INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA XALQARO HUQUQ SOHASIGA OID LEKSIK BIRLIKLARINING STRUKTR-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Isanova Feruza
Toshkent davlat agrar universiteti tillar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7276765 Annotatsiya. Davlatning asosiy vazifasi huquq va erkinliklarni belgilab qo'yish bilan cheklanmaydi. Bu masalada eng muhimi — huquq va erkinliklarni davlat tomonidan ta'minlashdir. Bu borada davlat o'z zimmasiga katta mas'uliyat oladi. Ushbu maqolada xalqaro huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta'minlanishi hamda huquq sohasiga doir leksik birliklarning xususiyatlari haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: xalqaro huquq,international license, erkinlik, liberty, sud, court, himoya,defence, davlat, state, imkoniyat, possibility.
СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛЕКСИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В СФЕРЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ПРАВА В АНГЛИЙСКОМ И
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ Аннотация. Основная задача государства не ограничивается определением прав и свобод. Самое главное в этом вопросе - обеспечение прав и свобод государством. В связи с этим на государстве лежит большая ответственность. В данной статье говорится об обеспечении государством международных прав и свобод и особенностях лексических единиц, относящихся к сфере права.
Ключевые слова: международное право, международная лицензия, свобода, суд, защита, государство, возможность, возможность.
STRUCTURAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS OF LEXICAL UNITS IN THE FIELD OF INTERNATIONAL LAW IN ENGLISH AND UZBEK Abstract. The main task of the state is not limited to defining rights and freedoms. The most important thing in this matter is the provision of rights and freedoms by the state. In this regard, the state bears a great responsibility. This article talks about the provision of international rights andfreedoms by the state and the features of lexical units related to the field of law.
Key words: international law, international license, freedom, court, defense, state, opportunity, possibility.
KIRISH
Davlatga baho berishda, mamlakat qonunlarida huquq va erkinliklarning belgilab qo'yilishi holatidan tashqari, ularning amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar yaratib berganligi e'tiborga olinadi. Ayrim huquq va erkinliklarni belgilash davlatning ixtiyorida bo'lsa, ayrim huquqlarni ta'minlash uning to'g'ridan to'g'ri majburiyati hisoblanadi. Davlatlar aro ushbu huquqlarning barchasi avvalo inson uchun xizmat qiladi. Xalqaro huquqlar ingliz tilida chop etiladi ularing leksik birliklarga ega. Masalan, yashash huquqini, daxlsizlik erkinligini va boshqalarni ta'minlash majburiyati. Davlatning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlash vazifasi (majburiyati) Konstitutsiyada belgilangan bo'lib, xususan O'zbekistonda 43-moddada «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi», deb qayd qilingan. Bu borada davlat tegishli va yetarli vakolatlarga ega. METOD VA METODOLOGIYA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Davlat tomonidan huquq va erkinliklarni ta'minlovchi qonunchilikning yaratilishi, huquq va erkinliklarni ta'minlovchi organlar tizimining o'rnatilishi huquq va erkinliklarni ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. Barcha hokimiyat tarmoqlaridagi davlat organlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash vazifasi va vakolati mavjud. Ushbu qonun BMT tashkilotida ham aynan ingliz tilida aytilgan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan ta'minlashni amalga oshirish tizimida O'zbekiston Prezidenti alohida rol o'ynaydi. Chunki u fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining kafili ekanligi Konstitutsiyaning 93-moddasi 1-bandida belgilangan. Bu bilan Prezidentga juda katta mas'uliyat yuklangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarining davlat tomonidan ta'minlanishini ko'plab huquqni muhofaza qiluvchi organlar amalga oshiradi. Bular Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura va boshqalardir. Bu organlar fuqarolar huquqlarini ta'minlashda maxsus tuzilmalari faoliyatiga tayanadi. Adliya vazirligining «Inson huquqlarini himoya qilish», «Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish» va boshqa boshqarmalari bevosita inson huquqlarini ta'minlash vazifasini bajaradi. Bulardan tashqari, turli hokimiyat tarmoqlarida huquq va erkinliklarni ta'minlovchi maxsus organlar mavjud, masalan, «Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman)», hukumat tizimidagi «Inson huquqlarini himoya qilish Milliy markazi». Bu organlar huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta'minlanishi vazifasining amalga oshishida alohida o'rin tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashning eng asosiy va samarali vositasi huquq va erkinliklarning sud tomonidan ta'minlanishidir. Aslida huquq va erkinliklarni sud tomonidan ta'minlash ham huquq va erkinliklarni davlat tomonidan ta'minlashning bir ko'rinishidir. Lekin sudning boshqa hokimiyatlardan mustaqilligi, faqat qonunga bo'ysunishi o'rnatilganligi himoyaning samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, sud fuqarolarning huquq va erkinliklarini, hatto davlatdan, uning organlaridan ham himoya qiladi. Shuning uchun fuqarolarning huquqlari sud tomonidan himoya qilinishi, sudga shikoyat qilish huquqi kafolatning alohida, ta'sirchan shakli sifatida Konstitutsiyada maxsus moddada mustahkamlangan.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Konstitutsiyaning 44-moddasida «Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti- harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deb belgilangan. Bu moddaning mazmuni shuni ko'rsatadiki, fuqarolar o'zlarining har qanday huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Bunday huquq fuqarolarning huquqlari davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari tomonidan g'ayriqonuniy xatti -harakat oqibatida buzilgan taqdirda amalga oshiriladi. Sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Kafolatlar «Sudlar to'g'risida» gi, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida» gi qonunlar bilan ko'zda tutilgan. Sud hokimiyati organlarining asosiy vazifasi sobiq tuzumdagi singari jazolash bo'lmasdan, qonunlarga asosan, fuqarolar huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilish hisoblanadi. Sudlarga shikoyat qilish tartibini belgilovchi qonun esa har qanday hollarda sudga buzilgan huquqlarini tiklashni, tegishli organ, mansabdor shaxs, jamoat birlashmalarining noqonuniy hujjat- larini bekor qilishni so'rab murojaat qilish mumkinligini belgilagan. Fuqarolar o'z huquq va erkinliklari oshkora buzilganda (agar fuqaro shunday xulosaga kelgan taqdirda), huquq va erkinliklarining amalga oshishiga to'sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo'lsa, fuqarolar zimmasiga qonunlarda ko'zda tutilmagan vazifalar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yuklansa, sudga murojaat etishga haqlidir. Qonunda shikoyatni qaysi sudga berish tartibi, sudga murojaat qilish muddatlari, murojaatni ko'rib hal qilish tartibi va muddatlari belgilab qo'yilgan. Sud shikoyatni ko'rib chiqib, u asosli bo'lsa, shikoyatni qondirish, qisman qondirish haqida, shikoyat asossiz bo'lsa, uning asossizligini isbotlab, qaror qabul qiladi. Shikoyat qondirilganda, sud shikoyatga sabab bo'lgan xatti-harakatni, qarorni to'xtatish, bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Sudning chiqargan qarorini bajarish barcha organlar va mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari uchun majburiydir. Sud o'z qarorida shikoyatni qondirish bilan birga, fuqarolarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararlarni qoplash choralarini ko'radi. Fuqaro bergan shikoyati yuzasidan sudning chiqargan qaroridan norozi bo'lsa, yuqori sudga belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bu shikoyat endi shikoyatni ko'rgan sud xatti-harakati va qarori ustidan ham norozilikdan iborat bo'ladi. Fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi to'la ta'minlangandagina, huquq va erkinliklarning kafolati to'la bo'lishi mumkin. Shuning uchun sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar bu masalani yanada takomillashtirish choralarini belgilamoqda va shunga erishilmoqda. Har qanday mamlakat singari bizning mamlakatimizda ham qo'shimcha himoyaga muhtoj, huquqlarini alohida va yanada kuchli himoya qilish zarur bo'lgan aholi qatlamlari yashaydi. Aholining himoyaga muhtoj qatlamini alohida muhofaza qilish davlat siyosatining bosh yo'nalishlaridan hisoblanadi. Chunki O'zbekistonning davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining besh tamoyilidan biri — kuchli ijtimoiy himoya hisoblanadi. Ana shu tamoyil Konstitutsiyada ham o'z ifodasini topgan bo'lib, u 45-moddada himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlari davlat himoyasida ekanligini qonuniy mustahkamlaydi. 45-moddaga ko'ra, voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasidadir. Bu moddaning mazmuni shundan iboratki, voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar (turli toifadagi nogironlar) va yolg'iz keksalar barcha huquq va erkinliklardan foydalanish orqali, qo'shimcha ravishda ularning huquqlari davlatning alohida himoyasidadir. Bu esa ularning huquqlarini ta'minlovchi, himoya qiluvchi qo'shimcha chora-tadbirlar hamda mazkur toifadagilarning huquqlarini ta'minlashga, himoya qilishga qaratilgan qonunlar mavjudligida ko'rinadi.
XULOSA
Har bir huquq avvalo ison uchun xizmat qiladi. Xalqaro huquq normalarida ham xuddi shu asnoda qonunlar ishlab chiqariladi. Masalan, «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi va boshqa huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Mamlakatimizda yoshlarga oid siyosat davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi ekanligi yuqorida tilga olingan qonunda mustahkamlangan bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va himoyalanishini ta'minlash, ularning ijodiy iqtidorlaridan foydalanish va yoshlar uchun hamma shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Voyaga yetmaganlar yo'ldan adashib, qonunsiz harakat, jinoyat sodir etgan paytlarda ham ularga nisbatan jazo tayinlashda o'zgacha tartiblarning belgilanganligi ham ularning huquqini alohida himoya qilish natijasidir. O'zbekiston davlati olib borayotgan siyosat, har bir kishining, jumladan, mehnatga layoqatsizlar, yolg'iz keksalarning ham to'laqonli hayot kechirishini, iqtisodiy va siyosiy turmushda faol ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan. Bunday shaxslarning tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish, bilim olish, dam olish huquqlari alohida imtiyozlar belgilanishi bilan yanada kuchli himoya qilinadi. Davlatimiz boshlig'i o'z farmonlari bilan muntazam ravishda bunday toifadagi kishilarga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
imtiyoz beruvchi, huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlarni belgilab kelmoqda. Ingliz tilidagi leksik birliklar struktr-sematik jihatidan BMT tashkilotida belgilab qo'yilgan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, T."O'zbekiston", 2021.
2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh. T., «O'zbekiston», 2013. 3. O. Husanov. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. T., «Ilm-Ziyo», 2017. 4. O. Husanov. Konstitutsiyaviy huquq atamalari. T., «Sharq», 2015.