Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O’RGANISHDA AUTENTIK MATERIALLARNI AMALIYOTDA QO’LLASH USULLARI'

INGLIZ TILINI O’RGANISHDA AUTENTIK MATERIALLARNI AMALIYOTDA QO’LLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
322
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
global aloqalar / talab va ehtiyoj / autentik materiallar / til ko’nikmalari / kommunikativ kompetensiya. / global relations / demand and need / authentic materials / language skills / communicative competence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z. Abdialimova, X. Muxitdinova

Mazkur maqolada autentik materiallar vositasida til o’rganishning samarali usullari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF PRACTICAL APPLICATION OF AUTHENTIC MATERIALS IN LEARNING ENGLISH

This article discusses effective methods of language learning through authentic materials.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O’RGANISHDA AUTENTIK MATERIALLARNI AMALIYOTDA QO’LLASH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INGLIZ TILINI O'RGANISHDA AUTENTIK MATERIALLARNI AMALIYOTDA

QO'LLASH USULLARI Abdialimova Zahro Zayniddin qizi

O'zDJTU talabasi Ilmiy rahbar: Muxitdinova X. S., Pedagogika fanlar doktori, professor https://doi. org/10.5281/zenodo. 7483058

Annotatsiya. Mazkur maqolada autentik materiallar vositasida til o'rganishning samarali usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: global aloqalar, talab va ehtiyoj, autentik materiallar, til ko'nikmalari, kommunikativ kompetensiya.

МЕТОДЫ ПРАКТИЧЕСКОГО ПРИМЕНЕНИЯ АУТЕНТИЧНЫХ МАТЕРИАЛОВ В ИЗУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА Аннотация. В данной статье рассматриваются эффективные методы изучения языка с помощью аутентичных материалов.

Ключевые слова: глобальные отношения, спрос и потребность, аутентичные материалы, языковые навыки, коммуникативная компетенция.

METHODS OF PRACTICAL APPLICATION OF AUTHENTIC MATERIALS IN

LEARNING ENGLISH Abstract. This article discusses effective methods of language learning through authentic materials.

Key words: global relations, demand and need, authentic materials, language skills, communicative competence.

Bugungi kunda jahon hamjamiyati yuqori globallashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Media-informatsiya bazalaridan foydalanish; ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tajriba almashishga asoslangan aloqalar; chet elda o'qish, malaka oshirish, ishlash; xalqaro turizm aloqalari tabiiy ravishda globallashuvni o'zida aks ettiradi. Ushbu jarayonlar qo'shimcha til o'rganishga bo'lgan talab va ehtiyojimiz yanada orttirmoqda. Yoshlarning chet tillarni, xususan, xalqaro tillardan birini o'rganishga bo'lgan intilishi tobora kuchaymoqda. Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda tillarni o'rganishga bo'lgan talab va ehtiyoj statistikalarining yuqori pog'onasida ingliz tili turibdi. W3.Techs.com saytining veb-saytlar uchun kontent tillardan foydalanish statistikasining bergan ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil holatida ingliz tilining foiz ulushi 60.6% ga to'g'ri kelgan. Bu esa internet olamida ingliz tilida axborotlarning, kontentlarning hamda kitoblarning ko'pligi bilan bog'liq, albatta.

Shunday bir vaziyatda ingliz tili o'qituvchilarining oldida turgan asosiy maqsad ham o'quvchilarda ingliz tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi zarur. "Chet tili kommunikativ kompetensiyasi - o'rganilayotgan chet tili bo'yicha egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo'llash qobiliyati" bo'lib, bu rasmiy ingliz tilini jonli so'zlashuvga yaqinlashtirishni taqazo etadi.

Ma'lumki, dars jarayonida o'rgatiladigan ingliz tili bilan jamiyatda, real hayotda qo'llaniladigan ingliz tili orasida tafouvutlar mavjud. Buning yaqqol dalili sifatida shuni ko'rsatish mumkinki, maktabda va yana ayrim qo'shimcha kurslarda ingliz tilini darsliklar orqali o'rgangan ko'p sonli o'quvchilar real hayotda undan foydalana olishmaydi. Buning boisi,

2416

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

darsliklarda berib boriladigan grammatik mashqlarning aksariyati haqiqiy, real so'zlashuv kontekstiga mos emas. Bu til ko'nikmalarinigina o'rganishning o'zi yetarli emasligini anglatadi.

Kundan kunga rivojlanib borayotgan asrimizda til o'rganish jarayonida bir qancha samarali usullar, metodlar, manbalar bilan bir qatorda ayrim muammollarga ham duch kelinayotganini ham kuzatish mumkin. Til o'rganishni nimadan boshlashni bilmaslik, mustaqil o'rganish uchun boshlang'ich bilimning yo'qligi, manba va materiallarning yetishmasligi yoki ulardan mustaqil foydalana olmaslik shular jumlasidandir.

Shuni ta'kidlash kerakki, chet tilini o'rganishda amaliy mashg'ulotlar davomida autentik materiallardan foydalanish ushbu muammolarni samarali hal etishga yordam beradi. Bu o'rinda chet tilini o'rganishda "haqiqiy materiallar"dan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak bo'ladi. "Haqiqiy materiallar kundalik vaziyatlarda ishlatiladigan tilning hayotiy namunalarini beradi. Ulardan o'quvchilarning qiziqishini yanada oshirishda foydalanish mumkin".

Haqiqiy materiallar - u xoh o'qish, xoh tinglab tushunish ko'nikmalariga qaratilgan materiallar bo'lsin, aslida informatsiya berish maqsadiga yo'naltirilgan bo'lib, ular aynan til o'rgatish ta'limi maqsadlari uchun mo'ljallanmagan materiallardir. Ularga filmlar, sahna asarlari, badiiy asarlar, ilmiy matnlar, gazeta va jurnallar, teleko'rsatuvlarni kiritish mumkin. Haqiqiy bo'lmagan materiallar esa ma'lum tilni o'rganish uchun ixtiro qilingan, yozilgan yoki yozib olingan audio, video lavhalar kiradi. Ularga maxsus, bevosita til o'rganishga qaratilgan darsliklar, qo'llanmalar yoki til o'rganuvchilar uchun haqiqiy materiallarga taqlid qilingan holda ishlab chiqilgan materiallar kiritiladi. Albatta, ushbu materiallardan foydalanish o'qituvchilarning ishini ancha yengillashtiradi. Ayniqsa, ulardan darsliklar bilan birga foydalanish sinf yoki kurs darslarini loyihalashda va o'quv rejasini tartib bilan tuzishda hamda darslarni mantiqiy ketma-ketlikda o'quvchilarga, talabalarga yetkazishda yaxshigina dasturulamal bo'lib xizmat qiladi. Lekin til o'qituvchisi va poliglot bo'lgan doktor Garet Popkinsning so'zlariga ko'ra, "Darsliklar o'quvchilar uchun ba'zan zerikarli va demotivatsiya qiluvchi vositaga aylanib qoladi". Uning fikricha, shunday vaziyatda darsliklar bilan bir qatorda haqiqiy materiallardan qo'shimcha manba sifatida foydalanish foydali tanlovdir.

Autentik materiallar dars jarayonini boyitishga hamda o'quvchilarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga yordam beradi. Agar autentik materiallar dasrliklarda keltirilgan o'quv dasturlariga qarab tanlansa, ularni izlash hamda tanlash jarayonida muammoga duch kelinmaydi, shundagina ushbu materiallar uzviylik va mantiqiy ketma-ketlikka ega bo'ladi. Haqiqiy materiallar ishlab chiqilib, ommaga taqdim qilinayotganda, iste'molchi o'z ona tili darajasida ishlatiladigan tilni tushuna oladi deb taxmin qilinadi va hech qanday til o'rganuvchilar uchun ixtisoslashitirilmagan, ya'ni, qandaydir maxsus til o'rganish yoki o'rgatish tuzilmalarsiz bo'ladi. Uning afzalliklari ham aynan shunda. Ya'ni, til o'rganuvchi bu materiallardan foydalanar ekan, real hayotdagi tilda yerliklar ishlatadigan iboralar, jargonlar, aksentlar, akademik so'zlarning qo'llanilishi, hatto shevalarga ham va umuman olganda haqiqiy til aspektlariga duch keladi. Haqiqiy materiallar tilning asl xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi.

Autentik materiallardan foydalanishda, birinchi navbatda, asliyatdagi, haqiqiy nutq shaklini ko'rsatish uchun materiallarni tanlashda darsda o'tilayotgan mavzuga bog'lash jarayonni samarali qiladi. Ayni vaqtda, bunda o'quvchining bilim darajasini baholash hamda yoshini bilish, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buni so'rovnoma o'tkazish orqali aniqlash mumkin. Shundan kelib chiqib biz universitetimizning ikki

2417

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

guruh talabalaridan bu haqida, ya'ni autentik materiallar, ulardan foydalanish davomida orttirgan tajriba va xuloslariga qiziqib so'rovnoma o'tkazdik. So'rovnoma savollari va ularga javoblar quyidagicha bo'ldi:

1. Autentik materiallar haqida ma'lumotga egamisiz?

Bu savolga talabalarning 50 foizi "Ha", 25 foizi "Yo'q", yana 25 foizi esa "Qisman" javobini berishgan;

2. Chet tilini o'rgatishda qaysi ta'lim bosqichidan boshlab, autentik materiallardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o'ylaysiz?

Bu savolga esa ularning 70 foizi "Boshlang'ich ta'lim bosqichidan boshlab", 17 foizi esa "O'rta va yuqori ta'lim bosqichidan boshlab", 13 foizi esa "Darsdan tashqari holatlarda" autentik materiallardan foydalanish kerak deb hisoblaydi;

3. O'zingizda til ko'nikmalaridan qaysi birini yaxshi rivojlangan deb hisoblaysiz? Talabalarning 17 foizi o'zida "Gapirish ko'nikmasi", 22 foizi "Tinglab tushunish ko'nikmasi", 39 foizi "O'qish ko'nikmasi", qolgan 22 foizi esa "Yozish ko'nikmasi"ni o'zida rivojlangan deb hisoblaydi;

4. Sizningcha til ko'nikmalarining shakllanishida autentik materiallardan foydalanish samarali bo'ladimi?

Ushbu savolga 83 foiz talabaning javobi "Ha", 17 foiz talabaniki esa "Yo'q" bo'lgan;

5. Autentik materiallardan til o'rganish davomida qanchalik foydalanasiz?

So'rovnoma ishtirokchilarining javoblariga ko'ra, ularning 68 foiz qismi autentik materiallardan "Ba'zida" (o'rganish davomida 35 - 70 foiz), 18 foizi esa "Muntazam" (o'rganish davomida 75 - 95 foiz), 14 foizi deyarli foydalanmasliklarini aytishgan;

6. Autentik dialoglarda qo'llaniladigan jargonlarni ingliz tilidagi nutqingiz (o'zaro gaplashishingiz) davomida ishlatasizmi?

Bu savolga 86 foiz talabaning javobi "Ba'zida", 14 foiz talabaniki esa "Ha, muntazam" bo'lgan;

7. Autentik materiallarning turlari haqida bilasizmi?

62 foiz talaba "Ha" 38 foiz talaba esa "Yo'q" javobi bilan murojaat qilgan;

8. Sizni til o'rganish jarayonida qaysi turdagi autentik materiallar o'ziga ko'proq jalb qiladi?

Bu jarayonda talabalarning 91 foizini "Ko'rgazmali autentik materiallar: Vediolavhalar, filmlar, suratlar; 9 foizini esa real nutqiy vaziyatlar ko'proq o'ziga jalb qilishi haqida javoblarini qoldirgan. Ulardan buning sababini so'rashganda esa autentik materiallarning bu turi orqali tilni tushunish ham oson, ham qiziqarli, bundan tashqari so'zni mantiqan to'g'ri va o'z o'rnida qo'llashni o'rganish uchun ham samarali vosita ekanligini ta'kidlashgan.

So'rovnoma ingliz tilini o'rganuvchilarning autentik materiallardan qanchalik foydalanishini aniqlash maqsadida o'tkazildi. Shuningdek, bu so'rovnoma dars uchun tanlanadigan hamda foydalanishda yaxshi samara beradigan autentik materiallarni aniqlashga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlardan olinadigan autentik materiallarni tayyor quyidagi turlarga ajratib olish zarur:

I. Oddiy turmush tarzimizda ishlatiladigan nutqlar yoki ko'cha nutqlari:

1. Dialogik matnlar;

2. Polilogik matnlar.

Misol uchun, Raina Telgemeierning "Sisters" kitobidan keltirilgan dialogni olaylik:

2418

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

A: Knock, knock... B: Yes?

A: Are you having a fashion show in here or something? B: What? No! Don't come in!

A: I still don't see why mom and dad gave you your own room. B: Because, I'm starting high school next month, and I need my privacy. A: That's dumb. Anyway, do you have any colored pencils? B: What for?

A: The trip. We're gonna be in the car for a whole week in both directions. B: Nope, no colored pencils here. Now get out. II. Bog' lanishli nutq namunalari :

1. Monologik matnlar yoki nutqlar;

2. Ma'ruzalar;

3. Musiqalar;

4. Axborot - information dasturlar.

Masalan, quyida berilgan ob-havo ma'lumotini misol tariqasida olish mumkin: "According to experts of Uzhydrometeorology, today it will rain in the republic and turn to snow in the mountainous areas, the temperature will cool down to 8 - 10 degrees, and the wind speed is expected to be up to 15 - 20 m/s".

III. Ko'rgazmali autentik materiallar:

1. Rasmlar;

2. Vediolavhalar;

3. Filmlar.

IV. Real nutqiy vaziyatlardan olingan materiallar:

1. Inertvyular;

2. Uchrashuvlar;

3. Sahna asarlari.

2419

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Masalan, o'zim bilan avtobus bekatida kutilmaganda sodir bo'lgan amerikalik, yoshi kattaroq talaba Asma bilan bo'lgan suhbatni olaylik: A: Can you tell me what time it is? B: 6.17 p.m A: Ah, thank you. B: Does bus 151 go through here? A: Yes, of course, I also use the bus service.

B: Oh, really? I have been waiting for the bus for a long time, the service is very bad!

A: Yeah, I know, it is bad. Where are you from? What is your name?

B: My name is Asma, I am from America.

A: Where are you going?

B: I am going to Akfa University.

A: Cool, do you teach there?

B: No, I'm a student, thanks for making me look like a teacher!

A: Oh, really... but you're more like teachers...

B: Thank you very much.!

A: It looks like the bus won't run today.

B: What do we do now?

A: Don't worry.! If you want, we'll call a taxi through Yandex.

Ikkinchi bosqichda esa til o'rganuvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlab olingan autentik materillarga qo'shimcha topshiriqlar kiritiladi va ular dars jarayonida foydalanishga, o'quv materialiga mos holatga keltiriladi. Shundagina, sinfning e'tiborini bir yerda jamlashga hamda barcha o'quvchilar uchun tushunarli kontekst hosil qilishga erishish mumkin. Aytaylik, biz sinfda tinglab tushinish qobiliyatini shakllantirish mashg'ulotlarini o'tyapmiz, so'rovnoma orqali o'quvchilar orasida xorij qo'shiqlariga yoki filmlariga qiziqishi balandlari ko'proq ekanligini bilamiz. Shuningdek, mashg'ulotlar orasida qo'shiqlarni o'zini qo'yib bergandan ko'ra, o'quvchilarga qo'shiq matni bilan ishlashni o'rgatish ancha samara beradi. Qo'shiq kuylanayotganda undagi ba'zi so'zlarning talaffuzi anchaga qisqaradi, ba'zilari tushib qoladi, ba'zilari kiritib o'qilgani bois uning matni bilan ishlash ularning tinglab tushinishi hamda talaffuzini ancha rivojlantiradi.

Masalan, Rag'n'Bonening "Human" qo'shig': "Maybe I'm foolish Maybe I'm blind Thinking I can see through this And see what's behind Got no way to prove it So maybe I'm blind But I'm only human after all I'm only human after all Don't put your blame on me Don't put your blame on me".

Amaliyotda qo'llagan o'rganuvchi sifatida, shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, bu ancha samarali usul ekanligini bemalol ayta olaman.

Bundan tashqari bu mashg'ulotga "Fill the gaps" - "Bo'shliqlarni to'ldiring" topshirig'ini qo'shsak bu o'quv uchun real autentik o'quv materialiga aylanadi.

Misol uchun quyidagicha holatda: "Listen the song and fill the gaps!"

2420

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Maybe I'm_

Maybe I'm blind

Thinking I can see through this

And see what's_

Got no way to prove it

So maybe I'm_

But I'm only_after all

I'm only human after all

Don't put your_on me

Don't put your blame on me".

Xuddi shu kabi topshiriqlarni xujjatli filmlar yok i TED talks ma'ruzalari vositasida ham qilish mumkin.

Masalan, tabiatga, osmon jismlariga, dunyoning ko'rkam shaharlari haqidagi yoki kasalliklarga oid, tushunarli tilda yoritilgan mavzular yozilgan video roliklar tanlab olinib, o'quvchilarga eshittiriladi. Faqat shuni o'zini darsga olib kirsak, tushungan o'quvchi tushunib, tushunmagani uchun mavhum bo'lib qolaveradi. Chunki, tushunmagan o'quvchi faqat eshitadi. Agar bu jarayonga topshiriq qo'shsak, misol uchun, "ushbu rolikni ko'rish davomida daftaringizga qayd eting va qayta tushunganingizni gapirib berishga harakat qilib ko'ring" ("While watching this vedio, make notes in your notebooks and share your new understanding!") ko'rsatmasidan keyin esa o'quvchi faqat eshitmasdan, diqqat bilan uni tushunishga hamda sintez qilishga harakat qiladi. Yoki ko'rgazmali autentik materiallar turi uchun keltirilgan misolga e'tiborimizni qarataylik. Bu kitob, ya'ni, "Sisters" Raina Telgemeier tomonidan "Smile" grafik memuarining davomi sifatida yozilgan avtobiografik, grafik roman bo'lib, unda San-Fransiskodan Koloradoga uzoq yozgi sayohatga chiqayotgan oiladagi opa singillar, Raina va Amara o'rtasidagi munosabatlar keltiriladi. Bu asarni o'zidan foydalanish, shunchaki o'qish ham qiziqarli aslida, lekin bu jarayonni samarali qilish uchun asarda keltirilgan dialoglarni yodlab kelish hamda uni rolga kirishib ijro etib berish topshirig'ini berish orqali, o'quvchilarda ushbu nutqdan, autentik dialoglardan qanday foydalanish tartibini o'rgatishga erishish mumkin.

2421

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xulosa qilib aytganda, til o'rganishni mahsuldor va qiziqarli qilish, hamda boyitish maqsadida faqat darsliklar bilan cheklanib qolmasdan, autentik materiallardan o'quv materiallari tayyorlab, ta'lim berishga chuqurroq yondashilsa ko'zlangan natijalarga samarali erish mumkin.

REFERENCES

1. Kurbanova.D.Sh., Chet tilini egallashda bilim darajasini aniqlashning yangi me'yorlari: Pedagogika. - J., 2021, 6-son, 75-bet.

2. https://www.actfl.org/resources/guiding-principles-language-learning/authentic-texts

3. Usage Statistics and Market Share of Content Languages for Websites, May 2022 https://w3techs.com/technologies/overview/content_language.

4. Kurbanova.D.Sh., Chet tilini egallashda bilim darajasini aniqlashning yangi me'yorlari: Pedagogika. - J., 2021, 6-son, 75-bet.

5. https://americanenglish.state.gov/resources/teachers-corner-teaching-authentic-materials

6. https://textinspector.com/using-authentic-materials-language-teaching

7. https://preply.com/en/blog/tut-res-how-to-use-authentic-materials-in-english-language-teaching/

2422

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.