Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI'

O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
552
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
prezident farmoni / English Lingua Franca / CEFR / IELTS / TOEFL sertifikatlari / Britanya konsulligi / Maktabgacha ta’limda “Belgi va rasmlar bilan ishlash usuli” / presidential decree / English language Lingua Franca / CEFR / IELTS / TOEFL certificates / British Consulate / "Methodology of working with signs and pictures" in preschool education.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S. Sheraliyeva, G. Obidova

Ushbu maqolada ingliz tilini dunyo bo‘yicha mavqeining oshib borayotganligi va O‘zbekistonda English Lingua Franca o‘qitilishining sabablari hamda ushbu tilning mustaqillikdan so‘ng ta’limning barcha bosqichlarda o‘qitilishi kuchayishiga prezident qarorlarining ta’siri. Chet tili o‘qitishda yangi metodlardan,ta’lim reytingi yuqori davlat (Finlandiya) tajribalaridan foydalanish o‘rganib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENGLISH IN THE EDUCATION SYSTEM OF UZBEKISTAN

In this article, the increasing position of the English language in the world and the reasons for teaching English by Lingua Franca in Uzbekistan, as well as the impact of the President's decisions on strengthening the teaching of this language at all levels of education after gaining independence. The use of new methods and experience of a country with a high educational rating (Finland) in teaching a foreign language is studied

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDA INGLIZ TILI Sheraliyeva Sarvinoz Jahongir qizi

Farg'ona Davlat Universiteti Lingvistika-ingliz tili yo'nalishi magistranti Ilmiy rahbar: Obidova Gulmira Kuzibayevna

Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, PHD

https://doi.org/10.5281/zenodo.7424128 Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilini dunyo bo'yicha mavqeining oshib borayotganligi va O'zbekistonda English Lingua Franca o'qitilishining sabablari hamda ushbu tilning mustaqillikdan so'ng ta'limning barcha bosqichlarda o'qitilishi kuchayishiga prezident qarorlarining ta'siri. Chet tili o'qitishda yangi metodlardan,ta'lim reytingi yuqori davlat (Finlandiya) tajribalaridan foydalanish o'rganib chiqilgan.

Kalit so'zlar: prezident farmoni , English Lingua Franca, CEFR, IELTS, TOEFL sertifikatlari, Britanya konsulligi, Maktabgacha ta'limda "Belgi va rasmlar bilan ishlash usuli" АНГЛИЙСКИЙ ЯЗЫК В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В данной статье возрастание позиций английского языка в мире и причины преподавания английского языка Lingua Franca в Узбекистане, а также влияние решений президента на усиление преподавания этого языка на всех уровнях образования после обретения независимости. Изучено использование новых методик и опыта страны с высоким образовательным рейтингом (Финляндия) в обучении иностранному языку.

Ключевые слова: указ президента, английский язык Lingua Franca, CEFR,, IELTS, сертификаты TOEFL, консульство Великобритании, «Методика работы со знаками и картинками» в дошкольном образовании.

ENGLISH IN THE EDUCATION SYSTEM OF UZBEKISTAN Abstract. In this article, the increasing position of the English language in the world and the reasons for teaching English by Lingua Franca in Uzbekistan, as well as the impact of the President's decisions on strengthening the teaching of this language at all levels of education after gaining independence. The use of new methods and experience of a country with a high educational rating (Finland) in teaching a foreign language is studied.

Keywords: presidential decree, English language Lingua Franca, CEFR,, IELTS, TOEFL certificates, British Consulate, "Methodology of working with signs and pictures" in preschool education.

Bundan olti asr avval buyuk o'zbek yozuvchisi va o'zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy shunday degan edi:" til-biz uning qadrini ifoda eta olmaydigan marvariddir". Buyuk shoir takidlaganidek, chet tillarni va ularning qadriyatlarini o'rganish hali ham insonlarni karyera qilishi, jamiyatda o'z o'rni topish va hatto ona zaminimiz O'zbekistonning go'zal qiyofasini xalqaro sahnalarga olib chiqish uchun asosiy hamda zarur bolgan omil hisoblanadi. Shunday kerakli imkoniyatlarni bizga chet tillaridan biri bo'lgan ingliz tili bera oladi.

Bilamizki, O'zbekistonda insonning jinsi, tili, dini, e'tiqodi, millati, irqi hamda ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Ta'lim olish jarayoni asosan quyidagi davrlarga bo'linadi:

• maktabgacha ta'lim va tarbiya;

• umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (davlat maktablari, xususiy maktablar, president maktablari, litseylar);

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• kasbiy ta'lim (tehnikumlar yoki kollej ta'limi)

• oliy ta'lim(universitetlar, institutlar);

• oliy ta'limdan keyingi ta'lim (doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik);

Ushbu ta'lim jarayonlarida hozirgi kunda ma'naviy-ma'rifiy axloq bilan birga ingliz tilini

o'qitishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Ushbu e'tibor ta'limning dastlabki bosqichlaridan ya'ni maktabgacha ta'lim jarayonidan boshlanib, toki oliy ta'limdan keyingi davrgacha da'vom etmoqda. Xususan, bolalar bog'chasini rivojlantirish davlatni ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish demakdir. Buni esa hozirda ta'lim jarayoning ajralmas qismiga aylangan chet tilini o'qitish orqali amalga oshirish mumkin.

Hozirda nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir o'tkaziluvchi tadqiqotlarga ko'ra Finlandiya yoshlari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini ko'rsatishgan. Bu davlat yoshlari ayniqsa matematika, tabiiy fanlar, umumiy savodxonlik bo'yicha yuqori natijalarga erishishmoqda. Bunga ta'lim jarayoni yetita tamoyil:tenglik, bepul, individuallik, amaliyot, ishonch, xohish-istak, mustaqillik orqali olib borilmoqda.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Finlandiya ta'limini misol qilib, maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham muhit ham o'zgarmasligini ta'kidlaydi.

Jumladan, O'ZDJT universiteti o'qituvchisi Shahlo Azamova maktabgacha bolalarga chet tillarini o'qitishga bag'ishlangan maqolasida bog'cha bolalari uchun turli qiziqarli metodlardan samarali foydalanish juda yaxshi samara beradi deb hisoblaydi. U ingliz tilini misol qilib, "Belgilar va rasmlar bilan ishlash usuli"da rasmdan so'zga tarjima qilishni ta'riflaydi. Shuningdek o'qituvchi o'z maqolasida boshqa bir necha uslublarini ham berib o'tadi. Bu usullar bolalar xotirasida so'zlarni yaxshi saqlanishiga ham yordam beradi.

Chet tillari orasida ingliz tili eng ko'p so'zlashiladigan til hisoblanadi. Aniqlanishicha, bugungi kunda ingliz tili 2 milliard so'zlashuvchilariga ega bo'lgan, eng ko'p tushuniladigan tilga aylanib ulgurgan. U nafaqat ommaviy til balki o'z o'rganuvchilari uchun ma'lum sabablarga ko'ra, ahamiyatli bo'lgan til hisoblanadi. Xalqaro bozor iqtisodiyotida hamda milliy agentliklarda chet tilini bilgan shaxslar uchun talab juda ham yuqori.

Ingliz tilining ta'sir doirasi 50 yoki 60 yil oldingiga nisbatan ancha kengaygan. Bunga bir necha sabablarni misol qilib olishimiz ham mumkin. Masalan, ingliz tili xalqaro BMT tashkilotining rasmiy tili, biznes, ommaviy axborot vositalari, online dunyo tili, bundan tashqari ko'plab akademiyalar tili hamdir.

Umuman olganda ingliz tilini kengayish doirasi O'zbekistonda mustaqillik erishgandan keyin boshlanishiga qaramasdan, yaqin davrgacha judayam sust holda, an'anaviy o'qitish uslubi (traditional way) bilan kechgan. Hozirda esa interaktiv darslar ko'proq kommunikativ uslubga tayangan holda, qiziqarli tarzda iduktiv ( inductive way) va deduktiv ( deductive) yo'l bilan til o'rganuvchilarni samarali o'qitilishiga bosqichma-bosqich erishilmoqda. Lekin shunga qaramay, ingliz tilida so'zlashish indeksi (EF English Proficiency Index) tadqiqotlariga ko'ra O'zbekiston 112 ta davlat orasida 88 o'rinda turmoqda. Reyting bo'yicha O'zbekiston Albaniya hamda Suriya o'rtasida joylashgan bo'lib, ingliz tilini bilish darajasi juda past deb baholangan davlatlar guruhiga kiritilgan.

Umuman olganda, chet tillarini o'qitish mustaqillik yillaridan oldin ham olib borilgan. Lekin takidlaganimizdek, odatiy o'qitish tamoyillar bo'yicha ( with Grammar-translation method) faqatgina grammatik qoidalar orqali ona tiliga to'liq tayangan tarzda, yodlash usuli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bilan o'qitilgan bo'lib, buning natijasida til o'rganuvchilari muloqot qilishda oqsaydigan bo'lib qolishgan.

Ushbu davrlar mobaynida xorijiy tillar ayniqsa ingliz tilini mamlakatimiz miqyosida o'qitilishiga katta hissa qo'shgan olim J.Jalolov mamlakatimiz hududida chet tillarini o'qitilishini to'tta davrga bo'ladi: birinchi davrni 1924 yilgacha, ikkinchisini 1961 yilgacha, uchinchisini 1991 yilgacha, to'rtinchisini 1991 yildan keyingi davrlardir. Dastlabki uch davrda belgilangan vazifalar o'z ijrosini topa olmadi. Bunga asosiy sabab, chet tilini o'qitishda yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligida edi. Bu esa o'z navbatida oliy ma'lumotli bo'lmagan kadrlarni jalb qilinishiga olib keldi. Keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra 80 yillar oxirida maktablarda faoliyat ko'rsatgan 14205 nafar chet tillari o'qituvchisining qariyib 10 foizi to'liqsiz oliy kadrlar edi.

Keyingi to'rtinchi davrdan keyin chet tillarini o'qitishda oldinga siljish kuzatildi. Xuddi shunday turtkilardan biri 1996 yilning oktabr oyida O'zbekistonda Britanya konsullugi hamda uning mahalliy vakilliklari tashkil etilib, ular tomonidan ta'lim jarayonida ingliz tilini mamlakatda o'qitilishini kengaytirish bo'yicha bir necha dastur va loyihalar ishlab chiqildi. Ushbu yillardan beri boshlangich ta'limdan keyingi ta'lim jarayonida konsullik tomonidan almashinilgan tajribalar asosida ingliz tilini o'qitilishi davom etmoqda. Ammo boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitilishi O'zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroridan keyin boshlandi.

Unga ko'ra, 2013/2014 o'quv yilidan boshlab ingliz tilini boshlang'ich sinfning dastlabki yilidan o'qitilishi belgilandi

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida chet tillarini bilish va egallash darajasini baholovchi boshqarma tashkil etildi. Qarorda qayd etilganidek, ushbu boshqarma yordami bilan chet tillari o'qituvchilarining darajalari milliy baholash testi CEFR( Comman European Framework of Reference for Languages) orqali aniqlanib, ularning oylik maoshlariga qishloq joylarida 30 foiz, boshqa joylarda esa 15 foiz ustama haqi belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi «Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 395-son qarorni qabul qildi. Unga ko'ra, 2020-2021yildan boshlab oliy ta'lim muassasalariga imtihon topshiruvchi abuturiyentning fanlar majmuasiga chet tili kiritilgan holda chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 sertifikati bo'lsa, unga ushbu blokdan test bajarishdan ozod etilishi hamda maksimal ball berilishi ( qaysi blokda bo'lsa) to'g'risida imtiyoz berildi. Lekin, ushbu qaror amalga oshirilgan davrning avvalida Davlat Test Markazining Chet tillarini egallash bo'yicha boshqarma ma'lumotlariga ko'ra, oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan 1 066 926 nafar abituriyentning 11 250 nafarida imtiyoz beruvchi xalqaro IELTS hamda milliy CEFR chet tili sertifikati mavjud bo'lgan.

Chet tillarini o'qitilishini kuchaytirishva uni sifat jihatdan yaxshilash uchun yana bir muhim qarorlardan biri O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 6-maydagi "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi" videoselektor yig'ilishida ta'kidlaganidek, «Kelgusi yildan boshlab, yangidan ishga qabul qilinayotgan chet tili o'qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo'lish talabi kiritiladi. Keyingi 3 yil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

davomida maktablardagi jami 53 ming nafar chet tili o'qituvchilari xalqaro sertifikat olishlari zarur». Ushbu qaror asosida agentlik tashkil etilib, uning zimmasiga chet tillarini o'qitilishini sifat jihatdan takomillashtirish vazifasi yuklatildi. Birinchi o'rinda ingliz tili hamda yana 9 ta chet tillarini o'qitish uchun darsliklar ishlab chiqilishi uchun mablag'lar ajratildi. Ushbu qarorga ko'ra, ta'lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o'qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama haqi to'lab borilishi tasdiqlandi. Xalqaro sertifikat ( CEFR, TOEFL, IELTS, CLTA va boshqa xalqaro sertifikat)larni olgan C1 darajadagi 30 yoshgacha bo'lgan mutaxasislarga imtihon xarajatlari qoplab beriladigan bo'ldi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, oliy ta'limdan keyingi o'quv jarayoni ham qabul qilinayotgan qarorlar ta'siridan chetda qolmadi. Masalan, davlat Prezidenti tomonidan doktorantura hamda stajyor tadqiqotchilik uchun o'qishni istayotgan talabgorlardan mutaxsisliklar uchun C1, nomutaxasisliklar uchun esa B2 sertifikatini olish majburiy deb belgilandi.

Yuqorida qayd etilgan qarorlar umumiy o'ta ta'lim maktablarida hamda oliy ta'limda dars berayotgan o'qituvchilarning bilim darajasini sezilarli darajada yaxshilashiga ko'maklashmoqda.

Ushbu qarorlar, mamlakat miqyosida yoshlarga ingliz tilini keng o'qitilishini ta'minlab beruvchi turli o'quv markazlarining ochilishi va ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Jumladan, hozirgi kundagi ingliz tilini o'qituvchi o'quv markazlarning umumiy soni 88261 tani tashkil etmoqda.

Bilamizki, ingliz tili nafaqat ta'limda balki, texnologiya, internet, axborot xatto turizmda ham eng kerakli bo'lgan universal tilga aylanib ulgurdi. Lekin har bir rivojlanish yaxshi olingan va berilgan ta'limga borib taqaladi. Bundan tashqari ayni paytda virtual olamdan foydalanish, kompyuter grafikalari yaratish maksimal darajada kuchayib bormoqda qolaversa, mashhur veb brauzerlarning ko'pchiligi asosan Amerika davlatida joylashgan, o'z-o'zidan ular ish tili ingliz tilida yuritiladi. Yoki oddiy hayotimizda foydalanadigan texnika ham inglizcha qo'llanilish yo'riqnomasiga ega. Demak ingliz tili nafaqat ta'lim sohasida odatiy turmushimizda ham zarur bo'lib bomoqda. Undan foydalanish uchun ta'lim jarayonida uni yaxshiroq egallashimiz zarur.

REFERENCES

1. The USA journals volume 02 issue 10-2020

2. Azamova Sh. Maktabgacha ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy metodikalari-"Science and education" scientific journal April 2022 volume 2 issue 4

3. www.kun.uz

4. http://uza.uz/en/society/president-resolves-to-develop-foreign-language-learning-system-11.12.2012-3147

5. https://www.norma.uz/oz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.