Научная статья на тему 'GIDROELEKTROSTANSIYALAR DERIVATSIYA KANALINI EKSPLUATATSION SHAROITINI YAXSHILASH'

GIDROELEKTROSTANSIYALAR DERIVATSIYA KANALINI EKSPLUATATSION SHAROITINI YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
136
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GIDROENERGETIKA / DERIVATSIYA / TINDIRGICH / EKSPLUATATSIYA

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ziyodulloyev O.O.

Ushbu maqolada derivatsiyali Gidroelektrostansiyalarning asosiy elementlaridan biri bo’lgan tindirgichlarning vazifalari va asosiy parametrlarlarini qanday tanlash tartibi va ularga qo’yiladigan talablar haqida to’liq ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF OPERATING CONDITIONS OF THE DERIVATION CHANNEL OF HYDROELECTRIC PLANTS

This article provides complete information on the procedure for selecting the functions and main parameters of quenchers, which are one of the main elements of derivation hydroelectric power plants, and the requirements for them.

Текст научной работы на тему «GIDROELEKTROSTANSIYALAR DERIVATSIYA KANALINI EKSPLUATATSION SHAROITINI YAXSHILASH»

ll)k:621.311.212:631.623(575.141M<U3)

Ziyodulloyev O. O.

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasi o'qituvchisi

O'zbekiston Respublikasi, Buxoro

GIDROELEKTROSTANSIYALAR DERIVATSIYA KANALINI EKSPLUATATSION SHAROITINI YAXSHILASH

Annotatsiya: Ushbu maqolada derivatsiyali Gidroelektrostansiyalarning asosiy elementlaridan biri bo'lgan tindirgichlarning vazifalari va asosiy parametrlarlarini qanday tanlash tartibi va ularga qo'yiladigan talablar haqida to'liq ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: gidroenergetika, derivatsiya, tindirgich, ekspluatatsiya.

Ziyadulloyev O. O.

teacher

department "Hydrotechnical structures and pumping stations

"TIIAME" NRU Bukhara Institute of Natural Resources Management

Republic of Uzbekistan, Bukhara

IMPROVEMENT OF OPERATING CONDITIONS OF THE

DERIVATION CHANNEL OF HYDROELECTRIC PLANTS

Abstract: This article provides complete information on the procedure for selecting the functions and main parameters of quenchers, which are one of the main elements of derivation hydroelectric power plants, and the requirements for them.

Key words: hydropower, derivation, quencher, exploitation.

Tindirgichlarning tarkibiy qismlari. Kanallarda joylashtirilgan tindirgichlar konstruktiv jihatdan quyidagi qismlardan tashkil topadi (1-rasm): yuqori tutashtiruvchi uchastkadan, yuqoridagi shlyuz-rostlagichlardan, kameralardan, chiqishdagi shlyuz-rostlagichlardan, yuvadigan to'rlovchi galereyalardan, pastdagi shlyuz-rostlagichlardan, yuvadigan vodovoddan.

Temperatura deformatsiyalari sharoitlari bo'yicha tindirgich kameralari uzunliklari yo'l qo'yarlik uzunlikdan katta bo'lsa, ko'ndalang deformatsiya choklariga ham ega bo'ladi, ular orasidagi masofa hisob bo'yicha aniqlanadi. Betonli konstruksiyalar uchun bu masofa 15...18 m, temir-betonli uchun 30...35m bo'ladi.

1-Rasm. Tindigichning tarkibiy qismlari:

1-yuqori uchastka; 2-yuqoridagi (kirishdagi) shlyuz-rostlagich; 3-tindirgich kameralari; 4-pastdagi (chiqishdagi) shlyuz-rostlagich; 5-pastki tutashtiruvchi uchastka; 6-Suv tashlash trakti; 7-kanallar.

Daryodan suv irrigatsiya, Suv ta'minoti va gidroenergetika ehtiyojlari uchun olinganda tindirgichlar o'rnatiladi. Irrigatsiya tindirgichlari bosh va taqsimlash kanallarini loyqa bosishini oldini oladi, energetika tindirgichlari esa gidravlik turbinalar parraklarini suvdagi yirik fraksiyali cho'kindilar bilan ishqalanib yedirib yuborishdan saqlaydi. Tindirgichlarda shuningdek, ushlab qoluvchi rejimga kanalga o'tib ketmasligi uchun muz parchalari ham ushlab qolinadi.

Ammo bir yerga to'plangan hamma fraksiyali zararli cho'kindilarni chiqarib tashlash ko'p hollarda maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Cho'kindilar to'liq tozalanganda kanallar yuvilishi mumkin, ya'ni kanallar deformasiyalanadi va Cho'kindilar bilan suv ikkinchi marta to'yinadi, bu esa maqbul bo'lmagan jarayondir.

Daryodan suv irrigatsiya, suv ta'minoti va gidroenergetika ehtiyojlari uchun olinganda tindirgichlar o'rnatiladi. Tindirgichlar ishlatilish soxasiga ko'ra ikki turga bo'linadi: irrigatsiya va energetik tindirgichlarga. Irrigatsiya tindirgichlari bosh va taqsimlash kanallarini loyqa bosishini oldini oladi, energetika tindirgichlari esa gidravlik turbinalar parraklarini suvdagi yirik fraksiyali cho'kindilar bilan ishqalanib yedirib yuborishdan saqlaydi. Tindirgichlarda shuningdek, ushlab qoluvchi rejimga kanalga o'tib ketmasligi uchun muz parchalari ham ushlab qolinadi.

Tindirgichlarga qo'yiladigan talablar ob'ektning himoyalanish tavsifiga bog'liq. Oqimning umumiy loyqaligi 0,5 g/l dan oshmasa, energetik tindirgichlar qurilmaydi, lekin bunda quyidagi shart bajarilishi kerak: gidravlik turbinalarga oqim kiradigan yirik fraksiyali muallaq zarralari miqdori 0,2 g/l dan kichik bo'lishi kerak. Odatda, bu 0,25 mm li qumdan yirikroq zarra.

Tindirgichda cho'kindilar cho'kishida nafaqat oqim loyqaligi kamayadi, balki fraksiya tarkibi ham o'zgaradi. Kanalda suv sarfi 1 m3/s dan kichik bo'lganda oqimning transroptlash qobiliyati S.X.Abalyans formulasi bo'yicha aniqlanadi

pu = 0,018$3 / R (1.1)

Bunda pu -oqimning tranrportlash qobiyaliti belgisi,

Ka .m 1

■ 3

c M

3-kanalning normal rejimida kesim bo'yicha oqimning o'rtacha tezligi, m/s; R - xuddi shunday sharoitlarda kanalning gidravlik radiusi, m.

Suv sarfi lm3/s dan ortiq bo'lsa Saniri formulasi qo'llaniladi (A.N.Gostunskiy va I.I.Goroshkov).

pu = 6420i3/2 R1/2 (l - 30 / 3)( R / hp )4 A (1.2)

bunda i - kanal nishabligi; h^ - o'rtacha chuqurlik; A -kanalning o'lchami va shaklini hisobga oluvchi parametr: Q > 4m3/s bo'lganda A = 1, Q = 1...4m3/c bo'lganda A = 0,63 Q13. Ko'paytiruvchi (l-3/3) minimal aniq tezliklarda berilgan yiriklikdagi cho'kindilarni bo'lishi mumkin bo'lgan ko'chirish chegarasini belgilaydi: 30=3h02, bunda 3 -oqim chuqurligi 1 m bo'lganda ushbu gidravlik yiriklikdagi zarralar cho'kishi ro'y beradigan tezlik

3 = 1,242/7 m / c. (1.3)

Suv sarfi Q > 1m3/s bo'lganda oddiyroq, lekin uncha aniq bo'lmagan A.N.Gostunskiy formulasidan aniqlanadi. pu = 330033/(C3 H )(1.4)

bunda C - Shezi koeffitsenti, m0,5/s.

Bu formula kanallarning suv sarfi 20 m3/s dan ortiq bo'lganda yaxshi natijalar beradi.

Tindirgichdan suv oqizib chiqqan cho'kindilar yuklamasi tufayli oqimga ta'sir etuvchi cho'kindilar alohida fraksiyalarining yuklamalari yig'indisi sifatida aniqlanadi.

Pu = E (PiUi )(1.5)

Loyqa yig'iladigan kanallarning tub cho'kindilari asosan d > 0,05 mm li zarralardan tashkil topadi. Bu mezon dastlabki talablar sifatida taqriban qabul qilinishi mumkin.

Tindirgichlar konstruksiyasi va ishlash prinsipiga ko'pa quyidagi tasniflarga bo'linadi: cho 'kindilarni tozalash usuliga ko'ra - mexanizmlar bilan tozalash, gidravlik yuvish va aralash; gidravlik yuvish rejimiga ko'ra - davriy yuviladigan va uzluksiz yuviladigan; joylashgan o'rniga ko'ra - gidrouzel tarkibida, undan ma'lum masofada uzoqda va ichki tizimda; kameralar soniga ko'ra - bir kamerali, ikki kamerali va ko'p kamerali; Suv xo'jaligi tizimining vazifasiga ko'ra - energetik, irrigatsiya va suv ta'minoti; tindirish kameralarida oqimning rejimiga ko'ra - to'g'ri chiziqli oqim bilan, ko'ndalang sirkulyatsiyani yuzaga keltirish bilan.

Tadqiqot natijalari amaliy jixatdan GESlari kaskadining ishlash samaradorligini oshiradi. Tindirgich qurish orqali bosimli hovuziga loyqa to'planmasligiga erishiladi. Kanal o'zanidagi o'zan jarayonlari jadalligi uning o'tkazuvchanligini pasayishiga olib keladi va shu bilan GES ning old kamerasiga kerakli hajmdagi suv oqimini ta'minlay olmaydi. Tadqiqot

ob'ektidagi kuchli abraziv yemirilishlar GES agregatlari ekspluatatsiyasi qilishda salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Suv olib keluvchi kanalida tindirgichlar mavjud bo'lib, u sezilarli darajada cho'kindilarga to'lib qolish natijasida uning hajmi yiliga 2 - 3 million m3 ga yetadi.Loyqa cho'kindilarining kirib kelishini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar kanalning kirish qismida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kanalning suv o'tkazuvchanlig qobiliyati pasayadi va vegetatsiya va GES to'liq quvvat bilan ishlagan davrida talab qilinadigan suv oqimini o'tkazishga imkon bermaydi. Suv olishning bosh qismiga ko'p miqdorda o'zan tub oqiziqlari va muallaq oqiziqlarning katta fraksiyalari kirib kelishi tufayli GESga suv olib kelish kanalining butun uchastkasida cho'kindilar tashiladi, ularning bir qismi tranzit sifatida tashiladi. Yildan yilga to'planib boruvchi loyqa cho'kindilar hajmlar tufayli kanal tubi ko'tariladi kanalning gidravlik parametrlari o'zgaradi.

References:

1. Ibragimov I.A., Inomov D.I., Jumaboeva Sh.Yu. Dvijenie pavodkovbix vod v kanalax v usloviyax zaregulirovannogo vodotoka. Mejdunarodnbiy jurnal innova^onnbix analizov i novbix texnologiy (2021 -11-02, Tom: 1 Vbipusk: 5, 253-257 b.) http://openaccessjournals.eu/index.php/ijiaet/article/view/550

2. I.A. Ibragimov, Yu.A. Djuraev, D.I. Inomov. Gidromorfologicheskie zavisimosti izvilistbix ruslovbix form nijnego techeniya Amudari. Seriya konferen^y IOP: Nauki o Zemle i okrujayurn,ey srede. (2022-01-18, Tom: 949, 1-8 str.) https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/949/1/012090

3. A Krutov, B Norkulov, P Nurmatov, M Mirzaev, "Applicability of zero -dimensional equations to forecast nonconservative components concentration in water bodies" IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 2020, volume 883 https://iopscience.iop.org/issue/1757-899X/883/1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.