Научная статья на тему 'HUQUQIY MADANIYAT FUQAROLIK JAMIYATINING POYDEVORI'

HUQUQIY MADANIYAT FUQAROLIK JAMIYATINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xaydarova Larisa Sunnatovna, Sherqulov Asadullo Sobir O‘G‘Li

Oilaviy hayotda bo‘ladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o‘qish va ish faoliyatidami – barchasi Konstitusiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi “mumkin” yoki “mumkin emas” degan so‘zlar ham shu qonunlardan kelib chiqadi. Aynan shu qoidalarni o‘zlashtirish bilan shaxsda huquqiy madaniyat shakllanadi, qonunchilik haqida tushuncha paydo bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY MADANIYAT FUQAROLIK JAMIYATINING POYDEVORI»

HUQUQIY MADANIYAT - FUQAROLIK JAMIYATINING

POYDEVORI

1Xaydarova Larisa Sunnatovna, 2Sherqulov Asadullo Sobir o'g'li 1ToshDAU Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi katta o'qituvchisi

2ToshDAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10903718

Yangi O'zbekiston — demokratik qonunlar, yuksak huquqiy madaniyatga ega fuqakrolar mamlakatidir.

M.SH.Mirziyoyev

Oilaviy hayotda bo'ladimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o'qish va ish faoliyatidami -barchasi Konstitusiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi. Bolalikdan har bir inson ongiga singdiriladigan qoidalardagi "mumkin" yoki "mumkin emas" degan so'zlar ham shu qonunlardan kelib chiqadi. Aynan shu qoidalarni o'zlashtirish bilan shaxsda huquqiy madaniyat shakllanadi, qonunchilik haqida tushuncha paydo bo'ladi.

Yoshlarning huquq va majburiyatga bo'lgan munosabat huquqiy hayotining barcha hodisalarning baholashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuridik huquq va majburiyatlar orqali ularning madaniyat-qadriyat sifatida huquqqa bo'lgan undagi talablarga nisbatan ruhiy munosabatini ochib beradi. Yuridik huquq va majburiyatlarga bo'lgan subektiv-ruhiy munosabat, ularni huquqiy faoliyati orqali amalga oshirilishi talablari yoshlarning jamiyatdagi huquqiy hodisalarga nisbatan qadriyatlarni baxolashini ochib beribgina qolmay balki madaniyatini faoliyat yurish turish bilan bogliq tomonlarini aniqlaydi. Huquqiy madaniyatga huquq erkinlik va majburiyatlar orqali yondashib huquqiy madaniyatning yoshlarning huquqiy sohadagi faoliyatining muhim usullaridan biri ekanligini ko'rsatadi1.

Huquqiy madaniyat murakkab, serkirra hodisa bo'lib, u birinchi navbatda:

• huquqiy ongning muayyan darajasi, ya'ni huquqiy vokelikni ongli ravishda tushunib, o'zlashtirishni;

• umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlar va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an'analarni;

• aholi tomonidan konunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yukori darajasini, ular nufuzini;

• huquqiy faoliyat, huquqiy ij odkorlik, huquqni muhofaza etish, boshkaruv va boshka organlar ishining samarali usullarini;

• fuqarolar va mansabdor shaxslarning konunga itoatkorligini talab etadi.

Har bir fuqaro shaxsiga nisbatan olganda, huquqiy madaniyat - bu huquqni bilish va tushunish, uning ko'rsatmalarini ongli ravishda bajarishdir.

Huquqiy madaniyat shaxs kamolotining muayyan sifat pog'onasini bildiradi. U o'z doirasiga g'oyaviy saviya (bilim va tafakkur madaniyati, ijtimoiy tajribani tahlil etish va umumlashtirish, yangi ijtimoiy hodisalarni avvalgi to'plangan bilimlar asosida ijodiy anglash kobiliyati), hissiy-ruhiy daraja (bilimlarning hakikiyligiga bo'lgan ishonch) hamda faol xulk-atvor darajasini kamrab oladi.

Birinchi Prizidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlariga toxtalib otsak: "Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni emas, balki, ushbu qonunlarning barcha

1 Tag^HxaHOB y., CaugoB A. Xy^y^HH MagaHuaT Ha3apuacH. 2-TOM^H. T.1. -T.: Y36eKHCTOH Pecnyô^HRacH HHB AKageMHacH, 1998. -316 6.

darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda qonunlarga va normativ xujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro'yobga chiqadi"2. Huquqqa yuksak hurmat bilan qarovchi yoshlar har qanday huquqiy qoida va talablarning buzilishiga qarshi turadi, har qanday huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz boladi. Akademik Sh.Z.Orazaev ta'kidlashicha, qonunlarga rioya qilish odati chuqur anglangan ehtiyoj bolishi kerak3. Bu ehtiyojning realligi shundaki, yosh inson muayyan huquqiy meyorlarni bajarish chogida har gal qonun talablarini bajarishdan formal zaruriyat uning asosiy ichki ehtiyojiga aylanib qolgani uchun u mazkur talablarni tegishlicha qabul qiladi. Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Ozbekiston XXI asr bo'sagasida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari" nomli asarida, - "O'tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli konunga xilof faoliyat bilan bogliq degan mutlaqo axloqqa zid nuqtayi nazar bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e'tiboridan chetda qolsa ayniqsa hayotga endigina qadam qo'yib kelayotgan yoshlarni yomon yo'lga ogdiradi. Axir jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va yuztuban ketishilan ayanchlirok, halokatlirok xol bormi ozi?" - deb halqimizga murojaat etdilar. Yoshlar orasida Huquqiy madaniyatning tarkib topishida va shakllanishida mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, muomala madaniyati katta ta'sir kuchiga ega. Ayrim mansabdor shaxslarning ozlari qonunlarni mensimasligi, kora bila turib uni buzishi, boshqalarga nisbatan kalondimoglik bilan munosabatda bo lishi yoshlarga ayniqsa, yuridik sohadagi shaxslarga huquqiy negilizm (norma va qonunlarni inkor yetish)ni keltirib chiqaradi, qonunlarga itoatsizlik huquqbuzarlik uchun jazo mukarrarligi, qonun oldida hamma tengligini xar bir yosh chuqur anglab yetishi kerak. Mamlakatimiz birinchi prizedenti I.A.Karimov aytganidek: "Huquqiy davlatning belgisi - barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi printsipini ta'minlashdir". Amir Temurning quyidagi sozlarini shu orinda eslash joizdir: «Hokimlar va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazishini eshitsam, ularga nisbatan shariatga muvofiq odamlar ortasida muxokama qildim»4. Yoshlarning huquqiy madaniyat-huquqqa doir bilimlarni shunchaki o rganib olish emas, balki ulardan huquq - targibotni va qonuniylikni mustahkamlashga ongli suratda yo'naltirilgan amaliy faoliyatda foydalana olishidir. Agar bu bilim va ishonch yoshlarning amaliy faoliyatida yuzaga chiqmasa, u olikdir va jonsizdir.

Shu ma'noda istiqlolning dastlabki yillaridayoq yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Xususan, "Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'grisida"gi, "Ta'lim to"grisida"gi, "Bola huquqlarining kafolatlari to"grisida"gi qonunlar, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularning tub zamirida esa har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirish maqsadi mujassamdir.

Shu bois yurtimizda huquqiy ta'lim va ma'rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targibotini yaxshilash masalasi davlat siyosati darajasiga kotarildi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash

2 Каримов И.А. Инсон, унинг хукук ва эркинликлари хамда манфаатлари-энг олий кадрият. Халк сузи, 2005 йил 10 декабр сони.

3 ^ ^

Уразаев Ш.З. Мустакил Узбекистон Конституцияси. -Т.: Адолат, 1994. -112 б.

4

Каримов И.А. Биз танлаган йул - демократик тараккиёт ва маърифий дунё билан хамкорлик йули. Т. 11. -Т.: Узбекистон, 2003. - 320 б._

— amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligiga erishish, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqaror vaziyatni ta'minlashning asosiy kafolati hisoblanadi.

I.Karimov ta'biri bilan aytganda, ".. .saxovatli Ozbekiston zaminida yashayotgan har qaysi odam mamlakatimizda olib borilayotgan va kozda tutilayotgan barcha islohotlar, avvalambor, uning manfaati, uning oilasi va farzandlari uchun, shu yurtning farovonligi va taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotganini aniq-ravshan anglab yetishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun hammamiz o z ustimizda ishlashimiz, avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy ongimizni yuksaltirishimiz, siyosiy faolligimiz va fuqarolik mas'uliyatimizni oshirishni bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qabul qilishimiz darkor. Chunki ongi, tafakkuri, e'tiqodi mustahkam bo'lgan, oz mustaqil fikri bilan yashayotgan odamni chalgitib ham, kimlardir xohlagan tomonga ogdirib ham bo lmaydi. Bu haqiqatni barchamiz, avvalo, bugun hayotga kirib kelayotgan yoshlarimiz yaxshi anglab olganiga ishonaman. Qolaversa, bunday qarash, bunday yondashuv bilan yashash biz barpo etayotgan huquqiy davlatning eng muhim tarkibiy qismi, jamiyatimizni o'zgartirish va yangilashning asosiy shartidir, desak, aslo mubolaga bo'lmaydi"5.

Xulosa o'rnida shu aytish mumkinki, qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Ya'ni, ayrim kishilar jazodan qo'rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko'ra qonunni hurmat qiladi. Shu bois birinchi navbatda aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida huquqiy tarbiyani keng yo'lga qo'yishimiz lozim. Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan «yaxshi» va «yomon», «mumkin» va «mumkin emas» degan tushunchalar o'rtasidagi farqni o'rgatishimiz, o'zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo'lishimiz kerak.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: "Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitusiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart"6.

5 Каримов И.А. Биз танлаган йул - демократик таравдиёт ва маърифий дунё билан ^амкорлик йули. Т. 11. -Т.: Узбекистан, 2003. - 320 б.

6 Мирзиёев Ш.М. Узбекистон Республикаси Конституциясининг 26 йиллигига багишланган тантанали маросимдаги маърузаси.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.