Научная статья на тему 'ILM OLISH HAR BIR AYOL VA ERKAK UCHUN FARZDIR'

ILM OLISH HAR BIR AYOL VA ERKAK UCHUN FARZDIR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
557
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ILM / ISLOM / DIN / TARAQQIYOT / FARZ / TALIM / KONSTITUTSIYA / VIJDON ERKINLIGI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tursunova T.T., Jo`Raeva G.T.

Maqolada insonning komilligi va har tomonlama ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim omillardan hisoblangan ilm va uni o’rganish tartibi, shuningdek ilm olish yo’llari va zarurati haqida diniy jihatdan yondashuv va tahlillar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION IS OBLIGATORY FOR EVERY WOMAN AND MAN

The article provides a religious approach and analysis of science and the order of its study, as well as the ways and necessity of learning, which are important factors for the perfection and comprehensive social development of man.

Текст научной работы на тему «ILM OLISH HAR BIR AYOL VA ERKAK UCHUN FARZDIR»

Tursunova T. T.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Jo^raeva G.T.

Toshkentpediatriya tibbiyot institute Pediatriya va an 'anaviy tibbiyot fakulteti 201-guruh talabasi

IlM OLISH HAR BIR AYOL VA ERKAK UCHUN FARZDIR

Annotatsiya. Maqolada insonning komilligi va har tomonlama ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim omillardan hisoblangan ilm va uni o 'rganish tartibi, shuningdek ilm olish yo'llari va zarurati haqida diniy jihatdan yondashuv va tahlillar berilgan

Kalit so'zlar: Ilm, Islom, din, taraqqiyot, farz, talim, konstitutsiya, vijdon erkinligi.

Tursunova T. T.

2nd year student faculty of history Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Juraeva G.T. student 201st group

faculty of pediatrics and traditional Tashkent Pediatric Medical Institute

EDUCATION IS OBLIGATORY FOR EVERY WOMAN AND MAN

Annotation. The article provides a religious approach and analysis of science and the order of its study, as well as the ways and necessity of learning, which are important factors for the perfection and comprehensive social development of man.

Keywords: Science, Islam, religion, development, fard, education, constitution, freedom of conscience.

XXI asrga kelib ilm-fan aql bovar qilmas darajada taraqqiy etdi. Bu insoniyatning ilm egallashga, uni hayotga tatbiq etishga bo'lgan intilishlari mahsulidir. Jahonda yetakchi bo'lib turgan davlatlar taraqqiyotining asosi ham ta'lim va ilm olishga qaratilgan investitsiya, e'tibor natijasidir. Mamlakatimizda ilmga bo'lgan etiborning dunyoviy va diniy sohaga nisbatan salmoqli ekanini alohida takidlash lozim. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5416-sonli Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to'g'risidagi11 farmonining imzolanishi biz tahlil qilmoqchi bo'lgan masala uchun muhim qonuniy shart-shaoit manbayi hisoblanadi.

Ilm turfa xil qarash va yondashuvlarga ega shaxslar, jamoalar, jamoat tashkilotlarining o'zaro sog'lom kurashi o'laroq raqobat muhitida tez rivojlanadi. Davlat esa taraqqiyotga homiylik qiladi, sharoit yaratib imkoniyatlar beradi12.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41 -moddasi har kimning bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, maktab ishlari davlat nazoratida ekanligini kafolatlaydi.

"Ta'lim to'g'risida"gi qonun esa ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga ega ekanligi prinsipini e'tirof etib, ta'lim-ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek, ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon13 deb ta'rif beradi.

Ma'lumki, ilm har bir xalq va millat faxrlanadigan omildir. Uning shaxs va jamiyatga qanchalar manfaati borligini barcha birday tan oladi. Islomdan avval dunyoda turli madaniyatlar mavjud edi. Ularning har biri insoniyat tamaddunining yuksalishiga o'z hissasini ozmiko'pmi qo'shgan. Lekin tan olish kerakki, ularning ko'pchiligi nafsoniy xohish-istaklar ortidan ergashib ketgan va borib-borib tanazzulga yuz tutgan. Shundan so'ng bashariyatga yo'l ko'rsatish uchun o'ziga xos bir ko'rsatmani o'z ichiga olgan ta'limot keldi. Islomning dunyo yuzini ko'rishi zulmatli kechada qorong'ulikni chekintirgan mayoq kabi hamma tomonni yoritdi. Ya'ni, yangi olamda yangi kunlar boshlandi14. Islom o'zining yuksak binosini barpo etishda ilmni asos qilib oldi va turli tasavvurlarni rad etdi

Ilm olish dinimizda eng ulug' ibodatlardan sanaladi. Chunki banda ilm vositasida Rabbisini tanishga, U zotning buyruqlarini bajarishga, shuningdek, barcha mavjudotlarga taalluqli bo'lgan haqlarni ado etishga muvaffaq bo'ladi. Biror bir din ilm olishga Islom dinidek targ'ib qilmagan. Shuningdek, Islom dini jaholatga qarshi ilm-ma'rifat bilan kurashishga katta e'tibor qaratgan. O'qish-ilmning kalitidir. Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg'ambar qilib yuborgan paytni esga olaylik. Odamlar jaholat botqog'iga tamoman botgan edi. Johiliyatning bu holatini yoritishga tarixchilarning qalami o'tmaslik qiladi, deyilgan. Shunda Alloh taolo Qur'oni karimning ilk nozil bo'lgan oyatlarini "O'qi" deb nozil qildi. Nozil bo'lgan ushbu "oyat" insoniyatni birinchi bo'lib nima qilish kerak ekanligini ko'rsatib berdi.

Ilm va undan kelib chiqqan so'zlar soni Qur'onda 779 marta takrorlangani qayd etilgan. Bu ko'rsatkich barcha suralar yig'indisining sal kam yetti barobariga

11 Lex.uz malumotlariga asosan

12 F.T. Rashidov "O'zbekiston respublikasida diniy ta'lim va uning huquqiy asoslari" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 7-b

13 O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik, to'rtinchi jild. T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020.-B.27

14 Z.Mirsodiqov "Ilm va odob saodat kalitidir" T-2018 5-b

teng. Bundan tashqari, Qur'oni karimda fikr, nazar, hidoyat, aql, hikmat, hujjat, oyat kabi so'zlar ham bo'lib, ular ham aslini olganda ilmga aloqador lafzlardir15.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Har bir musulmon kishi uchun ilm talab qilish farzdir" deganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlari ham ilm olishni farz darajasiga ko'tardi.

Ilmga mehr qo'ygan, egallagan oto-bobolarimizdan Mirzo Ulug'bek hazratlari osmondagi yulduzlarni sanagan.

Ilm o'rganishda jah qilgan oto-bobolarimizdan Ahmad al-Farg'oniy hazratlari yasagan gidrotexnika inshooti "Nil" daryosi suvining miqdorini o'lchashda qo'llanilmoqda.

Abu Ali Ibn Sino hazratlari Yevropada Avitsenna (Avicenna) nomi bilan mashhur tabib sifatida tanilgan. Olimning ko'p jildlik tibbiy asari-"Tib qonunlari" bo'lib, bu asar o'z mazmuniga ko'ra tibbiy bilimlarning nodir majmuasi - qomusi hisoblanadi. Meditsina so'zi ham Ibn Sino hazratlarining so'zidan kelib chiqqandir.

Bundan tashqari Abu Lays Samarqandiy, imom al-Moturidiy, Maxmud az-Zamaxshariy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi yuzlab olimu, ulamolarimizni ham ilm orqali halqimiz hamda butun dunyo ilm faniga qo'shgan hissalarini o'lchashning imkoni yo'q

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Qur'oni Karim ilmga da'vat qilish bilan nozil bo'lgan bo'lsa, Allohning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shariatlari ham ilm olishni farz darajasiga ko'targan va ushbu yo'lda u kishiga ergashgan ajdodlarimiz ilm bilan butun dunyo ahlini qalbini egallaganlar. Mamlakatimiz rahbarining uchinchi rennesans nomi ostida olib borayotgan siyosati ham bugun har bir kishini ilm olishga, kitob o'qishga, ma'rifatli bo'lishga da'vat qilmoqda.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni 5 -modda. www.lex.uz

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik, to'rtinchi jild. T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020.-B.27

4. Abu Lays Samarqandiy. Bustonul orifiyn. https://islom.uz/

5. https://religions.uz/O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qumita rasmiy sayti

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5416-sonli Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni. 16.04.2028y / www.lex.uz

7. www. pedagog. Uz

8. www. ziyonet. Uz

15 O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.