GEOGRAFIYA DARSLARIDA ROLLI O'YINLARDAN FOYDALANIB O'QUVCHILARDA FANGA OID KOMPETENSIYALARNI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI ("INSON FAOLIYATI MUHIM EKOLOGIK OMIL SIFATIDA" MAVZUSI MISOLIDA)
Xurshidbek Baxtiyorovich Xalilov
Farg'ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ulaming malakasini
oshirish hududiy markazi o'qituvchisi xalilovhurshidbek86@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarining yuqori sinflari geografiya darslarida "Inson faoliyati muhim ekologik omil sifatida" mavzusini o'qitish misolida rolli o'yinlardan foydalanish o'quvchilarda bilim, ko'nikma, malaka, hamda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni shakllanishiga ijobiy ta'sir qilishi ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: "O'yin" tushunchasi, o'yin fenomeni, rolli o'yin, ekologik madaniyat, ayblanuvchi, himoyachi, ayblovchi, Ekotizim, Statistika, Biosfera, Sudya, Inson.
METHODOLOGY OF FORMATION OF SCIENTIFIC COMPETENCIES IN STUDENTS USING ROLE GAMES IN GEOGRAPHY CLASSES
ABSTRACT
In this article, the use of role-playing games in the teaching of "Human activity as an important environmental factor" in the lessons of geography in the upper grades of secondary schools has a positive effect on the formation of knowledge, skills, abilities and general and scientific competencies. Shown to do.
Keywords: "Game" concept, game phenomenon, role play, environmental culture, defendant, defender, accuser, Ecosystem, Statistics, Biosphere, Judge, Human.
KIRISH
Mamlakatimiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini yuqori saviyadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega, metodologiya va pedagogika sohasida fundamental bilimlarni chuqur biladigan, ta'lim jarayonida pedagogik muammolarni tizimli ravishda olib boruvchi mahoratli va omilkor o'qituvchilarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi [1].
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'yinlardan foydalanish masalasi hamma vaqt pedagoglar, psixologlar, o'qituvchi va uslubchilarning e'tiborini jalb qilib kelgan.
Bugungi kunga kelib ta'limning turli bosqichlarida o'yinlarni tashkil qilish metodikasi, o'yin faoliyatining psixologik-pedagogik xususiyatlari to'liq o'rganib chiqilgan.
Chet el adabiyotlarida "o'yin" atamasi "modellashtirish" tushunchasiga yaqinlashtirilgan. I.K.Juravlyovning ta'kidicha, "o'yin - bu real vaziyatni modellashtirishga qaratilgan, modellashtirilayotgan sharoitda qarorlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan o'qitish usuli" [2].
"Rolli o'yin" metodida o'qituvchi o'quvchilar haqida oldindan ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Chunki rollarni o'ynashda har bir o'quvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. tanlangan mavzu o'quvchilar o'zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak [3].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA:
O'yin faoliyatining mazmuni va uni tashkil qilish masalasida MDH va horij davlatlarida N.N.Baranskiy, Gold Djon, N.V.Bolotnikova, A.N.Leontev, L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, S.Ye.Praslova, I.KJuravlyov, o'zbek olimlaridan O.Mo'minov, P.Baratov, H.Vahobov, A.Qayumov, R.Qurbonniyozov, M.Asanov, U.Safarova, H.Nikadambayeva, A.Norboyevlar o'zlarining muhim tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Asosiy qism
Mavzu: Inson faoliyati muhim ekologik omil sifatida Maqsad:Insonning atrof-muhitdagi (yaratuvchilik va buzg'unchilik) faoliyatini o'rganish asosida o'quvchilarda "Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat" kompetensiyasini shakllantirish.
Darsning vazifasi:O'quvchilar tomonidan o'quv materialining o'zlashtirilishini ta'minlash, muammolarni muhokama qilish, jamoaviy qaror qabul qilish, o'z nuqtai nazarini isbotlash va javoblarni izohlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Rollar: Dars mashg'uloti davomida ishtirokchilarga o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidagi rollar taqsimlanadi. (Sudya - sud yig'ilishini olib boradi. Ayblanuvchi -inson o'zini himoya qiladi. Himoyachi - uning rolini o'qituvchi bajaradi. Tarix, Ekologiya - o'z ko'rsatmalarini gapiradi. Ayblovchi - uning rolini ikkinchi o'qituvchi bajaradi. Ekotizim, Evolyutsiya, Statistika, Biosfera - guvohlik ko'rsatmalarini berishadi. Maslahatchilar - sud jarayoni davomida tayanch konspektni to'ldiradi va jarayon yakunida qisqacha xulosa qilinadi.
Rolli o'yin: "Inson faoliyati ustidan sud"
Sudya: Bugungi ko'riladigan ish eshitiladi:"Inson faoliyati ekologik omil sifatida" Sudlanuvchi kursisida inson. Ayblovchi va himoyachi tomonlar tayyormi? Sud maslahatchilarichi? Rozilik belgisi sifatida qo'lingizni ko'taring.
Sudya:Unda ishni eshitamiz. Ayblovchi tomon, sizning birinchi guvohingiz.
Ayblovchi:Minnatdorman, hurmatli sud raisi. Ko'rsatma berish uchun Evolyutsiya taklif qilinadi. Marhamat qilib sudga insonning paydo bo'lishi va shakllanishi to'g'risida gapirib bering.
Evolyutsiya:HurmaÜi sud raisi hamda sud maslahatchilari, so'zimni boshlashdan oldin shuni ta'kidlamoqchimanki, men insonni ayblamayman va himoya ham qilmayman. Yerning geologik o'tmishini bir soat deb tasavvur qilsak, ongli insonning biosferaning bir qismi sifatida shakllanishi bir necha sekundga to'g'ri keladi.
Ayblovchi: Ijozat bering hurmatli sud raisi. Demak, inson - bu yosh biologik tur bo'lib, uning aqliy qobiliyati biosferada o'ziga mos makonni egallab olishiga sabab bo'ldi. Ko'rsatma berish uchun Ekotizim taklif qilinadi.
Ekotizim: Men sud jarayonida o'z ko'rsatmamni bermoqchiman. Odamlar o'zlarining aqliy qobiliyatlari tufayli o'z ehtiyojlarini to'la qondirish uchun Yer sharini har tomonlama va tezlik bilan o'zlashtirdilar hamda uni davom ettirmoqdalar [1-7]. Oqibatda tabiatdagi ekotizimni o'zgartirmoqdalar.
Ayblovchi: Hurmatli sud raisi, men ko'rsatma berish uchun Statistikani taklif qilaman va u Ekotizimning bildirgan fikrlarini yana bir bor tasdiqlaydi.
Statistika: BMT ma'lumotlariga ko'ra sanoati rivojlangan davlatlarning o'zida asfalt yo'llar, sanoat korxonalari, aholi punktlari va boshqa qurilish ishlari ostida har yili 3 ming km kv tabiiy landshaftlar yo'qotilib, ularning o'rnida antropogen landshaftlar vujudga keltirilmoqda.
Ayblovchi: Bu ifloslanishlarga biosferaning aks ta'siri qanday bo'lmoqda? Ko'rsatma berish uchun Biosfera taklif qilinadi.
Biosfera:Hurmatli sud raisi hamda sud maslahatchilari, men og'ir kasal bo'lib qoldim. Buni tasdig'i sifatida, mening og'ir va murakkab tashxisimni eshiting:
1. Oltingugurt va boshqa kislotalar mendagi barcha a'zolarni (daryo, ko'l, yer osti suvlari, o'rmon, dala) ifloslantirmoqda; ifloslantiruvchi moddalar embrionlarga tushib, barcha tirik organizmlarning salbiy rivojlanishiga, ularning zaharlanib, mayib-majruh holda tug'ilishiga sabab bo'lmoqda; zaharli moddalar ta'sirida umr ko'rish davri qisqarmoqda.
2. Populyatsiyadagi o'zgarishlar: insonlarning mening resurslarimdan o'ylamasdan, nazorat qilmasdan foydalanishi oqibatida populyatsiyalarning strukturasi o'zgarmoqda.
3. Ekotizimdagi o'zgarishlar: Bir turdagi o'simlikning yo'q bo'lishi 5 tadan 35 tagacha hayvon turlarining (asosan umurtqasizlar) yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi.
4. Ilgari tabiat insonlarni qo'rqitib kelgan bo'lsa, hozirda esa inson tabiatni qo'rqitmoqda. Biroq insonlarning esidan chiqmasin?! Agarda men yo'q bo'lib ketsam, ular ham bo'lmaydi, axir!!!
Ayblovchi: Hurmatli sud raisi! Ayblovchi tomon o'zining nutqini tamomladi.
Sudya:Himoya tomon, sizning guvohingiz.
Himoyachi: Hurmatli sud raisi! Ijozat bering, mening himoyamdagilar o'zlarining aybini bo'yniga oladi. Men ko'rsatma berish uchun Tarixni taklif qilaman.
Tarix: Ha, haqiqatan ham atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi inson faoliyati uzoq o'tmishga borib taqaladi [8-14]. Hozirgi bosqichda genetik xilma-xillikni saqlab qolish uchun insoniyat tomonidan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari keng miqyosda amalga oshirilmoqda [15-22]. Ular tomonidan noyob turlarni ko'paytiradigan maxsus markazlar tashkil qilinmoqda: genlar banki, qo'riqxonalar, buyurtmaxonalar, botanika bog'lari, zooparklar shular jumlasidandir.
Himoyachi: Haqiqatan ham kishilik jamiyati fanlarining turli jabhalarida ancha ilg'or yutuqlarga erishgan bo'lsa-da ko'p jihatdan ekologik bilimsizdir. Shu sababli hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biri aholining barcha tabaqalarida ekologik ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilishdir.
Ekologiya: Ekologiya - tirik organizmlarning ularni qamrab turgan atrof-muhit bilan o'zaro aloqasi to'g'risidagi fan. Bu aloqalar juda murakkab, bir butun tizimni hosil qilib, u yerdagi hayot deb ataladi. Insoniyat ham ana shu hayotning bir qismidir. Inson 3 mln yildan beri ma'lum bo'lgan yerdagi biologik turlardan biridir.
Sistematika: Bugun insoniyat shunday bir vaziyatga yetib keldiki, uning Yer sharida yashab qolish yoki yo'q bo'lib ketish masalasi dolzarb bo'liq qoldi.
Himoyachi: Hurmatli sud raisi, mening himoyamdagi Insonga so'z berishga ijozat bering.
Inson: Shuni yaxshi tushunamanki, men alohida shaxs sifatida biosferaning rivojlanish mevasi bo'lgan insoniyatdan ajralib qola olmayman. Biosfera o'z navbatida Yer sharining rivojlanishi natijasidir [23-27]. Shunga muvofiq odamlar sayyoramiz haqida qayg'urib, birinchi navbatda atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, ifloslangan chiqindilar va oqimlarni tozalash, ulardan qayta foydalanishning samarali va xavfsiz yo'llarini ishlab chiqish, tabiatning ifloslanish darajasini, uning insonga ta'sirini hamda inson xo'jalik faoliyatining atrof-muhitga ta'sir darajasini aniqlash va baholash, insonlarni ekologik tarbiyalash, ularda ekologik madaniyatni rivojlantirish.
Men va'da beramanki, insoniyat tabiatga nisbatan munosabatini o'zgartiradi, uning o'ziga xosligi va betakrorligini, o'zini uning kichik bir bo'lagi ekanligini tushunadi.
Sudya: Marhamat sud maslahatchilari. Sizlarga hukm chiqarish uchun 3 daqiqa vaqt (ular maslahat qilib, yakuniy xulosani aytishadi).
Endi kelinglar, sud maslahatchilarining qanday qarorga kelishganini eshitaylik:
Sud maslahatchilarining xulosasi: Biz bu masalada shunday fikr bildiramiz: bizning moviy sayyoramizni ko'pincha ulkan kosmik kemaga qiyoslashadi. U olamning cheksiz bo'shliqlarida harakatlanadi. Insoniyat esa ana shu kemaning yo'lovchilaridir. Lekin, kemamizda ko'plab yechimini kutayotgan ekologik muammolar bor [28-30].
Sudya: Hukm chiqarildi. Inson aybdor, lekin u o'zining xatolarini tuzatishi kerak. Sud jarayoni tugadi.
III. Dars yakuni: O'qituvchi: Sud o'z ishini tugatdi. Hukm chiqarildi. Sud maslahatchilari o'rtaga tashlagan ko'plab savollar ustida o'ylashimiz, o'z faoliyatimizni
atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan tarzda olib borishimiz, bir so'z bilan aytganda ekologik madaniyatli bo'lishimiz zarur va bu bugungi kunning eng muhim talabidir.
XULOSA
Hayotiy vaziyatlarni modellashtirishga asoslangan o'yinlar olingan bilimlar, egallangan ko'nikma, malaka, kompetensiyalarning ahamiyatini oshiradi. O'quvchilarning turli yangi vaziyatlarga tushishi bilimlarning integratsiyalashuviga, uning ijtimoiy tajribasini boyishiga ta'sir ko'rsatadi.
Bundan ko'rinib turibdiki, geografiya ta'limida o'yinlarni tashkil qilish hamda o'tkazish umumiy va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
[1] Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T.: Moliya, 2003.- 172 b
[2] S.Y.Maxmudov, M.A.Umaraliyeva, G.K.Karimova. Ilmiy pedagogik va o'quv-metodik nashrlar orqali o'qituvchilarda information tahdidlarni oldini olish mexanizmi;. T.: 2017.-157b.
[3] A.Norboyev. Geografiya ta'limida innovatsion pedagogik texnologiyalar. T.:"Lesson press", 2017.-159b.
[4] R.G.Safarova, F.I.Yusupova, N.S.Sabirova, Z.To'qsonova. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida modulli o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalar bankidan foydalanish mexanizmlari. T.:"Tafakkur qanoti", 2017.-145b. B-68-69 b
[5] KOCHKAROVA, S., & MAMBETULLAEVA, S. (2020). Study of Successional Processes of Vegetation Cover on the Dried Seabed of the Aral Sea. Journal Research on the Lepidoptera, 57(1).
[6] Кочкарова, С., & Мамбетуллаева, С. (2021). МАТЕМАТИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЭВОЛЮЦИИ ФИТОЦЕНОЗА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ.
[7] Кочкарова, С., & Мамбетуллаева, С. (2021). МАТЕМАТИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЭВОЛЮЦИИ ФИТОЦЕНОЗА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ.
[8] Kochkarova, S. A., & Mambetullaeva, S. M. Simulation of the Phytocenosis Evolution of the Dry Bottom of the Aral Sea.
[9] Кочкарова, С. А. (2019). АНАЛИЗ НАПРАВЛЕННОСТИ СУКЦЕССИОННЫХ ПРОЦЕССОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОКРОВА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Евразийский Союз Ученых, (8-1 (65)).
[10] Кочкарова, С., & Мамбетуллаева, С. (2021). МАТЕМАТИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЭВОЛЮЦИИ ФИТОЦЕНОЗА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ.
[11] Кочкарова, С. А. (2019). АНАЛИЗ НАПРАВЛЕННОСТИ СУКЦЕССИОННЫХ ПРОЦЕССОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОКРОВА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Евразийский Союз Ученых, (8-1 (65)).
[12] Tleumuratova, B. S., Kublanov, J. J., Kochkarova, S. A., & Mambetullaeva, S. M. (2020). Modeling of the Processes of Formation and Development of Phytocenoses of the Dried Bottom of the Aral Sea. International Journal of Science and Research, -9(10), 1066-1071.
[13] Tleumuratova, B. S., Kublanov, J. J., Kochkarova, S. A., & Mambetullaeva, S. M. (2020). Modeling of the Processes of Formation and Development of Phytocenoses of the Dried Bottom of the Aral Sea. International Journal of Science and Research, 9(10), 1066-1071.
[14] Кочкарова, С. А. (2019). Современные способы восстановления растительного покрова на обсохшем дне Аральского моря. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ И РАЗРАБОТКИ 2019 ГОДА (pp. 15-17).
[15] Кочкарова, С. А. (2019). АНАЛИЗ НАПРАВЛЕННОСТИ СУКЦЕССИОННЫХ ПРОЦЕССОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОКРОВА НА ОБСОХШЕМ ДНЕ АРАЛЬСКОГО МОРЯ. Евразийский Союз Ученых, (8-1 (65)).
[16] Отаров, А. О., & Кочкарова, С. РЕШЕНИЕ СМЕШАННОЙ КРАЕВОЙ ЗАДАЧИ ДЛЯ УРАВНЕНИЯ ТЕПЛОПРОВОДНОСТИ МЕТОДОМ ПРОГОНКИ. КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА им. БЕРДАХА, 19.
[17] Kochkarova, S. A., & Mambetullaeva, S. M. Simulation of the Phytocenosis Evolution of the Dry Bottom of the Aral Sea.
[18] Ganieva, S. (2021). DEVELOPING «CREATIVE THINKING» SKILLS BY TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.
[19] Abduqahhorovna, G. S. (2021). DEVELOPING CREATIVE THINKING SKILLS IN HIGH SCHOOL PUPILS THROUGH THE MIND MAP "TENSES". ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(06), 327-332.
[20] G'aniyeva, S. A. (2021, May). HERE ARE SOME EFFECTIVE WAYS TO TEACH A FOREIGN LANGUAGE IN PRESCHOOL. In Archive of Conferences (Vol. 24, No. 1, pp. 83-85).
[21] Ganiev, A. G., Ganieva, S. A., & Abdunazarova, Z. S. Formation of Creative Thinking Skills in 5-6-year-old Children with the Help of Mind Maps. JournalNX, 8486.
[22] Madrakhimova, M., & Omonova, Z. (2019). Fostering vocabulary acquisition in learning a foreign language. Вопросы науки и образования, (7), 153-155.
[23] Sobirjonovna, M. M., & Zilola, O. (2019). Fostering vocabulary acquisition in learning a foreign language. Вопросы науки и образования, (7 (53)).
[24] Sabirjonovna, M. M. Ethics of Population Using Restaurants and Bars in the Development of Tourism (Based on Sociological Research). JournalNX, 156-159.
[25] Ergasheva, N. N. M. (2019). Raising motivation of students in a second/foreign language acquisition. Вопросы науки и образования, (5), 50.
[26] Numonjohnovna, E. N., Oybekovna, K. S., & Akramovna, T. N. (2019). Development of the communicative competence of students at the lessons of the English language in non-philological higher educational institutions. Вестник науки и образования, (19-2 (73)).
[27] Ergasheva, N. N., & Mamatov, H. A. (2017). Paralinguistic features in written speech. Проблемы педагогики, (6), 30-31.
[28] Ergasheva, N. N. (2018). THE EFFECTIVENESS OF USING REALIA IN TEACHING VOCABULARY. Интернаука, (24-3), 45-46.
[29] Собирова, Н. Н. (2021). НЕВЕРБАЛЬНАЯ КОММУНИКАЦИЯ. Проблемы современной науки и образования, (5-2 (162)), 22-25.
[30] Numonjonovna, S. N. Non-Verbal Communication.