Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KO’CHIRIB KELTIRILGAN AHOLI (BOLALARGA) KO’RSATILGAN YORDAM'

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KO’CHIRIB KELTIRILGAN AHOLI (BOLALARGA) KO’RSATILGAN YORDAM Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1218
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ikkinchi jahon urushi / Sen-yetim emassan / o’zbek xalqi / evakuatsiya / matbab-internatlar. / Вторая мировая война / Ты не сирота / узбекский народ / эвакуация / интернаты.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Izzatova Ra’No Ulug’Bekovna

Mazkur maqolada, urush tufayli turli hududlardan mamlakatimizga ko’chirib keltirligan aholi(bolalarga) xalqimiz tomonidan ko’rsatilgan yordam haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОМОЩЬ ПЕРЕМЕЩЕННЫМ НАСЕЛЕНИЯМ (ДЕТЯМ) В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ

В данной статье рассказывается о помощи, оказанной нашим народом людям (детям), переселенным в нашу страну из разных регионов в связи с войной.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KO’CHIRIB KELTIRILGAN AHOLI (BOLALARGA) KO’RSATILGAN YORDAM»

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KO'CHIRIB KELTIRILGAN AHOLI (BOLALARGA) KO'RSATILGAN YORDAM

Izzatova Ra'no Ulug'bekovna

TVCHDPI Tarix o'qitish metodikasi 3-bosqich talabasi ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada, urush tufayli turli hududlardan mamlakatimizga ko'chirib keltirligan aholi(bolalarga) xalqimiz tomonidan ko'rsatilgan yordam haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Ikkinchi jahon urushi, Sen-yetim emassan, o'zbek xalqi, evakuatsiya, matbab-internatlar.

Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat boshiga misli ko'rilmagan darajada dahshatli va og'ir kulfatlarni solgan urush sifatida jahon tarixida qoldi. 1939-yil 1-sentyabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush jahonning 61 mamlakatini, yer shari aholisining 80 foizini ya'ni 1,7 mlrd. kishini o'z girdobiga tortdi. Ikkinchi jahon urushi bizning hududlarimizda bo'lmadi bizdan ancha uzoqroq Ukraina, Belarusiya, Boltiqbo'yi va Rossiya yerlarida bo'ldi. Bilamizki, O'zbekiton ham Sobiq Ittifoq tarkibida bo'lgani uchun urushda qatnashdi.

Urush yillarida, Mamlakatning dushman vaqtincha bosib olgan hududlarini va front yaqinidagi tumanlarni tashlab chiqqan dastlabki o'n minglab kishilar respublikaga 1941-yilning yozidayoq kela boshlagan edi. O'zbekiston urush yillari Rossiyaning bosib olingan rayonlaridan-Ukrainadan, Belorussiyadan hammasi bo'lib bir milliondan ortiq kishini qabul qildi. Ulardan 200 ming nafari bolalar edi. Respublika shaharlari va qishloqlari axolisi bu yerga kelgan fuqarolarni mehondo'stlik bilan qarshi oldi. Axoli ularga turar-joy berib, o'zi siqilib yashadi, ko'chib kelganlarni to'ydirish uchun oxirgi bo'lak nonini ham bo'lib berdi, ular uchun poyabzal, kiyim-bosh to'pladi.

Ko'chirib keltirilganlarga yordam berish maqsadida Farg'ona viloyatidagi "Birinchi may" qishloq xo'jalik arteli mehnatkashlarining tashabbusi bilan shaharlarga don, sabzavot, kartoshka, go'sht mahsulotlari ortilgan karvonlar yetib kela boshladi. Ko'chirib keltirilganlarni ishga joylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Faqat Toshkent shahrining o'ziga 1941-yil 24-noyabrdan 31- dekabrgacha 37,6 mingdan ortiq kishi, 1941-1942-yillarda qariyb 240 ming kishi joylashtirildi va ish bilan ta'minlandi. O'zbekiston axolisi ota-onasidan va uyidan ajralgan bolalarni ayniqsa samimiy g'amxo'rlik bilan qabul qildi. "Sen-yetim emassan!" -o'zbek shoirining qalb qa'ridan otilib chiqqan bu samimiy so'zlar butun o'zbek xalqining hayajonli xis-tuyg'ularini ifodalar edi.

O'zbekistonliklaг baxtsiz bolalami o'z quchog'iga olish, ulaming ko'nglini ko'tarish, ulaгga qulay shaгt-shaгoitlaг yaгatib berish uchun qo'llaгidan kelgan, mumkin bo'lgan va hatto mumkin bo'lmagan m^lami ham qildilaг.

Ko'chiгib kelingan bolalami qabul qilishni tartibli yo'sinda tashkil qilish maqsadida respublika hukumatining qarori bilan 1941-yil oktabrda evakuatsiya qilingan bolalarni qabul qilish uchun markaziy punkt tashkil etilib, joylashtirish bo'yicha Respublika, viloyat, shahaг va tuman komissiyalari tuzildi. Faqat 1941-yil 25-noyabrdan 1942-yil oktabrga qadar Respublikaning evakuatsiya punktlari orqali 15649 nafar bola o'tdi.

Yuzlab o'zbek oilalari ko'chiгib keltiгilgan, uгush tufayli ota-onalaridan ajralgan bolalami o'z tartiyalariga oldilar Ayniqsa keltirilgan bolalarga jamoatchilikning yoráam ko'гsatishidan iboгat vatanpaгvaгlik haгakati 1942-yil 2- yanvarda Toshkentda shahar xotin-qizlarining yig'ilishi bo'lib o'tgandan keyin respublikada keng quloch yoydi, bu yig'ilish o'zbekiston xotin-qizlarini ota-onasiz bolala^a onalari o'mida onalik qilishga chaqirgan edi.

Ko'pgina oila^ ikkita va undan ortiq yetim bolalami o'z tartiyalariga oldilaг. Toshkentlik temiгchi Shoahmad Shomaxmudov va uning trnmush o'гtog'i Baxri opa Аkromovaning nomlaгi ko'pchilikka tanishdir, ular turli millat farzandlaridan 14 bolani o'z oilalaгiga taгbiyaga oldilar Kattaqo'^'onlik Xamid Samadov oilasi 12 bolani asгab oldi. Yangiyo'lda 9 ta kolxoz jamoasi ko'chirib keltirilgan 169 bolani o'z tarbiyalariga olishdi. Buxorolik Muazzam Juraeva va Ashureo^aeva^ o'z bag'iгlaгiga 8 nafardan bola oldilar. 1943-yilning oxiriga kelib shaxarlarda 4672 bola, qishloqlarda esa, 870 bola o'zbek oilalari tomonidan tartiyaga olingan edi.

Respublikada asta-sekin bolalar uylari, ma^ab-internatla^ bola^ bog'chalaгi va yaslilari taгmog'i kengaytiгildi, ular birinchi navbatda ko'chiгib keltiгilgan bolalami va frontga ketganlarning bolalarini qabul qildilar. 1945-yilda, o'zbekiston viloyatlaгida va Qoraqalpog'istonda 268 ta bolalaг uyi mavjud bo'lib, ularáagi taгbiyalanuvchilar soni 31.300 bolani tashkil etdi, hobuki, urush arafasida respublikada fakat 106 ta bola^ uyi mavjud bo'lib, ularáa 12 ming bola ta^iyalanaMi.

Davlat tomonidan bola^ muassasalaгiga ajгatilgan mablag'to yetishmayotganligini hisobga olib, гespublikaning ko'pgina mexnat jamoalari ulaгga qo'llaгidan kelganicha yoгdam beгishni o'z zimmalaгiga olishdi. Koreona^ va tashkilotlaгda bolalaг uylarining fîliallari tashkil etilib, ulaг to'la-to'kis mehnat jamoalari mablag'i hisobidan ta'min etilaгdi.

1942-yilning boshlarida respublikaning barcha gazetalarida UzSSR XKK huzuridagi evakuatsiya qilingan va yetim bolalarni joylashtirish hamda tarbiyalash Komissiyasi Davlat bankining shahar boshqarmasida 160676-raqamli joriy hisob ochganligi haqidagi e'lon bosilib chiqdi. Bola^ foydasi uchun bo'ladigan barcha xayriya^ ana shu ko'гsatib o'tilgan hisobga topshirilishi iltimos qilingan edi. Mazkrn-

da'vat javobsiz qolmadi. 1942-yilning mart oyiga kelib 160676-raqamli hisobga 2 mln. 74 ming so'm mablag' tushdi. 1943-yilga kelib bu jamg'arma fondi 3,5 mln. so'mga yetdi.

Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar talabalar va maktab o'qituvchilarining otalik yordam ko'rsatish shakllari kengaydi. Masalan, Toshkent viloyat paxta tayyorlash tresta kolxozchilari 1942-yilning bahorida kulub binosini internatga aylantirib, qayta jihozladilar va bu yerda Belorussiyadan kelgan 25 bolani tarbiyaladilar. Bu namunaga shahardagi deyarli 70 ta korxona qo'shildi.

Ayni vaqtda ko'pgina korxonalar va muassasalarda, yirik qishloq xo'jalik artellarida bolalar bog'chalari va yaslilari ochildi. 1943-yilda bolalar bog'chalarida tarbiyalanayotgan 53072 boladan 15108 nafari evakuatsiya qilingan bolalar edi.

Yuqorida keltirilgan dalillar chindan ham xalqimizning boshqa millatga bo'lgan bag'rikengliklarini insonparvarliklarini samimiyatlarini o'zida aks ettiradi.

Urush O'zbekiston xalqlari uchun ham chuqur sinov bo'libgina qolmay, bu davrda xalqimizning faqatgina o'ziga xos jihatlari - birovning dardiga sheriklik, kulfatda qolgan insonlarga beg'araz yordam qo'lini cho'zish, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, qo'yingki, islom dini mohiyatida aks etgan ko'plab ezgu amallar egasi ekanligi ham yaqqol namoyon bo'lgan edi. Ikkinchi jahon urushi yilarida, xalqimizning yuksak jasorat na'munalaridan biri "Sen-yetim emassan!" shiori ostidagi beg'araz yordamlari, O'zbek xalqining bolajon xalq ekanligini, mehmondo'stligini yana bir bor o'zida aks ettiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekistonning yangi tarxi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachigi davrida. -

T.: Sharq. 2000. -B. 454.

2. Коммунистическая партия Узбекистана в годы Великой Отечественной войны.

Летопись событий. 4.5. (июнь 1941-1945 гг.). - Т., 1980. С. 59.

3. O'zbekistonning yangi tarxi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachigi davrida. -

T.: Sharq, 2000. -B. 455.

4. «Правда Востока». 1995, 5 апреля.с.10.

5. Ахунбабаев Ю. Трудящиеся Узбекистана фронту. - М., 1942. С. 30.

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-

iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889.

https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

7. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries.

"Экономика и социум", 9(88), 147-149.

8. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и

социум", 12(91), 470-472.

9. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика

и социум", 12(91), 473-476.

10. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

11. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynra Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

12. Saloydinov Sardorjon Qodirjon Ogli. (2022). Innovative solution for biogas production. "Science and innovation", 1(A3), 57-60.

13. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

14. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47

15. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.