Научная статья на тему 'FIZIKA DARSLARIDA “STEAM” DASTURLARIDAN FOYDALANISHNI LOYIHALASH'

FIZIKA DARSLARIDA “STEAM” DASTURLARIDAN FOYDALANISHNI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
oʻquv dasturi / innovatsion ta’lim / kommunikativlik / kasbga tayyorlash / kelajakning taʼlimi / STEAM dasturi / gidravlik ekskavator / gidrostatik bosim / kichik tadqiqotlar / fizikaviy va matematik savodxonlik.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Qudratov Elmurod Abduxalimovich, Ernazarova Navbaxor To’Lqin Qizi

Ushbu maqolada fizika darslarida “STEAM” ta’lim dasturidan foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan bo’lib, “Mexanik qurilmalarning ishlash prinsiplari” mavzusiga tegishli bo’lgan “Gidravlik ekskavator o'yinchoqni yig’ish” loyihasida fizik qonuniyatlarning amaliy tadbiqlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA DARSLARIDA “STEAM” DASTURLARIDAN FOYDALANISHNI LOYIHALASH»

FIZIKA DARSLARIDA "STEAM" DASTURLARIDAN FOYDALANISHNI

LOYIHALASH

1Qudratov Elmurod Abduxalimovich, 2Ernazarova Navbaxor To'lqin qizi

1,2Navoiy davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10990759

Annotatsiya. Ushbu maqoladafizika darslarida "STEAM" ta'lim dasturidanfoydalanish imkoniyatlari bayon etilgan bo'lib, "Mexanik qurilmalarning ishlash prinsiplari" mavzusiga tegishli bo'lgan "Gidravlik ekskavator o'yinchoqni yig'ish" loyihasida fizik qonuniyatlarning amaliy tadbiqlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'quv dasturi, innovatsion ta'lim, kommunikativlik, kasbga tayyorlash, kelajakning ta'limi, STEAM dasturi, gidravlik ekskavator, gidrostatik bosim, kichik tadqiqotlar, fizikaviy va matematik savodxonlik.

Аннотация. В этой статье описаны варианты использования образовательного программа STEAM на уроках физики, а практическое применение физических закономерностей представлено в проекте "Сборка игрушечного гидравлического экскаватора", который относится к теме " Принципы работы механических устройств".

Ключевые слова: учебная программа, инновационное образование, коммуникативность, профессиональная подготовка, образование будущего, программа STEAM, гидравлический экскаватор, гидростатическое давление, небольшие исследования, физико-математическая грамотность.

Abstract. This article describes the options for using the STEAM educational program in physics lessons, and the practical application of physical laws is presented in the project "Assembling a toy hydraulic excavator", which relates to the topic "Principles of operation of mechanical devices".

Keywords: curriculum, innovative education, communication skills, vocational training, education of the future, STEAMprogram, hydraulic excavator, hydrostatic pressure, small studies, physical and mathematical literacy.

Bugungi kunda respublikamiz ta'lim tizimida "eski qolip" tizimimidagi o'quv jarayonlaridan va o'quv dasturlaridan asta-sekinlik bilan voz kechib, innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkonini beradigan o'qitish tizimiga o'tish zarurligi davr talabi hisoblanadi.

Shunga mos ravishda ta'lim berishga yondashuvlar ham o'zgarib, internet va axborot texnologiyalari davrida oddiy bilim beruvchidan, qiziqqan yo'nalishi bo'yicha avtomatlashtirilgan yuqori texnologiyalarga mos kasbga tayyorlashga ko'proq e'tibor berilmoqda.

Bunday davrda raqobatbardoshlik, shaxslararo munosabatlarni o'rnata olish qobiliyati zarur bo'lganligi sababli, o'quv dasturlari mazmuni tanqidiy fikrlash, kommunikativlik, ijodiy yaratuvchanlik va hamkorlik ko'nikmalarini, ya'ni kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Shuning uchun bugungi ta'lim ishtirokchilari va ijodkorlari, pedagoglar, metodistlar, o'quvchilar va hatto ota-onalar ham ta'lim sifati yo'nalishidagi xalqaro tajribalar va tadqiqotlar xaqida ma'lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo'llash uchun malakalarga ega bo'lishlari zarur.

Aytaylik, "kelajakning ta'limi" deb nom olgan STEAM dasturi - bu tanqidiy fikrlash tadqiqot qobiliyatlari va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir nechta fan yo'nalishlarini birlashtirgan yangi o'quv texnologiyasi hisoblaanadi.

STEAM - bu qisqartma so'z bo'lib, fan, texnologiya, ingliz tilida muxandislik va matematika mazmunidagi fanlar integratsiyasi ma'nosini anglatadi.

STEAM o'quv rejasi o'quvchilarga fanlararo va amaliy yondashuvdan foydalangan holda o'qitish g'oyasiga asoslangan. Beshta fanning har birini alohida o'rganish o'rniga STEAM ularni yagona sxemasiga birlashtiradi.

Hozirgi kunda o'qituvchilarning asosiy vazifasi mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda darslarni tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.

Fizika darslarida STEAM - ta'limi dasturidan foydalanishda birinchi navbatda, fizikadan olgan bilimlar hisobiga o'rganilgan axborotlarni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanishning o'ziga xos imkoniyatlari va kasblar bilan bog'liq xususiyatlarni o'quvchilarda shakllantirish mumkin.

Fizikadan darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarni yuqoridagi qobiliyatlarini rivojlantirishda "Mexanik qurilmalarning ishlash prinsiplari" mavzusida STEAM - dasturidan foydalanish loyihasining tavsiyalarini bayon etmoqchimiz.

Loyihaning vazifalari:

✓ Fizik - ekskavatorning qancha yuk ko'tarishini, og'irlik nuqtasini, ekskavatorni mustahkam holatga keltirish yo'llarini aniqlaydi.

✓ Matematik - fizik keltirgan yechim va dasturlarni sonlar bilan ifodalab beradi va bosimni qanday hisoblashni va axborotni chiziqli grafik sifatida qanday ko'rishni o'rganadilar.

✓ Arxitektor - loyihani chizmasini chizadi, fikrlar almashishini va guruh ichida faol ishtirok etish uchun guruh do'stlari bilan samarali muloqot qilishni o'rganadi;

✓ Dizayner - ekskavatorni chiroyiga;

✓ Iqtisodchi - minimum harajatda maksimum loyiha chiqishi.

Fan loyihasi - Mexanik qurilmalarning ishlash prinsiplari, ekskavatorlarning ishlash tamoyillarini o'rgatish va dvigatel yig'ish;

Loyiha maqsadi: Bolalar o'yinchog'i (ekskavator)ni

yasash;

Loyiha jihozlari: "Montessori Ta'lim Eksperimenti" o'quv to'plami

Nazariy tavsifi: Ushbu loyiha DIY gidravlik ekskavator o'yinchoqni yig'ish orqali o'quvchilarni ijodiy qobiliyati va ijodkorlik motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, modelni yig'ishda fizika qonunlari: gidravlika, gidravlik bosim, tirsakli uzatmalar, oddiy mexanizmlar to'g'risidagi nazariy tushunchalardan foydalaniladi.

Bundan tashqari tibbiyot shprisidagi ko'rsatkichlardan foydalanib [V] = ml gidrostatik bosim P = pgh ni hisoblash mumkin. Ma'lumki, bosim kuchga to'g'ri proporsionaldir: P~F . Fizikaviy formulalar va matematik hisoblashlar orqali shprisdagi bosim topiladi. Bu gidrostatik bosim ekskovatorning ko'tarish

qurilmasini harakatga keltiradi.

Bu loyihani amalaga oshirishda modelni o'quvchilarning o'zlari yig'ishlari kerak.

№ Loyiha bosqichlari Loyihani amalga oshirish usullari

1. Ilmiy o'quv o'yinchoq Amaliy qobiliyatni mashq qiling, oddiy mexanik va

gidravlik uzatishni tushuning.

2. Ekologik toza ilmiy o'yinchoqlar Barcha qismlar haqiqiy yog'och materialdan qilingan. Maktab DIY uchun hunarmandchilik ishi sifatida ajoyib tanlov.

3. Mukammal o'yinchoq sovg'alari O'quvchilar va bolalar uchun noyob ilmiy o'yinchoqlar yarating. Ular birgalikda ishlashlari va o'yin davomida o'rganishlari mumkin.

4. O'rnatish talabalarni yig'ish va o'quvchilar motivatsiyasini rivojlantirish uchun javob beradi. Yelim kerak emas. O'rnatish oson.

5. Material Yog'och, plasmasa.

6. Yakunlangan o'lchamlar 20 cm x 21cm x 9.5 cm.

7. To'plam tarkibi 1 paket DIY gidravlik ekskavator

8. Texnik xususiyatlari Rang diapazoni - sariq, Volt -110V, Yig'ilgan modelning og'irligi - 0,12 kg, O'rnatilgan batareya turi -AAA

9. Tarbiyaviy yondashuv Ijodkorlik, hunarmandchilik

Loyihada o'quvchilardan kutilayotgan kompetensiyalar:

- kreativ yondashish;

- estetik qobiliyatni rivojlantirish;

- ahillik, o'zaro hurmatni rivojlantirish;

- jamoada ishlashni o'rganish;

- ilmiy yondashish;

- loyihalashni kichkina ishdan o'rganish;

- fizikaviy va matematik savodxonlik oshadi.

Fizika fanini o'rganishda STEAM - yondashuv o'quvchilarga dunyoni tizimli ravishda o'rganishga, fanlararo aloqani anglab yetishga, o'zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi. Fizikaviy kichik tadqiqotlar va izlanishlar orqali yangiliklarni kutish imkoniyatlari o'quvchilarda qiziquvchanlikni rivojlantiradi, o'zi uchun qiziqarli masalalarni aniqlab olishni, uning yechimini topishning algoritmini ishlab chiqishni, natijalarini tanqidiy baholashni, fikrlashning muhandislik dizayinini shakllantirishga olib keladi. Bularning barchasi o'quvchi rivojlanishini yuqori bosqichga ko'tarilishini va kelajakda to'g'ri kasb tanlashiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. А.А.Ахмедов, Э.А.Кудратов, Д.М.Холов. Инновационные Технологии В Науке И Образовании" сборник статей победителей международной научно-практической конференции. 2016. Издательство: Наука и Просвещение. Пенза.

2. Б.Ф.Избосаров, А.А.Ахмедов, И.Р.Камалов. Инновационные подходы к проведению лабораторных работ по физике". Новые технологии в образовании. 106-109.

3. E.N.Xudayberdiyev. "Bo'lajak fizika o'qituvchilarini tayyorlashda olamning fizik manzarasi bo'yicha tasavvurlarni shakllantirish". Academic research in educational sciences. 2021.

4. A.K.Kutbeddinov. "Generalization of uranium radio features in teaching natural sciencesak". Молодые ученые. 2023. 129-134.

5. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of

laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

6. D.I.Kamalova, S.N.Abdisalomova. "Zamonaviy innovatsion ta'lim". Journal of universal science research. Volume 1. Issue 1. 17 january, 2023. pp. 187-189.

7. Сайфуллаева Гулхаё Ихтиёровна, Негматов Сайибжан Садыкович , Абед Нодира Сайибжановна, Камолов Ихтиёр Рамазонович, Баракаева Сарвиноз Тулкуновна, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна МЕТОДИКА ПОЛУЧЕНИЯ КОМПОЗИЦИОННЫХ ОБРАЗЦОВ НА ОСНОВЕ ТЕРМОРЕАКТИВНЫХ ФУРАНО-ЭПОКСИДНЫХ ПОЛИМЕРОВ И ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ НАПОЛНИТЕЛЕЙ// Универсум технические науки январь, 2021 1(82)

8. L.K.Samandarov, E.N.Xudayberdiyev. Methodological problems of teaching the theory of particle-wave dualism for physics students. Theoretical&applied science. Теоретическая и прикладная наука. 256-262.

9. U.R.Bekpulatov. "Physical style of thinking-methodological basis for the formation of a scientific world view". Theoretical&Applied Science. 09(89). 183-188.

10. Х,амроева Севара Насриддиновна, Камолов Ихтиёр Рамазонович. "Педагогика олий таълим муассасаларида булажак физика фани укитувчиларининг мантилий фикрлаш кобилиятини stem таълим дастури асосида ривожлантириб укитишни такомиллаштириш". Science and innovation International scientific journal. volume 1. issue 6. UIF-2022. 2181-3337.

11. Каримова Ойниса Абдимуминовна. Активизация креативного мышления учащихся на уроке физики Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога. 227-229.

12. Azzamova Nilufar Buronovna, Nasriddinov Komiljon Rahmatovich. Electrodynamics As A Basis For Consolidating Knowledge Of Electromagnetism. Solid State Technology. 4(63). 5146.

13. У.Д.Шеркулов, А.М.Музафаров, Т.И.Солиев. Determination of mixing factors of daughter radionuclides in the uranium decay chain. Neuroquantology. September. 2022. Volume 20. Issue 11. London.

14. Sh.E.Khalilov, J.M.Khakkulov Z.Sh.Temirov. "Electrochemical Reduction Of Macroiones As A Surface-Active Nanocoating And Nanocomposites". The American Journal of Applied sciences. 2021.

15. Ж.М.Абдуллаев, Л.И.Очилов. "Изъятие пресной воды из подземных вод при помощи гелиоустановки водоносного опреснителя". Молодой учёный научный журнал. 2015/5. 274-276.

16. F.Nabiyeva. Issiqlik hodisalarini o'qitishga oid umumiy metodik tavsiyalar. «Science and innovation». 446-449.

17. Tursunboy Izzatillo ugli Soliyev, Amrullo Mustafoyevich Muzafarov, Bahriddin Faxriddinovich Izbosarov. Experimental determination of the radioactive equilibrium coefficient between radionuclides of the uranium decay chain. International Scientific Journal Theoretical&Applied Science. 801-804.

18. L.X.Turabova, D.I.Kamalova. Fizika fanini o'qitishda elektron o'quv qo'llanmalardan foydalanishning ahamiyati. "Polish science journal". Warsaw, Poland. Issue 4(37). April. 2021. pp. 222-225.

19. С.С.Канатбаев, И.Р.Камалов, Д.И.Камолова, Г.И. Сайфуллаева. "Universum: технические науки". Россия. Декабрь, 2016. №12(33). 38-40 стр.

20. Хушвактов Бекмурод Нормуродович. "Innovative Fundamentals of Non-Traditional Teaching (on The Example of The Optics Department)" Journal of Ethics and Diversity in

International Communication". e-ISSN: 2792-4017. www.openaccessjournals.eu. Volume.1 Issue.3.

21. Э. А. Кудратов Э. А. Аллаберганова, Г. М., Кутбеддинов, А. К., Каримов, А. М., Интерактивные методы обучения студентов естественных специальностей на основании радиационных факторов экосистемы. Педагогика и современность ISSN: 2304-9065

22. B. I Xojiyev, N.A. Ulugberdiyeva, AA Xo'jayev, AA Amonov Studying the transition processes in physics lessons Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10 (5), 873-876, 2022

23. Sayfullaeva Gulkhayo Ikhtiyor Kizi, Shodiev Khamza Ruziculovich, Xaitova Shakhnoza G'olibjon Kizi // CONDITIONS FOR THE FORMATION OF TEACHING INNOVATION ACTIVITIES// Journal of Pharmaceutical Negative Results Volume 14. Issue 2. 2023. 242024233 pp

24. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani аxbоrоt tа'lim muhitlаridаn fоydаlаnib о'qitishning pеdаgоgik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

25. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

26. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

27. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

28. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.