Научная статья на тему 'FIZIKA FANIDAN TESTLAR YARATISH USHUN MO’LJALLANGAN ISPRING SUITE DASTURIDAN FOYDALANISH'

FIZIKA FANIDAN TESTLAR YARATISH USHUN MO’LJALLANGAN ISPRING SUITE DASTURIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

172
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik dasturiy vositalar / elektron testlar / Microsoft PowerPoint / Adobe Flash texnologiyasi / Ispring Suite dasturi.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — D. A. Yusupova, F. N. Nasretdinova, O. E. Qo’Ziyeva

Maqolada Fizika fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning asosiy omillarning mazmun-mohiyatini yoritilgan va amaliyotda ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan iSpring pedagogik dasturiy vositasi bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Fizika fanidan testlar yaratish ushun mo’ljallangan Ispring Suite dasturidan foydalanish yollari ko’rib chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANIDAN TESTLAR YARATISH USHUN MO’LJALLANGAN ISPRING SUITE DASTURIDAN FOYDALANISH»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

FIZIKA FANIDAN TESTLAR YARATISH USHUN MO'LJALLANGAN ISPRING SUITE DASTURIDAN FOYDALANISH D. A. Yusupova

Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston F. N. Nasretdinova Farg'ona politexnika institute, Farg'ona, O'zbekiston O. E. Qo'ziyeva Farg'ona tumani 1-sonli IDUM, Farg'ona, O'zbekiston E-mail dilfuza.physic@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Fizika fanini o'qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishning asosiy omillarning mazmun-mohiyatini yoritilgan va amaliyotda ta'lim jarayoniga qo'llaniladigan iSpring pedagogik dasturiy vositasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqarilgan. Fizika fanidan testlar yaratish ushun mo'ljallangan Ispring Suite dasturidan foydalanish yollari ko'rib chiqilgan

Tayanch so'zlar: pedagogik dasturiy vositalar, elektron testlar, Microsoft PowerPoint, Adobe Flash texnologiyasi, Ispring Suite dasturi.

Hozirda ta'lim jarayonidagi amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, jumladan ilg'or innovatsion texnologiyalarning olib kirilishi ta'limni tizimli amalga oshirishga yangicha nuqtai nazardan yondoshishni talab qiladi. Bugungi kunda axborot vositalaridan barcha sohalarda keng qo'llanilgan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali fizik xodisalarni, tajribalarni namoyish qilish va kuzatishda, fizika kursida turli fizik jarayonlarni o'rganishda pedagogik dasturiy vositalardan keng foydalanish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita bo'lib, ular ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi.

Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va baxolash uchun kompg'yuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlar

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

berilishi o'rganilgan matnni talabaning yoki o'quvchining qanchalik darajada o'zlashtirganligi o'z-o'zini baholash imkonini beradi. Hozirda shunday zamonaviy o'quv dasturiy vositalar ishlab chiqilganki, ular yordamida turli qiyinlik darajadagi testlarni yaratish va o'tkazish imkoni mavjud bo'lib, bularga oxirgi vaqtda keng tarqalgan, ta'lim jarayonida, jumladan fizika o'qitishda qo'llaniladigan dasturiy vositalar - ISpring dasturiy majmuasini misol qilib keltirish mumkin. Biz quyida iSpring dasturi asosida qanday qilib zamonaviy testlarni yaratish va o'tkazish mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Ushbu dastur mustaqil redaktor emas, balki Microsoft PowerPoint uchun ustqurma hisoblanadi. Bunday yondashuv, birinchi galda, ushbu mahsulotning keng ommalashgani bilan bog'liq. Foydalanuvchilar u bilan ishlashni yangidan o'rganishlari shart emas va ular iSpring Suite ning nodir funktsiyalari PowerPoint bilan qo'shilgan holdagi hamma imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Ishga tushirishda paketdagi dasturlardan istalgani bilan ishlashni tanlash mumkin. SHunday qilib, Microsoft PowerPoint foydalanuvchilari uchun iSpring Suite yordamida slaydlarga Ispring QuizMaker dan testlar elementini qo'shish mumkindir. Testlar yordamida foydalanuvchilar taqdimotni qanchalik yaxshi o'zlashtirganliklarini tekshirish mumkin. Yozish jarayoni dasturning alohida darchasida amalga oshiriladi, uerda slaydlarni tanlash, qo'shimchalar qo'shish va sozlashlarni bajarish mumkin.

Biz ko'rayotgan paket tarkibiga kiruvchi boshqa utilit -iSpring QuizMaker dan iborat. U iSpring Suite da yaratiladigan taqdimotlarning ichiga joylashtirish yoki alohida roliklar ko'rinishida chop etish mumkin bo'lgan testlar va so'rovnomalar tuzish uchun xizmat qiladi. Savollar turlari yetarlicha ko'p - testlar uchun o'n bitta va so'rovnoma-savollar uchun o'n ikkita. Har bir savolga bir nechta variant javoblar beriladi va to'g'risini ko'rsatiladi - agar savol sifatida albatta esse turidan foydalanilgan bo'lsa. Sozlashlarda urinib ko'rishlar soni, to'g'ri javoblar uchun ballar, umumiy o'tish bali, vaqtni cheklash va boshqa optsiyalarni ko'rsatish mumkin, shuningdek, pleerning tashqi ko'rinishi tanlanadi.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Yuqorida aytilganidek, QuizMaker dan testlar taqdimotlarning oxiriga foydalanuvchilar ularni qanchalik yaxshi o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun qo'yishga g'oyat mosdir. Biz ushbu dastur imkoniyatlaridan foydalanib, fizika fanidan testlar tuzdik.

Demak, dastur yordamida tahlim jarayonini samaradorligini oshirish uchun interfaol testlar yaratish va so'rovlar o'tkazish mumkin, jumladan savollar orasida shaxobchalanish stsenariylari, test savolarini sozlanadigan dizayni, audio va video qo'shish, test savollariga redaktorning o'zida ovoz yozish, xabarlarga audio va , tasvirlar, formulalar qo'shish,to'g'ri va noto'g'ri javoblar uchun mahlumotni yashirin sozlash imkoniyati mavjud. Keltirilgan pedagogik dasturiy vositalarni o'quv jarayonida foydalanish, o'quvchilarning fizika fanini o'zlashtirishida hamda bilimlarini to'g'ri baholashda ijobiy natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. Begimkulov U.SH. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.

2. Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO Institute for Information Technologis in Education. 2013.ISBN 978-5-7777-05563. Tay Vaughan.Multimedia: Making It Work. Chapter 1: What Is Multimedia?. 2011. ISBN: 978-0-07-174850-6/p.15

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.