Научная статья на тему 'FIZIKA FANINI O`QITISHDA “TEXNOLOGIK XARITA”NING AHAMIYATI'

FIZIKA FANINI O`QITISHDA “TEXNOLOGIK XARITA”NING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
687
213
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Texnologik xarita / uslub / jarayo / talaba-o`qituvchisi / metodikafizika / technological map / method / process / student-teacher / technique / physics.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Murtazayev Zohid Murtazayevich, Avulova Zamira Tursunmurodovna

Texnologik xaritaning o‘quvchi–talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqadi. Bu esa o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.Maqolada ham Texnologik xaritaning ahamiyati xusida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF "TECHNOLOGICAL MAP" IN TEACHING PHYSICS

The technological map is developed based on the abilities and needs of the student, which allows him or her to be at the center of learning as a person. This will increase the learning efficiency. The article also discusses the importance of the Technology Map.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANINI O`QITISHDA “TEXNOLOGIK XARITA”NING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

О

FIZIKA FANINI OQITISHDA "TEXNOLOGIK XARITA"NING

AHAMIYATI

Murtazayev Zohid Murtazayevich Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali o'qituvchisi,

Avulova Zamira Tursunmurodovna, Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali o'qituvchisi,

Annotatsiya: Texnologik xaritaning o 'quvchi-talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta 'limning markaziga olib chiqadi. Bu esa o 'qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.Maqolada ham Texnologik xaritaning ahamiyati xusida so^z yuritiladi.

Kalit sozlar: Texnologik xarita, uslub, jarayo, talaba-o^qituvchisi, metodikafizika

Abstract: The technological map is developed based on the abilities and needs of the student, which allows him or her to be at the center of learning as a person. This will increase the learning efficiency. The article also discusses the importance of the Technology Map.

Keywords: technological map, method, process, student-teacher, technique, physics.

Аннотация: Технологическая карта разрабатывается на основе способностей и потребностей учащегося, что позволяет ему или ей оказаться в центре обучения как личности. Это повысит эффективность обучения.Также в статье обсуждается важность Карты технологий.

Ключевые слова: технологическая карта, метод, процесс, студент-преподаватель, методика, физика.

Avvalo, o'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba-o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Darsning texnologik xaritasini, zavodga tuproq shaklidagi chinni xom ashyoni topib kelishdan tayyor piyolagacha bo'ladigan barcha texnologik jarayonlar ssenariysiga qiyoslash mumkin.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Darxaqiqat, texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogik, psixologik, xususiy metodika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p metodlar, usullarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq.

Darvoqe, darsning texnologik xaritasini qanday shaklda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o'qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o'z aksini topgan bo'ladi.

Quyida fizika fanidan "Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar " mavzusi bo'yicha o'tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini misol tariqasida keltirilgan:

Texnologik xarita

Mavzu: Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar

Maqsad, vazifalar Talabalarga Qattiq jismlar mexanikasi.ning mohiyati, ahamiyati, asoslari va tartibini tushuntirish. Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.

O'quv jarayonining mazmuni Bolaning nasl-nasabini belgilash tushunchasi. Qattiq jismlar mexanikasi. zarurati qaysi hollarda vujudga kelishi. Qattiq jismlar mexanikasi.ning maqsadi va ahamiyati. Ota-onaning birgalikdagi arizasi asosida Qattiq jismlar mexanikasi.. Otaning arizasi asosida Qattiq jismlar mexanikasi.. Qattiq jismlar mexanikasi. munosabati bilan tug'ilish to'g'risidagi yozuvlar daftariga o'zgartirishlar

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

kiritish.

O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Og'zaki bayon qilish, suhbat-munozara. "Bumerang" texnologiyasi. Forma: Amaliy mashg'ulot, kichik guruhlarda va jamoada ishlash. Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma'lumotnoma, habarnoma blankalari. Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o'z - o'zini nazorat qilish. Baholash: Rag'batlantirish, 5 balli sistema asosida.

Kutiladigan natijalar O'qituvchi: - Mavzu qisqa vaqt ichida barcha talaba-o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga erishiladi. Talaba-o'quvchilar faolligini oshiradi. Talaba-o'quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Bir vaqtning o'zida ko'pchilik talabalarni baholaydi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. O'quvchi - talaba: YAngi bilimlarni egallaydi. YAkka holda va guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O'z-o'zini nazorat qilishni o'rganadi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar) O'qituvchi: YAngi pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish. O'z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'lash. Pedagogik mahoratni oshirish. O'quvchi - talaba: Matn bilan mustaqil ishlashni o'rganish. O'z fikrini ravon bayon qila olish. SHu mavzu asosida qo'shimcha materiallar topish, ularni o'rganish. O'z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir echimga kelish malakasini hosil qilish

Texnologik xaritaning o'quvchi-talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib chiqadi. Bu esa o'qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Scientific Journal Impact Factor

O

O'qitish jarayonida o'quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo'llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga, pedagogik va o'zi tanlagan kasbga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.

Avvalo, darsning texnologik xaritasi nima uchun xizmat qilishini anglash lozim. Darsning texnologik xaritasi o'qituvchi va o'quvchi faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt me'yorini har bir bosqich bo'yicha to'g'ri belgilash uchun ishlatiladi.

Shunday ekan, o' 'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchi uchun bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga ega. Chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, xar bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Texnologik haritani tuzish uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p uslub va usullarni bilishi kerak. X,ar bir darsning rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq.Darsning texnologik xaritasini qay ko'rinish (yoki shakl)da tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o'qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha qirralari o'z aksini topadi.

l.Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi» Toshkent, O'zbekiston,

2.Nazarov O'.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O'zbekiston, 2002.

3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma'ruzalar matni». SamKI, 2003.

4. Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent, «O'zbekiston», 2003.

XULOSA

REFERENCES

2000.

Scientific Journal Impact Factor

O

5.Volkenshteyn.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar to'plami». Toshkent, «O'qituvchi», 1989.

6.Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand, 2007.

7.Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. Fizikadan laboratoriya praktikumi. Samarqand,

8.Abdusalomova M.N., Sadinov X.P. «Fizika» fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy qo'llanma. Samarqand, 2009.

9.Abdusalomova M.N. «Fizika» leksiyalar kursi. Samarqand, 2009.

10.Abdusalomova M.N. «Fizika» fanidan ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo'llanma. Samarqand, SamISI, 2011 y. - 186 b

2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.