SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021 ISSN: 2181-1601
GEOTERMAL ENERGIYA-KELAJAK ENERGIYASI POYDEVORI
Oybek Tavakkaljon o'g'li Qodirov Habibullox Adhamjon o'g'li Alijonov
Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali oyqodirov@gmail .com habibulloxalij onov5@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola elektr energiyasini ishlab chiqarishda geotermal energiyaning ahamiyati, unga kelajak energiyasi sifatida qaralishi xususida.
Kalit so'zlar: iqtisodiyot tarmoqlari, geotermal enrgiya, issiqlik manbai, elektr energiyasi, kimyoviy aktiv moddalar.
GEOTHERMAL ENERGY - FUNDAMENTALS OF FUTURE ENERGY
Oybek Tavakkaljon ugli kodirov Habibullokh Adhamjon ugli Alijonov
Kokand branch of Tashkent State Technical University oyqodirov@gmail .com habibulloxalij onov5@gmail .com
ABSTRACT
This article discusses the importance of geothermal energy in the production of electricity, how it can be considered as future energy.
Keywords: sectors of the economy, geothermal energy, heat source, electricity, chemically active substances.
Hozirgi globallashgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan, elektronika, nanotexnologiyalarning yangi bosqichga ko'tarilgan davrda hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hatto bir kun elektr energiyasi bo'lmasa ko'plab iqtisodiyot tarmoqlari kasodga uchraydi. Hozir har qanday soha bo'lmasin elektr energiyasiga muhtoj. Afsuski, an'anaviy elektr stansiyalarida olinadigan elektr energiyasi bilan bu talabni qoldirib bo'lmaydi. Boz ustiga ko'mir, gaz va boshqa yoqilg'i mahsulotlari zaxiralari tugab bormoqda. Shularni inobatga olgan holda muqobil energiya manbalari ustida izlanishlar olib borilmoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, vodorod energiyasi kabi energiyaning yangi turlari rivojlanmoqda. Shular qatorida Geotermal enrgiya ustida ham ilmiy ishlar qilinmoqda.
Geotermal energiya - yer qa'ri issiqligi energiyasidir. Geotermal issiq suvlardan foydalanish - issiqlik energiyasining tejalishiga hamda atrof muhit ozodaligiga katta yordam beradi. Bunday yer osti suvlardan elektr energiyasi olinadigan birinchi elektr stansiyasi Italiyaning Toskana Provinsiyasida keyinchalik esa Yangi Zelandiya, AQSH, Yaponiyada qurilgan. Dunyo bo'yicha 100 dan ortiq Geotermal elektrostansiyalari
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021
ISSN: 2181-1601
mavjud. Ularning umumiy quvvati 3 mln.kwt ga teng. Geotermal resurslarning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilg'i- energetika balansidagi ulushi o'rtacha 5-10%. Geotermal issiq suvlardan issiqlik manbai sifatida 40° Dan 100-150° gacha bo'lgan temperaturada foydalaniladi. Elektr energiyasi hosil qilishda 150° dan 300° gacha temperaturali
rasm 1. Geotermal elektr stansiyani ishlash prinsipi.
O'zbekistonda ham Geotermal suvlardan issiqlik manbai sifatida foydalanilib kelinmoqda. Geotermal energiyaning afzalligidan yana biri uning bitmas tuganmans energiya ekanligidadir. Yer yadrosi energiyasi bor ekan tuproq ostida issiq suvlar hosil bo'laveradi. Ushbu energiya juda ko'plab mamlakatlar energetikasiga kirib bordi, hamda rivojlanmoqda. Islandiya poytaxti Reykyavik shahri dunyoning eng toza shahri nomini olishi ham aynan Geotermal issiq suvlar hisobigadir. Islandiyada yer osti qatlamlari faolligi bois, vulqonlar faol hududlardan issiq suvlar o'zi sizib chiqadi. Shuning uchun ham Islandiyada energetikasining 60% Dan ortiq qismi Geotermal suvlar energiyasiga to'g'ri keladi. Islandiyada nafaqat elektr energiyasini, balki sanoat korxonalari, zavod va fabrikalarini isitishda, issiqxonalarda poliz mahsulotlarini yetishtirishda ham bu energiyadan foydalaniladi.
Yurtimizda hozirga qadar bunday resurslar manbalari 10 dan ortiq joylarda aniqlangan. Xususan, yurtimizning Muborak, Koson, Qamashi kabi tumanlarida 60-70 daraja issiqlikdagi suv sizib chiqadi. Respublikamizda bunday hududlar Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham ko'plab mavjud. Misol uchun Qashqadaryoda bunday suvlardan faqat yod va brom olish maqsadida foydalaniladi. Energiyasi esa behuda isrof bo'ladi. Mamlakatimizda Geotermal suvlarning o'rtacha gradiyenti 40°C/km ga teng. Issiqlik bug'lari oqimi esa 0,06 Vt/mA2 ga teng. Ilmiy tekshirishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston Geotermal energiyaning katta qudratiga ega mamlakat hisoblanadi va uning har bir hududida bunday resurslar mavjudligi amalda isbotlangan. O'zbekistonda Geotermal suvlarning yalpi potensiali 170,8 Ming tonna neft energiyasi hajmida baholanadi.
To'g'ri bu suvlardan O'zbekiston sharoitida to'g'ridan - to'g'ri elektr energiyasi olib bo'lmaydi. Chunki, O'zbekiston vulkanik faol zona emas. Lekin bu undan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021
ISSN: 2181-1601
foydalanib bo'lmaydi degani emas. Ma'lum chuqurlikdan chiqadigan suvni ozgina qizdirsh natijasida elektr energiyasi olish mumkin. Bunday ham baribir boshqa uslublardan arzonga tushadi, ham ekologiyani ifloslamaydi, hamda yoqilg'i energiyasi tejab qolinadi. Agar topilgan har bir yer osti issiqlik manbalari kamida 15mln mA3 issiqlik bug'i va suv bersa, bir yilda 100- 150 mln.tonna ko'mir asrab qolinadi, 3 km chuqurlikdagi suvlarning bir yillik energiyasi 8*10A17 kJ issiqlik energiyasiga tengdir.
Albatta, Geotermal energiyaning ham kamchiliklari mavjud. Geotermal elektrostansiyalaridan chiqadigan chiqindilar daryo va ko'llarning haroratini oshiradi. Uning tarkibida katta miqdorda 2 oksidli kremniy hamda oz miqdorda kimyoviy aktiv moddalar bo'lib, ular daryo va ko'l jonzotlari uchun zararlidir. Yer osti suvlarini intensiv chiqarish oqibatida suv sathi pasayadi, bu esa yerning cho'kishiga olib keladi.
Agar mana shu muammolar hal qilinib ushbu energiyadan unumli foydalanish yo'lga qo'yilsa, yurtimiz energetikasi yanada rivojlangan bo'lar edi. Kelajak energiyasini birga yarataylik!
REFERENCES
1. Elektr stansiyalarining elektr jihozlari. N.M.Aripov, T.K.Jabborov, A.X.Eraliyev
2. "Geotermal energy" Author Frank Niele Published 15th sentyabr 2005
3. RENEWABLE ENERGY TECHNOLOGIES: COST ANALYSIS SERIES(PDF) (Report). International Renewable Energy Agency. June 2012. p. 11. Retrieved 14 January 2017.