Научная статья на тему 'IMPROVEMENT OF SURGICAL TREATMENT OF PROXIMAL PART OF FEMUR FRACTURES'

IMPROVEMENT OF SURGICAL TREATMENT OF PROXIMAL PART OF FEMUR FRACTURES Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
19
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
femur bone / fracture / splint / X-ray / bone fragment / plaster cast / joint / swelling / surgery.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Kodirov Timur, Odilov Ibrohim Abdulhamid Ugli, Ahmedov Bakhtiyor Odilovich

this article presents the experiences of improvement of surgical treatment of proximal part of femur fractures.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMPROVEMENT OF SURGICAL TREATMENT OF PROXIMAL PART OF FEMUR FRACTURES»

IMPROVEMENT OF SURGICAL TREATMENT OF PROXIMAL PART OF FEMUR

FRACTURES Kodirov T.1, Odilov I.A.2, Ahmedov B.O.3

1Kodirov Timur - Assistant, 2Odilov Ibrohim Abdulhamid ugli - Assistant, 3Ahmedov Bakhtiyor Odilovich - Assistant, ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE, ANDIJAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract: this article presents the experiences of improvement of surgical treatment of proximal part offemur fractures.

Keywords: femur bone, fracture, splint, X-ray, bone fragment, plaster cast, joint, swelling, surgery.

Suyak sinishi - shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishiga olib keladi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga bo'linadi. Travmatik suyak sinishi sog'lom suyakka to'satdan kuchli mexanik kuch ta'sir etishi natijasida ro'y beradi. Patologik suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak o'smasi, osteomiyelit, osteoporoz va h.k.) oqibatida mo'rt bo'lib qolgan suyakka kuchiz tashqi ta'sir tufayli yuzaga keladi. Suyak sinishi yopiq yoki ochiq bo'ladi. Yopiq sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, ochiq sinishda esa teri yirtilib, suyak bo'laklari teridan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq suyak sinishi yopig'iga nisbatan xavfliroq hisoblanadi, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infeksiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab bo'ladi. Ochiq sinishlar asosan harbiy qurollar a'siri va yo'l transport halokati tufayli yuzaga keladi.

Son suyagi sinishi va uning davolash taktikasi murakkabligi va uzoq muddat talab etilishi bilan etiborli. Sonning proksimal bo'limi alohida anatomik-fiziologik sharoitlarda quyidagicha joylashgan:

1. Sonning bo'yni qismi suyak ustki pardasi bilan qoplanmaganbo'lib, shu bilan birga bo'yinni ko'st sohasida suyak usti pardasi rivojlangan.

2. Son-chanoq bo'g'imining kapsulasi songa bo'ynining asosida, ko'stlararo chiziqdan bir oz proksimal joylashgan.

3. Sonning bo'yni va boshchasi uchta arteriyadan qon bilan ta'minlanadi:

a. yumaloq boylam arteriyasidan (katta yoshda bu arteriya, narsa, obliteratsiyaga nisbatan);

b. kapsula kelgan joydan bo'yinga kiruvchi arteriyalardan. Bu tomirlarning bir qismi sinovial parda ostidan bo'yin bo'ylab borib, suyakning tog'ayga o'tish joyida son suyagi boshiga keladigan;

c. ko' stlaro sohada suyakka kiradigan arteriyalardan.

Agar siniq yuzasi chanoq-son bo'g'imi kapsulasi yopishgan joydan proksimal joylashgan bo'lsa, bundam sinishlar medial yoki bo'yin sinishlari deb ataladi. Sinish chizig'ining qayerdan o'tganligiga qarab kapital (kallachaning sinishi), subkapital (kallachaning asosidan sinishi), transservikal (bo'yin bo'ylab) medi al sinishlar tafovut qilinadi. Bu sinishlar hammasi bo'g'im ichi sinishlariga kiradi, lekin proksimal suyak bo'lagining qon bilan ta'minlanishi har xil xolatda bo'ladi, chunonchi, kapital va subkapital sinishlarda son kallachasining qon bilan ta'minlanishi butunlay buziladi, chunki u avaskulyar sharoitda qoladi. Transservikal sinishlarda proksimal bo'lagining qon bilan ta'minlanishi qisman saqlangan bo'ladi, sinish chizigi bo'yinning asosiga qanchalik yaqin joylashgan bo'lsa, qon bilan ta'minlanish shunchalik ko'proq saqlanib qoladi.

1. Valgus sinish. Bu xolatda bo'yin-diafiz burchagi kattalashgan bo'ladi, odatda, bunday siniq bo'lakchalari bir-biriga qadalgan bo'ladi.

2. Varus sinish. Bu dolatda bo'yin-diafiz burchagi kichraygan bo'ladi, odatda siniq, parchalari siljigan bo'ladi.Agar sinish yuzasi bo'g'im kapsulasining bo'yniga yopishgan joyidan distal joylashgan bo'lsa, bunday sinishlar lateral yoki ko'stdagi sinishlar deb ataladi. Bunday sinishlar, ya'ni sinish yuzasi ichkari yuqoridan pastki tashqariga yoki ko'stlar orasidan kirgan bo'lsa, ko'stlar sohasidan sinishlar, agar sinish yuzasi ikkala ko'stni biriktiruvchi chiziq bo'ylab ketgan bo'lsa, ko'stlararo sinish deb ataladi. Ko'stlararo sinishlar, ko'pincha, maydalanib sinish toifasiga kiradi va bunday xollarda kichik ko'stning ko'chib ketishi kuzatiladi. Bunday sinishda suyak parchalarining bir biriga kirib ketishi va kirib ketmasligi bilan sodir bo'lishi mumkin. Xar ikkala, medial va lateral sinishlar katta yoshdagi odamlarda uchraydi va ko'pincha katta ko'stga og'irlik tushishi (yiqilish) natijasida sodir bo'ladi. Bu dollarda shikastlanish kuchi katta bo'lmasliga mumkin, chunki qariyalarda suyak osteoporozga uchragan bo'ladi.

Tashxis. Son suyagi bo'ynidan singanda og'riq tinch turgan xolatda Unchalik kuchli bo'lmaydi, og'riq chov soxasida joylashadi. Bo'g'imda harakat qilganda ogriq kuchayadi. Chov va kust soxalarida qontalash bo'lishi medial sinidsharda bir necha kundan keyin sodir bo'ladi. Son suyagi bo'ynidan singanda quyidagi simptomlar xarakterlidir:

Oyoqning tashqari rotatsiyasi. Bu simptom oyoqning gashkariga buralib qolishi va panja tashqi qirrasi gorizontal xolatda yotishi bilan belgilanadi. Oyoqning ichkari rotatsiyasi. Shikastlangan tomonda bemor oyog'ini ichkariga bura olmaydi. Oyoqning tashqariga rotatsiyasi fiziologik bo'lishi mumkin, lekin bemor ichkariga faol rotatsiya qila olmasa, bu xolat oyoqning singanligidan dalolat beradi. Katta ko'stga bosilganda og'riq paydo bo'lishi. Yozilgan oyoqning tovoniga yoki katta ko'st sohasiga urilganda og'riq seziladi va kuchayadi. Varus deformatsiyali sinishlarda katta ko'st Rozer-Nelaton chizig'idan yuqorida turadi (quymich do'mboqchasi bilan oldingi yuqori o'simtani birlashtiruvchi chiziq). Katga ko'stning cho'qqisi bilan oldingi yuqori o'simtani birlashtiruvchi Shumaxer chizig'i siljib ketgan medial va vertel sinishlarida kindikning ostidan o'tadi.

Davolash. Bunday sinishlarni davolash ancha qiyinchiliklarga ega. Immobilizaniyaning murakkabligi va nqkulay maxalliy anatomik xolatni inobatga olganda kapital va subkapital sinishlarning bitish sharoiti yaxshi emas. Suyakni bitish jarayoni 6-8 oy davom etadi.Katta yoshdagi bemorlarning bunchalik uzoq, muddatda to'shakda bo'lishilar harxil asoratlar chaqiradi, ya'ni pnevmoniya, yotok yaralar, tromboemboliya kabi asoratlarga duchor kiladi, ularning okibagida konservativ davolash davrida 20% gacha o'lim xolati uchraydi. Kapital va subkapital sinishlarda max.alliy anatomik sharoitning murakkabligi, immobilizatsiyaning mustax.kam bo'lmasligi natijasida suyakning bitishi qiyinchilik bilan boradi va 6 -8 oy davom etishi mumkin. Shu bilan bir katorda, katta yoshdagi bemorlarda uzoq, vakt to'shakda yotib qolish o'pkada zotiljam kasalligining kelib chiqishiga, yotoq yaralar hosil bo'lishiga, gromboemboliyaga sabab bo'lib, yuqori darajada o'lim oqibatiga olib keladi. Shuning uchun qariyalarda uzoq vaqt xarakatsizlantirish bilan bog'liq. bo'lgan davolash usullari, ya'ni mustakil ravishda skelet tortmasi, gips bog'lami kullanilishi mumkin emas. Jarroxlik muolajasi kechiktirib bo'lmaydigan ko'rsatmalar bo'yicha bajariladi. Agar bemor kasalxonaga tushgan kuni operatsiya qilinmasa, unda operatsiyagacha skelet tortma o'rnatiladi, oyoq standart Beler shinasiga yotqizilib, 6-8 kg yuk osiladi. Son suyagi bo'ynidan medial singanda osteosintezning ikkita asosiy usuli mavjud:

1) yopiq (bo'g'imdan tashqari) usul, bunda bo'gim ichi va singan joy ochilmaydi;

2) ochiq (bo'g'im ichi) usul, yopiq usul vositasida repozitsiya qilib bo'lmaganda qo'llaniladi (ko'pincha bo'g'im kapsulasi interpozitsiya bo'lganda yoki eskirgan sinishlarda). Agar repozitsiyadan keyin va osteosintez paytida fiksator xolatini rentgenologik kuzatish imkoniyati bo'lmasa, ochiq fiksatsiyaga ko'rsatma paydo bo'ladi. Yopiq usuldagi osteosintez maalliy yoki umumiy og'riqsizlantirish yordamida tortmada yopiq repozitsiya qilingandan yoki ortopedik stolda repozitsiya qilingandan keyin bajariladi.

References

1. А.Г. Эйнгорн. Патологическая анатомия и патологическая физиология. Т., «Медицина», 1978.

2. M.X. Muxtorov, R.A. Bekmurodova, T.I. Rajabov. Jarrohlik va reanimatsiya asoslari. T., «Meditsina», 1998.

3. A.J. Hamroyev, A.V. Alimov, T.S. A 'zamxo'jayev. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. T., Abu Ali ibn Sino

nomidagi nashriyot, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.