Научная статья на тему 'HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY DRAMATURGIYASI'

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY DRAMATURGIYASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
10657
588
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Teatr / san’at / dramaturgiya / drama / ariya / p’esa / aktyor / adabiyot

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Z.Abdunazarov

Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning dramatik asarlari bu janrning taraqqiyoti to’g’risida ma’lumot berilgan. XX asr o’zbek adabiyotining tamal toshini qo’ygan ijodkorlardan biri Hamza Hakimzoda Niyoziydir. Uning ijodiy merosi boy va rang-barangdir. H.H.Niyoziy qalamiga mansub sharq mumtoz she’riyati an’analari ruhida yaratilgan devoni, jadidma’rifatparvarlik g’oyalarini o’zida aks ettirgan “Gul” turkumidagi she’riy to’plamlari hamda XX asr boshidagi o’zbek jamiyati manzaralirini ifodalovchi dramatik asarlari o’zbek adabiyoti xazinasiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY DRAMATURGIYASI»

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY DRAMATURGIYASI

Z.Abdunazarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning dramatik asarlari bu janrning taraqqiyoti to'g'risida ma'lumot berilgan. XX asr o'zbek adabiyotining tamal toshini qo'ygan ijodkorlardan biri Hamza Hakimzoda Niyoziydir. Uning ijodiy merosi boy va rang-barangdir. H.H.Niyoziy qalamiga mansub sharq mumtoz she'riyati an'analari ruhida yaratilgan devoni, jadid-ma'rifatparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettirgan "Gul" turkumidagi she'riy to'plamlari hamda XX asr boshidagi o'zbek jamiyati manzaralirini ifodalovchi dramatik asarlari o'zbek adabiyoti xazinasiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi.

Kalit so'zlar: Teatr, san'at, dramaturgiya, drama, ariya, p'esa, aktyor, adabiyot.

HAMZA HAKIMZODA NIYAZI DRAMATURGY

Z.Abdunazarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information on the development of the genre of Hamza Hakimzoda Niyazi's dramatic works. Hamza Hakimzoda Niyazi is one of the cornerstones of 20th century Uzbek literature. His creative heritage is rich and colorful. Created in the spirit of the traditions of oriental classical poetry by HHNiyazi, the collection of poems in the series "Flower" reflecting the ideas of modern enlightenment, as well as a dramatic representation of the landscape of Uzbek society in the early twentieth century. His works have made a great contribution to the treasury of Uzbek literature.

Keywords: Theater, art, dramaturgy, drama, aria, play, actor, literature.

Ma'lumki, o'zbek dramaturgiyasining ilk namunasi mashhur jadid-ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919) qalamiga mansub "Padarkush" dramasidir. 1911 yilda yozilib, 1913 yilda Samarqandda nashr etilgan bu drama 1914 yilda sahnalashtirilib, xalqqa namoyish etilgach juda katta shuhrat qozondi. Bu asardan ta'sirlangan Abdulla Qodiriy "Baxtsiz kuyov" dramasini yaratdi. H.H.Niyoziyning ilk dramatik asarlari ham ayni shu davrda "Padarkush" dramasi ta'sirida vujudga keldi. U 1914-1916 yillarda "O'ch" (1914), "Zaharli hayot, yohud ishq qurbonlari" (1915), "Ilm hidoyati", "Mulla Normuhammad domlaning kufr

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

xatosi", "Ochlik qurbonlari" (1916), "Muhtoriyat yoki avtonomiya" (1917) kabi kichik sahna asarlarini yaratdi.

Hamza sovet davrida "Kim to'g'ri", "Tuhmatchilar jazosi", "Boy ila hizmatchi", "Ishchilar hayotidan" (1918), "Loshmon fojeasi" (1916-1918), "Farg'ona fojeasi" (1918-1920), "Qizil qon ichida yosh go'daklar", "Mahbus to'raning holi" (1919) singari pyesalarini yozgan. Ammo bu asarlarning aksariyati bizgacha etib kelmagan. H.H.Niyoziy keyinchalik targ'ibot va tashviqot yo'nalishida "Pastki SHo'rolar saylovi munosabati ila yozilgan cho'pchaklar", "Burung'i saylovlar" (1926), "Jahon solnomasining eng oxirgi kunlari" (1927), kabi pyesalarini ham yaratdi. Ayni shu davrda H.H.Niyoziy o'zbek dramaturgiyasining mumtoz namunalaridan bo'lgan "Maysaraning ishi" komediyasi hamda "Paranji sirldaridan bir lavha yoki yallachilar ishi" dramasini ham yozgan. Agar adibning ilk dramalari bo'lgan "Zaharli hayot"da melodrama va sentamentalizm unsurlari mavjud bo'lsa, keyinroq yozilgan "Tuhmatchilar jazosi", "Boy ila hizmatchi", "Paranji sirlaridan bir lavha" pyesalarida realizm kuchli ekanligini ko'rish mumkin.

XX asrning 20-30-yillari davomida H.H.Niyoziyning "Zaharli hayot", "Boy ila hizmatchi", "Maysaraning ishi", "Paranji ishi sirlari" ("Xolisxon") "Burungi saylovlar" kabi dramatik asarlari O'zbekistonning ko'plab teatrlarida bir necha martadan sahnalashtirilib, tomoshabinlarga taqdim etilgan.

1989 yili Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adibning 5 tomlik "To'la asarlar to'plami"ni nashr etildi. Uning pyesalari mazkur nashrning 3, 4-tomlariga kiritilgan. Ularning soni 20 tadir. Albatta, ularning ichida hammasi bir xil emas. Ba'zi pyesalar ayrim kichik lavhalar shaklida bo'lsa, ayrimlari esa bir necha pardadan iborat yirik dramatik asarlardir.

H.H.Niyoziyning bizgacha etib kelgan ilk pyesalaridan biri, "O'ch" bo'lib, u uch ko'rinishidan iborat. Ushbu pyesada chorizm mustamlakasi davridagi mustamlakachi ma'murlar hamda mahalliy amaldorlarning xalqni nodonlikda saqlash uchun olib borgan xatti harakatlari va ularning jabr-zulmiga qarshi jadidchilik kayfiyatidagi ayrim ziyolilarning kurashi qisqa lavhalarda bayon etilgan. Asardagi Hokim, Noib, Boy, Mingboshi singari obrazlar orqali o'sha davrdagi xalqqa ikki taraflama zulm qiluvchilar qiyofasini, Haydarqul timsolida esa bu jabr-zulmga qarshi kurashuvchi jadid-ziyolilarni bir misolini ko'rish mumkin.

Hamzaning "Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari" asari fojeasi (tragediya) bo'lib, 1915 yilda yozilgan va 1916 yilda toshbosma usulda chop etilgan. Bu asar haqida o'zbek teatr tarixchisi Miyon Buzruk Solihov shunday deb yozgan: "Bu pyesa Hakimzodaning pyesa janri ustida bergan eng oldingi asaridir: uning soddaligi va, yuzakiroq chiqqan shu boshlang'ich asar bo'lishidan ilgari kelgan holdir; chunki,

Hakimzodaning so'nggi asarlari bu pyesaga qaraganda san'at jihatidan ustun turadurlar" 1

"Zaharli hayot"ning bosh qahramonlari Mahmudxon ismli yosh yigit va uning sevgilisi Maryamxondir. Mahmudxon yangi usul maktablarida tahsil olgan zamonaviy kiyinadigan, jadidchilik harakatiga hayrihoh yigit: uning sevgilisi Maryamxon garchi eski maktablarda o'qigan bo'lsada Mahmudxon ta'sirida u ham yangicha fikrlashga intiladi.

Dramada jaholat, qoloqlik, mutaassiblik ilm-ma'rifat, taraqqiyot fidoiylari Mahmudxon va Maryamxonni fojeaga olib keladi.

Asarning ikki qahramoni Maryam va Mahmud zamonasining hal qiluvchi kuchlari mutaassib kuchlarga qarshi kurashadilar. Tomonlar o'rtasidagi kurash eng yuqori nuqtaga ko'tariladi: ularning istiqbol haqidagi yuksak orzulari chilparchin bo'ladi. Natijada ilojsiz qolgan yoshlar mavjud tuzumga, feodal tartiblarga, jaholatga, mutaassablarga qarshi isyon tariqasida o'z jonlariga qasd qiladilar. Asardagi Mahmudxon manologlarida senlamentsollik shu darajada kuchliki, tinglovchining qalban larzaga soladi. Mahmudxonning o'limi oldidagi monologi fojeaning asl mohiyatini yanada to'laroq ochishga xizmat qiladi.

Hamzaning "Muxtoriyat yoki avtonomiya" pyesasi 1917 yilda yozilgan. Yozuvchining o'zi izoh berganidek, bu pyesa "Turkistonda hurriyat bo'luvi munosabati ila yoshlar va ulamolar orasida ixtilof o'laroq ulamolarning ayrilib ketuvlari" va Turkiston muxtoriyatini tashkil etish g'oyasining paydo bo'lishi munosabati bilan yaratilgan. Hamza ushbu asarda "Sho'royi islom" tashkilotining Qo'qonda Turkiston muxtoriyatini barpo etish masalalariga bag'ishlangan majlisini tasvirlab bergan.

Bu komediyaning personajlari "Sho'royi islom" tashkilotining a'zolaridan iborat bo'lib, muallif ularning ismlarini to'la bermay, bu nomlarni bosh harflarinigina keltiradi. Bu bosh harflarda berilgan nomlar real kishilarning ismlaridir.

Hamza bu asar asosidagi spektaklni Qo'qonda G'ishtko'prikdagi Mahmud tarasha mehmonxonasida sahnalashtirib namoyish etgan.2 Bu komediya matni birinchi marta Hamza "Asarlar"ining II tomida ayrim qisqartirishlar bilan e'lon qilingan. Asarning to'liq matni, Hamza Hakimzoda Niyoziy To'la asarlar to'plamining uchinchi tomida chop etilgan.

Hamzaning sovet davrida eng ko'p shuhrat topgan asari, bu "Boy ila xizmatchi" pyesasidir. Bu asarning yozilish sanasi haqida har xil taxminlar bor. Ba'zi adabiyotshunoslar (masalan, Sotti, Husayn) uni oktyabr inqilobidan ilgari yozilgan, inqilobdan keyin qayta ishlangan desalar, boshqalar (masalan, Yusuf Sultonov) bu drama 1918 yilda yozilgan deb hisoblaydi. Bu pyesada Solihboy ismli bir boyning

1 М.Бузрук Солихов. Узбек театр тарихи учун материаллар. Тошкент. 1935.Б.113.

2 Рахмонов М. Х,амза ва узбек театри. Тошкент. 1959. 125 б.

G'ofir ismli xizmatchining xotinini zo'ravonlik bilan tortib olishi haqidagi mojorolar bayon etilgan.

Asar o'z vaqtida adabiyot va san'at bilan shug'ullanuvchi ayrim kishilarga manzur bo'lmagani uchun nashr etilmagan va qo'lyozmasi yo'qolgan.

Pesaning bizgacha etib kelgan yagona qo'lyozma nushasi Vali Burhon tomonidan ko'chirilgan bo'lib, u Abu Rayxon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Uning hajmi 55 betdan iborat.

Bu asar 1939 yilda hukumat topshirig'i bilan Kamol Yashin tomonidan mavjud qo'lyozma nusxa hamda Hamza zamondoshlarining xotiralari alohida butunlay qayta ishlangan. "Boy ila xizmatchi" pyesasini sovet mafkurasiga moslangan ushbu varianti 1991 yilgacha respublika teatrlarida sahnalashtirilib, namoyish etilgan.

Hamzaning "Kim to'g'ri" pyesasi ham 1918 yilda yozilgan va o'sha vaqtda sahnalashtirilgan. Asar o'z vaqtida nashr ettirilmagani uchun uning asl nushasi yo'qolgan. Bu asarning 1920 yilda ko'chirilgan nushasi Muzaffar Muhammedov tomonidan Hamza yubileyining o'ttizinchi kamissiyasiga topshirilgan. SHu nusha asosida 1939 yildan boshlab Hamza asarlar to'plamida nashr etilib kelmoqda.

"Kim to'g'ri" bir pardali komediya bo'lib uning qahramonlari Qodirjon ismli bir ziyoli, uning xotini Maryam hamda ularning xizmatkorlari Xolmat va Ruzvondir. Asar maishiy mavzuda bo'lib, oilada er-xotinning bir-birlarini aldamasligi bo'lib qanday holga tushishlari ishonarli tarzda ko'rsatib berilgan.

Hamzaning "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" nomli komediyasi 1926 yilda yozilgan. Bu komediya o'zbek dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu asar bilan Hamza o'zbek komediyasi tilini qanday o'stirish, ishlash kerakligini ko'rsatib berdi. "Maysaraning ishi"dagi qaxramonlar pyesaning o'ziga xos ishlashi diqqatni jalb qiladi" deb yozgan edi Sotti Husayn.3 Bu asar asosida keyinchalik "Maysaraning ishi" nomli opera yaratildi va kinofilm ham suratga olindi.

"Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi" nomli besh pardali drama 1927 yilda yozilgan. Asarda 1882 yildan 1919 yilgacha bo'lib o'tgan voqealar badiiy ifodalagan. pyesa birinchi marta 1940 yil 7 avgustda Hamza nomidan o'zbek davlat drama teatrida E.Bobojonov tomonidan sahnalashtirilgan. Bu asar keyinchalik respublika teatrlarida "Xolisxon" nomi bilan sahnaga qo'yilgan. YUksak badiiy mahorat bilan yozilgan bu pyesa o'zbek dramaturgiyasining mumtoz namunalari qatoridan o'rin olgan.

Xulosa qilib aytganda, Hamza Hakimzoda Niyoziyning dramatik asarlari bu janrning taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko'rsatadi va rang-barang obrazlar, bilan uni boyitdi. Ularning ayrimlarini bugungi kunda ham sahnalashtirish o'zbek

3 COTTH Xycafa. X,aM3a X,aKHM3oga. X,aëTH Ba $aomaTH. TomKeHT-CaMap^aHg. 1940. E.43. nTTTtx^^m 173

tomoshabinlari uchun haqiqiy san'at namunasi qanday bo'lishi lozimligini ko'rsatib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rizaev O. XXI asr o'zbek teatri: muammolar va rejalar. "Teatr", 2002 yil, 6-

son.

2. K.S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" - T., YAngi asr avlodi., 2010.

3. Jumanov I. Sahna nutqi - T., "Abu matbuot-konsalt"MCHJ nashriyoti - 2015.

4. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovasion ziyo"-2021.

5. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

6. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

7. Haydarov, A., Akbarov, T., & Abdunazarov, Z. (2020). High purpose and leading action. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 609-615.

8. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

9. Абдуназаров, З. (2020). Тимсоллар сиймосини яратиш. Oriental Art and Culture, (III), 146-150.

10. Абдуназаров, З. (2020). Миллий уйинларимиз иштирокида ёш актёрларни тасаввури ва диккатини чархлаш. Oriental Art and Culture, (III), 134138.

11. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

12. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУЩНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

13. Boltaboeva, U., Gofurova, B., Pulatov, R., & Mamatkulov, B. (2020). Methods of improving the young actors speech. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1114-1123.

14. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

I ГссЮ^^^В! 174 http://oac.dsml-qf.uz

15. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХДДА. Oriental Art and Culture, (6).

16. Болтабоева, У. (2021). УЗБЕК ТЕАТРИ СА^НАЛАРИДА ТИЛ ВА НУЩ МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental Art and Culture, (7), 171-180.

17. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

18. Usmonov, S., Boltaboeva, U., & Akbarov, T. (2021). Principles of working on a monologue with future actors. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 28-38.

19. Boltaboeva, U., Usmonov, S., & Akbarov, T. (2021). A Look at Askia Art. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2277-2284.

20. Usmonov, S., Boltaboeva, U., Rahmonova, N., & Akbarov, T. (2021). Pedagogical Approaches To Educating Future Actors. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(05), 85-90.

21. Болтабоева, У. (2019). Ижодкор шахс-актёрни тарбиялашда жонли сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 37-39.

22. Рахматуллаева, Ш., Болтабоева, У., & Каримов, Б. (2019). Фольклор санъати ва хал; достонлари: кеча ва бугун. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 4649.

23. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

24. Болтабоева, У. (2020). Нут; санъатининг узига хос хусусиятлари: муаммо ва ечимлар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 26-32.

25. Boltaboeva, U. (2019). Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology. Eastern European Scientific Journal, (1).

26. Boltaboeva, U., Sh, U., & Rahmonova, N. (2019). Creative person-the role of live word in educating an actor. European Journal of Arts, (3).

27. Boltaboyeva, U., Rakhmonova, N., & Usmonov, S. (2020). Characteristics of speech Art: problems and solutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(4), 559-567.

28. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

29. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

30. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). PEARLS OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 5(Conference), 4-4.

31. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

32. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

33. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

34. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

35. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

36. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

37. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

38. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

39. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

40. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

41. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

42. GofirjonYunusov, R. A., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look at the Folklore of Fergana Valleyor History of a Song in the Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2822-2827.

43. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

I fcOT^^^^H 176 http://oac.dsmi-qf.uz

44. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

45. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

46. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

47. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

48. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

49. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

50. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

51. Дехконов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

52. Utaganov, R., Dehqonov, R., & Tuxtasinov, M. (2020). MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS IN ARTS. European Journal of Arts, (2), 146-148.

53. Usmonov, S., Utaganov, R., & Dehqonov, R. (2020). Director's knowledge and approach in performing classical plays. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2921-2924.

54. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

55. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

56. Дайдаров, А. (2021). ЁШЛАРИМИЗНИНГ ЭСТЕТИК БАРКАМОЛ БУЛИБ УЛЕАЙИШИДА УЗБЕК ХАЛК ОЕЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИНИНГ УРНИ. Oriental Art and Culture, (6).

57. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

58. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

59. Ac^apoBa, M. (2021). AAABHH :®APAEHHHHT 3YKKO TAAKHKOTCHCH. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

60. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

61. Mag, A. (2021). Y3BEKHCTOH XA.TK APTHCTH TAMAPA XOHHMHHHT COEHK HTTHOOK AABPHAA CAHLATAATH H^O^HH OAO^H^TH. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

62. MagonHMOB, A. (2021). Y3BEKHCTOH CAHLATKOP.nAPHHHHT YTYE BATAH YPYmHAA OPOHT BA OPOHT OPTHAA EA-TABATA KYmTAH ^HCCACH (19411945 HH^^AP). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.