Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA DARSLARINI O‘QITISHDA METODIK TAVSIYALAR'

GEOGRAFIYA DARSLARINI O‘QITISHDA METODIK TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
2779
335
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geografiya ta’limi / tanlangan metod / og’zaki bayon metodi / tinglash ko’nikmasi / o’quv materiali

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Shoymardonova Maxsuda Qurbonovna

Ushbu maqolada geografiya fanini o’qitish va undagi metodik jihatdan olib boriladigan jarayonlar aytib o’tilgan. Darslarni mazmunli olib borish unda o’qituvchining tutadigan o’rni haqida fikrlar berilgan. O’qituvchining qo’llayotgan metodining darsga mosligi hamda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARINI O‘QITISHDA METODIK TAVSIYALAR»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR N01 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy jumaU

CFOriRAFTVA nAR«T ART1VT n'OTTTSTTnA MI lY^HIk TAV^IVAI Ali

GEOGRAFIYA DARSLARINI O'QITISHDA METODIK TAVSIYALAR

#

>

Shoymardonoya Maxsuda Qurbonovna

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, 11-sonli maktabning geografiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7217559

' t

1> TiP*

Annotatsiya: Ushbu maqolada geografïya fanini o'qitish va undagi metodik jihatdan olib boriladigan jarayonlar aytib o'tilgan. Darslarni mazmunli olib borish unda o'qituvchining tutadigan o'rni haqida fikrlar berilgan. O'qituvchining qo'llayotgan metodining darsga mosligi hamda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillar keltirilgan.

Kalit so'zlar: geografiya ta'limi, tanlangan metod, og'zaki bayon metodi, tinglash ko'nikmasi, o'quv materiali.

« : 1 -

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida o'quvchilar muayyan bilimlar,ko'nikma va malakalarni egallaydilar.O'quv materiali mazmunli ta'limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o'zlashtiriladi. Shu sababli o'qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o'qitish va o'qishga yordam beradigan yo'llarni egallash muammosi turadi. O'quv materiallarini o'rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari,vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Landshaftshunoslik, gidrologiya, atmosfera fizikasi, geokimyo singari fanlarni asosiy tushuncha va tamoyillarga tayanib ish ko'riladi. Geografiya ta'limi metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar fanlar bilan o'zaro bog'langan. Geografiya o'qitish metodikasini geografiya fani bilan bog'liqligi quyidagilarda namoyon bo'ladi:

-geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning

rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Geografiya fanidagi yutuqlar va o'zgarishlarni maktab geografiyasining mazmunida va tuzilishida aks ettirib boradi;

- geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy geografiya.

Geografiya darslarida o'qitish metodlarini tanlash o'ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Agar tegishli metod noto'g'ri tanlangan bo'lsa o'qituvchi va

o'quvchining birgalikdagi faoliyati samarasiz bo'lib qoladi. Shuning uchun o'qitish

j "1 > ^^ \ "1 >

metodlarini tanlash ma'lum bir tamoillar asosida olib borilmog'i lozim. Ular

quyidagilardan iborat. «Tanlangan metod» o'tiladigan mavzuning mazmuniga mos

bo'lishi lozim. Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti hisoblanadi.

Ko'p xollarda bir xil mazmundagi dars o'tish uchun yagona bitta metodni qo'llash

, „11 „J_________ u______ J.- ou „u _ „L.-,____: „ ___:

*

ko'p xollarda samara bermaydi. Shuning uchun o'qituvchilarni va o'quvchilarni

^-Tn^r^m^Tci--K- rfiSÊ& >

j---f----79

JffiTALQINVA 1

\-#TAD0I0OTLAR N01 2022

№1 2022

ilmlyuslubly jurnali

miiif-iwuuif juiiian

faoliyatiga mos keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda o'quvchilarni bilish

#

>

imkoniyatlari, ular amalga oshiradigan faoliyatning murakkablik darajasi, vaqt omili va geografiya kabinetida zarur bilim manbalarining bor yo'qligi metod turini aniqlab beradi. O'qitish metodini tanlaganda o'quvchilarni bilish qobiliyatlarini hisobga olish tamoyili, bunda quyidagilarga e'tibor beriladi:

- o'quv mavzusining murakkabligiga;

- nazariy bilimlar xajmiga;

- sinf o'quvchilari darajasiga;

- o'quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga;

Qo'llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:

a) metod tarbiyaviy bo'lishi lozim, ya'ni o'quvchilarning rivojlanishga, qiziqishlariga ta'sir ko'rsatishi lozim;

b) tanlangan metod ilmiy bo'lishi lozim, metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo'lsa, shunchalik ravshan va aniq bo'ladi;

c) metod ommabop bo'lishi lozim;

d) metod samarali bo'lmog'i zarur, ya'ni o'quv materiallarini mustahkam egallashga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.

Bir nechta metodlardan og'zaki bayon metodini ko'rib chiqmoqchimiz. Og'zaki

»

bayon usullari to'g'ri qo'llanganda u o'quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantiradi: o'qituvchi fikrlarni kuzatib borish ko'nikmasini rivojlantiradi; geografik bilimlar va ular orasidagi aloqalarni yaxshi qabul qiladi; og'aki bayondagi asosiy fikrni o'zlashtirish ko'nikmasi shakllanadi. O'qituvchi tomonidan o'quv

materialini aniq bir mantiqiy yo'nalishda ochib berishni o'quvchilarda tafakkurni

...... , , _ , , . , . „ ..............

rivojlanishiga yordam beradi. Og'zaki bayon metodini afzalliklaridan biri shundaki

unda 15-20 minutda katta xajimdagi material beriladi va vaqtdan samarali foydalaniladi. Og'zaki bayon metodlarini qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Masalan, og'zaki bayon metodlari yordamida kartalar bilan ishlash, darslik bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirib bo'lmaydi. Ayrim vaqtlarda og'zaki bayon metodlari o'qitishning asosiy metodiga aylanib qolishi mumkin, bunda o'quvchilarda mustaqil ishlarni bajarish ko'nikmalari shakllanmaydi yoki mazkur ishlarga kam e'tibor beriladi. Dars o'tishda og'zaki bayon metodi yordamida faqat J-jt o'quv materialining asosiy mazmunini ochib berishga xarakat qilinadi va o'quvchilarni faollashtirishga kamroq e'tibor beriladi. Og'zaki bayon metodi o'quvchilarni darsni diqqat bilan tinglashni talab qiladi. Shuning uchun og'zaki bayon metodlari bilan dars o'tishda o'quvchilarda tinglash ko'nikmasini

! K*

shakllantirish lozim. Bunda o'quvchilar berilayotgan materialni faqat qabul qilishi va fikrlashi talab etiladi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quvchilarni bilimini o'zlashtirishni boshqarishi lozim. Bu esa o'quvchilarga dars

• ___• • • . , • u ____i: _____,____________m

mavzusi va rejasini tushuntirish orqali amalga oshiriladi. O'quvchilar geografik

I

iW

и»

.. .jTALOIN VA • ^TADOIOOTLAR

ilmiy-uslubry jumaH

№1 2022

>

J

Ы>

fP* >>

>j>

Ы j> 1

Ы >

i й:> ♦g*

ЭЙ

>

s J ]>-f

1 >£>

1 >

>)> щ »

m

j

< >>>

Ы j>

î Я> Ы > i >i>

Ы >

bog'liqliklarni yaxshi tushunishi uchun o'quvchi geografik borliq va hodisalarni bayonini rejasini ishlab chiqishi lozim. Reja o'qituvchi tomonidan sinf taxtasiga yozib chiqiladi yoki og'zaki e'lon qilinadi. O'quvchilar mazkur rejani daftarlariga yozib olishadi. Bu esa o'quvchilarni bayon qilayotgan mavzu mazmunini yaxshi o'zlashtirishiga yordam beradi. Reja bo'yicha o'quv materialini mazmuni bayon qilingandan so'ng o'qituvchi xulosa qiladi. Agar o'quvchilar darsni yaxshi o'zlashtirgan bo'lsa, o'zlari mustaqil ravishda xulosa qilib gapirib berishlari mumkin. Bunda suxbat metodidan foydalaniladi. O'quv materiali mazmunini o'quvchilar o'zlashtirishini osonlashtirish maqsadida o'quvchilar diqqatini eng muxim narsalarga qaratish lozim. O'quvchilarda eshitish ko'nikmasi asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun turli sinflarda og'zaki bayon davomiyligi turlicha bo'ladi. Quyi sinflarda og'zaki bayon 5-10 minut, yuqori sinflarda esa darsni to'liq egallashi mumkin.

Geografiya fani juda qiziq fan va uni o'rgatishning ahamiyati juda katta. Darslarda qo'llaniluvchi metodlar o'quvchilarning o'zlashtirishi hamda uni darslarda qo'llay olishiga bog'liq jarayon hisoblanadi. Darsning sifatli holda tashkillanishi va pedagogik, psixologik texnologiyalarni o'qituvchining qo'llay olishi samarali ta'limni yaratib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H.Vaxobov, N.R.Alimqulov, N.B. Sultanova. Geografiya o'qitish metodikasi. T.2020, 77-78 b

2. Vaxobov X., Abdunazarov O'., Zaynutdinov A. Geografiya ta'limida darsliklar yaratish muammosi. O'zbekiston geografiya jamiyati axboroti. T. 2000, №21, 188-191 b

3. Vaxobov X., Saydamatov F., Eshpo'latova N. Geografiya ta'limida qo'llanadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. Xalq ta'limi. 2007. №1, 102-105 b.

*

Щ >

Шщ

j >

У

ïfc

>

Qj^f^S).

S1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ы >

*ф>

ии>

i

i :

h>

* #

m

*Ф>

i> * Ц >p

§ > >

q q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.