Научная статья на тему 'CLINIC AND DIAGNOSTICS OF TRAUMATIC FRACTURES OF THE WRIST BONE AND OPTIMIZATION OF TREATMENT TACTICS'

CLINIC AND DIAGNOSTICS OF TRAUMATIC FRACTURES OF THE WRIST BONE AND OPTIMIZATION OF TREATMENT TACTICS Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
wrist bone fracture / fracture / diagnosis / pathological fracture / bone fragment / tactics / optimization / spine / clinical syndrome / surgery.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Kodirov Timur, Odilov Ibrohim Abdulhamid Ugli, Ahmedov Bakhtiyor Odilovich

in this article, experiences are presented about the clinic and diagnosis of traumatic fractures of the wrist bone, as well as the processes of optimization of treatment tactics.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CLINIC AND DIAGNOSTICS OF TRAUMATIC FRACTURES OF THE WRIST BONE AND OPTIMIZATION OF TREATMENT TACTICS»

CLINIC AND DIAGNOSTICS OF TRAUMATIC FRACTURES OF THE WRIST BONE AND OPTIMIZATION OF TREATMENT TACTICS Kodirov T.1, Odilov I.A.2, Ahmedov B.O.3

1Kodirov Timur - Assistant, 2Odilov Ibrohim Abdulhamid ugli - Assistant, 3Ahmedov Bakhtiyor Odilovich - Assistant, ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE, ANDIJAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract: in this article, experiences are presented about the clinic and diagnosis of traumatic fractures of the wrist bone, as well as the processes of optimization of treatment tactics.

Keywords: wrist bone fracture, fracture, diagnosis, pathological fracture, bone fragment, tactics, optimization, spine, clinical syndrome, surgery.

UDC: 617.616

Bilak suyaklari sinishi haqida so'z ketarkan avvalo sinish jarayoniga xarakteristikasiga va sinish strukturasiga batafsil to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Suyak sinishi — skeletning muayyan qismiga uning mustahkamligidan yuqori bo'lgan yuk tushishi natijasida suyak yaxlitligining to'liq yoki qisman buzilishi. Sinish jarohat tufayli, shuningdek suyak to'qimalarining mustahkamlik xususiyatlari o'zgarishi bilan kechadigan turli kasalliklar natijasida sodir bo'lishi mumkin. Holatning jiddiyligi shikastlangan suyaklar soni va jarohat ko'lami bilan belgilanadi. Bir qancha naysimon suyaklarning sinishi ko'p qon yo'qotish va og'riqli shok rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bemorlar bunday jarohatlardan so'ng sekin tiklanishadi, tuzalish bir necha oyga cho'zilishi mumkin.

Yuzaga kelish sababiga ko'ra

• Travmatik — tashqi ta' sir tomonidan chaqirilgan;

• Patologik — suyakning ba'zi patologik jarayonlarda (masalan, tuberkulyoz, shish va boshqalar) minimal tashqi ta'sir ta'siri natijasida ham sinishi.

Shikastlanish og'irligiga ko'ra

• To'liq:

• Siljishsiz (masalan, periost ostida);

• Bo'laklarning siljishi bilan.

• Noto'liq — yoriqlar va qisman sinish.

Sinish shakli va yo'nalishi bo'yicha

• Ko'ndalang — sinish chizig'i naysimon suyak o'qiga shartli perpendikulyar;

• Uzunasiga — sinish chizig'i naysimon suyak o'qiga shartli parallel;

• Qiyshiq — sinish chizig'i naysimon suyak o'qiga nisbatan o'tkir burchak ostida o'tadi;

• Vintsimon — suyak parchalarining o'zining normal joylashuviga nisbatan aylanishi;

• Parchalangan — bitta aniq sinish chizig'i yo'q, shikastlangan joydagi suyak alohida bo'laklarga bo'linishi;

• Ponasimon — odatda umurtqa sinishida qayd qilinadi, bunda bir suyak boshqa suyakka bosilib kirib qoladi va pona shaklidagi deformatsiyani hosil qiladi;

• Sanchilgan — suyak bo'laklari naysimon suyak o'qi bo'ylab proksimal slijiydi yoki asosiy naysimon suyak sirtidan tashqarida joylashadi;

• Kompression — suyak parchalari juda kichik, aniq, bitta sinish chizig'i

y°'q.

Terining yaxlitligiga ko'ra

• Yopiq — sinish joyidagi to'qimalarning jarohatlanishi qayd etilmaydi va jarohat tashqi muhit bilan aloqa qilmaydi. Yakka yoki bir nechtalik kabi guruhlarga bo'linadi;

• Ochiq — suyak sinishida (o'qotar qurol bilan yaralangan yoki yaralanmagan) yumshoq to'qimalarning shikastlanishi va tashqi muhit bilan aloqa qilishi qayd qilinadi.

Sinishning lokalizatsiyasiga ko'ra

Naysimon suyaklar doirasida quyidagilar ajratiladi:

• Diafiza;

• Epifiza;

• Metafiza.

Asoratlariga ko'ra

• Asoratlangan:

• Travmatik shok;

• Ichki a'zolarning shikastlanishi;

• Qon ketishi;

• Yog'li emboliya;

• Jarohatga infektsiya tushishi, osteomielit, sepsis.

• Asoratlanmagan. Bilak suyaklarining sinishlari yopiq sinishlarning umumiy soniga 30 % gacha qismni tashkil qiladi va og'ir holda murakkab shikastlanishlar qatoriga kiradi. Bilak suyagi boshchasi va bo'ynining sinishi bilvosita travma oqibatida yozilgan qo'l bilan yiqilganda paydo bo'ladi. Buning natijasida bilak suyagining boshchasi yelkaning boshsimon do'ngiga kat ga kuch bilan uriladi.

Tashxis. Tirsak chukurchasi ko'zdan kechirilganda yelka-bilak birikmasi proektsiyasi ustida yaqqolrok ko'rinadigan shish aniqlanadi. Paypaslab ko'rishda harakat paytida kuchayadigan mahalliy og'riq, bo'ladi. Aktiv xarakatlar cheklangan va og'riqli (qo'lni yozish keskin chegaralangan, bilakning tashqariga rotatsiyasi kattik okrik bilan o'tadi). Bilak suyagining boshchasi pronatsiya va supinatsiyada katnashmaydi. Shu suyak o'ki bo'ylab og'irlik tushishi og'riq. beradi. Ikki proektsiyadagi reshtenofafiya tashxisni aniq.ashtirishga yordam beradi.

Davolash. Bilak suyagining boshchasi va bo'ynining surilmagan yoki oz-moz surilgan va boshchasi 20°ga organ sinishlarida tirsak bo'g'imida 90-100° burchak

ostida buqilgan qo'lga kaft-barmoq. birikma-laridan yelkaning o'гtasigacha gipsli bog'lam ko'yiladi. Bunda bilakka supinatsiya bilan pгonatsiya orasidagi o'гtacha xolat beriladi. Mexnat krbiliyati 7-8 xafta o'tgach tiklanadi. Bo'ynining surilib va boshchasining 20°dan ko'pga organ sinisЫaгida biг momenta qo'l repozitsiya qilinadi. Bo'laklaг гepozitsiyasi yaxshi natija bermasa, jarгoxlik usuli qo'llaniladi: bilak suyagi boshchasini ochiqjoyiga tushuriladi va kegay yoki suyak shtifti bilan transartikulyar fiksatsiya qilinadi. Аgar bilak suyagi boshchasi joyiga tushmasa, uni olib tashlanadi. Boshcha, shuningdek maydalangan sinishda va uning bo'g'im qismidan 1/3 ulushi surilgan boshcha sinishida xam olib tashlanadi. Jarroxlik usulidan so'ng bilakning pronatsiya bilan supinatsiya orasidagi o'rta xolati tirsak bo'g'imi 90°gacha buqilib, 10-15 kunga gipsli bog'lam qo'yiladi. So'ngra bo'g'imda asta-sekin xarakatlar qilina boshlanadi va 1,5-2 oy o'tgach tiklanadi. Bilak suyagi diafizining cheklangan sinishi, odatda, bevosita shikast ta'siri ostida paydo bo'ladi. Sinish chizish aksariyat ko'ndalang joylashadi.Bilak suyagi xar kanday satxidan sinishi mumkin, birok eng ko'p — bilakning pastki va o'rta chegarasida, bilak uchdan bir qismining o'rta va yuqori qismida joylashgan bo'ladi.

Tashxis. Bilak suyagi tirsak suyagidan ichkarida joylashgan, shuning uchun tirsak suyagi butun bo'lganda bilak suyagining cheklangan sinishini ko'pincha aniqlash qiyin. Singan joy ko'zdan kechirilganda bo'laklarning surilishi va yumshoq to'qimalar shishi tufayli deformatsiya ko'rinadi. Bilak suyagi paypaslanganda singan soxada bosilganda kuchayadigan maxalliy og'riq aniqlanadi. Bilak o'qi bo'ylab og'irlik singan soxada ogriydi. Bilak suyaklariga tushadigan yaqinlashtiruvchi yuk xam singan joyda og'riqning kuchayishiga olib keladi. Bilak suyagi diafizining sinishi uchun bilakning aktiv pronatsion va supinatsion xarakatlarining yo'qligiga xos.

Bilakning passiv rotatsion xarakaglari keskin og'riqli. Bilak suyagi boshchasi bunda xarakatsiz qolishi mumkin. Tashxisni aniqlash uchun tirsak va bilak-kaft bo'g'imlarini kamrab olgan ikki proektsiyali rentgenografiya qilish zarur.

Davolash. Bilak suyagi diafizining uchdan bir yuqori va o'rta qismidagi bo'laklari surilmagan cheklangan sinishlarini barmoqlar asosidan to yelkaning uchdan bir yuqori qismigacha gipsli bog'lamda davolanadi. Tirsak bo'g'imida 90°gacha bukilgan bilak supinatsiya holatida fiksatsiya qilinadi.Bilak suyagi diafizi uchdan bir pastki khismida singanda gipsli bog'lamni yelkaning uchdan bir pastki qismigacha qo'yiladi. Bilak bunda pronatsiya va supinatsiya o'rtasidagi o'rta xolatda fiksatsiya qilinadi. Immobilizatsiya 8-10 xafta mobaynida o'tkaziladi. Mehnat qobiliyati 10-11 hafta o'tgach tiklanadi.

Bilak suyagi diafizi bo'laklari surilib singan xollarda ularni repozitsiya qilish zarur. Bilak suyagi diafizi dumalok pronator yopishgan joydan yuqorida joylashadigan sinishda surilgan bo'laklar bilakda to'liq supinatsiya bo'lganda va u o'z o'qi atrofida traktsiya qilinganda o'z joyiga tushadi. Sinish dumaloq pronator yopishgan joydan pastda bo'lganda repozitsiya bilakning xolati pronatsiya bilan supinatsiya o'rtasidagi o'rta xolatda repozitsiya o'gkazilishi kerak. Bilak suyagi diafizi bo'laklari surilgan uchdan bir pastki qismi sinishlarida repozitsiyani bilakning to'liq supinatsiyasi, abduktsiyasi, ekstenziyasi va 1- barmoqdan qattiq

tortish bilan o'tkaziladi. Bunda jarrox deformatsiya soxasini bosib, surilishni bartaraf qilishga imkon beradi. So'ngra, cho'zish va bilak rotatsiyasi saqlangan xolda yelkaga va bilakka uning supinatsiyasini saqlagan xolda gipsli bog'lam qo'yiladi.

References

1. Г.Р. Мак Летчи. Оксфордский журнал клинической хирургии М., "Медицина", 1999.

2. С. Шваца, Ф. Спенсер. Справочник по клиническому хирургу. Санкт-Петербург, Москва — Минск., 2000.

3. В.И. Стручков. Общая хирургия. М., "Медицина",1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.