Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TURIZM TERMINLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI VA TARJIMA MUAMMOLARI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TURIZM TERMINLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI VA TARJIMA MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
324
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“So‘z” tushunchasi / polisemiya / geografik hudud / xalqaro migratsiya / pragmatik ekvivalentlik / kommunikativ tarjima / ajnabiylashtirish metodi / neytrallashtirish usuli / madaniy faktorlar. / понятие «Слово» / полисемия / лексема / географический район / международная миграция / прагматическая эквивалентность / коммуникативный перевод / метод форенизации / метод нейтрализации / культурные факторы.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toshboyeva Laylo Jurayevna

Maqolada zamonaviy ingliz tilidagi turizmga oid terminlarning soha olimlari tomonidan berilgan tasniflari, terminlarda polisemiya hodisasi, terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi va ularni amaliyotga kiritilishida qo‘yiladigan mezonlari hamda madaniylashtirish, ajnabiylashtirish va neytrallashtirish texnikalarini to‘g‘ri qo‘llash orqali mukammal tarjima mahsulotiga ega bo‘lish mumkinligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СРАВНИТЕЛЬНОЕ ИЗУЧЕНИЕ ТУРИСТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ НА АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ И ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА

В статье рассмотрены классификации туристических терминов в современном английском языке, данные учеными-практиками, явление полисемии в терминах, изучение гибридизации терминов и критериев их реализации, а также правильное применение культурализации, методы иностранизации и нейтрализации, имеют отличные переводческие продукты. возможность быть освещается.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA TURIZM TERMINLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI VA TARJIMA MUAMMOLARI»

r

v.

Toshboyeva Laylo Jurayevna,

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti

INGLIZ VA OZBEK TILLARIDA TURIZM TERMINLARINING CHOGISHTIRMA TADQIQI VA TARJIMA MUAMMOLARI

UDK: 81.13

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_3_1

TOSHBOYEVA L.J. INGLIZ VA O ZBEK TILLARIDA TURIZM TERMINLARINING CHOG ISHTIRMA TADQIQI VA TARJIMA MUAMMOLARI

Maqolada zamonaviy ingliz tilidagi turizmga oid terminlarning soha olimlari tomonidan berilgan tasniflari, terminlarda polisemiya hodisasi, terminlarning chog'ishtirma tadqiqi va ularni amaliyotga kiritilishida qo'yiladigan mezonlari hamda madaniylashtirish, ajnabiylashtirish va neytrallashtirish texnikalarini to'g'ri qo'llash orqali mukammal tarjima mahsulotiga ega bo'lish mumkinligi yoritilgan. Shuningdek, turizm shakllari va unga oid terminlar hozirgi kunda ommalashib borayotgani ekanligi hammamizga ma'lum. Xalqaro turizm dunyodagi eng yirik va eng dinamik sohalardan biri sifatida ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, tilga ham ta'sir qilishi muqarrar. P. N'yumark matnlar bilan ishlashda bir necha metodlarni targ'ib qilgan: komponent tahlil metodi, modulyatsiya usuli, funksional ekvivalent metodi, madaniy ekvivalent metodi, tavsifiy ekvivalent metodi va tasviriy ifoda metodlari. Turizm terminlarini o'zbek tiliga o'girishda va o'zlashtirishda ilmiy qiziqishni oshiruvchi ko'plab turizm atamalari ishlab chiqilmoqda. Tarjima jarayonida duch kelinadigan muammolar tarjimonlardan yanada chuqur bilim va malaka talab qilmoqda. Turizm sohasiga oid materiallarni tarjima qilish jarayonida aynan bitta metoddan foydalanib mukammal tarjima qilib bo'lmasligi aniq, chunki iste'molchi odatda sohaning mutaxassisi emas balki nomutaxassis aholi hisobdanadi. Shu sababli turizmga oid materiallarni madaniy jihatlarini saqlab qolgan holda tarjima qilish va tarjima metodlaridan kerakli o'rinda foydalanish tarjimondan yuqori bilim va ko'nikma talab qiladi. Maqolada metodlar va texnikalardan qay darajada to'g'ri qo'llab kutilgan natija olish haqida ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.

Tayanch so'z va tushunchalar: "So'z" tushunchasi, polisemiya, geografik hudud, xalqaro migratsiya, pragmatik ekvivalentlik, kommunikativ tarjima, ajnabiylashtirish metodi, neytrallashtirish usuli, madaniy faktorlar.

с 4 ОЛИЙ ТАЪЛИМ / ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ N у

ТОШБОЕВА Л.Ж. СРАВНИТЕЛЬНОЕ ИЗУЧЕНИЕ ТУРИСТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ НА АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ И ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА

В статье рассмотрены классификации туристических терминов в современном английском языке, данные учеными-практиками, явление полисемии в терминах, изучение гибридизации терминов и критериев их реализации, а также правильное применение культурализации, методы инострани-зации и нейтрализации, имеют отличные переводческие продукты. возможность быть освещается. Теперь мы все знаем, что туризм и связанные с ним термины становятся популярными в наши дни. Международный туризм, как одна из самых крупных и динамичных отраслей, неизбежно затрагивает все стороны общественной жизни, в том числе и языковую. П. Ньюмарк продвигал некоторые методы работы с текстами: метод компонентов, метод модуляции, метод функционального эквивалента, метод культурного эквивалента, метод описательного эквивалента, методы изобразительного выражения. Вырабатывается множество туристических терминов, имеющих научную направленность по переводу и усвоению туристических терминов на узбекский язык. Проблемы, возникающие в процессе перевода, требуют от переводчиков более глубоких знаний и навыков. В процессе перевода материалов, связанных с туризмом, видно, что область отлично переводится с одного метода, ведь потребитель считается не профессионалом в этой области, а неспециалистом. Для этого перевод туристических материалов с сохранением культуры и загрузкой приемов перевода в нужном месте требует от переводчика высоких знаний и навыков. В статье можно получить информацию о том, насколько хорошо можно использовать методы и приемы для получения ожидаемого результата.

Ключевые слова и понятия: понятие «Слово», полисемия, лексема, географический район, международная миграция, прагматическая эквивалентность, коммуникативный перевод, метод форени-зации, метод нейтрализации, культурные факторы.

TOSHBOYEVA L.J. COMPARATIVE RESEARCH OF TOURISM TERMS IN ENGLISH AND UZBEK AND TRANSLATION PROBLEMS

In the article, the classifications of tourism-related terms in the modern English language given by field scientists, the phenomenon of polysemy in terms, the study of hybridization of terms and the criteria for their implementation, as well as the correct application of culturalization, foreignization and neutralization techniques, have excellent translation products. the possibility of being is illuminated. Now, we all know that tourism and related terms are becoming popular these days. International tourism, as one of the largest and most dynamic industries, inevitably affects all aspects of social life, including language. P. Newmark promoted some methods for working with texts: the component method, the modulation method, the functional equivalent method, the cultural equivalent method, the descriptive equivalent method, and the pictorial expression method. A lot of tourism terms are being produced, which have a scientific direction in the translation and assimilation of tourism terms into the Uzbek language. Problems encountered in the process of translation require more in-depth knowledge and skills from translators. In the process of translation of materials related to tourism, it is clear that the field is perfectly translated from one method, because the consumer is not considered a professional in the field, but a non-specialist. For this purpose, the translation of tourism materials while preserving the culture and loading of the translation methods in the right place requires high knowledge and skills of the translator. In the article, it is possible to have information about how well the methods and techniques can be used to obtain the expected result.

Key words and concepts: the concept of «Word», polysemy, geographical area, international migration, pragmatic equivalence, communicative translation, foreignization method, neutralization method, cultural factors.

Kirish. Mamlakatimizda turizm sohasini rivo-jlantirishga oid ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Unga ko'ra O'zbekiston Respub-likasining 18-iyul 2019 yildagi O'RQ-549-son "Turizm to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, madani-yat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha sharoitlar yarat-ish to'g'risida"gi 2022 yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-sonli qaroriga muvofiq bir qator dastur, loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Turizmga oid terminlar tizimlarini aniqroq tavsiflash uchun ushbu fan sohasidagi atama-larning tasnifini ishlab chiqish kerak va shunga ko'ra, tasnif asoslarini tanlash kerak. Bunday asoslardan biri so'zning ma'lum bir faoliyat sohasiga bog'liqligi bo'lishi mumkin. Oldin ish-lab chiqilgan turizmga oid atamalarning tasni-flari to'g'risida ko'proq to'xtalib o'tamiz.

Asosiy qism. "So'z" tushunchasiga beril-gan ko'plab ta'riflarning hammasini mukammal ta'rif deb bo'lmaydi. A.A.Reformatskiyning fik-richa, "so'z - tilning konkret birligi"1. Bu fikrga ko'ra, inson hayotining dastlabki bosqichlarida tilni so'zlar ko'rinishida o'rganadi. So'z va uning tushunchasining inson ongida hosil bo'lishi osonligi bilan asoslanadi.

Turizm terminlarining nazariy masalalari bilan jahon tilshunosligining bir qancha tadqiqotchilari shug'ullanganlar. Jumladan, T.G.Pshenkina, B.X.Rahmatullaeva, G.I.Toirova, Z.X.Utesheva, V.V.Xayrullinlar terminlar bo'yicha tadqiqot olib borgan.

Termin so'zlardan foydalanishdan asosiy maqsad shuki - terminning yuqori aniqlikka ega bo'lishi va polisemiya, ya'ni ko'pma'nolilikdan holi bo'lishidir. Chunki terminlarda polisemiya hodisasi kuzatilsa foydalanuvchilar ongida bir xil assosiatsiyalar hosil bo'lib qolishi mumkin. Har bir soha, kasb va faoliyatlarning o'z ter-minologiyasi mavjud. Termin so'ziga aniq ta'rif beradigan bo'lsak, "biror kasb yoki sohaga doir tushunchani anglatadigan, lug'aviy mundarijasi

1 Reformatskiy A.A. Vvedenie v yazikovedenie. - Moskva, 1962. - 54.

aniq ta'riflangan, ishlatilish ma'lum doira bilan chegaralangan leksemaga termin deyiladi"2. Lekin bu ta'rif har doim ham to'g'ri kelaver-maydi. Misol uchun ingliz tilidagi tour so'zini olaylik. Turizm sohasi uchun bu termin-lek-sema hisoblanib, unda ko'p ma'nolilik mavjud. Bu so'zning ma'nolarini Cambridge Advanced Learner's Dictionary3 dan ko'rib chiqamiz.

1. Ma'lum bir hududga borib aylanish va u yerni o'rganish. Masalan,

- a guided tour of the museum - muzeyga gid boshchiligidagi sayohat;

- a sightseeing tour of the city - shaharn-ing diqqatga sazovor joylariga sayohat.

2. Ta'til uchun rejalashtirilgan joylarga uyushtirilgan ko'ngilochar sayohat. Masalan,

- a cycling tour of Provence - Provensga velosipedda sayohat;

- a tour of Cornwall - Kornvolga sayohat.

3. Biror xususiy maqsadda (asosan jamoa bo'lib) mamlakatdagi yoki hududdagi bir nechta joyga oldindan rejalashtirilgan sayohat. Masalan, sport jamoalari, siyosatchilar yoki so'z ustalarining sayohati.

- She is performing in Birmingham tonight, on the third stage of her nationwide tour - U umummilliy gastrolning uchinchi bosqichida bu kecha Birmenghamda sahnaga chiqyapti.

- The Queen is making a two-week tour of Australia - Qirolicha Avstraliyaga ikki haftalik safarni amalga oshiryapti.

Shuningdek, ushbu leksema turli so'z tur-kumlari vazifasida ham kelishi mumkin. Miso-limizga asosan tour leksemasi fe'l vazifasini ham bajaradi:

The New Zealand team will be touring in Europe this winter - Yangi Zelandiya jamoasi kelayotgan qishda Yevropaga safar qiladi.

The band are currently touring to promote their new album - Musiqiy guruh ayni damda yangi albomlarining targ'iboti maqsadida gas-trol qilishyapti.

Termin leksemalar har bir tilning boshqa tillar bilan munosabatida muvofiqlik dara-jasi yuqori bo'lgan so'zlar guruhi hisoblanadi.

2 Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili - Toshkent, 1992. - B. 64.

3 https://dictionary/cambridge.org/dictionary/english/ tour

Odatda, terminlar boshqa tildan kichik o'zgarish bilan yoki shundayligicha o'zlashtiriladi. Shu sababli ba'zi holatlarda bir tilni chuqur bilmay turib ham terminlarning ma'nosini taxmin qil-ish mumkin. Misol tariqasida, samolyot, diet kafe (parhez taomlar sotiladigan ovqatlan-ish joyi), fast fud (tez tayyor bo'ladigan taomlar). Nazariy jihatdan har bir termin ma'nosiga ko'ra yaratilish joyida yuzaga keladi. Masalan, ko'plab turizm terminlarining yaratilish makoni hisoblangan ingliz madaniyatida paydo bo'lgan botel (boat+hotel) so'zi suv turistlariga xizmat ko'rsatadigan mehmonxona tipidagi korxona hisoblanib, u odatda muzsiz suv qirg'og'ida joylashgan bo'ladi. Bunga ko'ra, terminlarning yaratilishi geografik hududga ham qisman alo-qadorlik kasb etadi. Masalan, tibbiyot terminlari asosan lotin tilidan o'zlashtirilgan lekin ushbu tilning yozma adabiyot vositasi Qadimgi Rim imperiyasining antik davrida qo'llanilgan. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, turizm terminlari faoli-yatining vujudga kelishida dominant til ingliz tilidir. Chunki ingliz madaniyati turizm sohasi paydo bo'lishiga asos bo'lib, jahon miqyosida uning rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan. Shuningdek, turizm yuqori darajada rivojlangan jahon mamlakatlarining ko'p qismi inglizzabon o'lkalar ekanligi ham asosiy ta'sirlardan biri hisoblanadi.

Turizm terminlarining amaliyotga kiritil-ishiga qo'yiladigan mezonlarining dastlabki yo'riqnomasi Birlashgan millatlar tashkilotining 1976-yildagi sammitida qabul qilingan1. Hozirgi kunda kiritilayotgan yangi terminlar 1991-yilda Ottavada o'tkazilgan konferensiyada qabul qilingan mezonlar asosida amaliyotga tadqiq etilmoqda. Unga ko'ra:

1) izoh, klassifikatsiyalar rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarni hisobga olgan holda umumjahon amaliy qo'llanish doirasiga ega bo'lishi;

2) oddiylik, aniqlikka urg'u berish;

3) ular imkon qadar demokratiya, transport tizimi, biznes, xalqaro migratsiya, to'lovlar balansi, milliy hisob tizimlari kabi hozirgi xalqaro standart va klassifikatsiyalar bilan ham-ohang bo'lishi;

1 United Nations. Recommendations on tourism statistics, New York, 1994. - P.20.

4) amaliy turizm so'rovnoma, tadqiqot-larda o'lchab bo'ladigan raqamlarda ifodalash mumkin bo'lgan darajada sodda bo'lishi lozim2.

S. Bagirovaning ta'kidlashiga ko'ra: "Turizm - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joy-idan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda, ya'ni mamlakatda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan bir yil mud-datga jo'nab ketishi, ya'ni sayohat qilishidir"3.

Turizmning shakllari 3 ta, ular:

1) Domestic (internal) tourism - mam-lakat fuqarolarining mamlakat hududi bo'ylab sayohati;

2) Inbound (national) tourism- mamlakat fuqarosi bo'lmagan xorijiy shaxsning mazkur mamlakatga amalga oshirayotgan sayohati;

3) Outbound (international) tourism

- bir mamlakat fuqarosining boshqa xorijiy o'lkaga sayohati4.

Shuningdek, safar maqsadi, sayohat xususi-yatiga ko'ra turizmning bir qancha turlari bo'lib, ular quyidagilardir5:

Adventure (activity, special interest) holidays

- sarguzashtlarga boy faol ta'til bilan bog'lanib, turli scuba diving (akvalang yordamida suv ostida suzish), snorkeling (suv ostida maska bilan suzish), trekking (piyoda sayohat qil-ish), hang gliding (deltaplanda uchish) va h. kabi xatarli, ammo zavqli mashg'ulotlar bilan shug'ullanish.

Agri- (agro-, farm) tourism - ferma va yoki shahar cheti (so'lim hududi)ga tashkillashtiril-gan sayohat.

All-expense (all-in) tour - barcha safar xarajatlari (chipta, mehmonxona, ovqatlan-ish, ko'ngilochar mashg'ulotlar to'lovi) bir yo'llanmada bo'lgan, bir necha imkoniyatlar birlashtirilgan sayohat.

2 United Nations. Recommendations on tourism statistics, New York, 1994. - P. 3/

3 Bagirova S. Turizm terminlarining o'zbek, rus va ispan tillarida qo'llanishi// Zamonaviy roman-german tilshunosligi va tillarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand, 2018. - B. 139.

4 https://www.unwto.org/glossary-tourism-terms

5 Sezgin, Erkan & Yolal, Medet. (2012). Golden Age of Mass Tourism: Its History and Development p. 74.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

Business travel - tijorat, davlat va ta'lim maqsadlarida sayohat qilish: bunda hordiq ikk-inchi darajali hisoblanadi.

Charter group - odatiy marshrut bo'yicha amalga oshiriladigan ilgaridan shakllangan guruh sayohati.

Circuit tourism - bir necha o'lkalarni aylanma kezib o'tib, yana dastlabki manzilga qaytiladi-gan sayohatni ifodalaydi.

Ecotourism - ekologik muhofaza ostida bo'lgan biror geografik hudud ekosistemasini yaxshilash, mahalliy aholi bilan hamkorlikda joyda ijobiy o'zgarishlar qilish va hudud tabiiy tuzilmasini imkon qadar saqlab qolishga qara-tilgan savobli ish nazarda tutilgan sayohat. Bunda sayohatchini hashamatli hayot emas, balki mehnat kutadi.

Ethnic (indigenous, roots) tourism - dun-yodagi turli mahalliy etnik jamoalar yas-haydigan hududlarga ularning urf-odatlari, madaniyatini o'rganish maqsadida amalga oshirilgan safar. Etnik turizmning ikkilamchi ma'nosi ham mavjud, u ota-bobolari yashab o'tgan tuproqqa qaytish, qarindosh-urug'larni ziyorat qilishni ham anglatadi.

Fam (familiarization, educational) tours -turizm o'choqlarini tanishtirish maqsadida sayohat agentlari, turoperatorlari, turizm xiz-mati ta'minotchilari uchun uyushtiriladigan safar.

Green (alternative, appropriate, responsible, soft, sustainable) tourism - mass tourism tus-hunchasiga qarama-qarshi qo'yilgan holda, imkon qadar talofotlarsiz, kichikroq guruhlarda, joylar tabiiy tuzilmalarini hurmat qilgan tarzda amalga oshiriladigan sayohat.

Heritage tourism - jahon madaniy me'rosi yodgorliklariga amalga oshirilgan sayohat.

Health tourism (health-care tourism) -sog'lomlashtiruvchi dam olish maskanlari (san-atoriya) yoki boshqa shu turdagi go'shalarga ruhiy hordiq chiqarish, jismonan sog'lomlashish maqsadida qilingan safarni ifodalaydi.

Industrial (factory) tourism - mahalliy ahol-ining faoliyat ko'rsatayotgan zavod va fabrika-larga u yerdagi jarayon bilan tanishish, ishlab chiqariladigan mahsulot haqida tushunchaga ega bo'lish, uni xarid qilish maqsadida amalga oshiradigan tashrifi.

Incentive travel - ishdagi yaxshi ijro, sado-qatni e'tirof etish, rag'batlantirish maqsadida uyushtiriladigan, barcha xarajatlari qoplanadi-gan sayohat.

Leisure travel - aylanish, hordiq chiqarish yoki ta'limiy maqsadda amalga oshirilgan sayo-hat.

Mass tourism - turizm avj olgan davrdagi rivojlangan davlatlar turizmiga iqtibos bo'lib, barcha e'tibor turizm sanoatini daromadli soha sifatida ommaviy tashviq qilishga qaratilgan, amma uning ekologik talofotlari ko'zda tutil-magan.

Person trip visit - shaxsning kasbiy yoki ko'ngil yozish maqsadida bir kunda o'z hududi-dan 160 km masofaga uzoqlashishi yoki tunab qolishi bilan izohlanadigan sayohat.

Press trips - turizm o'choqlari haqida material yig'ishga ko'maklashish maqsadida sayyoh yozuvchilar hamda suxandonlar uchun uyushtiriladigan sayohatlar hisoblanadi.

Religious tourism - tor ma'noda haj kabi diniy safarlarni anglatsa, keng ma'noda jahon diniy me'rosi namunalari hisoblangan cherkov-lar, masjid va madrasalarni ziyorat qilish, arxitekturasidan bahramand bo'lish uchun uyushtirilgan sayohatni ifodalaydi.

Rural tourism - aksincha, sivilizatsiyadan yiroqlashib, «ibtidoiylik» (soddaroq hayot)ga qaytishni rejalashtirgan, inson omili kamroq ta'sirini ko'rsatgan qishloq hayotini izlagan sayohatchi uchun ayni muddaodir.

Sales mission - bir maqsadli marketing tash-kilotining ta'minotchilari birgalikda sayohatni o'z hududlarida targ'ib qilish uchun boshqa mamlakatga safar qilish.

Site inspection - ma'lum hodisa uchun tan-langan joy talablarga javob berishini tek-shirish maqsadida yig'in rejalashtiruvchisi, hudud saralash qo'mitasi, turoperator va rag'batlantiruvchi sayohat menejeri kabi shaxs-lar tomonidan amalga oshiriladigan safar.

Space tourism - mavjud turizm turlarining eng qimmati, u fazoviy kemalarda orbitamizga qilingan sayohatni bildiradi. Ilk shunday sayohat Amerika fuqarosi tomonidan 2001 yilda rus kapsulasida kosmik stansiyaga qadar uyushtiril-gan.

Sports tourism tushunchasi xalqaro sport o'yinlarida ishtirok etish yoki tomoshabin bo'lish maqsadida bo'ladigan sayohatni anglatadi.

Bundan ma'lumki, ingliz tili sayyohlik xizmat-lari sohasining terminologiyasida asosiy negizi hisoblanadi. Hozirgi kunda zamonaviy turizm terminologiyasidan ilg'orlik bilan foydalan-ish natijasida ko'plab mamlakatlar manfaat ko'rmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: «Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashti-rish zarur, buni davrning o'zi taqozo etmoqda»1 deb ta'kidlaydilar. Bundan ma'lumki, turizm ter-minlarini xorijiy tillardan, xususan ingliz tilidan mohirlik bilan o'zbek tiliga o'zlashtirish muhim vazifa hisoblanadi.

M.I.Stifanishin, O.V.Romanchuk va N.F.Yurkolarning ilmiy izlanishlarida yoritilgan turizm terminologiyasining leksik-morfologik tarkibi bizning tadqiqot ishimizda muhim hisoblanadi2. Unga ko'ra, ingliz tilining turizm lug'atshunosligining asosiy qismi bir, ikki kom-ponentli va qisman uch va to'rt komponentli terminlardan iborat. Quyida ularning lug'atda tashkil etgan foizlarini ko'rib chiqamiz:

1) Bir komponentli terminlar lug'atning 23.2% ini tashkil etadi. Masalan, accommodation, apartment, arrival, available, baggage, booking, cabin, camping, cancellation, catering, confirmation, cruise, cuisine, customs, departure, destination, dining, excursion, fare, fee, furnishing, guest, guide, hiking, hospitality, hotel, hostel, insurance, itinerary, journey, landing, luggage, map, occupancy, passenger, porter, reception, service so'zlari bir komponentli so'zlar hisoblanadi.

2) Ikki komponentli terminlar esa 56.4% ini tashkil qiladi. Ikki komponentli so'zlarga esa arrival time, bargain price, beach holiday, boat trip, booking agent, business facilities, business trip, butler service, cable car, cancel a reservation, car hire, check-in, check-out, children's facilities, city break, coach trip, conference facil-

1 http://uza.uz/posts/56454

2 Yurko N.A., Styfanyshyn M.I., Romanchuk O.V., The characteristics of English terms structure in tourism industry // Scientific journal of the Lviv State University of Life Safety «Philological Periodical of Lviv». - № 5, 2019, B.178.

ities, day trip, departure time, domestic flight, double room, duty-free, early booking, entrance fee, excess baggage, expiry date, familiarization trip, flight attendant, full board, gift shop, get around, go camping, go hiking, green tourism, guided tour, half board, high season, hotel chain, hotel room, incentive tourism, information desk, junior suite, key card, late arrival, laundry service, low season, mass tourism, open bar, package tour, reception desk, scheduled flight, tourist attraction, urban tourism, valet service, wedding trip, youth hostel kabilar kiradi.

3) Yuqorida ta'kidlaganimizdek uch komponentli so'zlar kamroq bo'lib, ular lug'atning 14.3% ini tashkil etadi. Ularga amenities and facilities, apply for a visa, book in advance, check-out time, computer reservation system, credit card payment, duty-free store, ecology-minded traveler, family-run hotel, fixed price menu, goods on offer, guarded car park, influx of tourists, king-sized bed, last minute offer, long-haul destination, loss damage waiver, low-cost travel, means of transport, natural beauty area, off-season period, place of interest, refusal of admission, self-catering apartment, tourist information office, visa-free entry, wake-up service terminlari kiradi.

4) Eng kam qismni tashkil etuvchi terminlar to'rt komponentli terminlardir, ular lug'atning 5.2% ini tashkil qiladi. Country of temporary residence, cover of tourist losses, full board and lodging, generally accepted quality standards, lodging and food facilities, record of hotel bills, set out on a journey lar to'rt komponentli so'zlardir.

Turizm sohasi har taraflama jahon miqyo-sida rivojlanib borayotgan paytda, ushbu ter-minologiya bilan uning kontentiga oid bo'lgan restoran menyusi, aviachipta, turizm statis-tikasi va turizmni targ'ib qiluvchi material-larini tarjima qilishga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Hozirgi kunda turizm ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi-yotni jadallashtiruvchi omil bo'lgani sababli, uni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etish uchun barcha sohalarni qamrab olishimizga to'g'ri keladi. O'z-o'zidan ma'lumki, xorijiy til-dagi turizm terminlarini tarjima qilishda milliy madaniyatlar ham muhim axamiyat kasb etadi va aralashadi, bu turizm kontenti kengayib tar-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

jima muammolarining yuzaga kelish sabablarini oshiradi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, tur-izm materiallari ikki turda: verbal va vizual matn bo'ladi. Biz tadqiqot ishimizni verbal matn tarji-masi bo'yicha amalga oshiramiz.

Turizmga oid terminlar eng ko'p tarjima qil-inganlik kategoriyasida yuqori o'rinda tursada, so'nggi yillarda tarjimonlarning ishlari bir qator tanqidlarga uchrab kelmoqda. Masalan, Sum-berg (2004) ning fikricha tarjimonlar tarjimada so'zma-so'z tarjima (lingvistik yondashuv) maqsad va vazifaga (funksional yondashuv) asoslangan tarjimadan ustun qo'yilganidir1. Hikey (2004) ham Sumbergning fikrini quv-vatlab, pragmatik ekvivalentlikni emas balki semantik ekvivalentlikni ko'radi2. Ushbu tan-qidlarni asosiy maqsadi tarjima qilingan ish-lar o'z vazifasini to'liq bajarmayotganligi, o'rganuvchilar uchun etarli darajada tushunarli emasligidadir. Shu sababli, tarjima jarayonida tarjima qilinayotgan til foydalanuvchilarining madaniyati, mentaliteti, tarixi bilan ham tan-ishish kerak bo'ladi. Madaniyatlararo muvaf-faqiyatsizlikka uchragan tarjima ishlaridan biri bo'lgan inglizcha g'arbiy madaniyat tarjimo-nining «Pedal to paradise in the blue mountains» nomli sarlavhani malay tiliga «Men-gayuh Menuju ke Syurga di Blue Mountains» o'girgani. Muhammad Zayn Sulaymonning fikricha, Malay millatining diniy qarashlariga ko'ra jannat ma'nosini bergan Syurga so'zi boqiy dunyo bilan bog'lanib, hayot lazzatlariga alo-qasi bo'lmagan notabiiy joyni anglatadi3.

Shuningdek, Sulaymon madaniyatlararo tur-izm terminlarini tarjima qilishda 4 ta mezonga amal qilish kerakligini ta'kidlagan4. Ular quy-idagicha:

1 Sumberg C. Brand leadership at stake: Selling France to British tourists. The translator, 2004. 10(2). - P. 343.

2 Hickey, L. (2004). "Perlocutionary Pursuits: Persuading of/that/to". In M. P. N. Errasti, R. L. Sanz& S. M. Ornat (Eds.), Pragmatics at Work: The Translation of Tourist Literature. p. 57.

3 Sulaiman M.Z. Translating tourism: a cultural journey across conceptual spaces. PhD thesis, Monash University, Melbourne. 2013. _P. 154-155.

4 Mohamed Zain Sulaiman. The misunderstood concept of translation in tourism promotion, The International Journal for Translation interpreting Research, University Kebangsaan Malaysia. P. 58.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1) tarjimon tarjima tilining bevosita ishtirokchisi yoki mahalliy so'zlovchisi bo'lishi lozim. Chunki, shu tilning barcha ma'nolarini mahalliy so'zlovchigina to'liq bilib, samarali tarjima materiallarini tuzishi mumkin bo'ladi;

2) mahalliy madaniyat sharoitini o'rganish turizm xizmatidagi ehtiyoj xohishlarni oldin-dan aniqlab shunga ko'ra tarjima materiallarini yaratishga imkon beradi;

3) o'rganuvchilar uchun tushunarli va ta'sirchan material matnlarini yaratishda ijod-korlik qobiliyatining bo'lishi ham muhim;

4) tarjima qilinayotgan turizm materiallari to'g'risida mukammal bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi mahsulotning sifatli va aniq qilib o'quvchiga yetkazib berishda muhim hisobla-nadi.

Hozirgi kunda bexato va a'lo darajadagi tarjima mahsulotiga ega bo'lish uchun birik-tiriladigan yuqori bilimli mutaxassis tarjimonni topish sohaning dolzarb muammosi bo'lib qol-moqda. Qayd etgan ma'lumotlarimizga aso-slanib ayta olishimiz mumkinki, turizmga oid termin va materiallar tarjimasi - nafaqat tarji-monning balki tarixchi, iqtisodchi, marketolog, mahalliy madaniyat vakillari va ijodkorlarning hamkorlikda olib boriladigan mehnat jarayoni-dir. Ushbu tadqiqot ishining vazifasi turizmga oid materiallarning lingvistik jihati, ularning ingliz va o'zbek tillari doirasida o'zaro muvofiq va aniq tarjima qilish jarayonida yuzaga keladi-gan muammolarga qaratiladi. Ushbu muammo-larning kelib chiqishiga asosiy sabab tillar o'rtasidagi farq ekanligi biz tilning madaniy sohasi bilan ham ishlashimiz lozim ekanligini ko'rsatadi.

Turizmga oid materiallar bilan ishlashimizda bizga albatta barcha sohada bo'lgani kabi ushbu sohaning tili ya'ni turizm tilidan foydala-namiz. Ammo bu jarayonda bir qator birlamchi murakkabliklar bilan boshlanadi, ular:

Dastlab, mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlarga shahar (tarixiy va zamonaviy bino-lar, taom va ovqatlanish joylari, libos, odatlar, mahalliy aholi va boshqalar) haqidagi ilk taas-surotlarini shakllantirishda yordam berib, real-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

likni ochib beruvchi materiallar (flaer, broshy-ura, vebsayt kabilar) tayyorlashdir. Ular realiya-lar deb ataladi1.

Keyingi murakkab holat esa realiyalarga bog'liq bo'lib, atab qo'yilgan nomlarni tar-jima qilish jarayonida vujudga keladi. Bunga ko'ra ular 2 xil holatni yuzaga keltiradi, ya'ni ba'zi atoqli otlar o'girilishni talab etsa ba'zilari grafik-fonetik jihatdan transformasiya bilan chegaralanadi. Har qaysi usuldan foydalan-ganda ham natijada sayyoh o'girilgan joyga to'g'ri borib u yerdagi xizmatlardan to'la foy-dalana olishi muhim sanaladi. Shu sababli yuqorida ta'kidlaganimizdek, lingvistik yon-dashuv funksional yondashuvdan ustun bo'ladi.

Tarjima jarayonida domestikasiya metodi (F.Shleymaxer) dan keng foydalaniladi2. U til matni xususiyatlari va so'zlarini saqlab qolgan holda tarjimani amalga oshiradi. Masalan, Big Ben Clock minorasi "Big Beg soati" deb tar-jima qilish ushbu kontentni sayyohga lingvistik jihatdan yaqin. Ammo uning "Katta Ben soati" deya tarjima qilinishi manba-til madaniyatin-ing yo'qotilishiga sabab bo'ladi. Ushbu metod sayyoh uchun turizmga oid materiallarni tus-hunish jarayonini yengillashtirishga ahamiyat beradi.

P. N'yumark matnlar bilan ishlashda bir necha metodlarni targ'ib etgan:

1) komponent tahlil metodi sohaga oid ter-minlarni semantik jihatdan qismlarga bo'lib tahlil qiladi va sayyoh uchun noma'lum bo'lgan milliy-madaniy so'zlar tarjimasida qo'llanadi;

2) modulyatsiya usulida asliyatdagi so'z yoki so'z birikmasi tarjima matnda man-tiqan ekvivalent ma'no beradigan birlik bilan almashtiriladi3. Masalan, I don't blame them (Men ularni ayblamayman) jumlasi "Men ularni tushunaman" tarzida badiiy tarjima matnda qo'llanishi mumkin;

1 Ledina Merkaj, Tourist communication: a specialized discourse with difficulties in translation, European Scientific Journal December, Albania, 2013, P. 69-78.

2 Schleimacher F. (1838/1963). On the Different Methods of Translating, in André Lefevere (ed. & trans.) (1977) Translating Literature: The German Tradition from Luther to Rosenzweig. Assen & Amsterdam: Van Gorcum. _P. 47.

3 Rahimov G'. "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" darslik-

majmuasi, Toshkent - 2016, B-132.

3) funksional ekvivalent metodida so'z yoki so'z birikmasi tarjima matnida vazifasiga ko'ra muvofiq so'zga almashtiriladi;

4) madaniy ekvivalent metodi milliy-madaniy so'zning aslini yo'qotmagan holda tarjima tili-dagi bir xil yoki eng yaqin ma'no ifodalaydigan ekvivalenti orqali ifodalashni talab qiladi;

5) tavsifiy ekvivalent metodida so'zga tarjima qilinayotgan tilda izoh beriladi;

6) tasviriy ifoda metodi keltirilgan tushun-chani shu tilning o'zida kengroq ifodalashdir. Ushbu metod perifraza deb ham yuritiladi.

Lingvistik jihatdan, tarjima qilingan material o'zining asliyati va milliy-madaniy tushuncha-larning boricha saqlab qolinishi iste'molchini tilning madaniyatiga yaqinlashtiradi. Shuning-dek, buyurtmachi va iste'molchining ta'biga muvofiq kelishini ta'minlash maqsadida matnlar uch asosiy funksiyani qamrab oladi, ular: ekspressivlik, yorituvchilik va chaqiruvchilik funksiyalaridir4. Turizmga oid matnlarining yorituvchilik va chaqiruvchilik funksiyalarini tarjima qilishda kommunikativ tarjimaga ehti-yoj seziladi, ammo bunday tarjimalarda lingvistik vositalarga ahamiyat qaratilsa, ekspressivlik funksiyasida semantik vositalar muhimdir. Matnning toni, bo'yoqdorlik, to'ldiruvchi tasvir, qog'oz rangi ham ushbu funksiyalarni amalga oshirishda kerak bo'ladi.

Bu uch funksiyadan tashqari turizmga oid matnlarning estetik vazifasi va madaniy qiymatiga5 ham alohida e'tibor qaratiladi. Este-tik vazifada turizmga oid bo'lgan matnlarning qisqa, ammo tushunarli va ta'sirchan bo'lishiga ahamiyat berilsa, madaniy vazifasiga sayyohlik hududining tabiiy manzaralari, uzoq yillik tarix-ini aks ettiruvchi madaniy merosi va an'analari hamda inson qo'li bilan bunyod etilgan arxitek-tura yodgorliklari tasvirini aks ettirishga urg'u beriladi.

4 He Sanning. Lost and Found in Translating Tourist Texts Domesticating, Foreignising or Neutralising Approach. Nanjing University of Information Science and Technology, The Journal of Specialised Translation. - 2010, Issue 13, January. - P. 125.

5 Foreignising or Neutralising Approach. Nanjing University of Information Science and Technology, The Journal of Specialised Translation. - 2010, Issue 13, January. - P. 124-137.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

Ko'rib chiqqan tarjima metodlarimizga ko'ra, har bir metodning yutuq va kamchiliklari bor. Masalan ajnabiylashtirish metodining kamchiligi shundaki tarjima qilingan matn iste'molchining hislarini chetlab o'tishi va tus-hunarsiz bo'lish ehtimolining borligidir. Ney-trallashtirish usulida tarjima matnidagi madaniy faktorlarga daxl qilmagan holda tarjima tilidag-ilarga tushunarli holatda etkazib berishi muhim sanaladi.

Ammo tilshunos olimlarning ta'kidlashicha madaniylashtirish va ajnabiylashtirish metod-laridan birgalikda foydalanib bo'lmaydi1. Ammo ba'zi tilshunoslar tarjima matnining ko'lami va maqsadiga ko'ra tarjima uchun metod tan-lashni, metodlarni birining ustidan ustun yoki mutloq dominant bo'lolmasligini ilgari surish-gan2.

Tarjima qilinayotgan tildagi tarixiy-madaniy ma'lumotlarni xususiyatlariga daxl etmagan holda tarjima qilish muhim vazifa hisoblanadi. Misol tariqasida berilgan ma'lumotlarni sodda-lashtirish va sayyohga tushunurli qilish bo'yicha tarixiy shaxs va ularga oid bo'lgan joy nomi va sanalarni ko'rib chiqsak. Amir Temur nomin-ing tarixiy obidalarda kelishi xorijiy sayyoh-lar uchun tushunishda qiyinchilik keltirishi mumkin. Shu sababli tarjimada neytrallashti-rish metodidan foydalanib, Amir Temur (13361405), "O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan Tem-uriylar saltanati (1307-1506) asoschisi" deb yor-itilishi o'rganayotgan odamga ancha tushunarli bo'ladi.

Tarixiy sanalarni sayyohlarga emotsional-ekspressiv holatda yetkazish ko'ringanidan ko'ra ancha murakkab jarayon ekanligini tarjima jarayonida bilinadi. Masalan, "Ulug'bek madrasasi uch yil mobaynida qurilib, 1420-yilda bitkazildi"3 birikmasini inglizchada quyidagi variantlarda berish mumkin:

1 He Sanning. Lost and Found in Translating Tourist Texts Domesticating, Foreignising or Neutralising Approach. Nanjing University of Information Science and Technology, The Journal of Specialised Translation. - 2010, Issue 13, January. - P. 124-137.

2 Sun Yingchun. Zhang Guruo's Translation Art Research, Beijing: China Foreign Translation and Publishing Corporation, 2004. - P. 431.

3 Sobirova Z.R. O'zbek va ingliz tillaridagi turizm

terminlarining tipologiyasi, o'zaro berilishi va leksikografik talqini: diss. fil. fan. bo'y. fal. dok. (PhD) - Buxoro: 2021.

1) «The construction of Ulugbek Madrasah took 3 years and was completed in 1420, 14 years before Shakespeare was born»;

2) «The construction of Ulugbek Madrasah took 3 years and was completed in 1420, 72 years before Christopher Columbus discovered the New World.

«Kommunikativ tarjima hech qanday qiyin-chilik/mavhumlikni kutmaydigan, xorijiy matn elementlarini o'z madaniyati, kerak bo'lsa, tiliga moslanishini istaydigan ikkinchi tomonga qaratiladi» - deydi Piter Nyumark4. Masalan, O'zbek madaniyatida nishonlanadigan hosil bayrami ("Hosil sayli") kuzning pishiqchilik paytida bo'lib, unda berilgan tabiatning noz-ne'matlariga shukrona aytib do'st va yaqinlar davrasida nishonlanadi. Shuningdek, ushbu bayramni ingliz madaniyatiga xos bo'lgan Thanksgiving day bayrami bilan taqqoslashimiz mumkin. Bunday assotsiatsiyalab tarjima qilish usulida ikki madaniyatning bayram, marosim, buyum, predmet, tarixiy-adabiy voqea va qah-ramonlarini tarjima materialida keltirish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek bu jarayon tar-jimonning har ikkala madaniyatdan chuqur bil-imga ega bo'lish kerakligini anglatadi.

Xulosa. Shuni ta'kidlash joizki, turizm soha-siga oid materiallar tarjimasida aynan bitta metoddan foydalanib mukammal tarjima qilib bo'lmasligi aniq, chunki iste'molchi odatda sohaning mutaxassisi emas balki nomutaxassis aholi hisobdanadi. Shu sababli turizmga oid materiallarning madaniy jihatlarini saqlab qolgan holda tarjima qilishda tarjima metod-laridan kerakli o'rinda foydalanish tarjimon-dan yuqori bilim va ko'nikma talab qiladi. Shu sababli turizm sohasiga oid terminlarni tarjima qilishda so'zma-so'z tarjimadan foydalanish kutilgan natijaga erishishda yordam bermaydi. Tarjimadan maqsad lingvistik nomutaxassis bo'lgan iste'molchiga ma'lumotni tushunarli holatda yetkazib berishdir. Sayyohlik materialini madaniy jihatdan ma'lumot holatini saqlab qoluvchi oralikni to'g'ri topish muhimdir. Bu esa madaniylashtirish, ajnabiylashtirish va ney-trallashtirish texnikalarini to'g'ri qo'llashni talab qiladi.

4 Peter Newmark. Approaches to Translation. - Oxford: Pergamon., 1981. - P. 39-48.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

c 12 O^MI/I TAt^MM / BblCWEE O5PA3OBAHME y

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bagirova S. Turizm terminlarining o'zbek, rus va ispan tillarida qo'llanishi// Zamonaviy roman-german tilshunosligi va tillarni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand, 2018. - B. 139.

2. He Sanning. Lost and Found in Translating Tourist Texts Domesticating, Foreignising or Neutralising Approach. Nanjing University of Information Science and Technology, The Journal of Specialised Translation. - 2010, Issue 13, January. - P. 124-137.

3. Hickey, L. (2004). "Perlocutionary Pursuits: Persuading of/that/to". In M. P. N. Errasti, R. L. Sanz& S. M. Ornat (Eds.), Pragmatics at Work: The Translation of Tourist Literature (pp. 57-79).

4. Ledina Merkaj, Tourist communication: a specialized discourse with difficulties in translation, European Scientific Journal December, Albania, 2013, P. 69-78.

5. Lefevere A. Translation, Rewriting and the Manipulation of Literary Fame. London and New York: Routledge, 1992. - P. 322.

6. Mohamed Zain Sulaiman. The misunderstood concept of translation in tourism promotion, The International Journal for Translation interpreting Research, University Kebangsaan Malaysia. P. 53-68.

7. Peter Newmark. Approaches to Translation. - Oxford: Pergamon., 1981. - P. 200.

8. Rahimov G'. "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" darslik-majmuasi, Toshkent-2016, B-132.

9. Reformatskiy A.A. Vvedenie v yazikovedenie. - Moskva, 1962. - 536.

10. Sezgin, Erkan & Yolal, Medet. (2012). Golden Age of Mass Tourism: Its History and Development p.-73-90.

11. Schleimacher F. (1838/1963). On the Different Methods of Translating, in André Lefevere (ed. & trans.) (1977) Translating Literature: The German Tradition from Luther to Rosenzweig. Assen & Amsterdam: Van Gorcum. _P. 116

12. Sobirova Z.R. O'zbek va ingliz tillaridagi turizm terminlarining tipologiyasi, o'zaro berilishi va leksikografik talqini: diss. fil. fan. bo'y. fal. dok. (PhD) - Buxoro: 2021.

13. Sulaiman M.Z. Translating tourism: a cultural journey across conceptual spaces. PhD thesis, Monash University, Melbourne. 2013. _P. 154-155.

14. Sumberg C. Brand leadership at stake: Selling France to British tourists. The translator, 2004. 10(2). - P. 329-353.

15. Sun Yingchun. Zhang Guruo's Translation Art Research, Beijing: China Foreign Translation and Publishing Corporation, 2004. - P. 431.

16. Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili - Toshkent, 1992. - B.168.

17. United Nations. Recommendations on tourism statistics, New York, 1994. - P.77.

18. United Nations. Recommendations on tourism statistics, New York, 1994. - P.77.

19. Yurko N.A., Styfanyshyn M.I., Romanchuk O.V., The characteristics of English terms structure in tourism industry // Scientific journal of the Lviv State University of Life Safety «Philological Periodical of Lviv». - № 5, 2019, B.178-182.

20. Chen Hongwei. Chinese-English Translation Course. - Shanghai: Shanghai Foreign Language Education Press, 2008 - P. 273.

21. https://dictionary/cambridge.org/dictionary/english/tour

22. https://www.unwto.org/glossary-tourism-terms

23. http://uza.uz/posts/56454

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.