Научная статья на тему 'IMOMQULIXON ILMIY FAOLIYATI'

IMOMQULIXON ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
160
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarix / Imomqulixon / xonlik / ilm-ma`rifat / vatan. / history / Imamkulikhan / khanate / science / enlightenment / Homeland.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xushvaqtova Ezoza Mirobid Qizi

Ushbu maqolada Imomqulixon haqida so‘z yuritilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston tarixi, ajdodlarimiz madaniy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ta’lim-tarbiya sohasida undan keng foydalanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC ACTIVITY OF IMAMKULIKHON

This article reveals the vital activity of Imamkulikhan. In particular, the history of Uzbekistan, the cultural heritage of our ancestors, their huge contribution to the development of world civilization, propaganda and widespread use in the educational sphere play an important role in the upbringing of the younger generation as a harmonious personality.

Текст научной работы на тему «IMOMQULIXON ILMIY FAOLIYATI»

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

IMOMQULIXON ILMIY FAOLIYATI Xushvaqtova E'zoza Mirobid qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6803458

Annotatsiya. Ushbu maqolada Imomqulixon haqida so'z yuritilgan. Shu jumladan, O'zbekiston tarixi, ajdodlarimiz madaniy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasini o'rganish, targ'ib etish hamda ta'lim-tarbiya sohasida undan keng foydalanish o'sib kelayotgan avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: tarix, Imomqulixon, xonlik, ilm-ma srifat, vatan.

НАУЧНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ИМАМКУЛИХАНА

Аннотация. В этой статье раскрывается жизнедеятельность Имамкулихана. В частности, освещается история Узбекистана, культурное наследие наших предков, их огромный вклад в развитие мировой цивилизации, пропаганда и широкое использование в образовательно-воспитательной сфере играют важную роль в воспитании подрастающего поколения как гармоничной личности.

Ключевые слова: история, Имамкулихан, ханство, наука, просвещение, Родина.

SCIENTIFIC ACTIVITY OF IMAMKULIKHON

Abstract. This article reveals the vital activity of Imamkulikhan. In particular, the history of Uzbekistan, the cultural heritage of our ancestors, their huge contribution to the development of world civilization, propaganda and widespread use in the educational sphere play an important role in the upbringing of the younger generation as a harmonious personality.

Keywords: history, Imamkulikhan, khanate, science, enlightenment, Homeland.

KIRISH

Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda o'tmish voqeligi, tarix faniga bo'lgan munosabat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan o'tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy va xolisona o'rganish imkoniyati yuzaga keldi. Ta'lim tizimiga ilk bora Vatan tarixi fani kiritildi, millatimiz qahramonlari, olimu-ulamo, sarkarda, el-yurt uchun hayoti kamarbasta bo'lgan buyuk zotlarning pok nomlari o'tmish zarvaraqalaridagi faxrli o'rinlariga qaytarildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Valimuhammadxon hukmron- ligi davrida ham Balx va Hirot uchun kurashlar davom etdi. Bu kurashlarda Valimuhammadxonning qo'li baland kelgan bo'lsada, u 1607 ylida Eron shohi Abbos I bilan sulh shartnomasi imzoladi . Buning natijasida Xuroson butunlay Safaviylar qo'liga o'tib ketdi. Natijada busiz ham Valimuhammad saroyi ishlariga doimiy aralashib yurgan, ko'p hollarda xonsiz ham qaror qabul qiladigan, o'zlarini siyosiy jihatdan mustaqil deb hisoblaydigan bir guruh buxorolik amaldorlar Valimuhammadga qarshi 1608 yilda fitna uyushtiradilar.

ISSN: 2181-33

i

Imomqulixon (1611-1642)

Xon Eron shohi Abbos I huzuriga qochib ketadi. Buxoro taxtida yana boshboshdoqliklar boshlanib ketib, 1611 yilning yozida Valimuhammadxon Abbos I yordamida Buxoro taxtini egallashi ham uzoqqa cho'zilmadi. 1611 yilning oktabrida Samarqand atrofidagi Imomqulixon bilan bo'lgan to'qnashuvda Valimuhammadxon halok bo'ldi. Ashtarxoniylar taxtiga Boqimuhammadning o'g'li Imomqulixon ( 1611-1642 yy. ) o'tiradi .

Bu davrga kelib mahalliy hukmdorlarning o'zboshimchaligi haddidan oshib, bu holat ayniqsa o'troq aholi turmush tarziga salbiy ta'sir etardi.

TADQIQOT NATIJALARI

Imomqulixon o'zboshimcha hokimlar harakatini susaytirishga muvaffaq bo'ldi. Imomqulixon Xorazm va Xurosonni qayta qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, Toshkent, Andijon, Turkiston shaharlariga xavf solib turgan qozoqlar, qalmiqlar va boshqa ko'plab ko'chmanchilarga qarshi kurash olib bordi. Ayrim hollarda ularga yon berib, ko'chmanchilar kuchlaridan Eron shohlariga qarshi kurashda foydalandi. Imomqulixon Toshkent shahri va uning atrofidagi yerlarga o'g'li Iskandar Sultonni hokim etib tayinladi. Ammo, toshkentliklar Iskandar Sulton siyosatidan norozi bo'lib isyon ko'tardilar va natijada u o'ldirildi. Buning evaziga Imomqulixon Toshkentda qirg'inbarot o'tkazganligi manbalardan ma'lumdir .

MUHOKAMA

Shunga qaramasdan manbalarning guvohlik berishicha, Imomqulixon davrida xon hokimiyatining mavqei oshib, ichki vaziyat, siyosiy, ijtimoiy va iktisodiy barqarorlik yaxshilandi. Muhammad Yusuf (ibn Xoji Baqo) ning "Tarixi Muqumxoniy" asarida berilishicha, "Imomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi, arz bilan kelganlarni qaytarmadi. Uning zamonida na kambag'al, na bechora qolmagandi. Chiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlariga qattik turdi, qorong'i tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va qo'rchi bilan bozorlaru mahallalarni aylanib, oddiy halkning haqiqiy ahvolidan habardor bo'lib turardi". Umrining ohirida ko'zi ojiz bo'lib qolgan Imomqulixon 1642 yilda Makkaga haj safariga jo'nab 1644 yilda Madinada vafot etadi.

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

XULOSA

Imomqulixondan so'ng taxtga uning ukasi Nodirmuhammad (1642-1645 yy.) o'tirdi. Nodimuhammad xon bo'lguniga qadar Balh hokimi bo'lib, uzoq vaqt tahtni boshqara olmadi. U hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatdagi ahvol tezda o'zgarib ketdi. Chunki xon davlat ishlarida hal qiluvchi rol o'ynaydigan zodagonlarga yaqinlasholmay, ular bilan til topisha olmadi. Undan tashqari Nodirmuhammadxon mamlakatning ijtimoiy - siyosiy hayotida muhim rol tutgan amirlar va sultonlar mavqeini cheklash bilan birga mamlakatning asosiy viloyatlarini o'zining olti o'g'li, bir nabirasi va ikki jiyaniga bo'lib berdi. Jumladan, o'g'illari Abdulaziz Sultonga Samarqand, Xisrav Sultonga Badaxshon bilan Qunduz, Barhom Sultonga Toshkent, Subhonquli Sultonga Balx, Qutluq Muhammad Sultonga Xisor, Abduraxmon Sultonga Shibirg'on va Andxud, nabirasi Kosim Sultonga Xuzor, jiyanlari Muhammadyor Sultonga Shahrisabz, So'fi Sultonga Toliqon berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. Toshkent, Yangi asr avlodi. 2016.

2. Xudoyqo'lov T.D. XIX asrda Qo'qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. Tar.fan.nomz.diss. Toshkent. 2009.172 b.

3. Muqimov Z. Shayboniylar davlati va huquqi. Toshkent, Adolat. 2007.

4. Babadjonov B.M. Kokandskoe xanstvo: vlast, politika, religiya. Tashkent-Tokio, Yangi nashr. 2010.

5. Bobobekov H.N. Qo'qon tarixi. Toshkent, Fan. 2016.

6. Xoliqova R.E. XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya Buxoro munosabatlari tarixi. Tarix fan. dok. diss. Toshkent. 2005. 295 b.

7. Sheripov U.A. Xiva xonligi tarixi (1511-1920 yy.). Tarix fan.nom.diss. Urganch, 2009. 174 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.