Central Asian Journal of
Education and Innovation
FORTEPIANO CHOLG'USI O'QITUVCHILARI UCHUN TAVSIYA VA TAKLIFLAR
Sherzod Khushbekovich Kholmatov
Termiz Davlat Universiteti Milliy Libos Va San'at Fakulteti, Musiqa Ta'limi Kafedrasi O'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11254110
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 23- May 2024 yil
KEY WORDS
Tavsiyalar, takliflar, fortepiano, cholg'u, texnika, pedagogika, instruktiv material, faollik printsipi, badiiy-ijrochilik, sifatli, afzallik,mashqlar, Ijodiy faoliyatning umuman aytganda badiiy did estetik tarbiyaning ilmiy nazariy mohiyati o'quvchi talabalarda obrazli, g'oyaviy hisiy idrokni san'at hodisalari va voqiylikka munosabatni, ijodiy qobiliyatni, badiiy didni "gozallik qonunlari bo'yicha" faoliyat xati harakat ko'nikmalari hamda malakalarini shakllan tirish varivojlan tirish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu maqolada fortepiano cholg'usida tavsiyalar va takliflar o'rin olgan hamda mashqlarni bajarish texnikasi va o^ziga xos o'quvchilarni hisobga olish printsipi rivojlantiruvchi ta'lim usuliyatiga chambarchas bogliqligi. Ta'limning muvaffaqiyati materialning tushunarli bo'lishiga, qo'ldan keladigan vazifalarni qo'yishga va ularni hal qilishning o'xshash usullaridan foydalanishga, shuningdek, o'qituvchi o'quvchnning faqat mavjud, imkoniyatni emas, balki "kelajakdagi kamoloti doirasini" ham hisobga olish bilan bog'liqligi haqida fkirlar bayon qilingan.
Fortepiano sinfida bolalarga ijrochilikni o'rgatish asosiy vazifa hisoblansada, o'quvchilarning faoliyati faqat ijrochilikdan iborat bo'lib qolishi mumkin emas. Hozirgi usuliyat mashg'ulotlarda fortepiano ta'limining tor maxsus vazifalarigina hal qilinadigan an'anaviy sistemadan farqli ravishda o'z oldiga asosan bolalarni musiqaga qiziqtirish, fortepiano chalishga rag'batlantirish, ularga musiqa bilan fortepiano sinfidagi o'quvchilar musiqiy faoliyatning o'zaro bog'liq har xil turlariga va xilma-xil shakldagi ishlarga jalb etiladi.
Musiqachi uchun xotira ham katta ahamiyatga ega. Bu tushuncha kompleks bo'lib, eshitish, mantiq, ko'rish va harakat xotiralarini o'z ichiga oladi. Musiqachi uchun eng zararli odat faqat barmoqlar bilan (aqlni ishlatmay) yodlashdir. Bunday yodlash estradada ijro etishda ko'pincha ko'ngilsiz natijaga olib boradi: hayajonlanish tufayli qo'llar itoat etmaydi, aql va eshitish esa o'quvchiga hech narsa bermaydi va u yordam-siz qoladi,
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Asar esda qolishi uchun «o'zidan-o'zi o'rganilishini» kutmay, maxsus yodlanishi kerak. Bunda asarning turli joylaridan boshlab alohida qo'llar bilan ovozlar bo'yicha, tovush va mantiqiy tahlilni ishga solib o'rganish yaxshi yordamchi vosita hisoblanadi.
Fortepano ijrochilik pedagogikasining o'quvchi talabalar bilan ishlashda doimo zamonaviy kompozitor va bastakorlarning asarlaridan foydalanish zarurligi haqidagi fikrlar shubxasis to'g'ri talaba va bolalarni ana shu asarlar bilan tanishtirishda ularga yangi voqealar va qonuniyatlarni tushuntirib berish yanada zarurroq ish hisoblanadi.
Musiqiy ma'lumotlar rivojidagi ushbu yo'nalishning ijobiy natijalari maktabgacha davr bilan cheklanmaydi. Ta'limning keyingi davrida ham mazkur printsiplarni izchil amalga oshirish ijroning uzluksizligi, yaxlitligi va mazmundorligi kabi muhim sifatlar shakllanishiga, shuningdek, texnik rivojlanishning yo'l va usullariga ta'sir qilishi mumkin.Bolalarni musiqiy kamol toptirish uchun asosan musiqiy ma'lumotlarning elementlari: yaxlit va yorqin kuyga bog'lanmagan alohida tovushlar yoki tovush komplekslari yoki ohanglar mashqqilinadigan (ya'ni musiqiy ma'lumotlar musiqiy taassurot va hissiy kechinmalarga bog'lanmay, alohida rivojlantiriladigan joylarda mutlaqo boshqacha holat vujudga keladi. Ishga bunday yondashishda intonatsiyaning, ritmning aniqligida, shuningdek, xotirani rivojlantirishda ko'pincha katta natijalarga erishiladi.
Ana shunday mashg'ulotlar jarayonida bolaning diqqati to'planishini ham, hatto o'ziga xos qiziqishini ham aniqlash mumkin.
Qisqasi, tabiiy jarayonning deyarli barcha komnonentlari vujudga keladi. Faqat bir narsa
mu
siqaning hissiy ta'siriva kechinma yetishmaydi. U balki keyinchalik paydo bo'lar? Bunday bo'lishi ehtimoldan uzoq. Boladahissiy kechinma, hatto, mukammal detallar bo'lsada, uzuq-yuluq holda vujudga kelmaydi. U yaxlit kuyning bevosita ta'siri natijasi sifatida hamda tinglangan narsalarga birinchi javob sifatida paydo bo'ladi. Agar diqqatning birinchi javobi bir-biridan ajralgan alohida tovushlarga yo'nalsa, diqqat qisqa turtkilarga bo'linadi va bu hol yaxlit hamda bog'lanishli idrokka xalaqit beradi. Mana shu usulda tarbiyalangan bola uyg'un yaxlitlikka bog'lanmagan alohida elementlar bo'yicha anglashga o'rganadi. U yaxlit jo'shqin kuyni bevosita idrok etish o'rniga alohida tovushlardan vujudga keltiradi.
Biz «Fortepiano cholg'u ijrochiligida innovatsion maxsus mashqlar hamda pedagogik ilmiy-metodlarni musiqaviy keng tarzda rivojlantirish» mavzusidagi tadqiqotimizda boshlang'ich fortepiano ta'limi mazmuni, innovatsion maxsus mashqlar, musiqa asarlari ustida ishlash, o'quvchilarning egallash lozim bulgan bilimlar haqida ma'lumotlar to'plash o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ijobiy natijalar beradi. Shu tufayli ijobiy natijalarga erishish yo'llarini izlashga harakat qildik.
1. Fortepiano ta'limning mazmuni o'quvchilarining fortepiano cholg'usiga bo'lgan qiziqishga, musiqiy qobiliyatiga, musiqa asarlarining harakaterini badiiy mazmunini anglab olish masalalarini rivojlantirishga bog'liqdir.
2.Barcha cholg'u asboblari qatori. Fortepiano cholgusi ijrochiligi oldida ham zamonaviy talablar, darslarga o'ziga xos ijodiy yondashuvlar, yangi pedagogik texnologiya asosida darslarni loyihalashtirish kabi pedagogik talablar amalga oshiriladi.
Shu sababli bu talablarni amalga oshirishda fortepiano sinf o'qituvchisi oldiga qo'yilgan
vazifalari haqida fikr bildirdik. O'quvchilarning qobililiyatlarini
toifalarga ajratib chiqqan xolda dastur tuzilsa o'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishlarida yaqindan yordam beradi.
3.Fortepiano sinf o'qituvchisi har bir o'quvchiga yakka tartibda ish reja tuzish lozim. Buning uchun har bir o'quvchining musiqaviy qobiliyatlarini
aniqlangan xolda dastur tuzish maqsadga muvofiqdir, shu sababli fortepiano sinfida kategoriyalarga ajratilgan tizimni ishlab chiqildi. Fortepiano sinfda bir qancha faoliyat turlari bajarishdi.
Shu muhim vazifani ya'ni o'quvchiga musiqa asari ustida ishlashdan ko'zlangan maqsadni bilish zarurligini uqtirishdir.
4. Musiqa asari ishlash vazifasini amalga oshirish uchun muayan tizim va vositani qo'llash kerak. Shulardan biri sifatida bosqichma-bosqich ishlash hakida fikr bildirishdek xullas fortepiano ta'limi ijrochiligi mazmuni savodli, chuqur bilimli o'qituvchi shaxsiga bog'liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Sh.Xolmatov. Fortepiano ijrochiligida innovatsion maxsus mashqlar hamda pedagogik ilmiy-metodlarni rivojlantirish metodikasi// O'quv qo'llanma Termiz-2023 17-25 betlar.
2.Rajabova D. "Fortepiano mashg'ulotlari" (fortepiano ta'limi metodikasi) T.: "O'qituvchi" 1994. 23 b.
3. Нейауз Г.Г. Об искусстве фортепианной игры: Записки педагога. 5-е изд. - М.: Музыка, 1988.— 29 с.
4. Савшинский, С.И. Средства выразительности музыканта-исполнителя (Фрагменты из незаконченной книги) // С.И. Савшинский музыкант, педагог, ученый. Сборник статей, материалов, воспоминаний / Сост. О. П. Сайгушкина. СПб. : б. и., 2007. С. 32-66.
5. Г.Нейгауз.Об искусстве фортепианной игры.М. 1958. С. 37.