Научная статья на тему 'HUDUDIY TURIZM BOZORIDA INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI'

HUDUDIY TURIZM BOZORIDA INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
60
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turizm / marketing / iqtisodiy samaradorlik / marketing konsepsiyasi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Komolov Aslamjon Xo’Jamqul O’G’Li

Mazkur maqolada hozirgi kunda turizm shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, u bir necha tarmoqlarni harakatga keltiradi hamda tabiiy resurslar sarflarini keskin kamaytiradi. Bu esa hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligini aniqlash va baholash vazifalarini yuklaydi. Maqolada ham iqtisodiy samaradorlikni aniqlash va baholash bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUDUDIY TURIZM BOZORIDA INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI»

HUDUDIY TURIZM BOZORIDA INTEGRATSIYALASHGAN MARKETING KONSEPSIYASINI AMALGA OSHIRISHNING IQTISODIY

SAMARADORLIGI

Komolov Aslamjon Xo'jamqul o'g'li

Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi davlat muassasasi bo'lim boshlig'i

https : //t.me/Aslamj on_Komolov

Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi kunda turizm shunday o'ziga xos xususiyatga egaki, u bir necha tarmoqlarni harakatga keltiradi hamda tabiiy resurslar sarflarini keskin kamaytiradi. Bu esa hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing konsepsiyasini amalga oshirish samaradorligini aniqlash va baholash vazifalarini yuklaydi. Maqolada ham iqtisodiy samaradorlikni aniqlash va baholash bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Turizm, marketing, iqtisodiy samaradorlik, marketing konsepsiyasi.

Bugungi kunda jahon turizm bozoridagi keskin raqobat kurashi mamlakatimizda turizm tarmog'ining samarali faoliyatini ta'minlash uchun sohada marketing konsepsiyasi elementlaridan keng ko'lamda foydalanishni taqozo etmoqda. Ammo, milliy turistik tashkilotlar amaliyotida ushbu elementlardan tizimsiz ravishda foydalanilishi oqibatida sohada ko'rilayotgan samara uning mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanish darajadasidan ortda qolmoqda.

Turizm sohasi bo'yicha jahon amaliyotiga nazar soladigan bo'lsak, unda boshqaruv faoliyatining barcha (korxona, hudud, mintaqa, milliy) darajalarida o'zaro kooperatsiyalashgan tarzda olib borilayotgan marketing faoliyati milliy turistik tashkilotlarning jahon bozorida raqobatbardosh pozitsiyalarni egallashga qaratilgan samarali faoliyatlarining muhim katalizatori hisoblanadi. Bundan tashqari, turizm bozorida amalga oshirilayotgan marketing faoliyatiga oid tadbirlar majmui turistik marketing xususiyatlariga bog'liq shaklda tashkil etilmoqda. Demak, mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish uchun turizm marketingining o'ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida, marketing konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Turizmda marketing faoliyatinining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu, birinchidan, turli xil xizmatlarning moddiy-ashyoviy mahsulotlardan farqli xususiyatlarida va ikkinchidan, turistik mahsulotning boshqa xizmatlar umumiy xususiyatlaridan farqli alohida xossalarida yorqin namoyon bo'ladi (1-rasm).

1-rasm. Turizm marketingining o'ziga xos xususiyatlari

Turistik xizmatlaming umumiy jihatlari, eng avvalo, turli-tuman xizmatlarga xos bo'lgan umumiy xususiyatlar, ya'ni: sezilmaslik; ishlab chiqarish va iste'molning ajralmasligi; sifatning o'zgaruvchanligi; saqlab bo'lmaslik kabi xususiyatlarga asoslanadi. Bu xususiyatlarning har birini alohida tahlil etib chiqamiz, chunki sohada marketing konsepsiyasini amalga oshirishda ularning o'rni va roli katta ahamiyat kasb etadi.

Sezilmaslik yoki xizmatlarning nomoddiy xarakterga ega bo'lishi xususiyati bu ularni ko'rish, tatib ko'rish, sezish imkonining yo'qligidir. Biron bir turistik hududga sayoxatga chiqishidan oldin turist turistik tashkilotdan "unutilmas dam olish va'dasi" sifatidagi turpaketni sotib oladi. Xizmatlarga xos "sezilmaslik" xossasi tufayli turistik paket xaridori xizmatlarni sotib olishdan oldin (gohida keyin ham) nima sotilayotganligini baholashi qiyin kechadi. Shu sababli, turizm marketingida "turistik mahsulotni moddiylashtirish" usulidan foydalaniladi. Bugungi kunda turizm amaliyotida turistik xizmatlarni moddiylashtirish usullari sifatida ularni namoyish qilish imkonini beruvchi bukletlar, reklama materiallari, plakatlar hamda xizmatlarni vizuallashtirishning zamonaviy va innovatsion vositalaridan (multimediya va virtual maxsulotlar) keng foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda turizm amaliyotida ushbu vositalardan foydalangan holda, turistik mahsulotlarning potensial iste'molchilari kutishlariga ta'sir qiluvchi va ularni sayohat qilishga motivlashtiruvchi ma'lum bir ijobiy obrazni yaratish, qo'llab quvvatlash va kelajakda shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ishlab chiqarishning iste'moldan ajralmasligi natijasi esa xizmatlar sifatining uzgaruvchanligi hisoblanadi. Xizmatlarning sifat uzgaruvchanligiga ikki gurux, ya'ni: tashkilotda xizmat qiluvchi ishchi-xodimlarning faoliyatiga (bilimi, malakasi va saviyasiga hamda tashkilotda xodimlar faoliyatini tartibga solish samarasiga) bog'liq bo'lgan omillar; ko'rsatilayotgan xizmatlarning iste'molchi talablariga muvofiq ravishda individuallashuvida (turistning xohish-istaklari ta'sirida) namoyon bo'luvchi omillar ta'sir etadi.

Xizmatlarni moddiy tovardan ajratuvchi muhim xususiyati ishlab chiqarish va iste'molning ajralmasligi yoki xizmatlarning ularni ko 'rsatuvchi shaxsdan uzilmasligi hisoblanadi. Bunda xizmatlarning mijoz buyurtma berganda yoki faqatgina mijoz paydo bo'lganda ko'rsatilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Xizmatning ko'rsatilishi

va uning mijoz tomonidan iste'mol qilinishi ajralmas umumiy jarayondir. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, ko'pchilik soha mutaxassislaгining fikriga ko'гa, ishlab chiqaгishning iste'moldan ajralmasligi xizmatlarning moddiy shakldagi tovaгlardan farqini ifodalovchi eng asosiy xossasi hisoblanadi.

Xizmatlaming o'ziga xos jihatlaridan yana bin ulami saqlab bulmasligidir. Turizm bozorida xizmatga talab taklifdan ko'p bo'lsa, taklifning yetishmaydigan qismini ombordan olib kelish oгqali to'ldirishning iloji yo'q. Aksincha, ko'гsatilayotgan taklif hajmi talabdan yuqoгi bo'lsa, daromadning pasayishi kuzatiladi. Demak, xizmatlarning saqlanmasligi holati xizmatlar bozorida talab va taklifni o'zaгo muvofiqlashtirish uchun choralar (tabaqalashtiгilgan naгxlaг o'matish; imtiyoz va chegirmalarning turli shakllaridan foydalanish; oldindan buyurtma qilish tizimini shakllantirish va hk.) ishlab chiqilishini talab etadi.

Turizm industriyasi o'zining asosiy tavsifiga ko'гa, xo'jalik faoliyatining boshqa shakllaridan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarga ega emas. Shuning uchun ham, fikrimizcha, zamonaviy marketing tizimining asosiy qoidalarini to'liq tuгizm sohasida qo'llash mumkin. O'z navbatida, tuгistik mahsulotning moddiy-ashyoviy tovarlardan, shuningdek boshqa xizmat turlaridan faгqlovchi jihatlari uning o'ziga xos xususiyatlarini vujudga keltiradi. Turizm bozorida xizmatlar savdosi bilan bir qatorda moddiy-ashyoviy tovarlar (mutaxassislaming fikriga ko'ra, turistik mahsulotning tarkibi 75% xizmatlar, 25% moddiy-ashyoviy tovarlardan iboratdir) savdosining amalga oshirilishi ushbu xususiyatlarning asosini tashkil etadi.

Xizmatlarga xos umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda turistik mahsulotlarning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari mavjud:

- ularning murakkab tarkibiy tuzilmaviy aloqalar tizimi bilan xarakterlanuvchi xizmatlar va (moddiy va nomoddiy) tovarlar majmui hisoblanishi;

- turistik xizmatlarga bo'lgan talab daromad va narx darajasiga nisbatan elastik hisoblanib, siyosiy va ijtimoiy sharoitlarga bog'liq bo'lishi;

- turistik mahsulot iste'moli bevosita turistik xizmat ishlab chiqiladigan joyda amalga oshirilishi;

- boshqa tovarlar realizatsiya jarayonidan farqli, turmahsulot iste'molchilarining ularni mahsulotdan yoki iste'mol joyidan ajratib turuvchi masofani kechib o'tishi;

- turistik mahsulotning taklifi va talabiga mavsumiylik omili ta'siridagi tebranishlarning xosligi (turizmning turli xil mavsumlarida marketing tizimining zaruriy unsurlaridan foydalanish marketing faoliyatini tashkil etish samarasini oshiradi);

- turistik mahsulotlar taklifining egiluvchan bo'lmasligi (turistik mahsulotlar faqatgina ishlab chiqarilgan joyida iste'mol qilinishi mumkin; mexmonxona, aeroport, dam olish bazasini mavsum oxirida boshqa joyga ko'chirib bo'lmaydi) bilan tavsiflanishi;

- turistik mahsulotni yaratish uslubining o'ziga xosligi, ya'ni alohida extiyojlar va turli xil tijorat maqsadlariga ega bo'lgan korxonalarning birgalikdagi say-harakati bilan yaratilishi;

- arzimas kamchiliklar sababli ham yuqori sifatli turistik xizmatlarga erishib bo'lmasligi (chunki tuгistlaгga xizmat ko'гsatish tizimi o'sha arnmas va mayda unsurlardan tashkil topgan);

- tuгistik xizmat^ sifatini baholashda biг qatoг sub'yektiv omillarning, xususan, iste'molchining bahosiga (uning ko'reatilgan xizmatdan qanoatlanishi daгajasiga), ko'p hollaгda, xaгid qilingan xizmatlaг paketi bilan bevosita bog'liq bo'lmagan boshqa shaxslaming (masalan, maxalliy fuqarolaг, turistik gumh a'zolaгi) ta'siг etishi:

- turistik xizmat sifatiga fors-major xususiyatidagi tashqi omillarning (tabiiy sharoit, ob-havo, turizm sohasiga oid siyosat, xalqaro hodisalar va hokazo) ta'siï kursatishi va hokazo.

Turistik maxsulotning o'ziga xos xususiyatlari turizm industriyasida ma^eting konsepsiyasini amalga oshirishda sezilarii ta'siï ko'гsatadi. Xizmat ko'гsatish sohasida ma^ting^ng o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan xorijiy ilmiy adabiyotlaгda xizmat^ maгketingining modellaгi keltiгilgan bo'lib, ulaT turizm bozorida marketing konsepsiyasini amalga oshirish amaliyotida ilmiy-nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.

Hoziïgi vaqtda har Ыг investoг o'z mablag'laгini qo'yishning maksimal samaradorligini ta'minlash uchun u yoki bu kapital kiritish ob'ektining investision jozibadoriigini qisqa muddat ichida baholash imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Ma'lum ob'ektning investision jozibadorligi haqidagi tasavvur investor uchun ob'ektning iqtisodiy potensiali, ob'ektga kiritiladigan investisiyadan kutilayotgan foyda (naf) va kuchsiz tomonlarini tushunish uchun zaгuг bo'ladi. Turistik ob'ektlarining investision jozibadoгligiga ko'pgina ichki va tashqi omillar ta'siг etadi. Ularning kompleks baholanishi turistik ob'ektning investision jozibadorligini aniqlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi turizm to'g'risidagi qonuni. -T.; O'zbekiston , Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma'qullangan.

2. Кварталнов В. А. Международный туризм. Учебник. - М.: ФиС, 2007. -

235

3. Vahobov A. va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. - T.: —Sha^ll, 2005.

4. Alieva M.T., Salimova B.X. Mehmonxona menejmenti. - T.: Moliya 2005,

5. Бутуров И.Н. Маркетинг и менеджмент иностранного туризма. - М.: Финансы и статистика, 2003,

6. Rahimbayev A.O Turizm nazariya va amaliyoti,; -T.; O'zbekiston 2017-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.