va bu tuzilmaga qo'yadigan talablarini tahlil qilishdan oldin, bugungi kundagi mamlakatimiz tibbiyot tizimining holati va rivojlanish darajasi xususidagi statistik ma'lumotlarga to'htalamiz[1].

"Sog'liqni saqlash bo'yicha axborot tizimi"ni isloh qilishning asosiy vazifasi-telekommunikatsion infratuzilma, integratsiyalashgan platforma va tashqi dasturlardan tashkil topgan "Yagona integratsiyalashgan axborot tizimi"-"Elektron sog'liqni saqlash"tizimini yaratishdir.

Usullari: "Elektron sog'liqni saqlash" tizimi faoliyati uchun uchta asosiy darajadan iborat bo'lishi kerak:

> Xavfsizlik

> Standartlar

> Me'yoriy-huquqiy baza.

Ilgarilari axborot oqimlari o'rtasida hech qanday integratsiya bo'lmagan va tizimda axborot kompleksiga kirish judayam qiyin, mehnat talab qiladigan, vaqt chegaralangan va kafolatlanmagan bo'lgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Xo'sh bugungi kunda biz qanday tizimni tashkil qilishimiz lozim!? Bugungi kunda biz axborot oqimlari o'rtasida integratsiya mavjud bo'lgan quyidagi yagona integratsiyalashgan axborot tizimga ega bo'lishimiz kerak:

1-rasm. Integratsiyalangan axborot oqimi tizimi

- DPY BB - Davolash- profilaktik yordam bo'yicha bosh boshqarmasi,

- IMP BB - Iqtisod, moliya va prognozlash bosh boshqarmasi,

- IO'M BB - Ilmiy va o'quv muassasalari bosh boshqarmasi,

- TIVT BB - Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini ta'minlash uchun bosh boshqarmasi,

- DPM - Davolash- profilaktik muassasa[2].

Bunday tizimda axborot kompleksiga kirish judayam oson, mehnat talab qilmaydigan, qulay va kafolatlangan bo'ladi.

Tahlil: Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra mamlakatimiz tibbiyot tizimining turli yo'nalishlarida rivojlanishlar kuzatilmoqda. Xususan, mazkur statistik ma'lumotga ko'ra 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi hududida 6676 ambulator-poliklinika muassasalar faoliyat yuritayotgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2017 yil holatiga nisbatan (5296) ko'payganligini anglatadi. Shuningdek, respublikamiz hududidagi shifoxona muassasalarining soni ham ko'paygan, ya'ni 2016 yilda ularning soni 1106 tani tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilga kelib ularning soni 1281 tani tashkil etgan (2-rasm).

8000 7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0

6542 5296 5627 5955 6032 6676 8000 6000 4000

2000

1106 1135 1165 1205 1232 1281 0

2016 y 2017 y 2018 y 2019 y 2020 y 2021 y

•Shifoxona muassasalari soni Ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

2-rasm. Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan davolash -profilaktika muassasalari sonining yillar kesimidagi miqdori Bundan tashqari, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning sifat darajasini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bu sohaning malakali, tajribali kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasidir. Statistik ma'lumotlar asosida ma'lum bo'ladiki, respublika bo'yicha vrachlar soni oshganligini ko'rish mumkin (2016 yilda vrachlar soni 84,1 mingni tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilga ularning soni 95,6 mingni tashkil qilgan). Ammo aholining bu muddatda o'sish darajasini hisobga olinadigan bo'lsa bir vrachga to'g'ri keladigan aholi sonining ortganligiga guvoh bo'lish mumkin. Ya'ni, 2016 yilda aholi soni 382 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilga ularning soni 369 tani tashkil qilgan (3-rasm). Mustaqillikning dastlabki yillarida har 10 ming aholiga 35.5 ta vrach to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021 yilga kelib 27,1 tani tashkil etadi. Bundan tashqari, Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining quvvati, bir smenada qatnovlar soni, 391,5 mingni tashkil qilgan bo'lsa, 2020 yilga kelib bu ko'rsatgich sal kam 2 barobarga (682,6 ming) oshgan. Bu esa o'z navbatida tibbiy xizmat sifatining pasayishiga olib keladi. Bu ko'rsatkich yuqori tajribali vrachlarga nisbatan olinganda yanada salbiyroq natijalar qayd etilishi mumkin.

3-rasm. Bir vrachga to'g'ri keladigan aholi sonining yillar kesimida o'zgarishi Natija. Demak, vrachlar sonining ortishi aholi sonining ortishiga proporsional amalga oshirilmas ekan, tibbiy muassalarning malakali vrachlar bilan ta'minlanganlik darajasida pasayish kuzatiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni hal etishda samarali yechim sifatida teletibbiyot tizimining joriy etilishini ko'rish mumkin. Teletibbiyot tizimi (TT) respublikamizning chekka hududalarida istiqomat qiluvchi aholining o'z yashash hududlarida sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yaratadi[4].

Teletibbiyot tizimi joriy etilishi natijasida masofadan turib yuqori malakali vrachlarning konsultatsiyalarini olish, tor mutaxassislikka ega vrachlarning respublika hududidagi yoki chet eldagi mos mutaxassislar bilan tajriba almashinish, kasallikka to'g'ri tashxis qo'yish maqsadida masofaga bog'liq bo'lmagan holda konsiliumlar tashkil qilish, bemorning tibbiy holati haqidagi ma'lumotlar (koordiogramma, UZI, rentgen, MRT va h.z) ni tor yo'nalishli maxsuslashtirilgan tibbiyot muassalariga, tibbiyot muassalarining ilmiy laboratoriyalariga jo'natish imkoniyati yuzaga keladi. Ammo, teletibbiyot tizimini joriy etishdagi asosiy to'siqlardan biri sifatida ushbu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

tizim joriy etilishi lozim bo'lgan hududdagi axborot kommunikatsiya infratuzilmasining texnik imkoniyatlarini talablarga javob bermasligi bo'ladi[3]. Teletibbiyot tizimining tarmoq strukturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

4-rasm. Teletibbiyot tizimining tarmoq strukturasi Teletibbiyot tizimi tarmog'ining tarkibiga asosan quyidagi to'rtta elementni kiritish mumkin:

> Kanal hosil qiluvchi

> Konsultatsiya markazlari

> Dispetcher punkti

> Masofadagi punktlar

Inson holatini masofadan turib monitoring qilish tizimi tuzilishini quyidagi rasmda ko'rishimiz mumkin:

5-rasm. Inson holatini masofadan monitoring qilish tizimi Ushbu tizimning ishlash prinsipi bo'yicha bir nechta sensor datchiklardan iborat, ko'p funksiyali, brastel ko'rinishidagi qurilma orqali insonning ko'plab funksional ko'rsatgichlari avtomatik ravishda tekshiriladi. Bunda insonning funksional ko'rsatgichlari sensor datchiklar yordamida o'lchanadi va o'lchangan qiymatlar Arduino platasiga uzatiladi. Arduino platasidagi mikrokontroller sensor datchiklardan olingan signalni tahlil qiladi. Agar hayotiy ko'rsatgi chlar

695

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

kritik darajada bo'lsa, u holda mikrokontroller mos signal hosil qiladi va uni GSM-modul SIM800L GPRS ga uzatadi. SIM800L GPRS GSM moduli mobil aloqa tarmog'i orqali bemorni nazorat qiluvchi tibbiyot xodimiga qisqa SMS xabar yuboradi. Uning yordami bilan tibbiyot xodimlari bemorning hayotiy ko'rsatgichlarida o'zgarishlar boshlanganligini bilib olishadi. Qurilmaning dasturiy qismi Java Script da yoziladi. Qurilmaning foydalanuvchisi uni muntazam ravishda olib yurishi kerak. Shunda istalgan vaqtda bemorning ahvolini kuzatish mumkin bo'ladi[2,5].

Muhokama.

• Aholi yashash joyi, ijtimoiy mavqei hamda vaqtdan qat'iy nazar yuqori sifatli, yuqori malakali tibbiy xizmatlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi;

• Barcha bemor ma'lumotlarini keyinchalik arxivlash bilan bir joyda saqlash;

• Malakali mutaxassislar o'rtasida maslahatlashuvlar (konsiliumlar) o'tkazish imkoniyati;

• Analitik hisobotlar;

• barcha turdagi statistik ma'lumotlar;

• Ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati va boshqalar.

Xulosalar.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mobil diagnostika vositalari shifokorga yanada aniqroq diagnostika o'tkazishga va shu zahotiyoq joyida davolash imkonini beradi. Ushbu qurilmalar yanada arzonlashishi bilan klinika uchun ham, bemor uchun ham yaxshi natijalarga erishish, hamda tejashni ta'minlab, bemorlarni darhol davolashnishni boshlash imkoniyatini yaratadi.

Kasallikdan keyingi nazorat va bemorning kasallik tarixini kuzatib borish imkoniyatini ta'minlash kerak. Teletibbiyotning asosiy maqsadi kasallikning oldini olish bo'lishi kerak va aynan shu narsa tufayli, sog'liqni saqlash sohasida xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Buning uchun klinikalar (shifokorlar) bemorlarning kasallik tarixini bilishlari hamda, teletibbiyot orqali olingan barcha ma'lumotlarni elektron tibbiy yozuvlarda saqlashlari kerak. Bemorni kasalxonadan chiqib ketgandan keyin dastlabki 30 kun ichida uning qaytishini oldini olish uchun uni nazorat qilib borish sog'liqni masofadan monitoring qilish va teletibbiyot uchun juda muhim vazifadir.

REFERENCES

1. Абдужаппарова М.Б., Султонова М.А., Обзор и анализ телемедицинских устройств. АК:ТТЕ № 4 (64)/2022

2. A. Komilov, M. Sultonova, and D. Orifjonova, "Use of telecommunications to reduce the impact of the covid-19 pandemic," Uzb. Med. J., vol. 2, no.

3. Султонова М. "Узбекистонда телетиббиёт тизимини ташкил этиш тизими модели ва ундаги муаммолар ", FarDU-ilmiy xabarlar" журнали. Фаргона- 2021. №1. -Б. 167-170

4. Натензон М.Я. Использование телемедицинских систем в практике сельского здравоохранения // Здравоохранение. 2012. №1. С. 56-62.1, pp. 38-43, Jan. 2021, doi: 10.26739/2181 -0664-2021-1-7.

5. M. H. Silveira, C. Nunn, A. Lakhanpal, D. McDonagh, R. McPartland, and A. Burdett, "Key considerations and experience using the ultra low power sensium TM platform in body sensor networks," 2009. doi: 10.1109/P3644.61.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.