IMKONIYATI CHEKLANGAN SPORTCHILARNI PARA YENGIL ATLETIKANING YUGURIB KELIB UZUNLIKKA SAKRASH TURIGA O'RGATISH
USLUBIYATI Abdiyev Sherzod Abduraxmonovich
Paralimpiya sport turlari bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti "Paralimpiya sport boshqaruvi" kafedrasi (PhD) dotsenti.
E-mail: abdiyevsherzodQ 16@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.11480496
Annotatsiya: Maqolada, imkoniyati cheklangan sportchilarni jismoniy rivojlantirishda para yengil atletikaning sakrash vosita va usullarini qo'llash orqali jismoniy tayyorgarligini oshirishni amalda isbotlashdan iboratdir.
Kalit so'zlar: Imkoniyati cheklangan, para yengil atletika, sakrash turlari, zaif ko'ruvchi, adaptiv, nozologiya, sport tasniflar, rivojlantirish.
МЕТОДИКА ПОДГОТОВКИ СПОРТСМЕНОВ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ЗДОРОВЬЯ В ПАРАЛИМПИЙСКОМ БЕГЕ И ПРЫЖКАХ В
ДЛИНУ.
Аннотация: В статье в физическом развитии спортсменов с ограниченными возможностями практически обосновано улучшение физической подготовленности за счет использования прыжковых средств и методов паралимпийской легкой атлетики.
Ключевые слова: Инвалиды, паралимпийская атлетика, виды прыжков, инвалиды по зрению, адаптивные, нозология, спортивные классификации, развитие.
METHODOLOGY OF TRAINING ATHLETES WITH DISABILITIES IN PARA ATHLETICS RUNNING AND LONG JUMP
Abstract: In the article, the physical development of athletes with disabilities is to prove in practice the improvement of physical fitness by using jumping tools and methods of para athletics.
Keywords: Disabled, para athletics, types of jumping, visually impaired, adaptive, nosology, sport classifications, development.
KIRISH
Dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi "Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5114-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "Sport talimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2021-yil 5-noyabrdagi "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga sportchilarimizni kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ- 5281-sonli qarorlarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarning belgilanishi soha mutaxassislari oldiga ulkan vazifalarni qo'yadi. O'zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi (qo'l nozolgiyasi va ko'rish qobilyatida nuqsoni) bo'lgan shaxslarni para sport turlari (para yengil atletikaning yugurib kelib uzunlikka sakrash) bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok
etishini ta'minlash va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. TADQIQOTNING MAQSADI
Imkoniyati cheklangan sportchilarni yengil atletikning sakrash vosita va usullarini qo'llash orqali jismoniy tayyorgarligini oshirishni amalda isbotlashdan iboratdir.
Tadqiqot vazifasi: Imkoniyai cheklangan sportchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda para yengil atletikaning sakrash turlarida samarador bo'lgan vosita usullarini qo'llash orqali o'quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
TADQIQOT NATIJALARI VA UNING MUHOKAMASI
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Imkoniyati cheklangan sportchilarni xar tomonlama jismoniy rivojlanishida albatta eng avvalo jismoniy sifatlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Shug'ullanuvchilarni jismoniy rivojlantirishda mashg'ulotlarni talabalarni yoshiga jismoniy tayyorgarligiga qarab yuklamalarni rejalashtiriladi.
Shug'ullanuvchilarni asosiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda jismoniy sifatlarni rivojlantirish eng avvalo sportchining xar tomonlama maxsus jismoniy rivojlanish protsessidir. Shunga binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgalikka va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo'linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda para yengil atletikachining gormonik rivojlanishi, ya'ni harakat muskullarini rivojlantirish, organizm organlari va sistemalarini mustahkamlash, ularning funksional imkoniyatlarini orttirish, boshqara olish qobiliyatini yaxshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana tuzilishidagi kamchiliklarni tuzatish nazarda tutiladi.
Bunga erishish uchun turli xil harakat faoliyatiga qatnashuvchilar organizm va sistemalari bilan xamma tana qismlariga ta'sir etib turish zarur.
Buning uchun esa umumiy rivojlantirishga mo'ljalangan mashqlardan turli xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik para yengil atletkaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarini yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun, tabiiyki tanlab olingan para yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko'pincha umumiy ta'sir ko'rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo'naltirilgan mashqlardan foydalaniladi.
Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanishi, tana tuzilishi, qomat rosalik va shunga o'xshash ayrim kamchiliklarni yo'qotish uchun, aniq yo'naltirilgan mashqlar qo'llaniladi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosan ahamiyatga ega.
Xuddi shu jismoniy fazilatlarda para yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalar ish qobiliyatiga asoslanib, uning harakat qilish imkoniyati aks etadi.
Biz talabalarining jismoniy rivojlanganlik darajasini antropometrik ko'rsatkichlar orqali aniqladik. Olingan natijalarni (1- va 2- jadvallar orqali ifodaladik).
1- jadval. Nazorat guruhi sportchilarini antropometrik ko'rsatkichi
№ F.I.SH. Tug'ilgan yili Bo'yi Og'irlik Ko'krak qafsi kengligi Nafas olish Nafas chiqarish
1 Dustmurodov J. 1998 172 70 88 91 86
2 Bobokulov M. 2003 178 65 90 94 85
3 Raxmonov Sh. 2001 170 68 87 91 84
4 Salimov B. 1997 179 67 88 93 82
5 Urazmetov J. 1995 168 69 89 98 87
6 Mirzayev Sh. 1998 171 71 83 90 81
7 Sultonov A. 2001 177 68 89 91 88
8 Artikov D. 2003 173 69 81 89 80
9 Boratov U. 2002 172 70 90 93 88
10 Bekjanov K. 2001 172 66 91 96 87
11 Axmedov O. 2003 174 61 80 88 76
12 Ergashev B. 2001 170 72 84 89 83
O'rtacha 173 68 86,7 91,9 83,9
2. jadval. Tajriba guruhi sportchilarini antropometrik ko'rsatkichi.
№
F.I.SH.
n
a j¡p
o'
H
o
-a
ki lir
o
ai
^ .Sg k gli
2 == re k
a
s a
a
N
Akimov J.
2001
178
74
86
91
88
Tursunov D.
2002
173
66
84
89
81
Yusupov A.
1997
170
64
94
101
93
Uralov S.
1999
167
67
93
98
90
Inomxo'jayev X.
2003
171
68
86
85
84
Karimov A.
2002
172
63
81
91
78
Rizayev R.
2000
170
66
80
87
78
Saidov B.
1999
168
71
88
94
87
Rasulov X.
1997
179
69
87
91
86
10
Osmonov B.
1996
174
72
92
100
90
11
Jumayev S.
2002
177
68
83
90
79
12
Sattorov K.
2001
172
73
90
98
87
O'rtacha
172,6
68,4
87,0
92,9
Olingan natijalarni solishtirganimizda i ko'rsatkichlaridagi farqi yaqqol sezilmadi.
ckala guru
i o'rtasidagi yosh jihati, bo'yi, og'irlik
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Talabaning harakat tezligini uning muskul kuchini oshirish yo'li bilan ancha yaxshilash mumkin. Ma'lumki, atlet harakatlariga tashqi qarshilik qancha oz bo'lsa, bu harakatlar shuncha tez bajariladi.
Muskul kuchini oshirish hisobiga harakat tezligi darajasini ko'tarish, avvalo juda katta kuch berish qobiliyatini yaxshilash hisobiga bo'ladi.
Anchagina muskul kuchi sarflay olish qobiliyati bilan, nerv muskul koordinatsiyasi yaxshilab sportchi kuchli harakatlarni bajara oladi va tez kuch beradi.
3. jadval. Nazorat guruhi sportchilarini jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari dinamikasi tadqiqotdan oldin va tadqiqotdan keyingi natijasi.
№ F.I.SH. 30m ga yugurish 60m ga yugurish 30 m ga oyoqdan oyoqqa Joyda uzun likka sakrash Joyda uzun likka uch hatlab sakrash Yugurib kelib uzunlikka sakrash
1 Xakimov J. T.o 4,4 8,6 25 184 7,89 4,20
T.k 4,2 8,4 23 190 7,96 4,28
2 Tursunov D. T.o 4,3 8,4 23 206 7,91 4,19
T.k 4,2 8,2 21 211 7,97 4,31
3 Yusupov A. T.o 4,5 8,4 24 191 7,98 4,38
T.k 4,4 8,2 23 193 8,01 4,51
4 Uralov S. T.o 4,5 8,8 22 189 7,67 5,06
T.k 4,3 8,5 22 191 7,72 5,27
5 Inomxo'jayev X. T.o 4,2 8,3 23 211 8,26 4,55
T.k 4,0 8,1 22 215 8,32 4,64
6 Karimov A. T.o 4,8 8,7 22 183 7,46 4,89
T.k 4,5 8,5 21 192 7,52 5,17
7 Rizayev R. T.o 4,9 8,9 21 196 7,48 5,03
T.k 4,7 8,7 21 208 7,51 5,18
8 Saidov B. T.o 4,7 8,9 23 193 7,70 4,24
T.k 4,5 8,7 22 201 7,81 4,31
9 Rasulov X. T.o 4,5 8,6 23 185 7,83 4,41
T.k 4,3 8,4 23 197 7,89 4,49
10 Osmonov B. T.o 4,8 8,8 22 182 7,61 4,04
T.k 4,5 8,5 23 189 7,68 4,15
11 Jumayev S. T.o 4,5 8,5 23 187 7,94 4,18
T.k 4,4 8,3 23 201 7,99 4,32
12 Sattorov K. T.o 4,8 8,8 24 194 7,77 4,20
T.k 4,6 8,6 22 196 7,79 4,28
O'rtacha T.o 4,6 8,6 22,9 191,7 7,79 4,40
T.k 4,4 8,4 22,2 198,7 7,85 4,46
Mutloq o'sish (%) 0,2 0,2 0,7 7 0,6 0,6
Nazorat guruhi tadqiqotdan oldin 30-m ga start oldi yugurish 4,6 ga, tadqiqotdan keyin 4,4 ga yaxshilandi. 60m yugurish yugurish tadqiqotdan oldin 8,6 ga, tadqiqotdan keyin 8,4 ga yaxshilandi. 30 m ga oyoqdan oyoqqa sakrash tadqiqotdan oldin 22,9 sm ga, tadqiqotdan keyin 22,2 sm ga yaxshilandi. Joydan uzunlikka sakrash tadqiqotdan oldin 191,7 sm ga, tadqiqotdan keyin 198,7 sm ga yaxshilandi. Joydan turib uch hatlab sakrash tadqiqotdan oldin 7,79 sm ga, tadqiqotdan keyin 7,85 sm ga yaxshilandi. Yugurib kelib uzunlikka sakrash tadqiqotdan oldin 4,40 sm ga, tadqiqotdan keyin 4,46 sm ga yaxshilandi.
4. jadval. Tajriba guruhi sportchilarini jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari dinamikasi tadqiqotdan oldin va tadqiqotdan keyingi natijasi.
№ F.I.SH. 30 myugurish 60m yugurish 30 m oyoqdan oyoqqa sakrash Joyda uzun likka sakrash Joyda uzun likka uch hatlabsakrash Yugurib kelib uzunlikka sakrash
1 Dustmurodov J. To 4,4 8,6 22 186 7,81 4,22
T.k 4,0 8,0 20 201 8,03 4,46
2 Bobokulov M. To 4,8 8,8 23 195 7,65 5,04
T.k 4,3 8,1 22 211 7,96 5,26
3 Raxmonov Sh. To 4,5 8,5 23 189 7,94 4,18
T.k 4,1 8,1 21 201 8,16 4,81
4 Salimov B. To 4,8 8,8 24 189 7,77 5,20
T.k 4,5 8,4 21 206 7,92 5,38
5 Urazmetov J. To 4,9 8,9 22 194 7,48 4,70
T.k 4,5 8,3 20 215 7,74 5,02
6 Mirzayev Sh. To 4,8 8,7 24 188 7,46 4,76
T.k 4,6 8,3 21 207 7,69 5,10
7 Sultonov A. To 4,5 8,8 25 191 7,67 5,05
T.k 4,2 8,2 22 208 7,93 5,27
8 Artikov D. To 4,7 8,9 23 184 7,71 4,66
T.k 4,3 8,3 21 211 7,98 5,01
9 Boratov U. To 4,5 8,6 23 196 7,83 4,42
T.k 4,1 8,1 20 224 8,12 4,89
10 Bekjanov K. To 4,3 8,4 25 189 7,91 5,19
T.k 4,0 7,7 22 208 8,17 5,66
11 Axmedov O. To 4,2 8,3 23 196 8,22 4,56
T.k 4,0 7,9 21 214 8,49 5,12
12 Ergashev B. To 4,5 8,4 24 194 7,98 4,39
T.k 4,3 8,0 21 196 8,25 5,06
O'rtacha To 4,6 8,6 23,4 190,8 7,79 4,70
T.k 4,2 8 21 210,1 8,22 5,10
Mutloq o'sish (%) T.k 0,4 0,6 2,4 19,3 0,43 0,40
Tajriba guruhi tadqiqotdan oldin 30-m ga start oldi yugurish 4,6 ga, tadqiqotdan keyin 4,2 ga yaxshilandi. 60 m yugurish yugurish tadqiqotdan oldin 8,6 ga, tadqiqotdan keyin 8 ga yaxshilandi. 30 m ga oyoqdan oyoqqa sakrash tadqiqotdan oldin 23,4 m ga, tadqiqotdan keyin 21 m ga yaxshilandi. Joydan uzunlikka sakrash tadqiqotdan oldin 190,8 sm ga, tadqiqotdan keyin 210,1 sm ga yaxshilandi. Joydan turib uch hatlab sakrash tadqiqotdan oldin 7,79 sm ga, tadqiqotdan keyin 8,22 sm ga yaxshilandi. Yugurib kelib uzunlikka sakrash tadqiqotdan oldin 4,70 sm ga, tadqiqotdan keyin 5,10 sm ga yaxshilandi.
Yuqoridagi usullarni qo'llash orqali imkoniyati cheklangan talabalarini jismoniy tayyorgarligini oshirishga e'tibor qaratdik va yugurish usullari orqali mashg'ulotlar qo'llanilgan yugurish vositalari ularni jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda yuklamalar qo'llanildi.
Tajriba yakunida ikkala guruh talabalarini jismoniy rivojlanganlik darajasini yakuniy test orqali aniqladik.
Tadqiqotmiz oxiridagi natijalarni taqqoslaganimizda nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhida talabalarining jismoniy tayyorgarligi oshganligi aniqlandi.
Biz tajriba guruhi talabalarini har tomonlama rivojlanishini aniqladik. Sportchilarni yugurish mashqlari orqali sakrash texnikasini egallashida eng yaxshi usullardanligini yana bir bor isbotladi.
1. Bedana qadamlab yugurishlar 50 - 60m
2. Oyoqlarni orqaga tortib yugurish.
3. Ko'p kara yuqoriga sakrab yugurishlar.
4. Oyoqdan oyoqga sakrab yugurishlar.
5. Tezlanib yugurishlar.
Bu mashqlar talabalarni sakrash texnikasini o'zlashtirishda hamda jismoniy rivojlanishida yaxshi samara beradi.
Sakrashda quydagi maxsus mashqlardan foydalandik:
Bir oyoqda balandligi 25-30sm bo'lgan to'siq ustidan sakrab o'tish (turgan joyida, harakatda) o'ng va chap oyoqlarda 20 martadan 3 marta.
Cho'kkalab o'tirish xolatidan 5-8kg og'irlik bilan balandlikka sakrash 8-10 martadan 3
marta.
Ikki oyoqlab balandligi 70-80sm bo'lgan g'ovlar ustidan sakrab o'tish (10 ta g'ov) 3 marta.
Uzunlikka balandligi 70-80 sm bo'lgan moslamadan depsinuvchi oyoqqa sakrab tushish va sakrash (depsinuvchi va silkinch oyoq harakatiga e'tibor qaratish) 7-8 marta.
Yuqorida keltirilgan mashqlarni talabalar tadqiqot davomida doim bajarishdi va mashg'ulotlar aynan yuqori shiddatli mashqlar bilan olib borildi.
Biz tadqiqot davomida ikkala guruh sportchilarini jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi natijalarni taqqoslaganimizda farqni sezdik. Tajriba guruhi talabalarining jismoniy tayyorgarligini oshirishda sakrash va yugurish vosita usullaridan mashg'ulot jarayonida foydalandik. Olingan natijalar 3, 4-jadvallar orqali berdik.
5- jadval. Tajriba va nazorat guruhlarining natijalari farqi.
Guruhlar Nomi 30 myuguris h 60m yugurish 30 m oyoqdan oyoqqa sakrash Joyda uzun likka Joyda uzun likka uch Yugurib kelib uzunlikka
cö te -m £ S3 * Taj ribadan oldin 4,6 8,6 22,9 191,7 7,79 4,40
Tajribadan keyin 4,4 8,4 22,2 198,7 7,85 4,46
Mutloq o'sish 0,2 0,2 0,7 7 0,6 0,6
% xisobida 4,5 2,4 3,2 3,8 3,5 1,3
Tajriba guruhi Tajribadan oldin 4,6 8,6 23,4 190,8 7,79 7,70
Tajribadan keyin 4,2 8 21 210,1 8,22 5,10
Mutloq o'sish 0,4 0,6 2,4 19,3 0,43 0,40
% xisobida 9,5 7,5 11,4 9,2 5,3 7,8
Tajriba guruhi va nazorat guruhi sinaluvchilarining tadqiqot so'ngida jismoniy tayyogarlik darajasini shakillanishining umumiy diagrammasi.
XULOSALAR
Imkoniyati cheklangan sportchilarining jismoniy sifatlarini har tomonlama tarbiyalash sportchilarning kelajakda tayyorgarligini oshirishda asosiy zamin hisoblanadi.
Imkoniyati cheklangan sportchilarini jismoniy tayyorgraligini oshirishda qo'llanilgan vosita usullarni to'g'ri qo'llash, talabalarni jismoniy rivojlanishga hamda sog'ligini mustahkamlashida muhim o'rin egallaydi.
Imkoniyati cheklangan sportchi uchun qo'llanilgan mashg'ulot uslubiyati tadqiqot davomida to'g'ri qo'llanilganligini isbotlandi, buni ularning ko'rsatgan natijalari ko'rsatib turibdi. Tajriba guruhi 30 m masofaga yugurishda 9,5 % yaxshilandi, 60m yugurishda 7,5 %, 30 m oyoqdan oyoqqa sakarashda 11,4 %, joydan turib uzunlikka sakrashda 9,2 %, joyidan turib uzunlikka uch hatlab sakrashda 5,3 % va yugurib kelib uzunlikka sakrashda 7,8 % ni tashkil qildi. Bundan ko'rinib turibdiki biz qo'llagan dastur o'z samarasini berdi va bu dastur o'zini
oqladi.
Sportchilarni jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi vosita va usullar tadqiqot davomida aniqlandi va ularni qanchalik samarali ekanliga olingan test natijalarida ko'rinib turibdi.
Adabiotlar ro'yxati.
1. Абдиев Ш.А. ПЛАНИРОВАНИЕ ТРЕНИРОВОЧНОЙ НАГРУЗКИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ ЛЕГКОАТЛЕТОВ С ПОРАЖЕНИМ ОПОРНО-ДВИГАТЕЛЬНОГО АППАРАТА // Современное образование (Узбекистан). 2021. №1 (98). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/planirovanie-trenirovochnoy-nagruzki-
vysokokvalifitsirovannyh-legkoatletov-s-porazhenim-opomo-dvigatelnogo-apparata-1 (дата обращения: 11.11.2022).
2. Абдиев Ш.А. ТАЯНЧ-ХАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН Ю^ОРИ МАЛАКАЛИ ЕНГИЛ АТЛЕТИКАЧИЛАРНИ МУСОБА^А ЮКЛАМАЛАРИНИ РЕЖАЛАШТИРИШ // Fan-Sportga. 2020. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori-malakali-engil-atletikachilarni-musoba-a-yuklamalarini-rezhalashtirish (дата обращения: 11.11.2022).
3. Абдиев Ш.А. ТАЯНЧ-ХАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН Ю^ОРИ МАЛАКАЛИ УЛО^ТИРУВЧИЛАРНИ МАШЕУЛОТ ЮКЛАМАЛАРИНИ МЕЪЁРЛАШ // Fan-Sportga. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori-malakali-ulo-tiruvchilarni-mash-ulot-yuklamalarini-meyorlash (дата обращения: 11.11.2022).
4. Zakharevich, V., Korobeynikov, G., Nesen, O., & Xamidjonov, A. (2024). Incorporating specific sambo exercises into distance learning for high school students aged 15-16. P. 10-16.
5. Hamidjonov, A. (2024). Sport ta'lim muassasalarida sport turlarini rivojlanish monitoringini joriy qilish samaradorligi. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), P. 47-50.
6. Хамиджонов, А. У. У. (2023). Спорт кураши турларига саралаш ва эрта йуналтиришнинг илмий-амалий асослари. Research Focus, 2(9), P. 93-98.
7. Hamidjonov, A. (2023). Sport o'yinlariga sportchilarni saralash va yo 'naltirish istiqbollari. Scientific-theoretical journal of International education research, 1(4), P. 102107.
8. Xamidjanov, A. (2024). Sport kurashi turlariga saralash va erta yo 'naltirishda yakkakurash elementlariga ega harakatli o 'yinlardan foydalanish metodlari. Farg'ona davlat universiteti, (1), P. 19-19.
9. Шерзод Абдурахмонович Абдиев ТАЯНЧ-ХАРАКАТ АППАРАТИДА НУ^СОНИ БУЛГАН Ю^ОРИ МАЛАКАЛИ УЛО^ТИРУВЧИЛАРНИ МАШЕУЛОТ ЮКЛАМАЛАРИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ // Scientific progress. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparatida-nu-soni-b-lgan-yu-ori-malakali-ulo-tiruvchilarni-mash-ulot-yuklamalarini-optimallashtirish (дата обращения: 11.11.2022).