INNOVATSION MENEJMENTNING IJTIMOIY YO'NALISHLARIDA RAQAMLASHTIRISHNING O'RNI
1Azamjonov Shaxriyor Sherzod o'g'li, 2Karimov Islombek Azizjon o'g'li 3Saxobiddinova Nilufarxon Kamoliddin qizi
QDPI, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11185220
Annotatsiya. Maqolada raqamlashtirish jarayonining innovatsion menejmentni ijtimoiy yo'nalishlarida qo'llash hamda ijtimoiy yo'nalishlardagi innovatsion boshqaruv borasida so'z boradi. Ijtimoiy innovatsiyalar, loyihalar, investitsiyalar, ijtimoiy innovatsion boshqaruvning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Ta'lim boshqaruvida loyihalashtirish va raqamlashtirishni tutgan o'rni haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, innovatsion boshqaruv, shakllanish, rivojlanish, raqamlashtirish, axborot.
Аннотация. В статье речь пойдет о применении инновационного менеджмента в социальных направлениях процесса цифровизации, а также инновационного менеджмента в социальных направлениях. Обсуждаются основные вопросы социальных инноваций, проектов, инвестиций, управления социальными инновациями. Будет предоставлена информация о роли дизайна и оцифровки в управлении образованием.
Ключевые слова: цифровых технология, Инновационный менеджмент, формирование, разработка, цифровизация, информация.
Annotation: The article will focus on the application of innovation management in the social areas of the digitalization process, as well as innovation management in social areas. The main issues of social innovation, projects, investments, and social innovation management are discussed. Information will be provided on the role of design and digitization in education management.
Keywords: digital technology, Innovative management, formation, development, digitalization, information.
Kirish. Har qanday jamiyat taraqqiyoti yetuk yangi avlod kadrlariga tayanadi. Bugungi kunda O'zbekiston yangicha munosabatlar yo'liga kirib bormoqda.. Mamalakatimiz bugun yangilanmoqda, yangilanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Millat bilimining sifat darajasi mamlakatni kelgusidagi strategik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Mamlakat yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga yetishi uchun iqtisodiyotning rivojlanishini ta'minlovchi shaxslar, kadrlarga ega bo'lishi zarur. Shu nuqtai nazardan, innovatsion menejmentning ijtimoiy yo'nalishlarida raqamlashtirishning o'rni dolzarb ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son —Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risidalgi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qancha muhim masalalar belgilab berildi. Farmonda belgilangan masalalardan: - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o'zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta'minlash; - ta'limning yangi pedagogik texnologiyalari va o'qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta'lim jarayonini tashkil etish, o'quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o'qitishning zamonaviy shakllari va axborotkommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o'quv jarayonini sifat jihatidan yangilash; - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, o'qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta'lim resurslari, ilmiy
adabiyotlar elektron katalogi va ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; - o'quv va ilmiy laboratoriya bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sport-sog'lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; - bu vazifalarni ta'limda qo'llash, jamiyatnng yuqori darajalarga chiqishiga zamin yarartadi[1].
Innovatsion menejmentda ijtimoiy yo'nalishlardan asosiysi bu ta'lim sanaladi. Raqamli texnologiyalar shuningdek, o'yin usullarini ishlab chiqish va o'quvchilarning jamoaviy faoliyati sifatida o'rganishni tashkil etish imkonini yaratib beradi. Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati katta. Ta'lim jarayonini takomillashtirishning zamonaviy usullaridan biri ta'limni raqamlashtirish, xususan, axborot texnologiyalaridan foydalanish hisoblanib, ularni yanada asmaraliroq qilishda innovatsion menejmentning o'rni beqiyosdir. Ta'limni axborotlashtirish nafaqat kadrlar tayyorlashni axborotlashtirishni o'z ichiga oladi, shuningdek maktabda ta'lim jarayonini takomillashtirishning zamonaviy usullaridan biri axborotlashtirishni ham nazarda tutadi. Bu ta'lim faoliyatini axborotlashtirish, o'quv natijalarini, o'quv jarayonlarini nazorat qilish va o'lchash, darsdan tashqari, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy faoliyat, shuningdek tashkiliy va boshqaruv faoliyati. O'quv jarayonidagi axborot texnologiyalari fanlarni o'rganishda ma'lumotni chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi va dars davomida o'qituvchilarning ishini osonlashtiradi.
Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o=quv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning axborot texnologiyalariga bo=lgan kompetentligini shakllantirish, shu bilan birga, ijodiy, maqsadga muvofiq va samarali bo=lishini ta=minlash uchun hal qilinishi kerak bo=lgan ko=plab savollarni o=z ichiga oladi[2].
2000-yillarning boshlarida xorijiy mamlakatlarning siyosiy kun tartibida "Ijtimoiy innovatsiyalar" atamasi ijtimoiy muammolarni yaxshiroq hal qilish va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoqlararo o'zaro ta'sirning yangi amaliyotlarini tavsiflash uchun ijtimoiy kontekstda faol qo'llanila boshlandi. [3]
Ijtimoiy innovatsiyalar sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar, ta'lim va tarkibiy ishsizlik, aholining qarishi, yoshlarni ish bilan ta'minlash, qashshoqlik darajasini pasaytirish va hayot sifatini yaxshilash, globallashuv va migratsiya muammolari, ekologiya va iqlim o'zgarishi, transport va aholi harakatchanligi, energiya iste'moli va boshqalar kabi sohalarda rivojlanmoqda.
Ijtimoiy innovatsiyalar - bu ilgari yetarli darajada hal qilinmagan ijtimoiy muammolarni hal qilish yoki hal qilish qobiliyati. [3] Ijtimoiy innovatsiyalarning asosiy elementlari:
- Ijtimoiy innovatsiyalarning asosiy elementlari ularning ijtimoiy yo'nalishi, ijtimoiy maqsadga erishishga yo'naltirilganligi;
- ularning jamiyatdagi dolzarbligi va qonuniyligi, ya'ni innovatsion yechimlar aholining manfaatlari va ehtiyojlariga javob berishi,
- mahalliy kontekstning yangiligi va ijtimoiy innovatsiyalar turli ishtirokchilar guruhlari o'rtasidagi faol tarmoqlararo o'zaro ta'sirga asoslanganligi.
Ijtimoiy innovatsiyaga misollar: Bular ta'lim va uzluksiz ta'lim sohasidagi innovatsiyalar bo'lib, ta'limdagi to'siqlarni bartaraf etish, yangi o'qitish usullari, interaktiv ta'lim, maktab ta'limiga ta'sir qiladi.
Xulosa. Boshqaruv jarayonini tashkil qilish vazifasiga boshqaruv jarayonlarini loyihalashtirish, raqamlashtrish, tadbirlar, usullar, turli yo'lni bir shaklga keltirish, turlarga ajratish va standartlashtirish bo'yicha choralarni ishlab chiqish, hamda axborotlarni menejment tizimlari bo'yicha taqsimlash kiradi. Shuningdek, innovatsion menejmentdagi ijtimoiy yo'nalishlarda ham
raqamlashtirish ko'plab ijobiy natijalarga olib keladi. Raqamlashtirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Binobarin, bu boshqaruvda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim boshqaruvida aynan innovatsion menejmentda axborot kommonukatsiya vositalariga alohida e'tibor berish yanada maqsadga muvofiq bo'ladi. Xulosa va takliflar o'rnida shuni aytish joizki, ta'lim boshqaruvini yanada rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda tizimni raqamlashtirish orqali samarali boshqaruvni amalga oshirish mumkin bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. https://lex.uz/docs/-4415388
2. Omonov A. RAQAMLI TA'LIM ISHTIROKCHILARI KOMPETENTLIGI OSHIRISH MUAMMOLARI. PEDAGOGS jurnali, 2(1), 150-153. https://doi.org/10.5281/zenodo.5919934 2.
3. A.A.Abdullayev, A.E.Teshabaev va b. "Innovatsion menejment" o'quv qo'llanma. "Iqtisod-moliya" nashriyoti, 2015
4. Umarovna, Raj abova Gavkhar. "'IMPROVING THE PERFORMANCE MANAGEMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.
5. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." Academia Repository 4.10 (2023): 259-263.
6. Устаджалилова, Х. А. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ И РАЗВИТИЕ ЛИЧНОСТИ В УСЛОВИЯХ НЕПРЕРЫВНОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Образование как фактор развития интеллектуально-нравствен-ного потенциала личности и современного общества: материалы, 43.