Научная статья на тему 'DEMOGRAFIK JARAYONLARNI MONITORINGLASH'

DEMOGRAFIK JARAYONLARNI MONITORINGLASH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
78
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demografiya / web / tizim / berilganlar bazasini boshqarish tizimlari(BBBT) / monitoring / dasturlash tili.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Narzulla Abduxamid O‘G‘Li Axmedov

Respublikaning ixtiyoriy hududida istiqomat qiladigan doimiy aholining demografik jarayonlarini oson va juda tez monitoring qilish orqali o‘sha hududda paydo bo‘ladigan muammolarni tezda bartaraf etish imkoni paydo bo‘ladi, vaqt hamda mablag‘ sarfi ancha tejaladi. Shunday ekan, Respublikadagi demografik jarayonlarni tez va oson monitoring qilish uchun bu jarayonnining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishimiz juda muhim masalalardan biridir.Respublikaning ixtiyoriy hududida istiqomat qiladigan doimiy aholining demografik jarayonlarini oson va juda tez monitoring qilish orqali o‘sha hududda paydo bo‘ladigan muammolarni tezda bartaraf etish imkoni paydo bo‘ladi, vaqt hamda mablag‘ sarfi ancha tejaladi. Shunday ekan, Respublikadagi demografik jarayonlarni tez va oson monitoring qilish uchun bu jarayonnining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishimiz juda muhim masalalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по естественным и точным наукам , автор научной работы — Narzulla Abduxamid O‘G‘Li Axmedov

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DEMOGRAFIK JARAYONLARNI MONITORINGLASH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

DEMOGRAFIK JARAYONLARNI MONITORINGLASH

Narzulla Abduxamid o'g'li Axmedov

Geologiya fanlari universiteti, "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

narzuullaa@gmail. com

ANNOTATSIYA

Respublikaning ixtiyoriy hududida istiqomat qiladigan doimiy aholining demografik jarayonlarini oson va juda tez monitoring qilish orqali o'sha hududda paydo bo'ladigan muammolarni tezda bartaraf etish imkoni paydo bo'ladi, vaqt hamda mablag' sarfi ancha tejaladi. Shunday ekan, Respublikadagi demografik jarayonlarni tez va oson monitoring qilish uchun bu jarayonnining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishimiz juda muhim masalalardan biridir.

Kalit so'zlar: demografiya, web, tizim, berilganlar bazasini boshqarish tizimlari(BBBT), monitoring, dasturlash tili.

Dunyoda globallashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda hayotimizni axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Zamonaviy kompyuter texnikasi, internet, mobil aloqa vositalari vaqtni tejashi, ixcham, qulay va tezkorligi bilan kundalik turmush tarzimizga tobora chuqur singib bormoqda. Bugun axborotlarni bir zumda tarqatish, qabul qilish va iqtisodiy sarf-xarajatlarni kamaytirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhim o'rin tutadi. Jamiyatni axborotlashtirish hozirgi zamonning davr talabiga aylanib bormoqda. Inson faoliyat olib borayotgan barcha sohalar axborotni qabul qilish, qayta ishlash va o'zlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog'liqdir. Prezidentimizning O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida 2018 - yil 3-iyul, PQ-3832-sonli qarorida ham shuni ko'rishimiz mumkinki, iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko'lamli chora-tadbirlar ko'rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda[4].

Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko'rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. "Blokcheyn" texnologiyalari (berilganlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun'iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat jahonning ko'plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn"

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko'plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. Shuning uchun har qanday tashkilotlarda ishni samarali tashkil etishga imkon beradigan berilganlarni boshqarishni tashkil qilish va qulay tarzda olib borish muammosi yuzaga kelmoqda. Oldingi davrda biror tashkilot va muassalarning berilganlari qog'ozlarda, turli papkalarda saqlangan bo'lsa, hozirgi kunda deyarli hamma korxonalarda, tashkilotlarida kompyuterlashtirilgan usullar katta hajmdagi berilganlarni samarali saqlash imkonini beruvchi berilganlar bazasidan foydalanmoqdalar. Hozirgi kunda barcha davlat tashkilotlarini ish faoliyatini berilganlar bazasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi [1,2,3]. Shunday ekan, O'zbekiston Respublikasidagi demografik jarayonlarni (doimiy aholisi bo'yicha) monitoring qilish masalasini avtomatizatsiyalash imkoniyatini beruvchi axborot tizimini yaratish jamiyatimiz uchun dolzarb va hal etilmagan masalalardan biridir. Bu yaratiladigan axborot tizimi orqali Respublikadagi demografik jarayonlar tez, to'liq va aniq monitoring qilinadi, bu esa davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Mazkur axborot tizimi web platformasi asosida kuchli ximoyalangan zamonaviy texnologiyalardan birini qo'llash orqali yaratiladi. Chunki, Web platformalarda(internet orqali) ishlovchi dasturlar hozir kunda juda rivojlanayotgan va masofadan ishlash uchun juda qulay texnologiya hisoblandi. Respublikaning har bir hududidagi demografik jarayonlarini bitta ma'lumot bazasiga to'plash online amalga oshiriladi ya'ni har bir hudud kiritgan m'lumotlar bu tizim orqali bitta bazaga yig'ilib boriladi[3].

Respublika demografik jarayon monitoringini o'tkazish masalasini avtomatizatsiyalash tizimining berilganlar bazasidan hududlar, shahar va qishloq joylaridagi aholi bo'yicha quyidagi berilgan ma'lumotlar bo'yicha monitoring qilinadi[5,6,7]:

1. Respublika doimiy aholi soni

2. Respublika bo 'yicha tirik tug'ilganlar soni

3. Respublika bo 'yicha vafot etganlar soni

4. Respublika bo 'yicha nikoh qurganlar soni

5. Respublika bo 'yicha nikohdan ajrashganlar soni to 'g 'risida berilgan

6. Respublika bo 'yicha shahar ahalisi soni

7. Respublika bo 'yicha qishloq ahalisi soni

8. Respublika bo 'yicha erkaklar va ayollarning jami aholiga nisbatan ulushi

9. Respublika bo 'yicha shahar qishloq aholisining jami aholiga nisbatan ulushi

10.Doimiy aholisonining hududlar bo'yicha taqsimlanishi

11. Doimiy aholi sonining o'sish sur'atini istalgan yil kesimida aniqlash

12.Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

13.Doimiy aholi sonining asosiy yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishi

14.Hududlar kesimida tug'ilganlar soni va tug'ilish koyeffitsiyenti

15.Respublika bo 'yicha tirik tug'ilganlar soni (yillar kesimida)

16.Respublika bo 'yicha vafot etganlar soni va koyeffitsiyenti

17.Hududlar kesimida go 'daklar o 'limi koyeffitsiyenti

18. Asosiy o 'lim sabablari bo 'yicha vafot etganlarning taqsimlanishi

19.Hududlar kesimida asosiy o 'lim sabablari bo 'yicha vafot etganlarning taqsimlanish

20.0'lim koyeffitsiyentlari to 'g'risida berilgan

21. Tabiiy o 'sish ko 'rsatkichi

22.Hududlar kesimida nikoh tuzganlar koyeffitsiyenti

23.Hududlar kesimida nikohdan ajrashganlar koyeffitsiyenti

24. Aholi migratsiyasi to'g'risida berilgan

25.O'zbekiston Respublika bo 'yicha ko 'chib kelganlar soni

26.O'zbekiston Respublika bo 'yicha ko 'chib ketganlar soni

27.O'zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko'chib ketganlar soni

28.O'zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlardan ko'chib kelganlarning

soni

29.O'zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko'chib ketganlar soni va jami xorijga ko 'chib ketganlarga nisbatan ulushi

30.0'zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko'chib kelganlar soni va jami xorijiy mamlakatlardan ko 'chib kelganlarga nisbatan ulushi

31.Hududlar kesimida aholi migratsiyasining taqsimlanishi

32.Hududlar kesimida xorijiy migratsiyasining taqsimlanishi.

Bu berilganlar asosida Respublika va uning ixtiyoriy hududlaridagi doimiy aholi bo'yicha istalgan davridagi berilganlarni raqamlashgan tizim orqali oson va bir necha soniyalarda monitoring qilish mumkin.

Bu berilganlar bo'yicha olingan natijalarning hisobotini jadvallar va turli ko'rinishdagi grafiklar ko'rinishida olish mumkin bo'ladi. Natijalarni ham jadval ham grafik ko'rinishda tasvirlash uni to'liq va oson monitoring qilish imkonini beradi.

Bunday avtomatizatsiyalashgan tizimning berilganlar bazasi Respublika bo'yicha yagona bo'ladi, ya'ni kiritiladigan berilganlar faqat bitta berilgan bazasini boshqarish tizimiga yig'iladi va bu baza doimiy aholi soni hamda demografik holat ko'rsatkichlari Adliya vazirligining joylardagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tomonidan taqdim etiladigan berilganlar va Ichki ishlar vazirligining joylardagi Ichki ishlar boshqarmasi (bo'limi)ning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari tomonidan taqdim etilgan berilganlar asosida to'ldirilib

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

boriladi. Bu degani, har bir hududning berilganlar bazasini boshqarish tizimida (BBBT) o'ziga tegishli jadvallari mavjud bo'ladi va kiritiladigan ma'limotlar o'zining jadvallariga kiritiladi. Bu tizim bazasidagi jadvallarning alohida bo'lishi hududlar aro maxfiylikni ta'minlaydi ya'ni hududlar bir - birining ma'lumotlarini ko'raolmaydilar.

Shundan so'ng doimiy aholi bo'yicha berilganlarni umumlashtirish, guruhlash, tahlil qilish, ularni qiyoslash, demografik omillarni o'rganish, turli xildagi ma'lumotlarni olish va aniq xulosa qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu avtomatizatsiyalashtiriladigan tizim albatta eng so'nggi zamonaviy dasturlash tillaridan biri orqali yaratiladi. Bu tizim berilganlar bazasidagi ma'lumotlarning juda maxfiyligini hisobga olgan holda, u juda yuqori darajada himoyalangan bo'lishi kerak. Shuning uchun dasturlash tilini tanlab olish ham juda katta ahamiyatga egadir.

Respublika demografik jarayon monitoringini o'tkazish masalasini avtomatizatsiyalash tizimining berilganlar bazasi hududlar, shahar va qishloq joylaridagi doimiy aholi bo'yicha quydagi aniq berilganlar asosida to'ldiriladi[7]:

1) FHDYO bo'limlari tomonidan kiritiladigan asosiy berilganlar:

1. Tug'ilganlar

2. O'lganlar

3. Nikoh qurganlar

4. Nikohdan ajrashganlar

2) Ichki ishlar boshqarmasi (bo'limi)ning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari tomonidan kiritiladigan asosiy berilganlar:

1. Hududdan hududga ko'chib kelgan shaxslar

2. Hududdan hududga ko'chib ketgan shaxslar

3. Chetga elga ko'chib ketgan shaxslar

4. Chet eldan ko'chib kelgan shaxslar

5. Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar

6. Fuqarolikni olgan shaxslar.

Quyidagi rasmda (1-rasm) Respublika, uning barcha viloyat va shaharlari va barcha viloyat va shaharlarining tumanlari tasvirlangan.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 10 I 2022|

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

1-rasm

Bu chizmadan ko'rinib turibdiki, har tuman faqat o'zini hududi bo'yicha, shahar yoki viloyatlar faqat o'zining har bir tumani bo'yicha va Respublika bo'yicha esa hamma hudud aholisi bo'yicha umumiy monitoring qilinadi. Bir hudud boshqa hudud aholisi berilganlarini ko'ra olmaydi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Respublikaning ixtiyoriy hududida istiqomat qiladigan doimiy aholining demografik jarayonlarini oson

73

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

va juda tez monitoring qilish orqali o'sha hududda paydo bo'ladigan muammolarni tezda bartaraf etish imkoni paydo bo'ladi, hamda mablag' sarfi ancha tejaladi[7]. Shunday ekan, Respublikadagi demografik jarayonlarni tez va oson monitoring qilish uchun bu jarayonning avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish juda muhim masalalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xakimov M.X., Gaynazarov S.M. Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari. 2-nashr, "Fan va texnologiyalaf', T., 2015. 648 b.

2. Kuznetsov M.V., Simdiyanov I.V. "MySQL 5", BXV-Peterburg, 2010. s.15-230.

3. Xakimov M.X. Технологии реляционных баз данных и блокчейна в цифровой экономике. Инновации в экономике. Специальный выпуск. Международная научно-практическая конференция. Таdqiqot.uz. SI (2020), c. 201-212, DOI 10.26739/2181-9491-2020-SI-26 http://dx.doi.org/

4. https://lex.uz/ru/docs/-3806053

5. https://gender.stat.uz/uz/osnovnye-pokazateli-uz/demografiya-uz

6. https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2033-o-zbekiston-respublikasining-demografik-holati

7. https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-gks/8921-demograflk-holat-2020-yil-yanvar-mart

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.