Научная статья на тему 'Инновационный подход и государственная учебная программа «первый шаг» в реализации процесса дошкольного образования и подготовки'

Инновационный подход и государственная учебная программа «первый шаг» в реализации процесса дошкольного образования и подготовки Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
108
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
Дошкольное образование / Дошкольный возраст / Реформы / Образование / Непрерывное образование / Педагогический процесс / Наука / Интерактивный. / Preschool education / Preschool age / Reforms / Education / Continuous education / Pedagogical process / Science / Interactive.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Кахрамон Олимов, Мохира Турдиева

В статье рассматриваются существующие проблемы в системе дошкольного образования, проводимые реформы, направленные на решение этих проблем и важность государственной программы «Первый шаг». Показаны преимущества организации занятий на основе интерактивных методов в ДОО.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Innovative approach and state training program "First step" in the implementation of the process of preschool education and training

The article examines the existing problems in the preschool education system, ongoing reforms aimed at solving these problems and the importance of the state program "First Step". The advantages of organizing classes based on interactive methods in PEO are shown.

Текст научной работы на тему «Инновационный подход и государственная учебная программа «первый шаг» в реализации процесса дошкольного образования и подготовки»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Innovative approach and state training program "First step" in the implementation of the process of preschool education and training

Kakhramon OLIMOV 1 Mokhira TURDIEVA 2

Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021 Received in revised form 15 January 2021 Accepted 20 February 2021 Available online 7 March 2021

Keywords:

Preschool education Preschool age Reforms Education

Continuous education Pedagogical process Science Interactive

The article examines the existing problems in the preschool education system, ongoing reforms aimed at solving these problems and the importance of the state program "First Step". The advantages of organizing classes based on interactive methods in PEO are shown.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion yondashuv va "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi

_ АННОТАЦИЯ

Калит сузлар:

Maktabgacha ta'lim Maktabgacha ta'lim yoshi Islohotlar Ta'lim-tarbiya Uzluksiz ta'lim Pedagogik jarayon Fan

Interfaol

1 Supervisor Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan

2 Self-employed applicant, lecturer at the Department of Preschool Education, Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida mavjud muammolar, bu muammolarni bartaraf etishdagi amalga oshirilayotgan islohotlar va "Ilk qadam" davlat dasturining ahamiyati haqida fikr yuritilgan. MTTda mashg'ulotlarning interfaol metodlar asosida tashkil etishning afzalliklari ko'rsatib berilgan.

Инновационный подход и государственная учебная программа «первый шаг» в реализации процесса дошкольного образования и подготовки

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

Дошкольное образование Дошкольный возраст Реформы Образование

Непрерывное образование Педагогический процесс Наука

Интерактивный

В статье рассматриваются существующие проблемы в системе дошкольного образования, проводимые реформы, направленные на решение этих проблем и важность государственной программы «Первый шаг». Показаны преимущества организации занятий на основе интерактивных методов в ДОО.

Maktabgacha ta'lim tizimi inson shakllanishidagi eng muhim bo'g'in, eng muhim davr hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki mazkur ta'lim yoshi garchi inson hayotining qisqa fursati bo'lsada, bu davrda bola butun hayoti davomida o'rganganining ko'p foizini anglab yetadi va o'rganadi. Bu davr kelajak hayot uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Xo'sh, bola hayotining muhim davrida unga ta'lim-tarbiya berish bilan shug'ullanuvchi ushbu tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday yangiliklar kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutish mumkin?

Bola hayotidagi muhim sanalgan ushbu ta'lim bosqichida bir qancha hal etilishi va yechimini topishi zarur bo'lgan masalalar mavjud. Jumladan:

• maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'la qamrab

olish;

• maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan tarzda tashkil etish;

• mashg'ulotlarni interaktiv tarzda, qiziqarli o'tishini ta'minlash.

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol shaxsni tarbiyalab, maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur sohani yana-da taraqqiy ettirish, farzandlarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratish yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olishda nafaqat davlat, balki nodavlat ta'lim muassasalarining hissasi sezilarli ortmoqda.

Umuman, mazkur vazirlik tashkil etilgandan buyon, maktabgacha ta'lim muassasalari 5 211 tadan 8 104 taga, bolalarni qamrab olish darajasi 27,7%dan 61.8%ga oshgani diqqatga molik.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon sodda, yosh guruhlariga mos va rang-barang bo'lishi lozim. Ta'lim-tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta'lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq bo'ladi. Mashg'ulotlarda bolalarning dunyoqarashlarini har tomonlama, ham jismoniy, ham ma'naviy, ham ruhiy shakllantirish va rivojlantirish masalalarini asosiy maqsad sifatida belgilab olish hozirgi pedagoglar oldida turgan asosiy vazifalardan sanaladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishga pedagog-tarbiyachilarga davlat tashkilotlari tomonidan yetarli darajada moddiy-texnik va uslubiy-metodik yordamlar ko'rsatilmoqda. Masalan, 2018 yildan tatbiq qilinayotgan yangi maktabgacha ta'lim sohasi uchun "Ilk qadam" dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari bu dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o'zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda birinchi marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan.

"Ilk qadam" deya nomlangan ushbu dasturning asosiy tamoyili - ta'lim jarayoniga qo'shilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlari hisoblanadi.

"Ilk qadam" dasturining asosiy vazifalari:

- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;

- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlashdan iborat.

Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni besh yo'nalishda rivojlantirish kerakligi ko'rsatilgan.

Bolalarni rivojlantirishning asosiy sohasi Kichik rivojlanish sohalari

1. Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi • yirik motorika • mayda motorika • sensomotorika • sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish • "Men" konsepsiyasi • hissiyotlar va ularni boshqarish • ijtimoiylashuv, • kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

3. Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari • nutq va til • o'qish malakalari • qo'l barmoqlari mayda motorikasi

4. Bilish jarayonining rivojlanishi • intellektual-anglash malakalari • elementar matematik malakalar • tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

5. Ijodiy rivojlanish • dunyoni badiiy tasavvur etish • badiiy-ijodiy qobiliyatlar

Bu besh yo'nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga: • «Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi

kompetensiyalariga;

• «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalariga;

• «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalariga;

• «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalariga;

• «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalariga ega bo'ladi, ya'ni

ular 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladilar va maktab ta'limiga tayyor bo'ladilar.

Dastur asosida bilim olish jarayonini o'yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo'nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog'lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o'zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qiziquvchan, harakatchan, tashabbuskor, erkin fikrlovchi, kuzatuvchan, sog'lom qilib tarbiyalash ota-onalar va tarbiyachilar oldida turgan muhim vazifa sanaladi. Mashg'ulotlarni ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda zamon talablariga xos, bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar-interfaol metodlar orqali tashkil etish juda yaxshi samara beruvchi omil sanaladi.

Ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'limning samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqish, e'tibor hamda talab kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatli tomoni, shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligidir.

Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilganda pedagoglar tarbiyalanuvchilarga egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga e'tibor qaratishlari zarur. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.

Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo'lmoqda:

^maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda;

^maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi turlariga o'tmoqda;

Ynodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'i kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari joriy etilmoqda;

Yxodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda;

У qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari ("Ilm yo'li" variativ dasturi asosida) joriy etilmoqda;

Ymoliya institutlari ishtirokida investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalarida innovatsion va tajriba-sinov ishlari sezilarli darajada kuchaymoqda.

Bugungi kunda maktabgacha ta'limda yangi pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish tarbiyani ta'limga bog'lash, har ikkisini tuzilishi va mazmuni jihatdan yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi faoliyatini mujassamlashtirishga, mustaqil fikrlashga yo'llash uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, ma'nan yetuk, barkamol shaxslarga aylantiradi. Shuning uchun ham ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida

zamonaviy o'qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va o'rni beqiyosdir.

Innovatsiya (inglizcha innovatsion - yangilik kiritish) - tizimning ichki tuzilishini o'zgartirish demakdir. Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatli bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.

Pedagogik texnologiya ta'limga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi hamda tarbiyalanuvchining yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi, ta'lim-tarbiyaning maqsadi, yo'nalishi, mazmuni, shakllari, usullari e'tiborga olinadi. Pedagogning bu jarayon tashkilotchisi, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va mahoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta'sir ko'rsatish, bolani faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo'llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobiliyati tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo'lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturi va "Ilm yo'li" variativ dasturlarida barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari turadi. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o'zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil etishi lozim.

Tarbiyachi tomonidan mashg'ulotlar davomida qo'llaniladigan interfaol metodlar bolalarning qiziqishlarini oshirish bilan bir qatorda ularning ehtiyojlarini qondiradigan darajada tashkil etilishi maktabgacha ta'limning sifatini oshiruvchi muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Turdieva M. J. The essence of organizing the process of preschool education and education on the basis of an individual approach //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - T. 6. - №. SP. - C. 3-3.

2. Turdieva M.J. The Role of the 'First Step' State Curriculum in the Preschool Education System. INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND ANALYSIS. Volume 04 Issue 02 February 2021. Page №.-202-204.

3. Gafurova D. K. Formation of fluid speech in preschoolers //International Engineering Journal For Research & Development. - T. 6. - №. 1. - C. 5-5.

4. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH MaKTa6rana Ta^HM TH3HMHHH 2030 HRnrana pHBO^naHTHpHm концепцннсн.T:.2019 hh^.

5. Mirziyoyev Sh.M. 2017-2020-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risidagi qaror. T.: 2016 y. 26 dekabr.

6. Maktabgacha ta'lim muassasasining "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. T.: 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.