Научная статья на тему '“IJTIMOIY TARAQQIYOT” HAQIDAGI QARASHLAR EVOLYUTSIYASI'

“IJTIMOIY TARAQQIYOT” HAQIDAGI QARASHLAR EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
951
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy taraqqiyot / evolyutsiya / ijtimoiy institut / progres / regres / rivojlanish / Социальное развитие / эволюция / социальный институт / прогресс / регресс / развитие.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mutalibov, F.

Maqolada antik davrdan to bugungi kungacha bo’lgan davrdagi mutafakkirlarning “Ijtimoiy taraqqiyot” haqidagi qarashlarning falsafiy hamda sotsiologik tahlili amalga oshirilib, ularning bugungi davrdagi ahamiyati ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭВОЛЮЦИЯ ВЗГЛЯДОВ НА "СОЦИАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ".

В статье проводится философско-социологический анализ взглядов мыслителей на «Общественное развитие» с древности до наших дней. Будет раскрыта их важность в сегодняшнюю эпоху.

Текст научной работы на тему «“IJTIMOIY TARAQQIYOT” HAQIDAGI QARASHLAR EVOLYUTSIYASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"IJTIMOIY TARAQQIYOT" HAQIDAGI QARASHLAR EVOLYUTSIYASI

F.Mutalibov

O'zMU magistranti

Maqolada antik davrdan to bugungi kungacha bo 'lgan davrdagi mutafakkirlarning "Ijtimoiy taraqqiyot" haqidagi qarashlarning falsafiy hamda sotsiologik tahlili amalga oshirilib, ularning bugungi davrdagi ahamiyati ochib beriladi.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy taraqqiyot, evolyutsiya, ijtimoiy institut, progres, regres, rivojlanish

В статье проводится философско-социологический анализ взглядов мыслителей на «Общественное развитие» с древности до наших дней. Будет раскрыта их важность в сегодняшнюю эпоху.

Ключевые слова: Социальное развитие, эволюция, социальный институт, прогресс, регресс, развитие.

Ijtimoiy taraqqiyot shunday bir jarayonki, u ob'ektiv va tabiiy ravishda insonlar ehtiyoji bilan shartlangan, jamiyat rivojlanishining progressiv usuli bo'lib, ijtimoiy institut va tuzilmalar faoliyatining murakkablashib va takomillashib borishini o'zida namoyon qiladi.

"Ijtimoiy taraqqiyot" tushunchasining mazmun-mohiyatini tushunish va tushuntirishga qaratilgan dastlabki qarashlarni antik davr faylasuflarining asarlari va nazariyalarida uchratishimiz mumkin bo'lgani holda, ular ushbu tushunchani batafsil tavsiflashganini, biroq bu ayni tushuncha haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, Seneka [1] va Gesiod [2] qarashlarida jamiyat taraqqiyot (progress)dan ko'ra, inqiroz (regress) tomon harakatlanadi, bu jarayon «qiyomat» bilan nihoyanaladi degan g'oya ilgari surilgan bo'lsa, Platon [3] va uning izdoshi sanalmish Aristotellarning [4] fikricha, progres hamda regres sikllik xususiyatiga ega hisoblanadi.

O'rta asrlar G'arb falsafasiga murojaat qilib, shuning guvohi bo'lish mumkinki, bunda teologik qarashlar orqali ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos ichki mantig'i taklif qilinadi. «Ilohiy shahar haqida» asarida Avgustin [5], ijtimoiy taraqqiyot mazmuni sifatida Iso Masih tomonidan ko'rsatilgan boqiylikka eltuvchi yo'ldan yurishni, inson hayoti mazmuni sifatida esa, Xudoga xizmat qilish va gunohlardan tiyilishni nazarda tutadi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta asrlar Sharq falsafasida esa, asosan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Nizomulmulk va Navoiy kabi mutafakkirlarning qarashlaridagina ijtimoiy taraqqiyotga oid mulohazalarni uchratish mumkin. Jumladan, Forobiy o'zining «Fozil odamlar shahri» asarida shaharni fozillar va johillar shahriga bo'lib tavsiflar ekan, u fozil odamlar shahrining asosiy sifati deb yakkahokimlik yo'qolishi, haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmron bo'lishini ko'rsatadi [6]. Bundan tashqari, Beruniy odamlar jamoaga ikki sababga ko'ra, ya'ni yashash uchun kurashda xavfni bartaraf etish va birgalikda ishlash uchun birlashishganini ta'kidlab, jamiyatda bo'lib turadigan o'zgarishlar, ya'ni tuzilish va buzilishlarning paydo bo'lishi va yo'qolishining o'ziga xos sabablari borligi haqida falsafiy mulohazalarni o'rtaga tashlaydi [7].

XVII asrga kelib Frensis Bekon [6] va Rene Dekart [7] tomonidan fan taraqqiyotini ifodalash uchun «progress» tushunchasi qo'llanilgan bo'lsa, XVIII asr oxirlarida bu tushuncha J. Tyurgo [8], N. Kondorse [9] kabi ma'rifatparvarlar tomonidan ijtimoiy munosabatlar sohasida tarixning doimiy ilgarilama va chiziqli harakatini tushuntirish maqsadida foydalanilganini ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, Kondorse «Inson tafakkuri taraqqiyotining ijtimoiy taraqqiyot manzarasiga chizgilari» nomli asarida tafakkurlash qobilyati ijtimoiy taraqqiyot asosi degan g'oyani ilgari surgan.

Kondorse g'oyalarini yanada takomillashgan bir shaklini Gegelning «Ijtimoiy taraqqiyot» tushunchasiga yangicha ma'no yuklagani va u ijtimoiy taraqqiyotining mazmunini tafakkurning tantanasi sifatida tushunganida ko'rish mumkin. Uning mutlaq ruh haqidagi qarashlari o'zida olamiy Aqlni ham namoyon qilib, bunda ijtimoiy taraqqiyot tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o'zboshimchaligidan qat'iy nazar o'ziga yo'l ochadigan «aqlga muvofiq» ob'ektiv qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. Gegel qarashlariga ko'ra, jamiyatning bir butun tizim sifatida qaror topishida madaniyat asos bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lib, u G'arbiy Yevropa madaniyati jahon hamjamiyatining qaror topishida poydevor vazifasini o'taydi degan qarashlarni ilgari surgan.

XIX asrda sotsiologiya fan o'laroq shakllana borib, falsafadan alohida bir fan tarmog'i sifatida namoyon bo'la boradi. O'zining predmeti, tadqiqot usullariga ega bo'lgani holda, jamiyatni tushunishga qaratilgan falsafiy yondashuvlarni e'tirof etadi. Sotsiologiyaning asoschisi bo'lgan O.Kont [10] pozitivizmda ijtimoiy taraqqiyot muammosini tahlil etib, uning muayyan qonuniyatlarga bo'ysunishini tushuntirishga intiladi. U kishilik jamiyatining intellektual taraqqiyotini teologik-ilohiy rivojlanish, metafizik va pozitiv yuksalish bosqichlaridan iborat «3 bosqich qonuni» orqali izohlashga uringan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Kishilik jamiyatining intellektual taraqqiyotini teologik-ilohiy bosqichida teologik ong ustun bo'lib, uni diniy-mifologik dunyoqarash sifatida ham tushuntirish mumkin. Bunday dunyoqarash diniy normalarga asoslangan axloq normalarini shakllantirish va shu asosida kishilarning tashqi olamga munosabatlarini belgilashda muhim o'rin tutadi. Keyingi metafizik bosqichda falsafiy tafakkur ustuvorlik kasb etib, bu orqali insoniyat hayotining real jarayonlarini tushunish va anglashga intilinadi.

So'nggi pozitiv yuksalish bosqichida bilim birlamchi omil bo'lib, oldingi bosqichlardagi qarashlar o'z ahamiyatini yo'qotganini ko'rishimiz mumkin. Bu bosqichda rivojlanish qonuniyatlarini bilish, tabiiy qonunlarning prognozlash, sezish, o'rganishning ahamiyati ortib borganiga guvoh bo'lish mumkin.

Jamiyatni muayyan maqsadlar yo'lida birlashgan individlar birlashmasi sifatida tushungan Spenser, individlarning rivojlanishidagi tavofutlar ijtimoiy taraqqiyotni belgilab beradi deb hisoblaydi. Uning fikricha davlat institutlari samarasiz faoliyat yurita borishi jamiyat va davlatning inqirozga olib kelishi mumkin.

Ayni o'rinda G.Spenser [11] tomonidan taklif qilingan evolyusiyaning tabiatini o'zida aks ettiruvchi a) oddiydan murakkabga o'tish (integratsiya), b) bir xillikdan ko'p xillikka o'tish(differensiatsiya), d) beqarorlikdan barqarorlikka o'tish kabi muhim belgilarni ko'rib chiqish ham o'rinlidir.

Keyinchalik Spenser qarashlarini o'z izlanishlarida davom ettirgan E. Dyurkgeym [14] jamiyat tuzilmasini strukturaviy funksionalizm bilan izohlab, uni borliqning alohida sohasi sifatida o'z rivojlanish qonuniyatlariga ega deb ta'kidlaydi. Boshqa bir sotsiolog olim M.Veber o'z qarashlarida ijtimoiy taraqqiyot ratsionalizmga asoslanadi deydi va buni quyidagicha izohlab, ratsionalizm tamoyillari G'arb madaniyatining barcha sohalarida, xususan fanda, san'atda, monumental qurilmalar yaratish konstruktiv tamoyillarida hukm surishini qayd etadi. Oqilona ishlab chiqilgan konstitutsiya, huquq, oqilona yaratilgan qoidalarga qarab mo'ljal oladigan mutaxassis-amaldorlardan iborat siyosiy institut sifatidagi davlat faqat G'arbda mavjud deya e'tirof etadi.

K.Marks va F.Engelslar ijtimoiy taraqqiyotni kapitalizmga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb tushunishgan va buni iqtisodchi olimlar A.Smit va D.Rikardolar o'z qarashlarida rivojlantirishgan.

XX asrda oxirlariga kelib K.Popper [15], D.Bell [16], E.Tofflerlar [17] tomonidan ilgari surilgan bo'lib, xususan K.Popperning qarashlariga ko'ra jamiyatlarning demokratlashuvi, xossatan uning ochiqligi ijtimoiy taraqqiyotga asos bo'ladi. E.Toffler esa, «Uchinchi to'lqin» asarida ijtimoiy taraqqiyot texnologik taraqqiyot bilan birgalikda kechishini ta'kidlaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Bugungi kunda mamlakatimizda bir qator T.Xojiyev [18], N.Djurayeva [19], A.Shukurov [20, 21, 22, 23] kabi yosh tadqiqotchilar ijtimoiy taraqqiyotni o'z izlanishlariga hamohang ravishda tadqiq qilishayotganini ko'rish mumkin. T.Xojiyev o'z ilmiy izlanishlarida modernizatsiya nazariyalarini tadqiq qilgani holda ijtimoiy taraqqiyotni izohlasa, tadqiqotchi N.Djurayeva buni sivilizatsiya paradigmalari orqali izohlaydi. Tadqiqotchi A.Shukurov jamiyat hayoti virtuallashuvi jarayotlarida kishilik jamiyatining ijtimoiy taraqqiyotini ko'radi.

Umuman olganda bugungi kungacha ko'plab tadqiqotchilar tomonidan ijtimoiy taraqqiyot g'oyasiga oid qarashlar ilgari surilgan bo'lib, ular umumlashlashtirilganda mahrajida barchasi jamiyatning o'zagi bo'lgan insoniyatning ilmli bo'lishi, erkinligi, teng huquqligi va albatta qonunlarning barqaror ishlashi kabi xususiyatlar aks etadi.

REFERENCES

1. Citti, Francesco (2015), "Seneca and the Moderns", in Bartsch, Shadi; Schiesaro, Alessandro (eds.), The Cambridge Companion to Seneca, Cambridge University Press, ISBN 978-1107035058

2. Hesiod. Theogony; and, Works and days / Hesiod; translated and with introductions by Catherine M. Schlegel and Henry Weinfield. Published in the United States of America. The University of Michigan Press. -2010.

3. Plato. Plato in Twelve Volumes, Vols. 5 & 6 translated by Paul Shorey. Cambridge, MA, Harvard University Press; London, William Heinemann Ltd. 1969.

4. Lord, Carnes (1984). Introduction to The Politics, by Aristotle. Chicago University Press.

5. Mackey, Louis (2011). Faith Order Understanding: Natural Theology in the Augustinian Tradition. Totonto: PIMS. ISBN 978-0-88844-421-9.

6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: Xalq merosi, 1993. - B. 159.

7. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I tom. / Tarjimon A.Rasulov. Izohlarni I.Abdullayev va A.Rasulov tuzgan. Mas'ul muharrirlar: I.Abdullayev va O.Fayzullayev. -T.: Fan, 1968.

8. Фрэнсис Бэкон и принципы его философии // Фрэнсис Бэкон: Сочинения в двух томах / Сост., общая ред. и вступит. статья - А. Л. Субботин (пер. Н. А. Фёдорова, Я. М. Боровского). — М.: АН СССР, Ин-т философии, изд-во соц.-эк. "Мысль", 1971. — Т. 1. — С. 5—55. — 590 с.

9. Gutting, Gary (1999). Pragmatic Liberalism and the Critique of Modernity. Cambridge University Press. p. 116. ISBN 9780521649735. Modernity begins with Descartes' mutation of Augustinianism.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

10. Тюрго, Анн Робер Жак // Тихоходки — Ульяново. — М.: Советская энциклопедия, 1977. — (Большая советская энциклопедия: [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров; 1969—1978, т. 26).

11. Кондорсе Ж. Эскиз исторической картины прогресса человеческого разума = Esquisse d'un tableau historique des progres de l'esprit humain. — Либроком, 2011. — 280 с.

12. Конт О. Курс положительной философии в 6 томах. — С.-Петербург, 1900

13. Спенсер Г. Социальная статика: Изложение социальных законов, обусловливающих счастье человечества. —Санкт-Петербург, 1872. — 471 с.

14. Durkheim, Emile (1974) [1953]. Sociology and Philosophy. Translated by D. F. Pocock; with an introduction by J. G. Peristiany. Toronto: The Free Press. ISBN 9780-02-908580-6. LCCN 74-19680.

15. Popper K. The Third Wave (1980) Bantam Books, ISBN 0-553-24698-4

16. Bell D. The Revolution of Rising Entitlement. Fortune, 1975.

17. Toffler A. The Third Wave (1980) Bantam Books, ISBN 0-553-24698-4

18. Madaeva, S., & Tunis, K. (2019). ocio-philosophical bases of research of modernization processes in Uzbekistan. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(1), 3119-3123.

19. Avazovna, D. N. (2022). PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF MODERN METHODOLOGICAL APPROACHES TO THE STUDY OF THE PARADIGM OF CIVILIZATION. World Bulletin of Social Sciences, 14, 6-11.

20. Sharofovich, S. A. (2022). VIRTUALIZATION OF ECONOMY IS THE MAIN MECHANISM OF VIRTUALIZATION OF SOCIAL LIFE. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(12), 62-68.

21. Sharofovich, S. A. (2021). Virtuality as a New Ontological Model of the World. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(10), 51-54.

22. Sharofovich, S. A. (2021). CONCEPT ANALYSIS: "INFORMATION", "INFORMED SOCIETY","VIRTUALITY","VIRTUALIZATION", "SOCIAL VIRTUALIZATION". Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 338-346.

23. Шукуров, А. Ш. (2022). ВЛИЯНИЕ ВИРТУАЛИЗАЦИИ НА СОЦИОКУЛЬТУРНЫЕ ПРОЦЕССЫ. In 66-я Международная научная конференция Астраханского государственного технического университета (pp. 599-601).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.