UDC: 621.01(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/bmzier
IMPORT ORNINI BOSUVCHI MAHSULOT - MAYDALOVCHI PO'LAT ZOLDIRLARNI ISHLAB CHIQARISHNI OZLASHTIRISH MASALALARI
Shaxobutdinov Rustam Erkinbayevich1, Karimova Anorgul Ruzimovna2, Nosirov To'lqin Narzulla o'g'li3
1texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
ORCID: 0009-0007-8666-8042, e-mail: [email protected]; 2katta o'qituvchi, ORCID: 0000-0002-0668-3653, e-mail: [email protected]; 3Zoldir prokatlash sexi boshlig'i o'rinbosari, e-mail: [email protected]
1,2Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, "Nazariy mexanika va mashina va mexanizmlar nazariyasi" kafedrasi
3 "O'zmetkombinat" aksionerlik jamiyati
Annotatsiya. Konchilik sanoatining rivojlanishi ruda va ma'dan konlari mahsulotlarini maydalash va qayta ishlash uchun zarur bo'ladigan yangi talablarning ortishi bilan namoyon bo'ladi. Bu esa qazilma mahsulotlarini maydalash va qayta ishlashda qo'llaniladigan maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarishga bo'lgan talabning ortishi bilan bog'liq. Maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarish amaliyoti aylanuvchi kalta jismlarni prokatlash uchun mo'ljallangan ikki valokli prokatlash stanlarida amalga oshirilgan. Ushbu zoldir prokatlash stanlari, asosan, yuqori va o'rta uglerodli po'lat xomashyolardan ma'lum diametrga ega po'lat zoldirlar ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Maqolada yuqori uglerodli po'latdan yasalgan maydalovchi po'lat zoldirlarni issiqligida prokatlash usuli orqali ishlab chiqarish bo'yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning nazariy yechimlari va amaliy natijalari tahlili keltirilgan. Shuningdek, prokatlash jarayonini amalga oshirish uchun eng muhim bo'lgan kalibrlash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Zoldirlar diametri o'zgarishi va vintli kalibrlarning kirimlar soni turlicha bo'lgan hollarda, zoldir prokatlash valoklarini kalibrlash texnologiyasining bir-biridan farq qilishi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Bunda kalibrlash texnologiyasi uchun zaruriy ma'lumotlar prokatlash stanining texnik parametrlari bo'yicha ishlab chiqilgan. Aniq geometrik o'lchamlar asosida olingan zoldir prokatlash valoklarida o'zgaruvchan markazli ariqchalarga ega vintli sirtlarni kesish uchun maxsus nusxa ko'chirish moslamasi bilan jihozlangan tokarlik vint qirqish dastgohida qirqish amaliyoti bajarilgan.
Kalit so'zlar: zoldir prokatlash stani, maydalovchi po'lat zoldir, zoldir prokatlash valogi, kulachok, vintli kalibr,yo'naltiruvchi lineyka.
ЗАДАЧИ ОСВОЕНИЯ ВЫПУСКА ИМПОРТОЗАМЕЩАЮЩЕЙ ПРОДУКЦИИ - СТАЛЬНЫХ ПОМОЛЬНЫХ ШАРОВ
Доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент;
2старший преподаватель; Заместитель начальника шаропрокатного цеха
"Ташкентский государственный технический университет имени Ислама Каримова, кафедра «Теоретическая механика и теория машин и механизмов» 3АО «Узметкомбинат»
Шахобутдинов Рустам Эркинбаевич1, Каримова Аноргул Рузимовна2, Носиров Тулкин Нарзулла угли3
Аннотация. В развитии горнодобывающей промышленности наблюдается тенденция увеличения новых требований к дроблению и переработке руды и рудных продуктов. Это связано с возросшим спросом на производство стальных помольных шаров, используемых при дроблении и переработке ископаемых продуктов. На практике производство стальных помольных шаров осуществляется на двухвалковых шаропрокатных станах, предназначенных для прокатки коротких тел вращения. Данные шаропрокатные станы в основном предназначены для производства стальных помольных шаров определённого диаметра из высокоуглеродистого и среднеуглеродистого стального сырья. В данной статье представлен анализ теоретических решений и практических результатов научных исследований, проводимых в нашей республике, по производству стальных помольных шаров из высокоуглеродистой стали методом горячей прокатки. Также разработана важнейшая технология калибровки процесса прокатки. Теоретически и практически обоснована разница технологии калибровки шаропрокатных валков с различными заходностями винтовых калибров при
HrçTHÔocnHK^HTHpoBaHHe/rïtation: Shakhobutdinov, R. E., Karimova, A. R., & Nosirov, T. N. Tasks of mastering 36 the production of import-substituting steel grinding balls products. (In Russian). Science and Innovative Development, 7(3), 36-44.
изменении диаметра помольного шара. При этом необходимая информация для технологии калибровки получена исходя из технических параметров шаропрокатного стана. На практике нарезание винтовых поверхностей на основе точных геометрических размеров ручьёв шаропрокатных валков с переменным шагом выполняют на токарно-винторезном станке, оснащённом специальным копировальным устройством. Ключевые слова: шаропрокатный стан, стальной помольный шар, шаропрокатный валок, кулачок, винтовой калибр, направляющая линейка.
TASKS OF MASTERING THE PRODUCTION OF IMPORT-SUBSTITUTING STEEL GRINDING BALLS PRODUCTS
Shakhobutdinov Rustam Erkinbaevich1, Karimova Anorgul Ruzimovna2, Nosirov Tulkin Narzulla ugli3,
doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Associate Professor; 2Senior Lecturer; 3Deputy Head of Ball Rolling Shop
"Tashkent State Technical University named after Islam Karimov, Department of Theoretical Mechanics and Theory of Machines and Mechanisms 3"Uzmetkombinat" JSC
Kelib tushgan/Получено/ Received: 07.05.2024
Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 31.05.2024
Nashr etilgan/
Опубликовано/Published:
28.06.2024
Abstract. Development in the mining industry is featured by increased requirements for crushing and processing ore and ore products. This is explained by increased demand for the output of steel grinding balls used in crushing and processing of mineral products. The steel grinding balls are made on two-roll ball rolling mills devised for rolling short solids of revolution. These ball rolling mills are mainly designed for making of steel grinding balls of a certain diameter, from highcarbon and medium-carbon steel raw materials. This article presents a review of theoretical solutions and practical findings from scientific research conducted in our republic, into the manufacture of steel grinding balls made of high-carbon steel by hot rolling method. The most important technology for calibration of the rolling process has also been developed. The difference in the technology of calibration of ball-rolling rolls having different sizes of screw calibers when changing a diameter of the grinding ball has found its theoretical and practical rationale. Moreover, information required for calibration technology was being developed based on technical parameters of the ball rolling mill. Cutting of screw surfaces obtained according to accurate geometric dimensions of the grooves of ball-rolling rolls with variable pitch, was made on a screw-cutting lathe equipped with a special copying device.
Keywords: ball rolling mill, grinding steel ball, ball rolling roll, cam, screw gauge, linear guide.
Kirish
Respublikamizda maydalovchi po'lat zoldirlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur ilmiy izlanishlarni amaliyotga tatbiq qilish va bu borada muayyan natijalarga erishish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-307-sonli qarori 3-ilovasi 180-bandida keltirilgan "Yangi turdagi diametri 50 mm bo'lgan zoldir prokatini ishlab chiqarish uchun kalibr kesuvchi asbob konstruksiyasini yaratish va uni ishlab chiqarish" nomli ustuvor loyihasining bajarilishini ta'minlash masalasi dolzarb hisoblanadi.
Ko'ndalang vintli prokatlashga doir masalalarni yechish va uni amaliyotga tatbiq qilish juda murakkab jarayondir.
Dastlab prokatlash texnologiyasining amaliyotda qo'llanilishi akademik A.I. Selikov et al. (1971) rahbarligidagi bir qancha olimlardan tashkil topgan ilmiy jamoa tomonidan amalga oshirilgan. Diametri 25-50 mm bo'lgan podshipnik zoldirlarini prokatlash maqsadida vintli kalibrni qirqish amaliyoti chekli qadam bo'yicha ishlab chiqilgan. Bu jarayon klassik uslubda, ya'ni alohidalikka asoslangan holda, bajarish ketma-ketligini qadam-baqadam olib borish orqali amalga oshirilgan.
Keyinchalik zoldir prokatlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida maxsus nusxa ko'chirish moslamasi yordamida o'zgaruvchan qadamga ega vintli kalibrni qirqish amaliyotini bajarish uchun Kotenok & Podobedov (2000) tomonidan izlanishlar olib borilgan.
Yurtimizda maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan kalibr kesuvchi asbob konstruksiyasini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadida bir qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Jumladan, texnika fanlari doktori, professor R.I. Karimov et al. (2018) tomonidan zoldir prokatlash valoklarining geometrik parametrlarini aniqlash, ba'zi bir aniq hollar uchun turtkichining harakatlanish qonuniyatlari o'zgarishi bo'yicha tekis kulachokli mexanizmlar kinematikasi va dinamikasi o'rganilgan (Shakhobutdinov et al., 2022).
Hozirgi kunda maydalovchi po'lat zoldirlarni prokatlash uchun prokatlash valoklarida o'zgaruvchan qadamga ega vintli kalibrlarni qirqish amaliyoti yarim avtomatlashtirilgan nusxa ko'chirish moslamalarida amalga oshiriladi.
Material va metodlar
Ma'lumki, yuqori uglerodli po'latdan yasalgan maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarishda mahsulotning GOST 7520-2015 bo'yicha belgilab qo'yilgan talablarga muvofiqligi inobatga olinadi (Specifications, 2016).
Zoldirlarni ishlab chiqarishda uning geometrik o'lchamlari bo'yicha og'ish chegaralari va asosiy hisoblash parametrlarining qiymatlari standart talablarga mos holda bo'lishi maqsadga muvofiqdir (Karimov & Shakhobutdinov, 2020).
Kon mahsulotlarining qattiqlik darajalariga mos holda, maydalovchi po'lat zoldirlarga bo'lgan asosiy texnik talablar va xususiyatlar tartibga solinadi.
Ishlab chiqarilgan zoldirlar qattiqlik darajalari bo'yicha, asosan, 5 guruhga bo'linadi:
1) sirt qattiqligi normal;
2) sirt qattiqligi oshirilgan;
3) sirt qattiqligi yuqori (qora metall rudalarini maydalashda qo'llaniladi);
4) zoldir radiusining 0,5 qismi chuqurligida normalashtirilgan yuqori sirt qattiqligida (rangli metall rudalari, sement va boshqa mahsulotlar uchun);
5) qattiqligi to'liq hajm bo'yicha normalashtirilgan yuqori qattiqlikda.
Maydalovchi po'lat zoldirlarni issiqligida prokatlash usuli orqali ishlab chiqarish eng qulay va samarali usullardan biri hisoblanadi. Bunda, asosan, ko'ndalang vintli prokatlash stanlaridan foydalaniladi (Karimov et al., 2023a). Dastlab jarayon metall xomashyolarni 1000-1200 °C gacha isitish pechlarida qizdirish orqali amalga oshiriladi. Qizdirilgan metall xomashyo uzatish bo'linmalari orqali zoldir prokatlash staniga yetkaziladi. Vintli prokatlash jarayoni zoldir prokatlash stanida joylashgan bir tomonga aylanadigan ikkita zoldir prokatlash valoklari hamda yuqori va quyi yo'naltiruvchi lineykalar orasida harakatlanayotgan metall xomashyoga ishlov berish orqali olib boriladi (1-rasm).
1-rasm. Zoldir prokatlash stani
Zoldir prokatlash valoklarining metall xomashyoga ishlov beriladigan qismi shakl hosil qiluvchi va shaklga ishlov beruvchi, ya'ni konus hamda silindr qismlaridan iborat bo'lib, zoldir prokatlash valoklari bir-biriga nisbatan ma'lum burchak ostida joylashadi (2-rasm).
Prokatlash jarayonida doimiy ravishda murakkab harakatni amalga oshiruvchi metall xomashyo dastlab unga ishlov beriladigan valoklarning shakl hosil qiluvchi qismi hamda yo'naltiruvchi lineykalar orasida deformatsiyalanadi va natijada bo'yinchalar orqali bir-birlariga bog'langan bir qator zoldirlar hosil bo'ladi. Valoklarning shaklga ishlov beruvchi qismida esa valok gardishlarning o'tkir qirralari va yo'naltiruvchi lineykaning ishchi qismi orqali ishlov berish natijasida tayyor mahsulot ajralib chiqadi. 2-rasmda 1 va 3 - prokatlash valoklari, 2 - zoldir va 4 - xomashyoning joylashish tasviri keltirilgan.
1
Maydalovchi po'lat zoldirlarni standart talablarga muvofiq holda sifatli ishlab chiqarish juda muhim (3a-rasm). Zoldir prokatlash jarayonida ma'lum bir tashqi omillar sababli zoldirlarda ba'zi bir nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin. Xususan, hosil bo'lgan zoldirlarda bo'shliqlar yuzaga kelishi, zoldirlar sirtida chuqur chiziqchalar, bo'yinchali va oval shaklidagi zoldirlar hosil bo'lishi, bir qismi kesilgan zoldirlar va shu kabi boshqa nuqsonlarning kelib chiqish holatlari uchrashi mumkin (3b-rasm).
a)
b)
a) sifatli ishlab chiqarilgan zoldir; b) bo'yinchali (nuqsonga ega) zoldir 3-rasm. Maydalovchi po'lat zoldirlar
Bu kabi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida yuzaga kelgan nuqsonlarning asosiy sabablari aniqlanadi. Zoldir prokatlash valoklari o'tkir qirralarining yeyilishi, yo'naltiruvchi lineykalarning noto'g'ri o'rnatilishi yoki ularning ishchi qismi yeyilishi, xomashyoning diametri mos kelmasligi, xomashyoning qizdirilish haroratining standart talablarga nomutanosibligi, zoldir prokatlash valoklari burilish burchagining mos kelmasligi yoki zoldir
prokatlash valoklarining noto'g'ri sozlanishi kabi ko'plab sabablar zoldirlarning nuqsonlar bilan ishlab chiqarilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday hollarda jarayon to'liq o'rganiladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda, ish ko'rilib, prokatlash jarayoni barqaror holatga keltiriladi.
Zoldir prokatlash jarayonini sifatli amalga oshirish uchun prokatlash valoklarining shakl hosil qiluvchi qismidagi kalibr profili va uning geometrik parametrlari bo'yicha hisoblash ishlarini inobatga olgan holda, siqilgan metall xomashyoga ishlov berish jarayonini quyidagi muhim shartlar asosida amalga oshirish lozim:
1. Kalibrning vintli ariqchalarida siqilgan metallning hajmi zoldirga shakl berish jarayonida o'zgarmas bo'lishini ta'minlash. Bunda prokatlash jarayonida kalibrda ortiqcha metall hosil bo'lmasligi uchun valoklar orasidan o'tayotgan xomashyo hajmining kalibr ixtiyoriy kesimlarida bir xilligi ta'minlanishi lozim.
2. Zoldir prokatlash valoklari gardishlarining profili hamda kalibr o'lchamlarining o'zgarishi metall xomashyoning siqilishi natijasida hosil bo'ladigan chiqiqlarga mos bo'lishini ta'minlash. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, valoklarning shakl hosil qiluvchi qismi, ya'ni konus qismida metall xomashyoda hosil bo'layotgan bo'yinchalarning diametri ma'lum o'lchamgacha kichiklashib boradi. Bu jarayonda hosil bo'layotgan zoldirlar zanjirida bo'yinchalarining uzilish holati sodir bo'ladi va metall xomashyo, asosan, radial yo'nalishda va o'q bo'ylab harakatlanadi.
3. Siqilgan metall xomashyoning ichki qismida g'ovak bo'shliq yoki tashqi qismida (kalibr to'lmasligi natijasida hosil bo'ladigan) ortiqcha belbog' hosil bo'lmasligi uchun prokatlash jarayoni zoldir diametriga nisbatan kichik diametrdagi xomashyolarda amalga oshirilishi lozim. Ya'ni zoldir prokatlash jarayonida shakl hosil qiluvchi qismda harakatlanayotgan metall xomashyoning to'laligi muhim hisoblanadi. Bunda sferik shakldagi zoldirlarning hosil bo'lishida xomashyoning siqilishi nisbatan kichik qadamlarda amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan birinchi va ikkinchi shartlarning bajarilishini ta'minlash zoldir shaklini hosil qilishning muhim shartlaridan bo'lib, kalibrning turli qismlarida gardish qat'iy belgilangan qalinlikka ega bo'lishi talab etiladi.
Keltirilgan shartlarning ta'minlanishi zoldir prokatlash valogining shakl hosil qiluvchi qismida o'zgaruvchan qadamga ega vintli kalibrli ekanligiga asos bo'la oladi.
Zoldir prokatlashda zaruriy o'lchamdagi maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarish uchun xomashyoning diametri D quyidagi ifoda orqali aniqlanadi (Shakhobutdinov,
2024):
ТЛ _ 2^zoldir r-i\
u xom.-ash.yo ^ (1)
Bu yerda: RzoIdjr - prokatlanayotgan zoldir radiusi;
П0 = 1,03 - prokatlash vaqtida metallo'lchamining radialo'sishkoeffisiyenti.
Prokatlash jarayonidagi asosiy talablardan biri metall xomashyoga deformatsiyalash orqali ishlov beriladigan qismning geometrik o'lchamlari kalibr gardishlariga mos kelishi va kalibrdagi metall hajmining o'zgarmasligini ta'minlash masalasi muhimdir (Karimov et al., 2023a). Kalibrda metall hajmining yetishmasligi bilan ba'zi bir muammolar paydo bo'lishi va kalibr profilining to'lmasligi kabi holatlar yoki aksincha, belgilangan hajmdan oshib ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin. U holda hosil bo'ladigan mahsulotda nuqsonlar bo'lishi kuzatiladi.
Zoldir prokatlash valoklarini loyihalashda dastlabki muhim parametrlardan biri uning o'zgaruvchan qadamga ega vintli chiziqlari hamda gardishlari o'lchamlarining aniqligidir. Valoklarni uning diametriga bog'liq ravishda ushbu shartlar asosida tanlash maqsadga muvofiq:
- valoklarning o'qlararo masofasini ta'minlagan holda, xomashyoga ishlov berish;
- valoklarga metall qoldiqlarining yopishmasligini ta'minlash (bu jarayon valok gardishlarining uchlari va ishlov berilayotgan metall xomashyo orasida katta sirpanish bo'lgan holatda vujudga keladi);
- valok gardishlarining eng kam miqdorda yeyilishini ta'minlash;
- o'zgaruvchan kuchlar ta'sirida valoklar mustahkamligining saqlanishi.
Prokatlash jarayonida kalibrda siqilgan metall xomashyoning hajmi zoldir hosil bo'lish jarayonida o'zgarmas ligi lozim.
Kalibrning ixtiyoriy kesimida metall hajmining o'zgarmasligi sharti o'rinli va bu shart quyidagi ifoda orqali aniqlanadi (Shakhobutdinov et al., 2023a):
Krnurniy =Va + Vca + VSa_sjo. + VCa_sjo. + Va_seo (2)
z z z
Bu yerda: V - prokatlanayotgan zoldir va zoldirlar orasida hosil bo'ladigan
J umumiy r J ° °
bo'yinchaning umumiyhajmiyig'indisi; Z - kirimlar soni;
Va - zoldirlar orasida hosil bo'ladigan metallbo'yincha hajmi; VCa - kalibr yarim sferasi bo'yicha metall hajmi;
VS - 36-- - vintli kalibrning shakl hosil qiluvchiqismi bo'yichametallhajmi;
Sa Z
VCa - ---0 - kalib r yarim sferasi bo'yicha metall kirimlarsoniga bog'liq holdagi hajmi;
¿j
V - - zoldirlar orasida hosi 1 bo'ladigan metall bo'yinchaning kirimlar soniga bog'liq a Z
holdagi hajmi.
Umumiy hajmning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
umumiy ' ^kalibr + ^ ' ^bo'yincCa ' ^bo'yincCa (3)
Bu yerda: RkaIjbr - kalibr radiusi; r, ,. , - bo'yincha rad+usi;
boymcha J '
b . ■ u - bo'yincha uzunligi.
boymcha J °
Prokatlanayotgan zoldirlar va valoklarning diametrlari orasidagi munosabat quyidagi ko'rsatkichlarga mu^ol^ici amalga oshirilishi eng; qulaymunosabatsifatidatavsiya etiladi:
30mm < dzoldir < 50mm — Dvalok = 200mm 50mm < dzoldir < 60mm — Dvalok = 300mm 60mm < dz+dir < 80mm — Dvalok = 450mm 80mm < dzoldir < 100mm — Dvalok = 550mm 115mm < dzoldir < 125mm — Dvalok = 700mm
Mazkur munosabatlarga yangilik kiritish va import o'rnini bosuvchi diametri 50 va 70 mm bo'lgan zoldirlarni prokatlashda diametri 500 mm bo'lgan va mos ravishda 3 kirimli hamda 2 kirimli vintli kalibrli zoldir prokatlash valoklari yordamida zoldirlar ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish asosiy maqsad qilib olindi. Ushbu muhim masalani hal qilish va uning nazariy yechimlarini olish, shu bilan bir qatorda, uni amaliyotga joriy qilish maqsadida samarali ilmiy izlanishlar olib borildi (Shakhobutdinov et al., 2023b; Shakhobutdinov et al., 2023c).
Zoldir prokatlashda foydalaniladigan zoldir prokatlash stani elementlarining Kompas dasturi yordamida ishlab chiqilgan ikki va uch o'lchamli modellaridan foydalangan holda qo'yilgan masala nazariy jihatdan o'rganildi va ijobiy natijalar olindi.
Olingan natijalarga asoslangan holda, "O'zmetkombinat" AJ tomonidan samarali sinov natijalari o'tkazildi va import o'rnini bosuvchi diametri 50 hamda 70 mm bo'lgan zoldirlar ishlab chiqarish amaliyotga joriy qilindi. Sinov-tajriba jarayonida eng asosiy parametrlar, ya'ni valoklar o'qlari orasidagi masofa, yo'naltiruvchi lineykalar orasidagi masofa, valoklarning vertikal bilan hosil qilgan burchagi kabi parametrlar hisobga olindi.
Zoldirlarni prokatlash uchun valoklarning o'ziga xosligini ta'minlash maqsadida ko'p kirimli vintli kalibrlardan foydalanish orqali zoldir ishlab chiqarish unumdorligini yanada oshirish mumkin (Shaxobutdinov, 2021).
Maydalovchi po'lat zoldirlarni ishlab chiqarishda metall xomashyoning kimyoviy tarkibi o'rganildi va zaruriy qattiqlikdagi zoldirlar ishlab chiqarildi. Bunda prokatlash valoklari orasidan chiqqan zoldirlar bir qancha bosqichlar orqali maxsus sharoitda sovitildi va qattiqlashtirildi. Maydalovchi po'lat zoldirlar mustahkamligini oshirish zarurati ruda va ma'dan mahsulotlarini maydalash jarayonidagi talablar bilan bog'liq holda amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari tahlili
Diametri 50 va 70 mm b o'lgan maydalovchi po'lat zoldirlarni GOST 7524-2015 bo'yicha issiqligida prokatlash yo'li orqali ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish maqsadida ko'p kirimli vintli kalibrlardan foydalanib, "O 'zmetkomb inat" AJ da bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi va malaka sinovlari o'tkazildi. O'tkazilgan malaka sinovlari asosida ijobiy natijalar olindi hamda muhim va zaruriy xulosalar tahl il qilindi.
"O'zmetkombinat" AJ tomonidan berilgan m a 1 alca sin ovlari dalolaano malari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnik dnrajasi va polat x ornashyoning tómyoviy tarkibiy qismlari o'rganildi (1-jadval). Bunda mehall tarkibidagi nglerad miqnonining muvofiqlik qiymati foiz hisobida quyidagi ifoda orqali an i qlaagan:
111111 c.fr„ n c + -M n + —Si + — C r + —N i + — Cu + —V efcv d 24 i 40 40 14
1-jadval
Xomashyoning kimyoviy tarkibi
Eritmaning raqami Mahsulot tarkibidagi kimyoviy elementlar (% hisobida), qolgan qismi - Fe
C Mn Si P S Cr Ni Cu C k ekv
№ 01295 0,68 0,79 0,31 0,036 0,049 0,14 0,08 0,18 0,86
№ 01308 0,65 0,72 0,29 0,031 0,049 0,12 0,07 0,16 0,81
№ 222108 0,33 0,96 0,71 0,025 0,024 0,07 0,11 0,15 0,66
Maydalovchi po'lat zoldirlarning qattiqlik guruhi va materialining kimyoviy tarkibi o'rganildi (2-jadval).
2-jadval
Zoldirning kimyoviy tarkibi
Eritmaning raqami Zoldirning diametri, mm Zoldirning qattiqlik guruhi Uglerodning massa ulushi. ... dan kam emas, (% hisobida) Uglerod bo'yicha muvofiqlik darajasi. ... dan kam emas, (% hisobida)
GOST 7524-2015 50 1, 2 0,4 0,5
№ 222108 0,33 0,66
GOST 7524-2015 70 2 0,5 0,7
№ 01295 0,68 0,86
№ 01308 0,65 0,81
Maydalovchi po'lat zoldirlar ishlab chiqarishning nazariy muammolarini hal qilishda o'zgaruvchan qadamga ega vintli kalibrli valoklar tayyorlash uchun kulachoklar ishlab chiqildi. Zamonaviy qirquvchi dastgohlarning imkoniyatlari esa kulachoklar sifati va profillari aniqligini ta'minlash imkoniyatini berdi. Kulachoklar, valoklar va tishli g'ildiraklarning asosiy parametrlarini o'ta yuqori sifatda aniqlashni talab qilganligi bois hisoblash ishlari va funksiyalarning grafiklarini chizish amaliyoti MathCad hamda Kompas dasturlarida noan'anaviy usullardan foydalanilgan holda amalga oshirildi.
Import o'rnini bosuvchi diametri 50 va 70 mm bo'lgan maydalovchi po'lat zoldirlar ishlab chiqarish o'zlashtirildi.
Bundan tashqari, mavjud ma'lum diametrdagi maydalovchi po'lat zoldirlar, jumladan, diametri 65 mm bo'lgan maydalovchi po'lat zoldirlar ishlab chiqarish uchun 3 kirimli prokatlash valoklari 4 kirimli prokatlash; diametri 100 mm bo'lgan maydalovchi po'lat zoldirlar ishlab chiqarish uchun 1 kirimli prokatlash valoklari 2 kirimli prokatlash valoklariga o'zgartirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish samaradorligi oshdi va sarflangan vaqt sezilarli darajada tejaldi.
Xulosalar
Ilmiy izlanishlarni amaliyotga joriy etish natijadorligi bo'yicha o'zgaruvchan qadamga ega vintli kalibrli 3 kirimli valoklar yordamida diametri 50 mm bo'lgan zoldirlarni ishlab chiqarish, 2 kirimli valoklar yordamida diametri 70 mm bo'lgan zoldirlar ishlab chiqarish, 4 kirimli valoklar yordamida diametri 65 mm bo'lgan zoldirlar ishlab chiqarish va 2 kirimli valoklar yordamida diametri 100 mm bo'lgan zoldirlar ishlab chiqarish tizimli tarzda yo'lga qo'yildi.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining davomi sifatida zoldir prokatlash jarayonida yuzaga keladigan kamchiliklarni "O'zmetkombinat" AJ xodimlari bilan birgalikda ilmiy jihatdan tahlil qilgan holda, bosqichma-bosqich bartaraf qilish maqsad qilingan.
Minnatdorchilik
Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyotga tatbiq qilishda yaqindan yordam bergan va qo'llab-quvvatlagan "O'zmetkombinat" AJ mutasaddi rahbarlari hamda mas'ul xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
REFERENCES
1. Karimov, R. I., & Shakhobutdinov, R. E. (2020). Development of a cam mechanism taking into account the loading of its links for cutting ball-rolling rolls with screw calibers with an offset center of streams on a screw-cutting machine. Modern problems of Innovative Development of Science, education and production: Proceedings of the International scientific and practical conference, 158-161. Andijan: AndMI.
2. Karimov, K. A., Turakhodjaev, N.D., Shakhobutdinov, R.E., & Nosirov, T.N. (2023a). Features of the kinematic calculation of the ball rolling mill drive. Modern knovledge: research and discoveries: Proceedings of the Scientific international conference, 368-374. Vancouver, Canada.
3. Karimov, K. A., Turakhodjaev, N. D., Shakhobutdinov, R. E., & Nosirov, T. N. (2023b). Mathematical modeling of the calibration processes of the rolls of a ball rolling mill. Innovations and integrated processing of mineral raw materials - relevant components of economic diversification: Proceedings of the International scientific and practical conference, 72-74. Almaty.
4. Karimov, R.I., Shakhobutdinov, R.E., & Xojibekov, T.D. (2018). Modeling of kinematics and dynamics of an eccentric cam mechanism. Applied problems of mathematics: Proceedings of the XXVI International scientific and technical conference, 204-205. Sevastopol.
5. Kotenok, V. I. & Podobedov, S. I. (2000,). Creation of effective calibrations of ball rolling rolls and expansion of the range of balls at existing and new mills. Proceedings of the III Congress of distributors (Lipetsk, 1999, October 19-22, pp. 438-441). Moscow: Chermetinformation JSC.
6. Selikov, A.I., Barbarich, M.V., & Vasilchikov, M.V. (1971). Special rolling mills. Moscow: Metallurgiya.
7. Shakhobutdinov, R.Ye. (2024). Theoretical and applied fundamentals of cam mechanisms used in ball rolling production. Tashkent: Innovative Development Publishing-printing house.
8. Shakhobutdinov, R. E., Karimova, A. R., & Nosirov, T. N. (2023a). Development and substantiation of parameters of the theoretical basis for the preparation of grinding steel balls. Mechanics and Technology, 34-41.
9. Shakhobutdinov, R. E., Karimova, A. R., & Nosirov, T. N. (2023b). Increase performance by coating 35v9x3cf brand powder wire coating on the working part of the linear guide. Compositional Materials, 190-192.
10. Shakhobutdinov, R.E., Karimova, A.R., Xojibekov, T.D., Nosirov, T.N., & Xurramov, D.X. (2023c). Development of a mathematical model of the production of grinding steel balls. Actual problems of applied mathematics and information technologies: Proceedings of the 8th International conference al-Khwarizmi - 2023 (p. 93). Samarkand: SamSU.
11. Shakhobutdinov, R.E., Xojibekov, T.D., Nosirovm T.N., & Xurramov, D.X. (2022). Features of calibration of ball-rolling rolls with ultra-high-speed screw calibers. Calibration Bureau, 19-25.
12. Shaxobutdinov, R.E. (2021). Mastering the production of a new type of import-substituting products of grinding steel balls with a diameter of 70 mm according to GOST 7524-2015 in the production conditions of "Uzmetkombinat" JSC. Innovations in mechanical engineering, energy-saving technologies and improving resource efficiency: Proceedings of the International scientific and practical conference, 41-44. Namangan.
13. Specifications. (2016). Grinding steel balls for ball mills. Moscow: Standartinform.