Научная статья на тему 'GLOBAL EKOLOGIK HARAKATDA XALQARO EKOTURIZMNING O‘RNI VA ROLI'

GLOBAL EKOLOGIK HARAKATDA XALQARO EKOTURIZMNING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik harakat / ekologik munosabat / ekoturizm / ekoturizm yo‘nalishlari / ekologik turizm madaniyati / ekoturistik munosabat / ekoturistik imkoniyat / ekoturistik obyekt / ekoturistik siyosat / xalqaro ekoturizm. / экологическое движение / экологическое отношение / экологический туризм / направления экотуризма / культура экологического туризма / экотуристическое отношение / экотуристическая возможность / объект экотурзма / экотуристическая политика / международный экотуризм

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — O‘ktamjon G‘ulomovich Tilavov

Maqolada ekoturizm hodisasining ekologik harakat globallashuvidagi roli va o‘rni, uning tarixiy-obyektiv zaruriyati, potensial imkoniyatlari, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy funksiyalari, ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализировано объективно-историческая необходимость, потенциальные возможности, закономерности развития, социальные функции и значения и роль феномена экотуризма в процессе глобализации экологического движения.

Текст научной работы на тему «GLOBAL EKOLOGIK HARAKATDA XALQARO EKOTURIZMNING O‘RNI VA ROLI»

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiSton^illiy^niverMte^

GLOBAL EKOLOGIK HARAKATDA XALQARO EKOTURIZMNING

O'RNI VA ROLI

O'ktamjon G'ulomovich Tilavov

O'zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malkasini oshirish

tarmoq (mintaqaviy) markazi direktori.

ANNOTATSIYA:

Maqolada ekoturizm hodisasining ekologik harakat globallashuvidagi roli va o'rni, uning tarixiy-obyektiv zaruriyati, potensial imkoniyatlari, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy funksiyalari, ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: ekologik harakat, ekologik munosabat, ekoturizm, ekoturizm yo'nalishlari, ekologik turizm madaniyati, ekoturistik munosabat, ekoturistik imkoniyat, ekoturistik obyekt, ekoturistik siyosat, xalqaro ekoturizm.

АННОТАЦИЯ:

В статье анализировано объективно-историческая необходимость, потенциальные возможности, закономерности развития, социальные функции и значения и роль феномена экотуризма в процессе глобализации экологического движения.

Ключевые слова: экологическое движение, экологическое отношение, экологический туризм, направления экотуризма, культура экологического туризма, экотуристическое отношение, экотуристическая возможность, объект экотурзма, экотуристическая политика, международный экотуризм

ANNOTATION:

In the article, social functions and value of hedonistic and the eudemonistic questions of ecological tourism in the context of development of spiritual culture of the personality are considered.

Keywords: aesthetic relation to the nature, ecological tourism, culture of ecological tourism (ecotourism), ecological hedonism, ecological eudemonism, opportunities in ecotourism, object of an ecotourism, ecotourism policy, international ecotourism, directions of ecotourism.

XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab, dunyoda turistik serviz xizmatlarining texnik-texnologik asoslari rivojlanishi natijasida, umuman turizm, xususan bevosita ekoturizm bilan bog'liq noan'anaviy: agroturizm, arxeologik, etnografik, diniy,

April 24, 2024

665

ekstremal sharoitlar va boshqa sohalar ustuvor rivojlanishi mutaxassislar tomonidan, ularning tez taraqqiy qilayotgan yo'nalishlari sifatida baholanmoqda.

"Ekoturizm" tushunchasi ilk bor meksikalik Ektor Sebalyos-Laskurayn tomonidan XX asrning 80-yillarida ilmiy adabiyotlarda rasmiy qo'llanilgan. YA'ni ekoturizm tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishga yo'naltirilgan ekologik harakatning faol shakli sifatida: ommaviy kommunikatsiya, zamonaviy infrastruktura va boshqa turistik obyektlarga nisbatan bokira tabiiy komfortni qadrlash va uning go'zalligini mushohada qilish, zavqlanish, u bilan muloqotdan ma'naviy boyish, tabiiy merosni saqlash hamda mahalliy jamoalarning ekologik an'anaviy madaniyati va qadriyatlarini muhofaza qilish ustuvorligini va unga daxldorligini, mas'uliyatini his qilishni ko'zda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi a'zosi. X.Azzamovning fikriga ko'ra, ekoturizm tushunchasi tor va keng ma'noda qo'llaniladi. YA'ni tor ma'noda: ekoturizm - kishilarning organizmlar yashaydigan tabiiy muhitiga sayohatlari; keng ma'noda esa - kishilarning doimiy yashash joylaridan muayyan muddatga dam olish, sport bilan shug'ullanish, sog'lomlashish, ma'rifiy-ma'naviy (umumtarbiyaviy) tadbirlarni olib borish kabi maqsadlarni ko'zlagan holda muayyan tabiiy obyektlarga qiladigan ekologik sayohatlaridir. Umuman, bu hodisa, dastlab rekreatsiya va ekologiya o'rtasidagi uyg'unlikni aks ettirishga qaratilgan bo'lsa, keyinchalik juda ommalashib, yo'nalishlari ko'payib ketdi. Ayniqsa, keyingi yillarda industrial va axborot "bosimlaridan", urbanizatsiya jarayonining salbiy oqibatlaridan bezor bo'lgan kishilar ommaviy sayyohlik harakatida ekologik turizm - tabiatga antropogen ta'sirlardan nisbatan holi, bokiraligini saqlab qolgan tabiatni tomosha qilishdan iborat barqaror ekologik harakatning ekoturizm shakli rivojlanmoqda1.

Hozir turistik oqim yo'nalishi, XX asrdan farqli ravishda, nafaqat rivojlangan mamlakatlararo, balki rivojlanayotgan mamlakatlar tomon o'zgarmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi, asosan ekologik turizm -ekoturizm (ba'zan, "yashil turizm" ham deyiladi) hisobiga amalga oshirilmoqda. XTTning mutasaddi ekspertlari ma'lumotlariga qaraganda, ekoturizm dunyo sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, o'sish sur'ati esa, umumiy turizm industriyasiga nisbatan 2-3 marotaba yuqori bo'lib, davlatlarning asosiy daromad manbasiga aylanmoqda. . Masalan, Kanadada umumiy turizmdan tushgan mablag' tarkibida ekoturizmining hissasi 25% tashkil etib, ekoturistik soliq yiliga davlat

^аранг: Лукичев А. Б. Сущность устойчивого и экологического туризма // Российский Журнал Экотуризма. -2011. - №1. - С. 3-6.

April 24, 2024

666

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiSton^illiy^niverMtei

budjetiga 1,7 mlrd. AQSH dollar olib keladi. Bu esa, davlat tomonidan ekologik tadbirlar uchun ajratilayotgan mablag'dan 5 barobar ko'p demakdir.

Ekoturizm geografiyasida: Laos, Keniya, Tanzaniya, Ekvador, Kosta-Rika, Nepal, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR kabi mamlakatlar ekologik turizm ishtirokchilarini qabul qilish ko'rsatgichlari juda yuqoridir. YA'ni dunyo turistik bozorida Osiyoning Tinch okeani havzasidagi, Yaqin va O'rta Sharq xamda G'arbiy Afrika mintaqalari mamlakatlari bu sohada yetakchilik qilmoqda. BMT va XTT tashkilotlari ma'lumotlariga ko'ra so'ngi ikki o'n yillikda rivojlanayotgan mamlakatlarda sayyohlar soni asosan ekoturizm hisobiga amalga oshmoqda. Masalan, AQSH dollari hisobida: Keniya (1,4 mln.), Ekvador (1,2 mln.), Kosta-Rika (1,2 mln.), Nepal (1,6 mln.) davlatlarining miqdorida olgan sof daromadlari, ushbu mamlakatlar yalpi milliy ichki mahsulotining aksariyat qismini tashkil etadi.

Davlatlarning ekoturizm sohasiga qiziqishi ortishi - sayyohlarni bokira tabiat qo'yniga kengroq jalb etish, uning go'zalliklarini - tabiiy xilma-xillikni, landshaftlarini, noyob o'simlik va hayvonot dunyosini kelajak avlodlar uchun saqlash va ko'paytirishdan tashqari, qator ijtimoiy, iqtisodiy muammolarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatlarning ekologik turizm potensiali, ularning xalqaro munosabatlarini, iqtisodiy rivojlanish darajasini, ijtimoiy siyosati xarakterini belgilaydigan mezonga aylanmoqda.

Umuman, dunyodagi har bir mamlakatda ekologik turizmni rivojlantirish, ya'ni noyob tabiat go'shalariga muxlislarni, mijozlarni jalb qilish imkoniyatlari mavjud. Ekspertlarninng xulosalariga ko'ra, ekoturistlar asosan o'rta yoki yuqori sarmoyaga ega, xar tomonlama ta'minlagan sayohatchilardan iborat. Ushbu turizm turi juda cheklangan va qimmat bo'lgani uchun ham, undan tushgan daromadlar boshqa turizm sohalariga nisbatan salmoqlidir. Shuning uchun ham ekologik muammolar globallashib va keskinlashib ketayotgan hozirgi sharoitda, dunyo mamlakatlarida ekoturizm harakatiga e'tibor kuchayib borayotganligini hisobga olib, uni yanada rivojlantirish maqsadida, BMTning 2002 yilni "Ekologik turizm yili" deb e'lon qilishi tasodifiy emas edi.

Eng muhimi, umuman turizm, xususan, xalqaro turizm katta biznesning asosiy yo'nalishiga aylandi, ya'ni bugungi kunda yiliga dunyoning 700 milliondan ortiq aholisi xorij mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, turizm dunyo mamlakatlarida milliy iqtisodiyotga salmoqli daromad keltiruvchi sohalardan biri bo'lib qolmoqda. Xalqaro turizm tashkilotining (XTT) statistik axborotiga ko'ra, jahon turizm sohasining yillik daromadi 1,5 trillion dollarni tashkil etadi. Dunyoda 2,3 milliard kishi esa o'z mamlakatlarida dam olish va sayohat qilish bilan

667

April 24, 2024

o'tkazishadi1. Shuningdek, rasmiy statistik ma'lumotlarga qaraganda, ekoturizmning sayyohlik bozoridagi ulushi 10-14 foizni tashkil etadi. Shuning uchun har qanday mamlakatda aholining, umuman ichki va tashqi turizmga ishtirokini, xususan ekoturizm ularning ijtimoiy mobilligini, ma'naviy saviyasini ko'rsatadigan asosiy indekslardan biri sifatida qabul qilish mumkin.

Yurtimizda sayyohlarni nafaqat hozir mashxur Toshkent, Samarqand, Jizzax, Farg'ona viloyatlari tog'li hududlariga, balki Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi cho'llarga, dala-dashtlarga ichki va tashqi sayyohlarni (xususan, ov mavsumlarida) jalb etish mumkin. Ayniqsa, 1991 yilda tashkil etilgan Navoiy viloyati hududidagi "Sarmishsoy" tabiat bog'i nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo uchun ekoturizm sohasida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi o'ziga xos tabiiy-madaniy boylik hisoblanadi. Bu hududda 5-7 ming yil ilgari ajdodlarimiz tomonidan mahorat bilan qoyalarga chizilgan 12 mingga yaqin noyob petrogliflar galereyasi, shuningdek, o'simlik va hayvonot olami har qanday kishida katta gedonistik va evdomonistik taassurot uyg'otadi. Shuning uchun ham bu sohanining ustuvorlashib borishi tasodifiy emas.

Ekoturizm ehtiyojlari, motivi, maqsadi, harakatlantiruvchi mexanizmlariga bozor iqtisodiyoti va xalqaro ekoturizm tamoyillari globallashuvi kontekstida qaraladigan bo'lsa, quyidagi tashkiliy vazifalar kompleksini belgilash va ularning istisnosiz bajarilishi talab qilinadi, ya'ni:

• ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishning institutsional, tashkiliy-huquqiy va bozor mexanizmlarini yaratish;

• ekoturizmni rivojlantirishning ilmiy-nazariy, metodologik, praksiologik asoslari, institutsional tizimi faoliyati bilan ekologik hayot adekvatligini ta'minlash;

• ekoturizm institutsional tizimini, kommunikatsiyasini, infrastrukturasini rivojlantirish orqali aholining ijtimoiy-ekologik mobilligini oshirish;

• ekoturizmning pedagogik-didaktik funksiyasini, targ'ibot-tashviqot masalalarini milliy ta'lim va tarbiya tizimi faoliyatida ustuvor yo'nalishiga aylantirish;

• ekoturizmni rivojlantirish yordamida davlatlar xalqaro mavqeini mustaxkamlash, maxalliy axolining ijtimoiy muxofazasi va iqtisodiy hayotini yaxshilash masalalarini xal etish;

1^аранг: Е.И. Арсеньева, А.С. Кусков, Н.В. Феоктистова. Туризм М., Межвузовский сборник научных трудов. - 2005. - Выпуск 2. - С.186-205.

и культурное наследие.//

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-âumanitarfnlainïï

• ekoturizm sohasini malakali mutaxassislar bilan ta'minlashni kuchaytirish uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda xorij tajribalaridan ijodiy foydalanish;

• mamlakat ekoturistik obyektlariga kompleks-sistemali yondashib, ahamiyatini baholash, maqomini belgilash uchun, ularni pasportlashtirish va ekologik kadastrlarini aniqlash;

• ekoturizm monitoringi institutsional tizimini shakllantirib, uning ommaviyligini ta'minlash uchun jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalari rolini oshirish;

• davlat hududida yangi ekoturizm marshrutlarini tashkillashtirish uchun, uning infrastrukturasi va kommunikatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

• ekoturizm bilan shug'ullanuvchi, yuridik shaxs maqomiga ega subyektlar faoliyatini rag'batlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini, huquqiy asoslarini takomillashtirish;

• davlatlarning xalqaro hamjamiyat ekoturizmi bilan aloqalarini rivojlantirishga oid taktik reja va strategik dasturlar ishlab chiqish xamda ularga yuridik maqom berish;

• ekoturizmni rivojlantirishga oid: mahalliy, milliy, mintaqaviy harakatlar loyihalarini amalga oshirishni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish imkoniyatlarini qidirib topish;

• ekoturizm rivojiga to'sqinlik qiluvchi harakatlarni: chegaralovchi, ta'qiqlovchi va jazolovchi iqtisodiy, huquqiy sanksiyalarini huquqbuzarlarga nisbatan qo'llashni kuchaytirish;

• tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ekoturizm obyektlari - tabiiy landshaftlar va biologik xilma-xillikni saklash uchun ulardan foydalanish kvotalarini belgilash asosiy vazifalar hisoblanadi.

Ekoturizm sohasida ilmiy-amaliy ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida O'zbekturizm qoshida maxsus ilmiy-amaliy va targ'ibot-tashviqot markazni tashkil etish zaruriyati yetildi. Ekoturizm yo'nalishini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash uchun oliy va o'rta maxsus ta'limi tizimida: "Ekoturistik serviz xizmati", "Ekoturistik marketing", "Ekoturistik menedjment", "Ekoturizm gidi" kabi mutaxassislarni tayyorlash va ularning bakalavr, magistr va katta ilmiy hodim-izlanuvchi bosqichlari uzviyligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Umumlashtirib aytganda, ekologik muammolar globallashuvi sharoitida, ularning yechimini topishda ekoturizm rolini oshirish - antropotexnogen ta'sir

669

April 24, 2024

natijasida yo'qotilishga mahkum etilgan tabiiy qadriyatlarni qayta tiklash va kelajak avlodlarga transformatsiya qilish ekoturistik harakat mohiyatini tashkil qiladi.

670

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.