Научная статья на тему 'GEOINNAVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMOBIL YO‘LLARI GEOMA‘LUMOTLAR BAZASINI YARATISH VA QURISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

GEOINNAVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMOBIL YO‘LLARI GEOMA‘LUMOTLAR BAZASINI YARATISH VA QURISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
30
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GAT / ArcGIS / ArcCatalog / geodeziya / Database / fazoviy tahlil / SGS yoʻldosh / GPS va elektron taxeometrlar. / GIS / ArcGIS / ArcCatalog / geodesy / Database / spatial analysis / SGS satellite / GPS and electronic total stations.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Muxtarov Muzaffar Zafarjon o‘g‘li, Ergashev Mukhammadyusuf Mukhammadolim o‘g‘li

Ushbu maqolada geoinnavatsion texnologiyalar, zamonaviy grafik dasturlar hamda GAT oilasiga mansub ArcGIS dasturiy taminoti ArcCatalog dasturidan foydalanib avtomobil yo‘llari ma’lumotlar bazasini yaratish, mavzuli qatlamlar bilan ishlash, atributiv malumotlar jadvallarini shakllantirish hamda qurilish ishlarini maqbullashtirish kabi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF THE CREATION AND CONSTRUCTION OF THE GEO DATABASE OF AUTOMOBILE ROADS BASED ON GEOINNAVATION TECHNOLOGIES

This article covers such issues as creating a highway database, working with thematic layers, forming attributive data tables, and optimizing construction works using geoinnovative technologies, modern graphic programs, and the ArcCatalog software belonging to the GIS family

Текст научной работы на тему «GEOINNAVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMOBIL YO‘LLARI GEOMA‘LUMOTLAR BAZASINI YARATISH VA QURISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

UDK: 625.721

GEOINNAVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AVTOMOBIL YO'LLARI GEOMA'LUMOTLAR BAZASINI YARATISH VA QURISH ISHLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Muxtarov Muzaffar Zafarjon o'g'li NamMQI, o'qituvchi sattorovmuzaffar06@gmail.com

Ergashev Mukhammadyusuf Mukhammadolim o'g'li NamMQI, katta o'qituvchi mukhammadergashev@mail. ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada geoinnavatsion texnologiyalar, zamonaviy grafik dasturlar hamda GAT oilasiga mansub ArcGIS dasturiy taminoti ArcCatalog dasturidan foydalanib avtomobil yo'llari ma'lumotlar bazasini yaratish, mavzuli qatlamlar bilan ishlash, atributiv malumotlar jadvallarini shakllantirish hamda qurilish ishlarini maqbullashtirish kabi masalalar yoritilgan.

Аннотация. В данной статье рассматриваются такие вопросы, как создание базы данных автомобильных дорог, работа с тематическими слоями, формирование таблиц атрибутивных данных и оптимизация строительных работ с использованием геоинновационных технологий, современных графических программ и программного обеспечения ArcCatalog, относящегося к семейству ГИС.

Annotation. This article covers such issues as creating a highway database, working with thematic layers, forming attributive data tables, and optimizing construction works using geoinnovative technologies, modern graphic programs, and the ArcCatalog software belonging to the GIS family

Kalit so'zlar: GAT, ArcGIS, ArcCatalog, geodeziya, Database, fazoviy tahlil, SGS yo'ldosh, GPS va elektron taxeometrlar.

Ключевые слова: ГИС, ArcGIS, ArcCatalog, геодезия, база данных, пространственный анализ, спутник SGS, GPS и электронные тахеометры.

Keywords: GIS, ArcGIS, ArcCatalog, geodesy, Database, spatial analysis, SGS satellite, GPS and electronic total stations.

Kirish. Hozirgi kunda ma'lumotlarni boshqarish va tahlil qilish bilan bog'liq masalalar har bir soha faoliyatida keng tarqalgan. Har qanday korxona yoki tashkilotni avtomatlashtirilgan ma'lumotlar tizimisiz tasavvur qilish qiyin. Barcha avtomatlashtirilgan ma'lumotlar tizimlari ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimiga asoslanadi. Geoaxborot tizimlari asoslari axborotlar negizida shakllantiriladi. Fan geoma'lumotlar bazasini yaratishning nazariy asoslarini hamda amaliy uslublarini o'rganadi. Geoaxborot tizimlari asoslari asosiy tushunchalari hamda ular orasidagi bog'liqlik, klassifikatsiyalarga ajratish, ma'lumotlar strukturasini shakllantirish va shunga mos bo'lgan axborotlar turini ko'rib chiqadi. Bugungi kunda har qanday GAT loyihalarini geoma'lumotlar bazasisiz tasavvur etish qiyin. Geoaxborot tizimida ma'lumotlarni tashkil qilish uslubini, birinchi navbatda, ma'lumotlar modelini, ya'ni fazoviy ob'yektlarni raqamli tavsiflash usulini tanlash DTni tanlashga qaraganda ancha muhimdir. Bu shu bilan shartlanadiki, ma'lumotlar modeli yaratiladigan GATning ko'pgina funksional imkoniyatlarini va u yoki bu kiritish texnologiyalarining qo'llana olishini bevosita belgilaydi. Axborot vizual qismini ifodalashning fazoviy aniqligi barobarida, sifatli kartografik material olish va raqamli kartalar nazoratini tashkil qilish imkoniyati ham modelga bogliqdir [9]. Tizimning, masalan, ma'lumotlar bazasiga so'rovning bajarilishidagi yoki monitor ekranida renderingdagi (vizuallashtirishdagi) unumdorligi GATda ma'lumotlarni tashkil qilish usuliga jud kuchli

bogliq. Avtomobil yo'llarida avtomatlastirilgan tizim va ma'lumotlarni boshqarish asosini ma'lumotlar bazasi tashkil qilganligi sababli usbu bazani shakllantirishni ArcGIS dasturidan foydalanib bajarisni ko'rib chiqamiz [10]. Namangan viloyatida SGS yo'ldosh geodeziya tarmog'ining 4 ta punkti mavjud. Ular Norin tumani (Haqqulobod tibbiyot kolleji binosi), Chust tumani (Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi 2-akademik litsey binosi), Yangiqo'rg'on tumani (Tuman ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kolleji binosi) va Namangan shahrida (Viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi binosidagi viloyati markaziy SGS punkti) joylashgan [6, 2-b],

1-rasm. Viloyat kadastr agentligi binosida joylashgan Namangan viloyati markaziy SGS

punkti

Ushbu geodezik tarmoqlar orqali bajaradigan tadqiqot ishimizning koordinata sistemasi bilan bog'liq qisini davlat standartiga keltirib turiladi hamda GPS va elektron taxeometrlar bilan bajariladigan ishlarda qo'llaniladi. Avtomobil yo'llari doimiy xarakatlar jarayonida sifati va texnik ko'rsatkichlari o'zgarishi sababli elektron raqamli kartani bosqichma-bosqich

2-rasm. GPS qurilmasi 3-rasm. Elektron taxeometr

yangilab borish talab etiladi. Elektron raqamli kartani yangilab borish va o'zgarishlarni aniql ash jarayoni joylardagi dala tadqiqot ishlari natijalaridan olinib ma'lumotlar bazasiga kiritiladi [5, 4 -b].

L

^УРИЛИШ

Asosiy qism. Avtomobil yo'llari davlat kadastrini yuritish va loyihaviy ishlanmalarni amalga oshirish uchun avtomobil yo'llari to'g'risidagi atributiv va geografki joylashuv to'g'risidagi statistik ma'lumotlar talab etiladi [4, 1-b]. ArcGIS dasturining ilovasi ArcCatalogdan foydalanib biz Geom'alumotlarning personal bazasi - Microsoft Access (.mdb) ma'lumotlari bazasi faylini yaratamiz [8]. Buning uchun ArcCatalog ilovasiga kirib uning ishchi oynasini chap tomonidagi "Дерево каталога" yani katologlar daraxtidan ixtiyoriy tanlangan disk ustiga sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, "контекст" menyusidan "новый" buyrug'i so'ngra "Персоналная база геоданных" buyrug'i tanlanadi.

Bazani yaratganimizdan keyin bazani ichida sichqonchani yana o'ng tugmasi bosilib kontekst menyusidan yana xuddi o'sha "novbiy" buyrug'i bosiladi va undan birinchi o'rinda turgan "Набор классов обьектов" buyrug'i tanlanadi. Unda biz nuqtali, chiziqli va maydonli malumotlarni yaratishimiz mumkin.

4-rasm. ArcCatalogda personal geo baza va bazadagi ma'lumotlarning jamlanmasini

yaratish

Ushbu "Набор классов обьектов" yaratish jarayonida biz bunga nom beramiz va koordinatalar sistemasini tanlashimiz kerak. Bizga kerakli bo'gan koordinatalar tizimi yani "Projected coordinate system" va uni ichida "Gauss Kruger" keyin "Pulkovo 1942" papkasi "Pulkovo 1942 GK Zone 12N" nomli bo'lib uni tanlab keyingi bosqichga o'tamiz. Keyingi bosqichda tayyor "Набор классов обьектов" ichiga kirib, unda "Класс пространственных обьектов" yani nuqtali, chiziqli, maydonli va yozuvli malumotlarni yaratamiz.

+ £3 Projected Coordinate Systems

+ t3 Gauss Kruger

+ E Pulkovo 1942

[¡|р Копировать С±г1+- С Вставить СЫ+У Ж Удалить Переименовать Р2 О1 Обновить Р5

Управлять,.,. ►

Новый ► 1 J Класс пространственных объектов...

Импорт ► Экспорт ► Класс отношений... Terrain... rfn Набор сетевых данных.,.,., ТОПОЛОГИЯ!.... [¿^З Набор данных участков... Геометрическая сеть..,.,

Свойства......

5-rasm. Geografik kordinatala rtizimini tanlash va "Класс пространственных обьектов"

da baza elementini yaratish

"Класс пространственных обьектов" ni tanlab sichqonchani chap tugmasini bosganimizdan keyin bizda yangi oyna ochiladi. Bu yangi oynada yaratmoqchi bo'lgan malumot turini tanlaymiz. Yani unda biz 3 qatlamni nuqata, chiziqva maydon malumotlarni "Da vlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari malumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi to'g'risida"gi 08.10.2014 dagi 2618-sonli Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Avtomobil yo'llarini davlat kadastridan o'tkazishda 6 ta qatlamdan iborat bo'lishi nazarda tutilgan.

Содержание Просмотр

Описание

Имя Тип

|Шда1отоН_уЫ1ап Перс

^1)Ып0_1п5|1001:1ап Перс

; ^ЗЫтоуа^^ооШп Перс

Щ] 5ип1у_1п5Исю11аг Перс : Ьда_ке111 г1 эЬ^а^ 1И□ .., Перс ИМ а г_сИ о ггаЬа1а п_уа_1:|Ла 5Ьи¥... Перс

6-rasm. Yangi fazoga oid sinf ma'lumotini yaratish va tayyor malumotlar bazasi

(Avtomobil yo'llariga oid)

Ilovaga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat kadastri bo'yicha tematik qatlamlar atributiv malumotlarining birinchi qatlami "Avtomobil yo'llarining umumiy ko'rinishi" va "Avtomobil yo'llari" tematik qatlam hisoblanadi. Shu bilan birga uning atributlari 20 ta bo'lib ular avtomobil yo'llariga oid barcha malumotlar tartib bilan yozilib chiqiladi. Shundan so'ng keyingi tugmasini yani "Dalee>" buyrug'ini bosamiz va keyingi bosqich oynasi ochiladi. Biz bu oynada obyekt qanday malumotlardan tashkil topishiga qarab uni ma'lumotlar bankini to'ldiramiz. Jadvalning "Имя поля" qismiga obyekt haqida malumot beruvchi so'zlar yoziladi. Jadvalning "Тип данных" qismiga esa malumot beruvchi so'zning qay turda ekanligi tanlanadi. Tanlanadi deyilgani jadvalni o'ng tomoni yozilsa chap tomoni tanlanadi. Chunki chap tomoni 9 ta so'z tipidan iborat. Agar kiritilgan malumot beruvchi so'zning javobi ham so'z shaklida bo'lsa unda "Тип данных" ustunidagi tip "Text", sanaga oid so'z bo'lsa "Date", raqamlarga oid so'z bo'lsa "Double", surat haqida so'ralgan bo'lsa "Raster" bandlari tanlanadi. Shu tariqa har bir avtomobil yo'llariga oid qatlamlar malumotlari birin ketinlikda yaratish jarayoni davom ettiriladi[3]. Ular tuzilishi bo'yicha bazaviy malumotini nuqtali, chiziqli va maydonli qatlamlar orqali tayyorlash kerak bo'ladi.

Tayyor malumotlar bazasidan foydalanib ArcMap ilovasida Avtomobil yo'llarining chizmasini chizishimiz, yo'lning suniy inshootlarini va binolarni joylab aniq ma'lumotlar bankini hosil qilishimish mumkin.

Natijalar. Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi [5, 2-b]. Mazkur jarayonni avtomotlashtirish va modullashtirish natijasida yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun dala tadqiqot ishlarini GPS qurilmasi yoki elektron taxeometrlar yordamida bajarilib, ArcGIS dasturida kodlash ishlarini amalga oshirish talab etiladi [4, 4-b].

Shaxsan ushbu tizim orqali ko'pgina loyiha tashkilotlarida ishlarni kompleks avtomatlashtirish jarayonlari boshlandi. Ushbu tizim avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish uchun belgilangan, shu bilan birga boshqa sanoat va fuqoro qurilishi ob'ektlarini texnik qidirish ma'lumotlarini qayta ishlashdan boshlab, loyiha hujjatlarini tayyorlashgacha bo'lgan barcha loyihalash jarayonlarini o'z ichiga qamrab oladi [8, 2-b].

Xulosa. Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi [5, 2-b]. Bugungi kunda GAT iqtisodiy va texnik tarmoqlarning barcha sohalarida keng qo'llanilmoqda.

7-rasm. ArcGIS dasturida atributlari to'ldirilgan avtomobil yo'li

GAT dan foydalanishda katta xajmdagi yozma va grafikaviy, hudud bilan bog'langan geografik ma'lumotlami to'plash, saqlash, qayta ishlash hamda foydalanuvchilarga yetkazib berish kerak bo'ladi. Shu jumladan, Avtomobil yo'llarini avtomatlashgan tizimini modullashtirish orqali quyidagi samaradorliklarga erishamiz [3]:

> zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish ko'lamini ko'paytirish;

> yuqori aniqlikdagi natijalar;

> qisqa muddatdagi axborotlar almashinuvi;

> foydali ish koeffitsiyentini oshishi;

> elektron ma'lumotlar almashinuvi;

> axborotlarni ma'lumotlar bazasidi tizimlashtirish.

ADABIYOTLAR

1. Ergashev, M. M., Inoyatov, Q. M., & Inamov, A. N. (2019). Avtomobil yo'llarida geoaxborot tizimlari. Namangan, NamMQI.-2019.

2. Inamov, A. N., Ergashev, M. M., Nazirqulova, N. B., & Saydazimov, N. T. (2020). The role of geo information technologies in management and design of the state cadastre of roads. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 154-160.

3. Ergashev M., Mamajonov M., Kholmirzayev M. Automation and modulation of highways in gis software //Теория и практика современной науки. - 2020. - №. 5 (59). - С. 914.

4. Ergashev M., Abdurakhimov V. The use of basic gps stations, which are situated in Namangan, in the field of automobile roads //Экономика и социум. - 2020. - №. 5-1 (72). - С. 28-33.

5. Dadaxodjayev, A., Mamajonov, M., Ergashev, M., & Mamajonov, M. (2020). Creating a road database using gis software. Интернаука, (43-2), 30-32.

6. Dadaxodjayev A., Mamajonov M., Ergashv M. Automated drawing of roads in credo complex program //Экономика и социум. - 2020. - №. 11 (78). - С. 1659-1662.

7. Ergashev M., Dadaxodjayev A., Mamajonov M. Use of geographical information systems in determining and maping of land with soil erosion and damaged meliorative status //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 5107-5112.

8. Инамов, А., Эргашев, М., Назиркулова, М., & Сайдазимов, Н. (2021). Создание дорожных карт и ведение государственного кадастра на основе гео-информационных

технологий. Общество и инновации, 2(10/S), 84-90.

9. Эргашев М. Ю. Геоинформационная база государственного кадастрата автомобильных дорог и ее характеристики //Экономика и социум. - 2022. - №. 11-1 (102). - С. 1077-1081.

10. Dadaxodjayev, A., Mamadjonov, M., Ergashev, M., & Mamajonov, M. (2021). Gat dasturiy ta'minotidan foydalanib avtomobil yo'llari ma'lumotlar bazasini yaratish. Academic research in educational sciences, 2(10), 2.

11. Ergashev M. et al. Analysis of road information in geoinformation systems //технические науки: проблемы и решения. - 2021. - С. 90-94.

12. Инамов А. и др. Геоахборот технологиялари асосида автомобиль йуллари карталарини яратиш ва давлат кадастрини юритиш //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 10/S. - С. 84-90.

13. Ergashev, M., Maxkamov, D., Saydazimov, N., & Xabibullayev, A. (2021). Автомобиль йуллари сохдсида доимий фаолият курсатувчи базавий gps станцияларидан фойдаланиш. Academic research in educational sciences, 2(11), 52-61.

14. Ergashev M. M. Improving the method of using innovative technologies in the preparation of state cadastral maps of highways //The American Journal of Engineering and Technology. - 2023. - Т. 5. - №. 08. - С. 21-31.

15. MM E. Procedure for creation of state cadastras of motor roads and stages of management //Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 88-95.

16. Эргашев М. М. Графические модели дорожных сооружений в геоинформационной системе //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-2 (109). - С. 1150-1153.

17. Мусаев И. М., Эргашев М. М. У. Геоинновацион технологиялар асосида автомобиль йуллари давлат кадастрини шакллантириш ва юритиш //Механика и технология. - 2022. - №. Спецвыпуск 1. - С. 210-219.

18. Ergashev M. M. The importance of using the geographical information system (gis) in the field of road engineering //Экономика и социум. - 2021. - №. 11-1 (90). - С. 184-187.

19. Мухаммадюсуф Э., Мамажонов М., Холмирзаев М. Геоинновацион технологиялар асосида йул мухдндислиги иншоотларини автоматлаштириш ва модуллаштириш //Строительство и образование. - 2023. - Т. 1. - №. 3. - С. 16-21.

УДК 624.01

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.