Научная статья на тему 'FIZIKANI O`QITISHDA ROBOTOTEXNIKADAN FOYDALANISH'

FIZIKANI O`QITISHDA ROBOTOTEXNIKADAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
2
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yorug'lik datchiklari / mikroprotsessor / NXT moduli / masofa sensori.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Mardonova Feruza Boboqulovna, Sharipov Abdumalik Axmadovich

Ushbu maqolada Fizika fanidan laboratoriya mashg`ulotlarida robototexnikadan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Fizika fanidan “Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o‘rganish” mavzusidagi laboratoriya mashg`ulotida robototexnikadan foydalanish misoli ko`rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKANI O`QITISHDA ROBOTOTEXNIKADAN FOYDALANISH»

FIZIKANI O QITISHDA ROBOTOTEXNIKADAN FOYDALANISH 1Mardonova Feruza Boboqulovna, 2Sharipov Abdumalik Axmadovich

1,2O'qituvchi, NavDPI, "Texnologik ta'lim" kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10991210

Annotatsiya. Ushbu maqolada Fizika fanidan laboratoriya mashg'ulotlarida robototexnikadan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Fizika fanidan "Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o'rganish" mavzusidagi laboratoriya mashg'ulotida robototexnikadan foydalanish misoli ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: yorug'lik datchiklari, mikroprotsessor, NXT moduli, masofa sensori.

Аннотация. В данной статье описаны преимущества использования робототехники на лабораторных занятиях по физике. Пример использования робототехники был рассмотрен в лабораторном занятии на тему «Определить ускорение равномерно ускоряющегося объекта» из науки физики.

Ключевые слова: датчики освещенности, микропроцессор, модуль NXT, датчик расстояния.

Abstract. This article describes the advantages of using robotics in laboratory physics classes. An example of the use of robotics was discussed in a laboratory lesson on the topic "Determine the acceleration of a uniformly accelerating object" from the science ofphysics.

Keywords: light sensors, microprocessor, NXT module, distance sensor.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlar o'rtasida ilmiy-texnika sohasi bo'yicha yuqori raqobat saqlanib qolmoqda. Bunday raqobatlar nafaqat mamlakatning mudofaa qobiliyati darajasi va uning jahon miqyosidagi rolida, balki jamiyatning ko'plab siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jarayonlarida sodir bo'lmoqda.

Ko'pgina davlatlar so'nggi yillarda robototexnika sohasini rivojlantirish taraqqiyoti yo'li bo'ylab harakatlana boshladi.

Sanoat tarmoqlarida muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash zaruratidan kelib chiqib, bugungi kunda ta'lim sohasida robototexnikani rivojlanish dolzarb mavzu hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta'lim sohasiga robototexnikani ta'lim jarayonining turli darajalariga kiritish vazifasi quyildi. Ushbu tizimning maqsadi ilg'or texnologiyalarni rivojlantirish, ta'lim muassasalarini yangi jihozlar bilan jihozlash, texnologiya fani o'qituvchilari malakasini oshirish, o'quvchilarni ilmiy-texnikaviy ijodga jalb etish, kasb-hunarga yo'naltirish, iqtidorli yoshlarning salohiyatini ro'yobga chiqarishdir.

Bugungi kunda o'quvchilarning ta'lim sohasidagi faoliyatini tashkil etishda robototexnika fani muhim rol o'ynamoqda. O'quvchilar konstruktor tuzilmalarini tezda yig'ish, datchiklar va elektr motorlarni ulash, dastur yaratish va robot modellarini ishga tushirish imkoniyatiga egadirlar. Jumladan, o'quvchilarning robototexnik komplekslar bilan ishlashi jahon miqyosidagi zamonaviy ta'lim texnologiyalariga mos keladi.

Robotlarni loyihalash, modellashtirish, dasturlash, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish, o'quvchilarning yuqori darajada ijodkorligini oshiradi, malakasini rivojlantiradi.

Robototexnika fani fizika, matematika va informatika fanlari bilan bog'liqdir. Robototexnikani o'zlashtirayotgan o'quvchi bir vaqtda fizika, matematika hamda informatika kabi fanlarini yanada chuqurroq anglaydi. Robototexnikani turli fanlarda qo'llash ta'lim faoliyati sifatini yanada oshirishda samarali hisoblanadi. Masalan, Fizika fanida robototexnikani qo'llash, o'quvchilarning fan bo'yicha bilimlarni chuqurlashtiradi va kengaytiradi, eksperimental

ko'nikmalarini rivojlantiradi, amaliy fizika sohasidagi bilimlarini takomillashtiradi, texnika sohasida ko'nikma va malakalarni shakllantiradi.

Fizika fanidan laboratoriya mashgulotida robototexnikadan foydalanishning misollarini ko'rib chiqish mumkin.

Laboratoriya mashg'uloti mavzusi:

Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o'rganish.

Ishning maqsadi: qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning bosib o'tgan yo'li va harakat vaqtini o'lchash orqali tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o'rganish.

Kerakli jihozlar: metall nov, po'lat sharcha, shtativ, metall silindr, o'lchov tasmasi, sekundomer kerak boladi.

Robototexnikadan foydalanganda quyidagi jihozlar kerak boladi: shtativ bilan mustahkamlangan qiya nov, metall sharcha, novning yuqori va pastki qismiga o'rnatilgan yorug'lik datchiklari, ishga tushirish moslamasi, yani, mikroprotsessordan kelgan signal orqali sharchani harakatga keltiradigan NXT moduli va sharchaning harakatini aniqlaydigan masofa sensori.

Ishni bajarish tartibi:

Sharcha qiya tekislik bo'ylab harakatlantirilganda birinchi yorug'lik sensori bilan NXT mikroprotsessor modulidagi sekundomer ishga tushadi, sharcha ikkinchi sharcha yonidan o'tib ketganda, ikkinchi yorug'lik sensori ishga tushiriladi. Ikkinchi sensorda signal paydo bo'lganda, sekundomer to'xtaydi va vaqt oralig'ini o'lchash natijasi NXT moduli displeyida ko'rsatiladi. Bir vaqtning o zida masofani aniqlash sensori yordamida bosib o tilgan masofa o lchanadi. Sharchaning boshlang'ich pozitsiyasida joylashgan masofani aniqlash sensori mos ravishda ultratovush diapazonida exolot printsipi asosida ishlaydi.

Pastki yorug'lik sensori darajasida ultratovushni aks ettiruvchi ekran biriktirilgan bo'lib, unda masofani o'lchash natijasi ko'rsatiladi.

Ushbu amallarni bajarish dasturi o'qituvchi tomonidan beriladi yoki mashg'ulotdan avval oquvchilar bilan birga tuziladi. Hisoblash va olchov natijalari (harakatlanish vaqti, sharcha harakati) an'anaviy usulda yoki dasturiy ta'minot yordamida amalga oshirilishi mumkin. Dasturiy taminot orqali hisoblash amallari bajarilshi uchun dasturga qo shimcha hisoblash bo limi qoshiladi.

Fizika fanidan laboratoriya mashgulotlarini amalda bajarishda aniq natija olish uchun tajriba ishlari bir necha marta takrorlanadi, sababi bajarilgan harakatlardan har safar ham bir xil qiymat olish qiyin. Shuning uchun olingan natijalarning ortacha qiymati hisoblanadi. Robototexnikadan foydalanganda esa bunday amallarni bir marta bajarish kifoya. Natija har safar bir xil qiymatlarda korinadi.

O'quv jarayonlarida robototexnikani qo'llash o'quvchilarning faol rivojlanishiga yordam beradi, yani, ularning idrok etishi, g'oyalarga va tasavvurga ega bolishi, fikrlashi, xotirasi hamda nutq qobiliyati rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Oquvchilar mustaqil ravishda amaliy mashg'ulotni bajarib, natija olish imkoniyatiga ega boladilar.

Robototexnika o'quvchilarning keng doiradagi shaxsiyatini shakllantirishda, shaxsiy fazilatlari, yani, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, mas'uliyatni his qilish, oz-ozini anglash, muvaffaqiyatga erishish istagi hamda jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu esa oz navbatida o'quvchilarni kelajakda to'g'ri kasb tanlashga undaydi.

REFERENCES

1. Ершов, М. Г. Робототехника как средство индивидуализации образовательного процесса по физике //Пермский педагогический журнал.-2014.-№5.-С.104-109;

2. Мардонова Феруза Бобокуловна «Эффективность применения игровых технологий как инновационных методов обучения на кафедре «Технологическое образование», //O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologik ta'lim yo'nalishi fanlarini o'qitishning optimallashtirish masalalar mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjuman toplami. FarDU -2023.-6-8 b.

3. Mardonova Feruza Boboqulovna "Использования активных методов обучения физике в средней школе". //Mikro va nanotexnologiya, yangi materiallar olishning zamonaviy holati va istiqbollari mavzusidagi xalqaro konferensiya QarshiDU-2023. -315-317 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.