Научная статья на тему 'GIDROLIZLANGAN POLIAKRILAMIDNING QOVUSHQOQLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH'

GIDROLIZLANGAN POLIAKRILAMIDNING QOVUSHQOQLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GIDROLIZLANGAN POLIAKRILAMIDNING QOVUSHQOQLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

GIDROLIZLANGAN POLIAKRILAMIDNING QOVUSHQOQLIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

J. K. Dauletova

O'zR FA Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqod instituti

tayanch doktoranti. A.B.Abdikamalova - kfd., Sh.A.Qo'ldasheva O'zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti. dauletovaj [email protected], [email protected] shaxnozakuldasheva@gmail .com O'zbekiston.

Gidrolizlangan poliakrilamid materiallari, o'zining noyob xususiyatlari tufayli, suvni tozalash, neft sanoati, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, gidrolizlangan poliakrilamidning qovushqoqlik xususiyatlarini aniqlash va tushunish, ushbu materiallardan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi ilmiy hamda texnik echimlarni ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda mazkur polimerlarning xususiyatlarini tahlil qilish va ularni optimallashtirish, ilmiy hamjamiyat va sanoat sohasidagi mutaxassislar oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Maqolamizda, gidrolizlangan poliakrilamidning kimyoviy tarkibi, uning fizik-kimyoviy va qovushqoqlik xususiyatlari hamda bu xususiyatlarga ta'sir etuvchi omillar qamrab olinadi. Bu omillar orasida suv sifati, pH darajasi, eritmalardagi tuzlarning kontsentratsiyasi va polimerning molekulyar og'irligi kabi parametrlar muhim o'rin tutadi.

Ilmiy izlanishlarimizning asosiy maqsadi, gidrolizlangan poliakrilamidning qovushqoqlik xususiyatlarini chuqur tushunish va bu bilimlar asosida ushbu polimerlarning samaradorligini oshirish yo'llarini topishdan iboratdir. Bizning tadqiqotlarimiz, muhandislik va texnologiya sohasida yangi yo'nalishlarni ochishga hamda atrof-muhitni asrash va resurslarni samarali boshqarishga qo'shimcha hissa qo'shishga qaratilgan. [1; 237-238 b. 2; 19-23 b.].

Kolloid eritmalarning qovushqoqlik xususiyatlari o'rganilayotgan tizimdagi strukturaning holatini aniq tavsifi hisoblanadi. Suvda eriydigan polimerlar eritmalarining ushbu xususiyatlarini o'rganish ularning makromolekulalari konformatsion holatlarining o'zgarishini baholashga imkon beradi.

May 15, 2024

316

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

1-jadval. Gidroliz sharoitlarining (NaOH) polimer eritmalari xususiyatlariga tasiri

C, gG'l NPAA50 NPAA70 NPAA98

nsol pH nsol pH nsol pH

Suv - 6,2 - 6,2 - 6,2

0,010 0,70 9,8 1,75 9,5 1,41 10,7

0,025 4,78 10,0 2,43 10,1 1,89 11,2

0,050 3,73 10,2 3,61 10,4 2,67 11,4

0,100 8,85 10,9 10,6 10,7 4,04 11,8

0,250 19,57 11,4 23,3 11,1 8,77 12,2

0,500 26,34 12,1 38,89 11,8 18,32 12,4

2-jadval. Gidroliz sharoitlarining (KOH) polimer eritmalari xususiyatlariga tasiri

C, gG'l KPAA50 KPAA70 KPAA98

nsol pH nsol pH nsol pH

Suv - 6,2 - 6,2 - 6,2

0,010 0,68 9,9 1,11 9,5 0,97 10,8

0,025 1,91 10,5 1,98 10,3 1,19 11,7

0,050 3,22 10,8 3,34 10,8 2,23 11,9

0,100 6,65 11,2 9,16 11,0 3,81 12,2

0,250 14,67 11,9 18,33 11,6 7,67 12,5

0,500 21,23 12,4 31,91 12,3 19,13 12,9

Ushbu jadvallardan ko'rinib turibdiki, polielektrolit eritmalarining qovushqoqlik xususiyatlari polimerning kontsentratsiyasi va tuzilishiga bog'liq. Tuzilishdagi farq deganda gidroliz jarayonida ishtirok etadigan turli xil gidrolizlovchi moddalarni ko'rsatish mumkin. Ko'rinib turibdiki, barcha kontsentratsiyalarda natriyli eritmalarning solishtirma qovushqoqligi kaliyli eritmalarnikiga nisbatan kattaroqdir.

317

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Qovushqoqlik qiymatlaridagi farqlar ko'proq kontsentrlangan eritmalarda seziladi, chunki kontsentratsiyaning ortishi polimerlar makromolekulalari o'rtasida ko'proq bog'larning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga, ko'proq suyultirilgan eritmalarda ion kuchining pasayishi natijasida funktsional guruhlar ionlanishining ko'payishini ko'rsatish mumkin. Agar keltirilgan qovushqolikning

1МПАА50 1МПАА70 1ЧПАА98

200 180 160 140 120 100 80 60 40 20 0

¿"l"'»......••••:::::::;;;;;;•••

0,1

y = -124,69x + 83,118 R2 = 0,3365

0,2

0,3 С, g/l

0,4

y = -90,277x + 117,63 R2 = 0,2125

y = -37,224x + 78,144 R2 = 0,3568

0,5

0,6

0

kontsentratsiyaga bog'liqliq grafigi qurilsa ushbu xulosani osongina isbotlash mumkin (1 va 2-rasmlar).

1-rasm. Keltirilgan qovushqoqlikning eritmadagi natriyli poliakrilamid kontsentratsiyasiga bog'Uqligi.

120

КПАА50 КПАА70 КПАА98

100

80

О ^ 60

40

y = -54,796x + 89,496 r2 = 0,344

y = -57,226x + 71,658 R2 = 0,8947 1

20

0,1

0,2

0,3 С, g/l

0,4

y = -62,015x + 59,037 R2 = 0,2392

0,5 0,6

0

0

318

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

2-rasm. Keltirilgan qovushqoqlikning eritmadagi kaliyli poliakrilamid

kontsentratsiyasiga bog'liqligi.

Approksimatsiya koeffitsientlari qiymatlaridan 60°C dan past va

70°C dan yuqori haroratlarda olingan polimer eritmalariga nisbatan NPAA70 eritmalari uchun keltirilgan qovushqoqlikning kontsentratsiyaga bog'liqligini chiziqning eng yoqori og'ishini 1 va 2- rasmdagi ma'lumotlardan ko'rishimiz mumkin. Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, PE namunalari ular eritmalarining qovushqoligi bilan bir-biridan farq qiladi, bu ularning makromolekulalari zanjirida karboksil, karboksilat va amid guruhlari turlicha miqdorda bo'lishiga bog'liq. Shuning uchun taxmin qilish mumkinki, 70° da gidrolizlangan poliakrilamid makromolekula zanjiri bo'ylab gidrofil guruhlarning yuqori kontsentratsiyasi bilan tavsiflanadi, bu esa makromolekulaning ko'proq to'grilanishiga olib keladi.

Ma'lumki, poliakrilamid polimerlarining gidroliz mahsuloti dastlabki PAA ning molekulyar og'irligini orttiradi va natijada ular eritmalarining qovushqoqlik xususiyatlari ortishini ta'minlaydi. NPAA eritmalari 98° (eksperimentning eng yuqori harorati) da solishtirma qovushqoqlikning nisbatan past qiymati bilan tavsiflanadi. [3; 30-32 b.].

Gidroliz haroratining ko'tarilishi dastlabki PAA molekulyar og'irligining yanada ortirishiga yordam bermaydi, aksincha, makromolekulaning parchalanishiga olib keladi va shunga mos ravishda ularning molekulyar og'irliklari pastroq haroratda olingan PE ga qaraganda kamroq bo'ladi deb taxmin qilish mumkin.

Polimer eritmalarining qovushqoqlik xususiyatlari xona haroratida 0,0025^0,5 gG'l kontsentratsiyali eritmalarda tekshirildi.

Olingan eksperimental natijalar konsentratsiyaning ortishi bilan dinamik qovushqoqlikning ortishi va muhit pH qiymatining o'zgarishidan dalolat beradi. Bunday bog'liqlik barcha gidrolizlangan namunalarga xosdir, bu makromolekulalarning molekulalararo o'zaro ta'sirining ortishi bilan bog'liq.

REFERENCES

1. Boymirzaev A.S., Kuldasheva Sh.A., Abdurahimov D.X., Abdullaev O.O. Gidrolizlangan poliakrilamidning elektrostatik xossalarini o'rganish G'G' Akademik A.G'.G'aniev va akademik N.A.Parpiev xotirasiga bag'ishlangan "Kompleks birikmalar kimyosi va analitik kimyo fanlarining dolzarb muammolari" respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to'plami (2022 yil 19-21 may). Termiz: "TerDU bosmaxonasi", 2022. 1-qism, 237-238 b.

May 15, 2024

319

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

2. Kuldasheva SH.A., Abdurakhimov D.X., Axmadjonov I.L., Eshmetov I.D. Suvda eruvchan polimerlar yordamida qo'chma tuproq-qumlarda mustahkam struktura hosil qilish G'G' "Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar" jumali 1-son. Qo'qon sh. 2021 yil, 19-23 b. (OAK Rayosatining 2021- yil 31-martdagi qarori bilan OAK ilmiy nashrlar ro'yxatiga kimyo, biologiya, filologiya, tarix fan tarmoqlari bo'yicha milliy nashrlar sifatida kiritilgan).

3. Shirinov Sh.D., Tuxtaeva G.G., Karimov M.U. Izuchenie xarakteristicheskoy vyazkosti rastvorov poluchennoy Na- karboksimetiltsellyulozo' i ee vliyanie na rastekaemost vodno - tsementnogo rastvora G'G' Uzbekskiy ximicheskiy jurnal. Tashkent. 2013. №4. s.30-32.

320

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.