Научная статья на тему 'Формирование индивидуальной образовательной траектории учащихся в кредитно-модульной системе'

Формирование индивидуальной образовательной траектории учащихся в кредитно-модульной системе Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
74
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
кредитная модульная система / индивидуальное обучение / траектория обучения / достижение прозрачности в образовании / гибкость в образовании / ориентированное на ученика образование / личность студента. / credit module system / individual Education / Educational tray / achieving transparency in education / flexibility in education / directed education to student / student personality.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Мастура Собитхужаева, Азиз Ортиков

В данной статье наряду с освещением концепций кредитно-модульной системы рассматриваются вопросы повышения индивидуальной ориентации личности учащегося, организации обучения в соответствии с его способностью к усвоению личности. Эта статья может быть использована в качестве теоретической информации представителями смежных отраслей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Formation of individual educational track record of students

In this article, the concepts about the credit module system are highlighted, as well as the improvement of the individual orientation of the student in this system, the organization of education by adapting it to the ability to master the student personality. From this article, representatives of the relevant field can use it as theoretical information.

Текст научной работы на тему «Формирование индивидуальной образовательной траектории учащихся в кредитно-модульной системе»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Formation of individual educational track record of students

Mastura SABITKHAJAYEVA1 Aziz ORTIKOV 2

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

credit module system, individual Education, Educational tray, achieving transparency in education,

flexibility in education, directed education to student,

student personality.

In this article, the concepts about the credit module system are highlighted, as well as the improvement of the individual orientation of the student in this system, the organization of education by adapting it to the ability to master the student personality. From this article, representatives of the relevant field can use it as theoretical information.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Kredit modul tizimida talabalarning individual ta'lim trayektoriyasini shakllantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: kredit modul tizimi, individual ta'lim, ta'lim trayektoriyasi, ta'limda shaffoflikka erishish,

ta'limda moslashuvchanlik, talabaga yo'naltirilgan ta'lim,

talaba shaxsi.

Ushbu maqolada kredit modul tizimi haqida tushunchalar yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini individual yo'nalganligini oshirish, ta'limni talaba shaxsi o'zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so'z boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy ma'lumot sifatida foydalanishlari mumkin.

1 Master's degree of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.

2 PhD, Doctor of Philosophy, The First Deputy Head of the Republican Education Center, Tashkent, Uzbekistan.

Формирование индивидуальной образовательной траектории учащихся в кредитно-модульной системе

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

кредитная модульная система,

индивидуальное обучение, траектория обучения, достижение прозрачности в образовании, гибкость в образовании, ориентированное на ученика образование, личность студента.

В данной статье наряду с освещением концепций кредитно-модульной системы рассматриваются вопросы повышения индивидуальной ориентации личности учащегося, организации обучения в соответствии с его способностью к усвоению личности. Эта статья может быть использована в качестве теоретической информации представителями смежных отраслей.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida № 824 31.12.2020 da qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida3:

1. 2020/2021 o'quv yilidan boshlab respublika oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish tartibi joriy etish;

2. O'quv rejasi va tanlov fanlari ro'yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o'quv-metodik bo'lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirish;

3. Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir semestrda 30 kredit, bir o'quv yilida 60 kredit to'plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan kreditlar hajmi o'quv rejasida ko'rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o'z ichiga oladi. Talaba o'zining shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o'zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy o'quv rejasidagi majburiy fanlar bolishi shart.

4. Ro'yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga ro'yxatdan o'tkazadi va talabaning shaxsiy ta'lim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaxsiy ta'lim trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o'quv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o'qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta'lim trayektoriyasiga har o'quv yilidan oldin o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritilish kabi bir qator masalalar keltirib O'tilgan.

Kredit ta'lim tizimi joriy o'quv yili uchun professor-o'qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta'lim traektoriyasidagi o'quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi.

Har qanday o'quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o'quv rejasi yotadi, u o'quv jarayonlari boshlanishidan oldin talaba tomonidan edvayzerning maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun

3 O'Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 dagi № 824 - sonli Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, (qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)

namunaviy o'quv rejasi asos bo'ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko'rsatilgan majburiy fanlar va tanlov fanlari kiradi.

Shaxsiy o'quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida erkin mo'ljal olishlari va kelgusida ta'limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko'ra, oliy o'quv yurtlarining aniq yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha shaxsiy o'quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to'liq egallashga imkon beradigan fanlar ro'yxati tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo'nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o'qitiladigan umumtexnik bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko'ra, umumta'lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy faoliyat uchun asos bo'ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq.

Talaba shaxsiy ta'lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu fanga asos bo'ladigan fanlarni o'qiganligi (prerekvizitlar) hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni tanlash huquqiga ega bo'lmaydi. Talaba o'zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar (postrekvizitlar) uchun asos bo'lishini bilishi ham juda muhim.

Ayniqsa kredit-modul tizimi muayyan tamoylllar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar:

1) Talabaga yo'naltirgan ta'limni tashkil etish (student-centered education);

2) Ta'limda shaffoflikka erishish (transparent education);

3) Ta'limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity);

4) Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).

Tizimilarini odatda ikki toifaga bo'lish mumkin: o'qituvchiga yo'naltirilgan va talabaga yo'naltirilgan ta'lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin:

O'qituvchiga yo'naltirilgan ta'lim tizimida ta'limga, o'quv dasturlariga, dars jarayonlariga qafiy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o'qituvchi hohishi nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o'rganishi kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning extiyojlar, fikrlari ko'p ham e'tiborga olinmaydi. Ta'lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi. Bunda yana o'qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan nofa'ol tinglovchi sifatida shakllanadi chunki ta'lim jarayonlari un larni faollikka undamaydi (darslar asosan ma'ro'za shaklida tashkil etiladi). Bunday ta'lim tizimida talabalarda mustaqil fikrlash, o'z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, o'zlari uchun o'zlari qaror qabul qilish saloxiyatlari shakllanmaydi. Talabaga yo'naltirilgan ta'lim bu o'qituvchiga yo'naltirilgan ta'limning teskarisi desak to'g'ri bo'ladi. Ushbu tizimda ta'limga OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot yoki o'qituvchilar nuqtai nazaridan emas balki talabalar nuqtai nazaridan yondashishni talab etadi. OTMlar, ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va o'qituvchilar ta'lim jarayonlarini tashkil etuvchisi bo'lsalarda, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini o'taydilar, ya'ni o'quv dasturlari, hususan talaba nimani, qancha, qanday usulda o'rganishi kerakligi talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, mutahasislik va mehnat bozori talablarini chuqur tahlil qilgan holda, ya'ni "pastdan tepaga" qarab (bottom up) shakllantiriladi. Bunda yana o'qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta'lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta'lim tizimi talabalarda mustaqil fikrlash, o'z bilimini boshqalar bilan ulashish, o'zi uchun o'zi qaror qabul qila olish salohiyatlarini shakllantirishga yo'naltiriladi.

Talabaga yo'naltirilgan ta'lim ECTS kredit - modul tiziming quyidagi qoidalarida o'z aksini topgan:

niiSfipnrp

Ull lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

- Ta'lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o'tirgan vaqti bilan emas balki uning fan bo'yicha o'qish va o'rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda talabaning ta'limi o'qituvchining "o'rgatish" uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib emas balki talabaning "o'rganish" uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib o'lchanadi. Ya'ni 1 kredit o'zida 2530 soat o'qish yuklamasini aks ettirsa, u o'z ichiga talabaning fanni o'zlashtirish bo'yicha u auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta'limga bunday yondashuv ma'lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham hosdir.

- O'quv dasturlari va o'quv rejalari ta'limdan kutilayotgan aniq o'qish natijalari asosida shakllantiriladi. Ya'ni OTM o'quv dasturlarini va o'quv rejalarini yaratish jarayonida o'z oldiga talaba mazkur o'quv dasturi so'ngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan savollarni qo'yadi va o'quv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. O'qish jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM faoliyatiga u talabalarga nimalar "o'rgatilganligi" ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni "o'rganganligi" ga qarab baholanadi. Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda ko'nikma va mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan.

- Talabalar fanlarni ma'lum darajada o'zlari tanlash huquqiga ega bo'lish orqali o'zlarining o'quv dasturiga ega bo'lishadi. Ta'limdagi bu hususiyat orqali talabalar o'zlari qiziqqan fan va yO'nalishlarni chuqurroq o'rganish, talabalik davridan samarali foydalanish, o'z salohiyatlari toliq ro'yobga chiqarishga va o'zlari uchun o'zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - B. 488.

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2018.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 4947-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 4947-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni.

6. O'rinov V. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O'quv qo'llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.

7. http://edu.uz - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

8. http://lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi

9. European Commission ECTS Guide of 2004. Available at https://www.uc.pt/ ge3s/pasta_docs/ects-users-guide170804.pdf

10. European Commission ECTS Guide of 2009. Available at https://ec.europa.eu/ education/ects/users-guide/docs/year-2009/ects-users-guide- 2009_en.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.