Научная статья на тему 'INKLUZIV MUHITDA KIMYOVIY TAJRIBALARNI VIRTUAL LABORATORIYADA TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

INKLUZIV MUHITDA KIMYOVIY TAJRIBALARNI VIRTUAL LABORATORIYADA TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
virtual laboratoriya / inkluziv muhit / interaktiv modellashtirish / innovatsion axborot-didaktik vositalar / tanqidiy tafakkur / amaliy mashg‘ulotlar / gipermatn / dasturiy ta’minotlar / virtual axborot-ta’lim.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Rasulov Mirzobek Toxirovich

Mazkur maqolada hozirgi kunda inkluziv ta’limni rivojlantirishda keng qamrovda foydalanilayotgan virtual laboratoriyalarda amalga oshiriladigan kimyoviy tajribalar orqali talaba yoshlarning tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bundan tashqari virtual kimyoviy laboratoriya dasturi, virtual laboratoriyaning vazifalari va virtual laboratoriyaning imkoniyatlari haqida qisqacha yoritilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLUZIV MUHITDA KIMYOVIY TAJRIBALARNI VIRTUAL LABORATORIYADA TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

INKLUZIV MUHITDA KIMYOVIY TAJRIBALARNI VIRTUAL LABORATORIYADA TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI

Rasulov Mirzobek Toxirovich

Buxoro davlat pedagogika instituti "Tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11183646

Annotatsiya. Mazkur maqolada hozirgi kunda inkluziv ta'limni rivojlantirishda keng qamrovda foydalanilayotgan virtual laboratoriyalarda amalga oshiriladigan kimyoviy tajribalar orqali talaba yoshlarning tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lib, bundan tashqari virtual kimyoviy laboratoriya dasturi, virtual laboratoriyaning vazifalari va virtual laboratoriyaning imkoniyatlari haqida qisqacha yoritilib o 'tilgan.

Kalit so 'zlar: virtual laboratoriya, inkluziv muhit, interaktiv modellashtirish, innovatsion axborot-didaktik vositalar, tanqidiy tafakkur, amaliy mashg'ulotlar, gipermatn, dasturiy ta 'minotlar, virtual axborot-ta 'lim.

Ma'lumki, hozirgi kunda inkluziv ta'limni rivojlantirishda yuqori samarali zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga qo'llash borasida tizimli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu yo'nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillar, birinchidan, pedagog kadrlarning zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni talab darajasida egallaganligi, ikkinchidan, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, o'qitishning innovatsion axborot-didaktik vositalarini amaliyotga qo'llay olishi hisoblanadi. Qolaversa, hozirgi kunda ta'lim tizimidagi islohotlarning muammolari asosan, pedagog kadrlar salohiyatiga bog'liq bo'lib qolmoqda. XXI asrda jahon miqyosida ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu uzluksiz ta'lim tizimida va butun hayot davomida har bir shaxsning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Ushbu maqsadlarga erishishda tibbiyot oliygoxlarida o'qitiladigan Tibbiy kimyo fanini zamonaviy axborot texnologiya yutuqlaridan foydalangan xolda virtual laboratoriyalardan foydalangan xolda darslarni samarali tashkil qilish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur yondashuvning ahamiyatini tahlil qilish mavzuning dolzarbligini yana bir karra tasdiqlaydi. [1, 74-b.].

Virtual kimyoviy laboratoriya dasturi animatsion tenglama va boshqalar shaklida foydalanish mumkin bo'lgan reaksiyalar bazasi va laboratoriya jihozlari hamda kimyoviy moddalar to'plamiga ega. Virtual laboratoriya dasturi turli moddalar bilan tajribalarni vizual (ko'z bilan ko'rsa bo'ladigan qilib) o'tkazish imkonini beradi. Turli dasturlar - virtual laboratoriyaning dasturiy ta'minoti qo'shimcha o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Inkluziv muhitda dastur bilan ishlashni osonlashtirish uchun uchun "assistant" tushunchasi, hisob-kitoblar asosida tuzilgan o'zgartirigichlar majmui, tajribalarni qayd qilish uchun laboratoriya jurnali mavjud. [2, 65-b.].

Virtual tajribalar konsepsiyasi taxminan 20 yil oldin paydo bo'lgan, bunda interfeysdan faol foydalanilganda dasturiy taminotga o'qituvchi o'zi qo'l bilan ko'proq kimyoviy modda va

reaksiyalar qo'shishishlari mumkin va shu bilan talabalar tajribasi oshiriladi. Shunday qilib, virtual laboratoriya laboratoriya mashg'ulotlarini "interaktiv modellashtirilishini" ta'minlaydi.

Inkluziv muhit qo'llaniladigan virtual laboratoriyaning vazifalari.

• ko'rgazmali illyustratsiya va o'rganiladigan qonunlarning to'g'riligini isbotlash;

• o'tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda sinfda havoning tozaligini ta'minlash;

• tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa talabalar mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi;

• dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etadi, bu o'qitish sifat va samaradorligi, talabalarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko'maklashadi;

• virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi tadqiqotchilik xarakteridagi eksperimentlarni o'tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi, ma'lum metodik jihatdan asoslangan vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin;

• kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda talabalarning subektiv tajribasini ta'minlaydi.

• talim muassasasi o'quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarni joriy qilish;

• amaliy mashg'ulotlar doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish;

• malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish;

Inkluziv muhit uchun virtual laboratoriya imkoniyatlari.

• Qimmat laboratoriya asboblari sotib olishga ehtiyojning yo'qligi

• Laboratoriya shart-sharoitlarida bajarilishi prinsipial mumkin bo'lmagan jarayonlarni modellashtirish imkoniyati.

• Xavfsizlik

• Vaqt va resurslarning tejalishi

• Bajarilgan laboratoriya natijalarining avtomatik tarzda hisoblanishi

• Virtual laboratoriyalarni masofaviy ta'limda qo'llash imkoniyatining mavjudligi

• Virtual jarayonni boshqarish komputerning zimmasiga tushishini hisobga olib, kiritilayotgan parametrlarni o'zgartirib, tajribalar seriyasini o'tkazish imkoniyati mavjudligi.

• O'tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning boshqa masshtablarida kuzatish mumkinligi.

Bundan tashqari, virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi sharoitida o'quv modellashtirish orqali bilimning yangi sohalarini o'rganishda talabalarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil faolligi ortadi, hayotiy faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarning yechimi variantlarini mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashga tayyorlik shakllanadi.

Virtual laboratoriya bo'yicha dasturiy taminot - bu talabalar tajribalar o'tkazishi mumkin bo'lgan, kimyoviy moddalar va ularning miqdori, idish, jihozlar va boshqa narsalarni tanloviga nisbatan qaror qabul qilish imkonini beradigan dasturdir. Bunday dasturlar yuqori darajadagi moslashuvchanlik va nazorat darajasi tavsiflaydi.

Virtual laboratoriya yana bir qancha afzalliklarga ega, ular yordamida o'qituvchi va talabalarga qo'yilgan maqsadlar, jihozlar, kimyoviy moddalar va reaksiyalar hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali tajribalarni tanlashlari mumkin.

Bunday rejalashtirish mustaqil o'rganish orqali potensial qobiliyatlarni rivojlantiradi. Aslida virtual tajribalar -bu amalda o'tkaziladigan laboratoriya mashg'ulotlariga qo'shimcha mashg'ulotdir.

Virtual laboratoriyalar o'zida ta'lim berish tizimini aks ettirgan holda, real olamning virtual ko'rinishini komputerlashgan ta'limiy muhit sifatida modellashtirishni ko'rsatadi.

Bunda HTML, DHTMl, XML formatidagi gipermatnlar hamda Java, MS Flash, Delphi, C++ va boshqa dasturiy ta'minotlar yig'indisidan iborat dasturlar guruhi yordam beradi.

Bu dasturlar yordamida ma'lum bir fandagi mavzular mazmuni, masalalar va topshiriqlar shartlari va boshqalar qulay ko'rinishda hamda interfeysda ta'lim oluvchilarga taqdim etilishi o'qish jarayonini qiziqarli, ko'rgazmali, maroqli va sifatli bo'lishini ta'minlaydi. [3, 254-255-b.].

Virtual laboratoriya ishlarini qo'llashning dolzarbligi yana shundan iboratki, unda laboratoriya tajribalarini tashkil qilish uchun murakkab qurilmalarni yasash, qurilmalarni va reaktivlarni saqlash, almashtirish shart emasligi bilan bir qatorda ta'mirlash ishlari, kimyoviy idishlarni yuvish kabi ishlar bajarilishi shart emas.

Hamma laboratoriya ishlari komputer xotirasida yoki tashqi xotirada elektron variantda va bir joyda saqlanadi. Shu sababli, inkluziv muhit uchun kompyuter qurilmasi xavfsiz, ishlatish qiyin emas va shu bilan birga foydalanuvchidan faqatgina belgilangan mahsus dasturlar bilan ishlash ko'nikmasini talab qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o'qitish texnologiyalari. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2007 74 b.

2. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, B.Xo'jayev "Kimyo o'qitish metodikasi" - Toshkent, O qituvchi 2002, 65 b.

3. Choriev R. Yangi pedagogik texnologiyalar-ta'lim-tarbiya sifat va samaradorlik omili. -Toshkent, 2015. 254-255 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.